Namangan viloyati xalq



Yüklə 216,5 Kb.
səhifə1/5
tarix03.02.2023
ölçüsü216,5 Kb.
#82665
  1   2   3   4   5
Alisher Navoiy.tadbirdoc






Assalom, Navoiy

(A.Navoiyning tavalludining575 yilligiga bag'ishlangan


adabiy kecha ssenariysi).

Sahna jihozi: portret, kitoblar ko'rgazmasi, gazetalar, taxt, stol ustida lavx, siyoxdon, qalam, sham, shamdon.





  1. Boshlovchi: Bugun qalbimizda quvonch o'zgacha.

Charaqlar quyosh bu tong o'zgacha,
Keksa-yosh qalbida iftixor g'urur
Kuy qo'shiq g'azal o'zgacha.



  1. boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar. Hurmatli ustozlar.




  1. Boshlovchi: Assalomu alaykum. She’riyat, adabiyot mehri bilan limmo- lim to'lgan tarovatli davramizga xush kelibsiz!




  1. Boshlovchi: Xalqimiz ona tilimizga befarq bo'lmagan o'zbek farzand borki, bugun chuqur iftixor va ehtirom bilan buyuk bobokolonimiz hazrat Mir Alisher Navoiyni esga oladi, bu hazratning avlodi ekanligidan dili cheksiz quvonchga to'ladi.




  1. boshlovchi:

Ey, ash’or mulkining buyuk sultoni
Ey, o'zbek xalqining suyuk o'g'loni
Nomingdan dimoqqa ming xil gul isi
To abad atirli xush havo kelur.



  1. boshlovchi: Tantanamizga qimmatli vaqtlarini ayamay qadam ranjida qilgan aziz mexmonlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.




  1. boshlovchi: Navoiyning 575 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tayyorlaganmiz. Marhamat tinglab tomosha qiling

Bugun Navoiyning tug'ilgan kuni
Tunlardan himoya qilaylik uni
Haykali qoshida qalblar bo'lsin jam
Ming yilda bir kelur malikul-kalom.



  1. boshlovchi: O'zbekning uyimas Navoiy yo'q uy

Dunyoga shavq berar bu muqaddas kuy
Ulug' bobomizga beraylik salom
Ming yilda bir kelur malikul-kalom

Navoiy deganda quloqlarimga


Uzoq asrlardan bir navo kelur
Navoiy deganda quloqlarimga
Qahraton qishda ham xush sabo kelur

Qo'shiq– «Ey, sabo» Navoiy g'azali






  1. Yüklə 216,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin