Namunaviy va ishchi o'quv dasturi



Yüklə 8,16 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü8,16 Kb.
#46761
Namunaviy va ishchi-WPS Office


Namunaviy va ishchi o'quv dasturi

Fanni o'rganish uchun rejalashtirilgan mavzular ta’lim stan- dartlaridan kelib chiqqan holda, qo'yilgan maqsadga ko'ra namunaviy va ishchi o'quv dasturida o'z ifodasini topadi.

O'quv dasturi fanni o'rganish bo'yicha hujjat hisoblanib, bo'lajak mutaxassisga qo'yilgan talablarga mos holda ta’lim mazmunini va uni o'quvchi, talabalar tomonidan o'zlashtirishni tashkil etish usullarini aks ettiradi.

O'quv dasturlari alohida o'quv predmetlari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni o'rganish ketma-ketligini belgilaydi.

Har bir mavzu bo'yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib chiqqan holda, mavzuning mazmunini o'zlashtirish uchun uning xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o'zlashtirish zarur bo'lgan

masalalar, qo'yilgan muammo va boshqalarni hisobga olib o‘quv jarayonini tashkiliy shakllari bo'yicha vaqt ajratiladi.



Har bir mavzu o'rganiladigan fanning shu mavzu doirasidagi qisqacha mazmunini ifodalaydi.

Dastur fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda tarmoq standartlariga muvofiq ravishda shu fan o'quvchi-talabalarda qanday bilim va ko'nikmalarni shakllantirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. O'quv dasturi namunaviy va ishchi o'quv dasturidan iborat bo'lib, ishchi o'quv dasturi namunaviy dastur asosida tuziladi.
Yüklə 8,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin