Muxammad al-Xorazmiy nomidagi tatu ma‘lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan qayta o’qish



Yüklə 476,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.04.2023
ölçüsü476,85 Kb.
#94512
  1   2
MTA qayta o\'qish ppt(PDF)



Muxammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU Ma‘lumotlar tuzilmasi va
algoritmlar fanidan qayta o’qish
Bajardi:SWD001 guruh talabasi
Hamroyev Shaxzod
Tekshirdi: 
Bo’riev Yusuf Absamat o’g’li


Mavzu: Dinamik turdagi ma’lumotlar tuzulmasi

Reja:

1.Dinamik turdagi ma’lumotlar tuzilmasi

2.Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi

3.Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi - ro’yhatlar

4.Dinamik ma'lumotlar tuzilmalari tuzilishi. Afzalliklari va
kamchiliklari

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Dinamik turdagi ma’lumotlar tuzilmasi
Ma'lumotlar tuzilmasi dasturlarda ajratish usuli bo'yicha statik
va dinamikaga bo'lingan. Statik ma'lumotlar tuzilmasi - bu
kompyuterning xotirasidajoylashishi va elementlarning o'zaro
aloqalari ular tomonidan amalga oshiriladigansohada dasturni
bajarish paytida o'zgarishsiz qoladigan ma'lumotlardir. 
Statikstrukturaning ma'lumotlariga dasturda e'lon qilingan
asosiy va mahalliy, hamglobal darajadagi o'zgaruvchilar kiradi. 
Dinamik ma'lumotlar tuzilmasi - bukompyuterning xotirasiga
joylashtirilishi va New va Dispose kabi tizimproseduralari
yordamida dasturni bajarishda xotiradan o'chirilishi mumkin
bo'lganma'lumotlar.


Dinamik ma'lumotlar tuzilmalari ikki shaklda bo'ladi: bog'liq
bo'lmagandinamik ma'lumotlar; bog’liq dinamik ma'lumotlar

Bog’liq bo'lmagan dinamik ma'lumotlar tuzilmasi statik bilan bir xil. 
Bundan tashqari, bog'liq bo'lmagan dinamik ma'lumotlar
avtomatik
ravishda emas
, balki dasturchi tomonidan xotirada saqlanadi. Bog’liq
bo’lgan dinamik ma'lumotlarga ro'yxatlar, navbatlar va ustunlar kiradi; 
bu elementlar manzillar havolalari yordamida o'zaro bog'liq bo'lgan
birlashtirilgan ma'lumotlar.


Statik ma’lumotlar tuzilmasi vaqt o’tishi bilan
o’z o’lchamini o’zgartirmaydi. Biz har doim
dastur kodidagi statik ma’lumotlar tuzilmasiga
qarab ularning o’lchamini bilishimiz mumkin. 
Bunday ma’lumotlarga teskari ravishda
dinamik ma’lumotlar tuzilmasi mavjud bo’lib, 
bunda dastur bajarilishi davomida dinamik
ma’lumotlar tuzilmasi o’lchamini o’zgartirishi
mumkin.Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi – bu
qandaydir bir qonuniyatga asoslanib
shakllangan, lekin elementlari soni, o’zaro
joylashuvi va o’zaro aloqasi dastur bajarilishi
davomida shu qonuniyat asosida dinamik
o’zgaruvchan bo’lgan ma’lumotlar
tuzilmasidir.
Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi


Dasturlarda dinamik ma’lumotlar tuzilmasidan ko’pincha
chiziqli ro’yhatlar, steklar, navbatlar va binar daraxtlar
ishlatiladi. Bu tuzilmalar bir-biridan elementlarning
bog’lanish usuli va ular ustida bajarilishi mumkin bo’lgan
amallari bilan farqlanadi. Dinamik tuzilmalar massiv va
yozuvdan farqli ravishda operativ xotirada ketma-ket
sohalarda joylashmaydi. Ixtiyoriy dinamik tuzilma elementi 2 
ta maydondan tashkil topadi: tuzilma tashkil etilishiga sabab
bo’layotgan informatsion maydon va elementlarning o’zaro
aloqasini ta’minlovchi ko‘rsatkichli maydon.


2.Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi

Fizik ma’lumotlar tuzilmasi deganda ma’lumotlarning mashina xotirasida
tasvirlanishini tushinish kerak va bu tushuncha ba’zan saqlash tuzilmasi, ichki
tuzilma yoki xotira tuzilmasi kabi nomlar bilan ham yuritiladi.Ma’lumotlarning
mashina xotirasida tasvirlanishini hisobga olmasdan hosil qilingan tuzilmalari
abstrakt (mavhum) yoki mantiqiy tuzilma deb ataladi. Umumiy holda mantiqiy
tuzilma bilan uning mos fizik tuzilmasi orasida farq mavjud bo’lib, bu ma’lumot
taqdim etiladigan muhitning tuzilishi va xususiyatlariga bog’liq bo’lgan farqlar
hisoblanadi. Shuning uchun ham mantiqiy tuzilmani fizik tuzilmaga va aksincha, 
fizik tuzilmani mantiqiy tuzilmaga aylantiruvchi (aklantiruvchi) protseduralar
ishlab chiqilgan. Bu protseduralar, fizik tuzilmalarga kirish (murojaat) va fizik
tuzilmalar ustida turli xil amallarni bajarishni ta’minlab beradi, bajariladigan har 
bir amal mantiqiy yoki fizik tuzilmada qo’llanilayotganligiga bog’liq holda
o’rganiladi.



Ma’lumotlar tuzilmasi oddiy (tayanch, sodda) va integrallashgan (tarkibli, 
murakkab) tuzilmalarga (turlarga) bo’linadi. Oddiy tuzilma deganda, bitdan boshqa
qismlarga ajralmaydigan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Fizik tuzilma nuqtai
nazaridan olib qaralganda, komp’yuter arxitekturasi va dasturlash tizimlarida oddiy
turning qanday o’lchamga ega bo’lishi va xotiraga joylashish tuzilishi qanday
ko’rinishga ega ekanligini oldindan aytib bera olishimiz kerak. Mantiqiy nuqtai
nazardan esa, oddiy ma’lumotlar bo’linmas birlik hisoblanadi.

Integrallashgan tuzilma deganda uni tashkil etuvchilar boshqa ma’lumotlar
tuzilmasi – oddiy yoki o’z navbatida tarkibili tuzilmalar bo’lgan ma’lumotlar
tuzilmasi tushiniladi. Integrallashgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturchilar
tomomnidan dasturlash tizimlari taqdim etadigan vositalardan foydalangan holda
yaratiladi.

Tuzilma elementlari orasidagi bog’liqlikning mavjudligi
yoki mavjud emasligiga
qarab

Yüklə 476,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin