Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 7A112301 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi magistranti G‘ulomova



Yüklə 19,67 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü19,67 Kb.
#103531
такриз Лочин


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
7A112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi magistranti G‘ulomova Muxarram Nurkamol qizining “Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarida texnologik madaniyatni shakllantirishning uslubiy asoslari” mavzusidagi magistrlik darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishiga



t a Q r i z

Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish bugungi kunda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari “Texnologik ta’lim” yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarning tayyorlashda texnologik madaniyatni shakllantirish kelgusida pedagogik faoliyatida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun xizmat qiladi, bu esa mazkur tadqiqotning dolzarbligini tasdiqlaydi.


Muxarram Nurkamol qizining “Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarida texnologik madaniyatni shakllantirishning uslubiy asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati hamda glossariydan iborat.
Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati belgilangan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarida texnologik madaniyatni shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari” deb nomlanib, unda bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilariga qo‘yilgan talablar, kasbiy kompetentlik talablari, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar hamda pedagogika fanida texnologik madaniyat va uni tashkil etuvchi komponentlari tahlil etilgan.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda texnologik madaniyatni shakllantirish metodikasi” deb nomlangan bo‘lib unda o‘quv maqsadlari, texnologik yondashuv asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish, muammoli ta’lim mohiyati, muammoli vaziyatli topshiriqlar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash metodikasi yoritilgan.
Mazkur dissertatsiya ishining uchinchi bobida tadqiqot doirasida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari mazmuni va natijalari bayon etilgan.
Taklif etilayotgan interfaol ta’lim texnologiyasini ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llab, tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazilib olingan natijalar tahlil qilingan. Umumiy xulosalar chiqarilgan va muhim ilmiy tavsiyalar berilgan.
Yuqorida keltirilgan ijobiy tomonlari bilan bir qatorda tadqiqot ishida ayrim juz’iy kamchiliklar mavjud:

  1. Dissertatsiya ishida imlo xatolar uchraydi

  2. Dissertatsiya ishining 3.2-bandida keltirilgan tajriba sinov ishlari natijalari bandini 3.1-bandga qo‘shib umumlashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Yuqorida keltirilgan kamchiliklar dissertatsiya ishining salmog‘ini pasaytirmaydi deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytganda, G‘ulomova Muxarram Nurkamol qizining “Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarida texnologik madaniyatni shakllantirishning uslubiy asoslari” mavzusidagi 7A112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi va G‘ulomova Muxarram Nurkamol qizini magistr darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
G‘ulomova Muxarram Nurkamol qizining “Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarida texnologik madaniyatni shakllantirishning uslubiy asoslari” mavzusidagi 7A112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini DAK oldida himoya qilishga tavsiya etaman.



O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent




L.R.Zaripov

Yüklə 19,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin