Muxammad-al Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali «Tabiiy fanlar» kafedrasi assistenti Tolipov Nodirjon Isaqovichning “Differensila tenglamalar” nomli oʻquv qо‘llanmasiga T A Q R I Z Hozirgi zamonda ilmiy tadqiqot metodologiyasi nafaqat olim yoki olimlikka da’vogarlar uchun, ilm sohasi mutaxassislari uchun, о‘zining turli narsalarga qiziquvchanligini qondirishga harakat qiluvchi shaxslar uchun, balki jamiyatning barcha a’zolari uchun zarur. Chunki, barchamiz о‘z faoliyatimizni u yoki bu holda ilmfan olamiga yо‘naltirilishimiz, hamda bu olam ichida amal qilishimizga tо‘g‘ri keladi. Atrofimizdagi borliqni tushunishda ilmiy yondashuvga ega bо‘lish muvaffaqiyatning garovi hisoblanadi. Olimlar foydalanadigan metodologiya, о‘z mohiyatiga kо‘ra, kundalik hayotda qо‘llaniluvchi taomillardan iborat bо‘lib, ular fanga nisbatan tashkillangan va tizimga solingan tartibda amalga oshiriladi, bundan tashqari maxsus mushohada va tanqidiy tahlilga tayanadi. Fanni о‘rganishning о‘ziga xos sohasi sifatidagi metodologiya aynan shu bilan shug‘ullanadi. D.A.Xalilovning “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan uslubiy qо‘llanmasi о‘zbek tilida ilmiy tadqiqot sohasidagi kо‘plab ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani magistrlar uchun tanlov fanlar doirasida о‘quv rejasida о‘tilishi rejalashtirilgan. О‘quv qо‘llanmada fan buyicha nazariy ma’lumotlar asosida ma’ruza mashg‘ulotlarini bajarish tartiblari kо‘rsatib berilgan. Ushbu о‘quv qо‘llanma “Kompyuter injiniringi” (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish) magistratura yunalishi bо‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiya” fanidan nazariy mashg‘ulotlarni bajarishda foydalanishlari uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda bajariladigan ishlar bо‘yicha nazariy ma’lumotlar shakli va mazmuni, nazorat savollari va topshiriqlari keltirilgan. О‘quv qо‘llanma davlat ta’lim standartlari talablari, о‘quv reja va о‘quv dasturiga asoslangan xolda yaratilgan. О‘quv qо‘llanmani nashrdan chiqarish va о‘quv jarayonida keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.