Neobixeviorizm haqida tushuncha Uning turlari kirish



Yüklə 48,13 Kb.
səhifə1/4
tarix03.06.2023
ölçüsü48,13 Kb.
#124600
  1   2   3   4
Neobixeviorizm haqida tushuncha Uning turlari kirish



Mavzu; Neobixeviorizm haqida
REJA:

  1. Neobixeviorizm haqida tushuncha

  2. Uning turlari





KIRISH
Biz yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz va biz bolalarimizning barkamol ruhiy dunyosi ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur. Inson tarbiyasi insonning o‘zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli, insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari aniqlash maqsadi izlanishlar olib borilgan. Maktabgacha ta’lim sohasi ta’lim tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan - barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, ruhiy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo‘ladi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish bugungi kunning dolzarb muammolaridir. Ana shu vazifalarni amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya fani muhim rol o‘ynaydi. Maktabgacha ta’lim sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya fani kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish borasida ustuvor o‘rin egallaydi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko‘lami kengayib borishi uning mas’uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Ushbu o`quv qo`llanmada umumiy psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari, bilish jarayonlari yuzasidan nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan.

Psixologiya fani haqida tushunchalar «Psixologiya» (yunoncha) so‘z bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika»ni qo‘llashda davom etmoqda. Psixologiyada «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o‘rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi. Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, subyektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha so‘z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subyektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning
Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin