«neft-gaz kimyosi va fizikasi» fanidan yakuniy 10. Neftdagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar



Yüklə 36,1 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü36,1 Kb.
#189882
  1   2
neft gaz kimyosi


« NEFT-GAZ KIMYOSI VA FIZIKASI » FANIDAN yakuniy

10. NEFTDAGI GETEROATOMLI BIRIKMALAR VA MINERAL KOMPONENTLAR

Hamma neftlarda uglevodorodlar bilan bir qatorda juda ko‘p miqdorda oltingugurt, kislorod va azotli birikmalar bor. Bu elementlarning miqdori neftning yoshiga va paydo bo‘lish davriga bog‘liq. Neftda oltingugurt miqdori 0,02-7,0% bo‘lishi mumkin, kam oltingugurtli neftlarda oltingugurt miqdori 0,004-0,13% bo‘ladi. O‘zbekistondagi neftlar kam oltingugurtli neftlarga kiradi. Chet elda olinadigan neftlarda, masalan: Etselda - 9,6%, Rauel Pointda - 14% oltingugurt bo‘ladi.


Kislorodli birikmalarning miqdori neftda 0,05-3,6% gacha bo‘ladi. Bu kislorodli birikmalarning 0,5-4,0%i gazoylga to‘gri keladi.
Geteroatomli birikmalar neft fraksiyalarida bir xilda tarkalmagan. Ularning ko‘p qismi og‘ir fraksiyalarda yig‘ilgan, ayniqsa smolali - asfaltenli fraksiyalarda ko‘p. Neftning turlariga karab 400 - 4500C dan yuqori xaroratda haydaladigan fraksiyalar butunlay geteroatomlardan tashkil topgan bo‘ladi. Yangi xosil bo‘lgan neftlarda smolali - asfaltenli fraksiya ko‘p bo‘lganligi uchun geteroatomli uglevodorodlar ularda ko‘p bo‘ladi.
Neftdagi mineral komponentlarga, undagi tuzlar va ular bilan xosil bo‘lgan metall komplekslari, kolloid xolidagi mayda zarrashali mineral moddalar kiradi. Bu moddalarning tarkibiga kiruvshi elementlar mikroelementlar deyiladi va ularning miqdori 0,02-0,03% miqdorgacha bo‘ladi (40 va undan ko‘p elementlar bor). Bu elementlar neftni yokishdan xosil bo‘lgan kulni taxlil qilib topiladi. Ularning neftdagi miqdori 0,001(210-3)% dan 0,0000001 (510-7)% gacha bo‘ladi.
. GAZ - SUYUQLIK XROMATOGRAFYASI
Gaz-suyuqlik xromatografyasi (GSX) neftkimyo va neftni qayta ishlash soxasida keng qo‘llaniladi, chunki bu usulning quyidagi qulayliklari bor:
1. Yuqori ajratish qobilyatiga ega. Ustunlar samaradorligi 106 nazariy tarelkaga tengdir.
2. Yuqori sezgirlik, moddalarning miqdoriga 10-10 % gacha aniqlik bilan o‘lchaydi.
3. Tez taxlil qilinadi.
4. Taxlil uchun olinadigan moddaning miqdori 0,1mg ni tashkil qiladi.
5. Anik taxlil qiladi o‘rtacha xatolik - 2,5%.
6. Jixozl tuzilishi soddaligi
Yuqorida ko‘rib utilgan taxlil usullaridan tashkari, neft maxsulotlarini taxlil kilish uchun kuyidagilar qo‘llaniladi.
1.Mass - spektrometrya va xromo-mass-spektrometrya.
2.Ultrabinafsha va infrakizil spektrometrya (IKS), (UF), (IK).
3.Yadro magnitli rezonans (YaMR)va elektron paramagnit rezonans (EPR).
Bu usullar bilan neft maxsulotlarining strukturalari o‘rganiladi.
Gaz xromatograflarida alanga-ionizatsion detektor qo‘llaniladi. Uning katarometrli xromatografyaga nisbatan sezgirligi yuqoridir,
Katarometr - 102.
Alanga ionlanish - 104.
Gaz-suyuq xromatografyada aralashma tarkibidagi moddalarni uchuvchanligi, molekulalarning geometrik strukturasi va ko‘zg‘almas faza bilan munosabati xisobga olinadi. Selektiv ko‘zg‘almas faza taxlil qilinadigan aralashmalarning taxlil qilinadigan moddaga nisbatan xar xil eruvchanligini ta'minlaydi.
Moddaning ustunga beriladigan vaqtidan boshlab cho‘qqining maksimal chiqish vaqtigacha bo‘lgan vaqt ushlab turish vaqti (tR) moddaning gaz fazasida bo‘lgan vaqti va molekulaning yutilgan xolatidagi (t'R) vaqtidan tashkil topgan. Ustunning xaqiqiy ushlab turish kobilyati quydagi formula bilan aniqlanadi.

Yüklə 36,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin