1
JANUBIY-G‘ARBIY MAXSUS HARBIY OKRUG
SERJANTLAR TAYYORLASH MAKTABI
UCHUVCHISIZ UCHAR APARATLARI (UUA) RIVOJLANISH
TENDENSIYASI, USTUVORLIGI VA ULARNING KAMCHILIKLARI
Umumiy taktika sikli o‘qituvchisi mayor B. Xamraev
Qarshi sh.
2
UCHUVCHISIZ UCHAR APARATLARI (UUA) RIVOJLANISH
TENDENSIYASI, USTUVORLIGI VA ULARNING KAMCHILIKLARI
Armiyaning jangovar qobiliyati, har qanday murakkab vaziyatdan munosib
chiqa bilish nafaqat shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligi balki bo‘linmalarning
zamonaviy texnika, qurol-yarog‘ bilan taminlanganligiga bog‘liqdir. Uchuvchisiz
uchish apparatlari hozirgi kunda barcha rivojlangan mamlakat qurolli kuchlarda keng
ko‘lamda foydalanilmaqda.
Bu borada O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ham chet el tajribasini inobatga olgan
holda o‘ziga zarur bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlar bilan qo‘shinlarni
ta’minlash dasturi asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Uchuvchisiz uchish apparatlari 1930 yillardan boshlab barchaga ma’lum
bo‘lgan va dastlabki vaqtlarda ulardan mashq qilish nishoni sifatida foydalanib
kelingan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniya armiyasi katta er maydonlariga
hujum qilishlari uchun uchuvchisiz samolyotlarni radio orqali boshqarib ko‘rishga
uringanlari bizga ma’lum.
Dostları ilə paylaş: |