Neft-gaz sohasi samaradorligi va istiqbollari muhokama qilindi



Yüklə 27,3 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.05.2023
ölçüsü27,3 Kb.
#119199


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Neft-gaz sohasi samaradorligi va istiqbollari muhokama qilindi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida 25-yanvar kuni "O'zbekneftgaz"
aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va
qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg'i materiallari
bilan ichki ehtiyojni ta'minlashning ahvoli, tizimdagi
istiqbolli vazifalar ijrosiga bag'ishlangan yig'ilish
bo'lib o'tdi. 
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o'zgarishlar
amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
30-iyundagi "Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi qarori bilan "O'zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. 
Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko'paytirishning 2021-yilgacha bo'lgan dasturi
va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi. 
Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko'p. Ularni o'zlashtirish va qayta ishlash bo'yicha
yangi tizim yaratildi. Xo'sh, yurtimiz boyliklari xalqimizga qanday manfaat keltirmoqda,
dedi davlatimiz rahbari. 
2017-yilda neft va gaz kondensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo'yicha
belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko'plab muammolar to'planib
qolgan. 
Zaxiralar oshirib borilmagani sababli 2017-yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari
ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi
burg'ilash hajmi bo'yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to'liq ado etilganida
zaxirani yanada oshirish mumkin bo'lar edi. 
Shuningdek, ekspluatatsion burg'ilash ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan
quduqlar soni prognozi 53 foizga bajarilgan, xolos. 
Tabiiy gaz qazish quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va
ta'mirlash ishlari ham yetarli darajada emas. Buning oqibatida gaz qazib olishdan
boshlab, uni iste'molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi
yo'qotilmoqda. 
Prezidentimiz shu kabi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilar ekan, uglevodorod zaxiralarini
1 / 3


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
oshirish va qazib chiqarishni ko'paytirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab berdi. 
Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2018-yilda
tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasini 3,6 million
tonnaga ko'paytirish zarurligi ta'kidlandi. 
Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni
ta'minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarini
yakunlash, 76 ta quduqni kapital ta'mirdan chiqarish lozimligi qayd etildi. 
"O'zbekneftgaz" AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi
amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag'lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini
bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash, Qandim gazni qayta ishlash
kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho'rtan gaz-kimyo
majmuasida sintetik suyuq yoqilg'i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi "Mustaqillikning 25
yilligi" konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi
loyihalarga yo'naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshiriladi. 
Yig'ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning yarmidan ko'pi
neft-gaz sohasi hissasiga to'g'ri kelishi, sarflangan har bir dollar iqtisodiy foyda keltirishi
zarurligi ta'kidlandi. 
Davlat manfaatlari nuqtai nazaridan, mahsulot taqsimlash kelishuvlari va qo'shma
korxonalar shartlarini qayta ko'rib chiqish bo'yicha topshiriqlar berildi. 
Sohaning logistika yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi va mahsulot
eksporti narxlarining arzonroq bo'lishini kafolatlaydigan transport yo'laklari va tariflarini
aniqlash, energiya iste'molini tejash va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni
kengaytirish masalalariga e'tibor qaratildi. 
Gaz taqsimlash tizimi jismonan eskirgani va iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda
yo'qotishlarga yo'l qo'yilayotgani tanqid qilindi. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda
yuqori va o'rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, avtotransportlarni gazga
o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, iste'molchilarning energiya
resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish muhimligi qayd etildi. 
Neft-gaz sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish,
"O'zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish
bo'yicha ham vazifalar belgilandi. 
Muhokama qilingan masalalar bo'yicha zarur hujjatlar qabul qilish va belgilangan chora-
tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
2 / 3


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
president.uz
3 / 3

Yüklə 27,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin