Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti21



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#46949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
laboratoriya

Navoiy davlat konchilik instituti

Konchilik fakulteti21A-18 NRM guruh

talabasi Nematilloyev Jasurbekning

_____________________________ fanidan


Laboratoriya ishi

X
Topshirdi: Nematilloyev J.

Qabul qildi: Shodiyev A.N.

Navoiy-2021

LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI


Har bir talaba tajriba ishlarini bajarishdan oldin texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishishi shart.

Boyitish stollarida ishni bajarishdan oldin quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.

1. Ishni bajarishdan oldin boyitish stolning elektr dvigatellari elektr o‘tkazgichlar yordamida (zazemlenie) erga ulangan bo‘lishi shart.

2. Dastgohni ishga tushirish va to‘xtatish faqat o‘qituvchi, o‘quv ustasi yoki laborant tomonidan amalga oshiriladi.

3. Stolning rudani qabul qilish tuynugiga ruda maxsus cho‘michlar yordamida berib turiladi.

4. Boyitish mahsulotlari boyitish stoli ishdan to‘xtatilgandan so‘ng ajratib olinadi.

5. Ishlab turgan vaqtda stolning tebranish amplitudasi va sonini, qiyalik burchagini o‘zgartirish qat’iyan man etiladi.

Foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitishda quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarur.

1. Ishni bajarishdan oldin flotatsiya mashinasi va rN - metrning elektr o‘tkazgichlari erga ulanganligini (zazemlenie) tekshirish shart.

2. Quyidagilar qat’iyan man etiladi:

a) flotatsiya reagentlari va reaktivlarning ta’mini tatib ko‘rish;

b) eritma va flotatsiya jarayoni chiqindilarini rakovinaga to‘kish;

v) turli reagent eritmalarini byuretka va pipetkalarga olishda og‘iz bilan so‘rish;

3. Flotatsiya mashinasida ishlayotganda impeller yurituchi qismining to‘sinini olish man etiladi;

4. Impellerning tasmali uzatgichi uzilganda dvigatelni o‘chirish zarur va so‘ngra tasmani almashtirish mumkin;

5. Impellerning elektr dvigateli ishlayotgan vaqtda uning aylanish sonini o‘zgartirish man etiladi;

6. Bo‘tanaga sianid aralashtirish zarurati tug‘ilsa maxsus kurakcha yordamida aralashtirish zarur, qo‘l yordamida aralashtirish man etiladi, chunki sianid zaxar!;

7. Sianidni zarur bo‘lgan mikdorda solishni laborant amalga oshiradi va reagent seyfda saqlanishi shart;

8. Kislota va ishqor bilan ishlayotganda ehtiyot bo‘lish zarur. Ular qo‘l terisiga tushsa kuydiradi. Bunday hol ro‘y bersa darhol qo‘lni oqar suvda yuvib, so‘ngra kuchsiz kislota va ishqor aralashmasida artish lozim;

9. Zarur bo‘lgan reagent miqdori o‘lchash silindri yoki oxiriga grusha kiydirilgan pipetka yordamida olinadi. Og‘iz orqali pipetka bilan olish man etiladi;

10. Laboratoriya xonasida ovqatlanish, chekish man etiladi;

11. Boyitish mahsulotlarini quritish shkafidan olishda kuyishdan ehtiyot bo‘lish kerak;

12. Laboratoriya xonasida maxsus kiyim-xalatda ishlash zarur;

13. Flotatsiya mashinasi kamerasidagi mahsulotni mashina ishdan to‘xtatilgandan so‘ng bo‘shatish mumkin;

14. Ish so‘ngida qo‘lni yuvish zarur.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin