Necha zamon o'tsa ham,, Ona tilim sen ulug'



Yüklə 25,25 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü25,25 Kb.
#182042
ОНА ТИЛИМ


ОНА ТИЛИМ
Necha zamon o'tsa ham, ,
Ona tilim sen ulug'.
Yetib kelmish shu kunga, .
Qipchoq,o'g'uz va qarluq.
Har jumla so'zi ayon, .
Har lahjaning o'rni bor.
Tuzsang insho yo bayon, .
Matnga yetmas g'ubor.
Turkiy til abad qolmish,
Yassaviy hikmatida.
Bezanib oro olmish,
Ustoz Lutfiy baytida.
Bags boshlanur bir nazmiy,
She'r o'qilur jarangdor.
Bir chekkada Navoiy,
Mishra tuzmish ma'nodor.
Hazrat o'qiganda she'r,
Bazm ahli lol qolmish.
Turkiy bayt-la Alisher
Saroyni qo'lga olmish.

Shirin g'azal, ruboiy


Qalamidan tug'ilmish.
Tilimiz endi boqiy,
Qaddin tutib tirilmish.
Bobolarimdan meros,
Dilbar lahja, shevalar.
So'zim biyron, kuyga mos,
Turkiy bog'dan mevalar.

O'sib, yashnab bu elim,


Yuz tutar keng jahonga.
Dur kabi aziz tilim,
Zeb berar keng jahonga.


Nasim OTAMURODOV,
39-maktab. o'qituvchisi.
Yüklə 25,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin