Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix22.06.2020
ölçüsü0,91 Mb.
#32027
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
genetik bilimlarni ozlashtirishda masala va mashqlar yechishning orni


                                                                                                                      

 



О„ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA О„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 

UNIVERSITETI 

 

Qо„lyozma huquqida 



UDK 57:371  - 3 

 

 



ALIMDJANOVA SEVARA KAMOLOVNA 

 

GENETIK BILIMLARNI О„ZLASHTIRISHIDA MASALA VA 



MASHQLAR YECHISHNING O‟RNI  

Mutaxassislik: 5A 110401-“BIOLOGIYA O`QITISH METODIKASI”  

Magistr  akademik  darajasini  olish uchun yozilgan 



 

DISSERTATSIYA 

 

   “Himoyaga  tavsiya  etaman”              Biologiya  va uni  о„qitish 

Magistratura   bо„limi boshlig„i                  metodikasi kafedrasi 

_____________M.X.Esanov                     mudiri  ____________ 

  «_______»  iyun  2015 y.                        biol.f.n. prof. G.A.Shaxmurova                                                                                                                                

                                                                      

 

                                                                    



Ilmiy   rahbar     __________________ 

biol.f.n. S.S.Fayzullayev   



 

Toshkent-2015 

                                                                                                                      

 



Kirish 

1-bob  Odam genetikasida muhit va irsiyat muammosi. 

1.1  Odam genetikasida  qo`llanilgan  metodlar. 

1.2  Odamdagi belgilarni  namoyon bo`lishida muhit  va irsiyatning  ulushini 

egizaklar  metodi orqali aniqlash. 

1.3 Odamdagi belgilarni  irsiylashda  muhit  va irsiyat. 

1-bob bo`yicha qisqa xulosa. 

2- bob  O`quvchilar o`zlashtirishida muhit va irsiyatning ta`siri muammosi. 

2.1.  O`quvchilar  o`zlashtirishida  muhitning  tutgan o`rni. 

2.2.  O`quvchlar o`zlashtirishida  irsiyatning  o`rni. 

2-bob bo`yicha qisqa xulosa. 



3-bob  Pedagogik eksprement o`tkazish va uning taxlili.                                  

3.1 Pedagogik eksprement o`tkazish va uning  taxlili. 

3-bob bo`yicha qisqa xulosa. 

 Umumiy  xulosa 



Foydalanilgan adabiyotlar  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                                                                                      

 



KIRISH 

Mustaqil  respublikamizda  ta‟lim  tarbiyani  isloh  qilish  va  uni  rivojlantirish 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”ni  amalga  oshirish  asosida  yoshlarga  zamon 

talablari  darajasida  mos  keladigan  bilimlar  bilan  birga  o„quvchi  yoshlar  ongida 

yuksak  ma‟naviy  axloqiy  fazilatlarni  shakllantirish  hamda  ularning  bilim 

salohiyatini  yuksaltirish  hozirgi  kunning  eng dolzarb vazifalaridan  hisoblanadi.  

Yuqoridagi  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  mustaqilligimizning  dastlabki 

yillaridan  boshlab  ta‟lim  tarbiya  sohasini  tubdan  isloh  qilish  natijasida  to„plangan 

tajribalar  va  bir  qator  xulosalar  asosida  amaldagi  ta‟lim  tarbiya  tizimini  hozirgi 

taraqqiyoti 

bilan 

kelgusidagi 



talablar 

darajasiga 

ko„tarish  uni  yanada 

takomilashtirishga  jiddiy  e‟tibor  berish  zarurligini  anglagan  holda  ta‟lim 

O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy  taraqqiyoti sahasida ustuvor deb e‟lon qilindi.   

Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

O„zbekistonning 

ijtimoiy 

– 

iqtisodiy 



rivojlantirishning 

eng 


ustuvor 

yo„nalishlariga 

bag„ishlangan 

Vazirlar 

Mahkamasining  majlisida  “Asosiy  vazifamiz  –  Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz 

farovonligini  yanada  mustahkamlashdir”  mavzusidagi  ma‟ruzasida  qator  vazifalar 

shu  jumladan,  ta‟lim-tarbiya  jarayonini  takomillashtirish,  mazkur  jarayonning 

samaradorligini  orttirish  chora tadbirlari  belgilangan. 

Ushbu  ma‟ruzada  “...Biz  farzandlarimizning  nafaqat  jismoniy  va  ma‟naviy 

sog„lom  o„sishi,  balki  ularning  eng  zamonaviy  intellektual  bilimlarga  ega  bo„lgan, 

uyg„un  rivojlangan  insonlar  bo„lib,  XXI  asr  talablariga  to„liq  javob  beradigan 

barkamol  avlod  bo„lib  voyaga  yetishi  uchun  zarur  barcha imkoniyat va sharoitlarni 

yaratishni  o„z oldimizga  maqsad qilib qo„yganmiz...” deyilgan. 

Darhaqiqat  bu  o„rinda  buyuk  bobokolonlarimizning  dunyo  ilmi,  Vatan 

taraqqiyotiga  qo„shgan  ulkan  hissalarini  e‟tirof  etmay  turib  yuqoridagi 

maqsadlarimizga  erisha olmaymiz. 

Azaldan  xalqimiz  orasida  dono  va  iste‟dodli  yoshlar  ko„p  chiqqan  ular  aqlu 

zakovat  bobida  dunyoni  lol  qoldirgan.  Bizning  tomirlarimizda  insoniyat  ma‟naviy 

xazinasiga  xissa  qo„shgan  Amir  Temur,  Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn 


                                                                                                                      

 



Sino,  Mirzo  Ulug„bek,  Alisher  Navoiy,  Bobur  Mirzo,  kabi  bobokolonlarimizning 

qoni jo„sh urmoqda. 

Siz  yoshlar  dunyoning  eng  taraqqiy  etgan  mamlakatlarida  bo„lib,  u  yerda 

ta‟lim  olib  jahon  andozalari  darajasida  bilim  egallab,  eng  zamonaviy  kasb  hunar 

o„rganib,  ozod  va  obod  O„zbekistonning  buyuk  davlat  bo„lishida  munosib  hissa 

qo„shasizlar  degan  umiddamiz.  Buning  uchun  hayot  sinovlariga  bardosh  berish, 

jamiyatda  o„zingizga  o„rin topish va ulkan  salohiyatli  bo„lish talab etiladi. 

Bizning  rivojlanishimizga  genlarimiz  qanday  darajada  ta‟sir  ko„rsatadi, 

bizning 

tarbiyamizga-chi; 

bizning 

qobiliyatlarimiz, 

intellektimiz, 

xarakter 

xususiyatlarimiz  asosida  ijtimoiy  yoki  tabiiy  omillarning  qaysi  biri  yotadi.  Bu 

savollarni  davom  ettirish  mumkin,  ammo  ularning  mohiyati  bitta  –  bizninig 

rivojlanishimizni  nima  belgilaydi,  degan muammoga borib taqaladi.    

Mavzuning  dolzarbligi:    Mustaqilikka  erishgach  O‟zbekiston  xukumati, 

shaxsan  prezident  I.A.Karimov  iste'dodli,  iqtidorli  yoshlarni  aniqlash,  ularning  har 

tomonlama  rivojlangan  komil  insonlar  bo‟lib  yetishishlari  uchun  g‟amxo‟rlik  qilib 

bormoqdalar.  Bejiz  emas,  O‟zbekistonda  prezidentimiz  qoyalari  asosida  yaratilgan 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  va   

1

Ta'lim  to‟g‟risidagi  qonunda  yoshlarni 



qobiliyati 

va 


iste'dodiga 

qarab 


ta'lim-tarbiya 

berish, 


ulardagi 

shaxsiy 


imkoniyatlarini  to‟laligicha  nomoyon  bo‟lishi  uchun  barcha  sharoitlar  va  tizimlar 

ishlab chiqilgan. Ma'lumki, sobiq sovet o‟quv tizimida barcha o‟quvchilarga birdek  

yondashish,  ularni  qobiliyatlari  va  imkoniyatlarini  xisobga  olmagan  holda  bir  xil 

o‟quv  dasturi  asosida  ta'lim  berilgan.  Xozirda    “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”asosida  yaratilgan  ko‟p  bosqichli  ta'lim  tizimida  o‟quvchi  yoshlarni 

qobiliyat  va    iste'dodlarini  nomoyon  qilish  uchun  barcha  sharoitlar  yaratilgan.  

Ayniqsa  iqtidorli  yoshlar  uchun  yaratilgan  turli  yo‟nalishlardagi  chuqurlashtirilgan 

bilimlar  beruvchi  akademik  litseylarda  olib  borilayotgan  ta'lim  tizimi    o‟zining 

ijobiy  samarasini  berayotganini  guvoximiz.  Jumladan    bir  necha  bor  o‟quvchilar 

orasidagi  o‟tkazilgan  kimyo  fanidan  xalqaro    Mendeleyev  olimpiadasida 

                                                                 

1

  O`zbekiston  Respublikasining  “ta`lim  to`g`risidagi  “  qonun    Barkamol  avlod    O`zbekiston 



taraqqiyotining   poydevori  T.O`zbekiston  1997. 

 


                                                                                                                      

 



O‟zbekiston  o‟quvchi  yoshlari  oltin  medal  sohibi  bo‟ldilar.  Bunday  misollarga 

sport sohasida, fizika sohasidagi o‟quvchi yoshlarni  yutuqlarini  keltirish  mumkin.   

Ma'lumki  odamlardagi  iste'dod,  qobiliyat  va  aql-idrok  nasldan-naslga  o‟tishi 

ko‟pgina  tadqiqotlarda  isbotlangan.    Xattoki,  odamlarga  og‟ir  jinoyatchilik, 

umrning  uchunligi  irsiy  omillarga  bog‟liqligi  genetik  tadqiqotlarda  uzil-kesil 

tasdiqini  topgan.  Odamning  aqliy  faoliyatini  irsiy  omillarga  bog‟liqligi  xaqidagi 

ilmiy  izlanishlarni  ko‟plab  uchratamiz.  Lekin  adabiyotlarda  yosh  o‟quvchilar 

tomonidan  turli  o‟quv  predmetlarni  o‟zlashtirishida  muxit  va  irsiy  omillarni  ulishi 

xaqidagi  ma'lumotlar  yetarli  darajada  yoritilmagan.  Vaxolanki  o‟quvchilarni  o‟quv 

faoliyatlarni  rejalashtirishda  bu masala muxim  bo‟lib kelmoqda.  

    

Mavzuning  ishlanganlik  darajasi:  Odamni  rivojlanishida  biologik  va 

ijtimoiy  omillarni  axamiyati  haqidagi  masala  doimo  faylasoflar,  tabiatshunos 

olimlar  orasida  munozaralarga  sabab  bo‟lib  kelgan.  Marksistik  dialektik 

dunyoqarash  biologik  omillarni  axamiyatini  kamsitib  birinchi  o‟ringa  doimo 

ijtimoiy  omilni  qoyib  kelgan.  Shunday  dunyoqarash    ta'lim  soxasiga  ham  o‟z 

ta'sirini  ko‟rsatgan.  Shuning  uchun  sobiq  sovet  tuzimida  barcha  yoshlarni  bir 

qolipda  kiyintirishga  va  bir  xil  o‟quv  reja  asosida  ta'lim  berib  kelingan.  Yoshlarni 

imkoniyatlarini  xisobga  olmagan  holda  turli  predmetlar    boyicha  ta'lim  berilgan. 

O‟quv  predmetini  o‟z  imkoniyati  darajasida  o‟zlashtira  olmagan  o‟quvchilar 

kamsitilib  kelib,  bu  esa  o‟z  navbatida  shu  yoshlarni  qandaydir  ruxiy  tushkunlikka 

olib kelgan. 

   Mustaqillik  sharafoti  bilan  ta'lim  soxasi  turli  xildagi  mafkuraviy  ta'ziqlardan 

ozod  bo‟ldi.  Ta'lim  soxasida  xam  genetik  tadqiqodlar  o‟tkazish  imkoniyati 

yaratildi.  Shuni  takidlash  lozimki  yuqorida  qayd  qilingan  muommolar  chet  el 

olimlarini  ilgaridan  nazarida  bo‟lib  kelgan.  Shuning  uchun  bo‟lsa  kerak  ko‟p 

soxalar  singari  genetika  soxasida  ham  chet  el  olimlarni  tadqiqotlari  sobiq  ittifoq 

olimlarini  ishlariga  nisbatat  20-30  yillarga  ilgarilab  ketgan.  Vaxolanki  shuni  tan 

olishimiz  lozimki  bizning  buyuk  allomalarimiz  tadqiqotlari  doimo  fanning  oldi 

qatorlarida  bo‟lib  kelgan.  Biz  shu  ajdodlarni  avlodi  ekanmiz,  bizda  ular  qoni, 

irsiyati  yotar  ekan  prezidentimiz  takidlaganlaridek    “Biz  hech  kimdan  kam 



                                                                                                                      

 



emasmiz  va  kam  bo‟lmaymiz”.  Shunday  ekan  yoshlarimizda  yashirinib  yotgan 

barcha  noyob  imkoniyatlarni  namoyon  bo‟lishligi  uchun  barcha  sharoitni  yaratib 

berishimiz  lozim. 

    


Tadqiqotning  asosiy  muammosi:  Umumiy  o‟rta  ta'lim  muassasalarida 

o‟quvchilarni  o‟quv  predmetlarini  o‟zlashtirishlarida  muxit  va  irsiy  omillar 

ulushini  aniqlash.  O‟quvchilarni    o‟quv  predmetlariga  o‟zlashtirishiga  bo‟lgan 

imkoniyatlarini  avvaldan  bashorat qilish. 



Dissertatsiya  ishining  ilmiy-tadqiqot  ish  rejalari  bilan  bog‟liqligi: 

magistrlik  dissertatsiyasi  boyicha  olib  boriladigan  ilmiy  tadqiqot    O‟zbekiston 

Respublikasida  qabul  qilingan  “Ta'lim  to‟g‟risidagi  qonun”,    “Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturi”da  belgilangan  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirishga  xizmat 

qiladi.    Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  Universiteti    “Biologiya  va 

uni  o‟qitish  metodikasi”  kafedrasining  ilmiy-tadqiqot  rejalari,  maqsadi  va 

vazifalariga  mos keladi.  

Tadqiqot  maqsadi:  O‟quvchilarni  o‟quv  predmetlarini  o‟zlashtirishlarida 

muxit  va  irsiy  omilarini  ulushlarini  aniqlash.  O‟quvchilarni  o‟quv  predmetlarini 

o‟zlashtirishlariga  bo‟lgan  imkoniyatlarini  bashorat  qilish  uslublarini  ishlab 

chiqish. Shu asosida yo‟riqnoma yaratish. 

 Tadqiqot  ob'yekti:  Umumiy  o‟rta  ta'lim  muassasalarida  o‟quvchilarni 

o‟quv predmetlarini  o‟zlashtirish jarayoni. 



  

Tadqiqot  predmeti:  Umumiy  o‟rta  ta'lim  muassasalarida  o‟quv  jarayoni, 

o‟qitish metodlari,  vositalari  va shakllari. 



Tadqiqotning  ilmiy  farazi:  O‟quvchi  yoshlarni  shaxsiy  imkoniyatlarini, 

ya'ni  turli  kasb, xunar va fanlarga, bo‟lgan iqtidorini aniqlash va  shu asosida ta'lim-

tarbiya  jarayonini  tashkil  qilish  uchun: 

     Yoshlarni  shaxsiy  rivojlanishida  biologik  va  ijtimoiy  omillarning          o‟rnini 

aniqlanishi; 

O‟quvchi yoshlarni iqtidori  va iste‟dodini rivojanishida  irsiyatni  roli  aniqlansa; 

O‟quvchilarni  o‟quv  fanlarni  o‟zashtirishida  muxit  va  irsiy  omillar  ulushi 

aniqlansa; 



                                                                                                                      

 



O‟quvchilarni  iqtidori  va  o‟quv  fanlarni  o‟zlashtirishini  bashorat  qilish  uslublari 

ishlab chiqilsa. 



Tadqiqotning  vazifalari:  1.  Odamni  shaxsiy  rivojlanishida  biologik  va 

ijtimoiy  omillarni    o‟rni  xaqida  adabiyotlar  taxlili  tayyorlash.  2.  O‟quvchi 

yoshlarni  o‟quv  predmetlarni  o‟zlashtirishida  muxit  va  irsiy  omillarni  ulushlarni 

aniqlash  uslubini  ishlab  chiqish.  3.  O‟quv  predmetlari  boyicha  o‟quvchilarni 

o‟zlashtirishida  muxit  va  irsiyat  ulushini  aniqlash.  4.  O‟quvchilarni  o‟quv 

predmetlarni  o‟zlashtirish  imkoniyatlarini  bashorat qilish uslubini  ishlab chiqish. 

  

Tadqiqotning  metodologik  asoslari:  bo‟lib  O‟zbekiston  Respublikasining 

“Ta'lim  to‟g‟risidagi  Qonun”, 

2

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  ,Respublika 



prezidenti  I.A  Karimovning  yoshlarga  ta'lim  tarbiya  berish  haqidagi  bildirgan  fikr-

mulohazalari  va  farmoyishlari,  genetika,  pedagogika  va  psixologiya  sohasidagi  

olimlarining  ilmiy  izlanishlari  hisoblanadi.  

Tadqiqotning  bosqichlari:  Tadqiqot  bosqichma-bosqich  olib  boriladi. 

Birinchi  bosqich  (2013  yil  sentabr-dekabr)  tanlangan  ilmiy    mavzuni  dolzarbligini  

asoslash,  maqsad  vazifalarini  belgilash,  magistrlik  dissertatsiyasi  rejasini  shlab 

chiqish.  Ikkinchi  bosqich  (2014  yil  yanvar-mart)  mavzu  boyicha  adabiyotlar 

tahlilini  o‟tkazish,  unda  universitet,  Fanlar  Akademiyasining  va  A.Navoiy  

kutubxonasidagi  genetika  sohasidagi  adabiyotlarni  taxlil  o‟tkazish.  Genetik  olimlar 

ularning  ilmiy  izlanishlari  bilan  yaqindan  tanishish.  Uchinchi  bosqich  (2014  yil 

aprel-dekabr)  tanlangan  mavzu  boyicha  umum  ta'lim  muassalarida  pedagogik 

eksprement  o‟tkazish  shart-sharoiti  metodikasini  ishlab  chiqish  va    ikki  o‟quv  yili 

davomida  pedagogik  eksperiment  o‟tkazish.  To‟rtinchi  bosqich  (2015  yil  yanvar-

may)  pedagogik  eksperement  natijalarini  matematik  statistik  usulida  ishlab  chiqish, 

tahlil  qilish,    xulosalar  chiqarish,  dissertatsiyaning  asosiy    va  natijalar  qismini 

yozib himoyaga  tayyorlash.   

                                                                 

2

  O`zbekiston  Respublikasining  “kadrlar  tayyorlash  “  milliy  dasturi    barkamol  avlod 



taraqqiyotining  poydevori  T. O`zbekiston  1999-

yil. 


  

                                                                                                                      

 



     Dissertatsiya  yuzasidan  ikkita  ilmiy  maqola  va  bitta  metodik  qo‟llanma  yaratish 

rejalashtirilgan.    



Tadqiqotning nazariy ahamiyati: 

Odamni  rivojlanishida  biologik  va  ijtimoiy  omillarni  o‟rni  xaqida  adabiyotlar 

taxlili  tayyorlanadi; 

O‟quvchi  yoshlarni  o‟quv  predmetlarni  o‟zlashtirishida  muxit  va  irsiy  omillarni 

ulushi  aniqlanadi;    

Yoshlarni  o‟quv  predmetlarni  o‟zlashtirish  imkoniyatlari  avvaldan  bashorat 

qilinadi  va  shu  asosida  shaxsga  yo‟naltirilgan  o‟quv  reja  tuzish  imkoniyati 

tug‟iladi. 

  

Kutilayotgan  natija:  Ilmiy  tadqiqot  natijalari,  o`quvchilarda  fanlar bo`yicha 

o`zlashtirishlarining  bashorat  qilish  va  shunga  ko`ra  ularga  alohida  diferensial 

yondoshishga  maxsus  dasturlar  asosida  o`qitish  uslublarini  ishlab  chiqishga 

yordam beradi. 



Dissertatsiyaning strukturaviy tuzilishi: Dissertatsiya kirish, 3 bob, ushbu 

boblar  boyicha  xulosalar,  umumiy  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  royxati  va 

ilovadan  taskil  topgan. 

Kirish  qismida  mavzuni  dolzarbligi,  ob‟ekti,  predmeti,  maqsadi,  vazifalari, 

metodologik  asoslari,  bosqichlari,  nazariy  ahamiyati,kutilayotgan  natijalar,tuzilishi 

va hajmi  hajmi  haqida bayon etilgan. 

I-bobda  odam  genetikasida  muhit  va  isriyat  muammosi  va  qo‟llanilgan  metodlar 

haqida berilgan.   

II-bobda  o‟quvchilar  o‟zlashtirishida  muhit  va  irsiyatning  ta‟siri  muammosi  va 

o‟rni haqida bayon etishga bag‟ishlangan 

III-bobda pedagogik eksprement o‟tkazish va uning  tahlili  natijalari  keltirilgan 

Dissertatsiyaning  yakunida  xulosa,  lug‟at  va  foydalanilgan  adabiyotlar  royhati 

keltirilgan. 

 

 



 

                                                                                                                      

 



I BOB ODAM GENETIKASIDA MUHIT VA IRSIYAT MUAMMOSI  

1.1 Odam genetikasida qo„llanilgan metodlar. 

Odam  tabiat  yaratgan  eng  ajoyib  mavjudod  bo„lib,o„zining  o„sish  va 

rivojlanishida  biologik  va  ijtimoiy  omillar  asosida  shakillanadi.  Shu  sababli 

odamga  biologik  jihatdan  genetik  ob‟ekt  sifatida  yondoshish  o„z  o„zidan  bir 

qancha  muammolarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.Ma‟lumki  o„simlik,hayvon  va 

mikroorganizmlarda  istalgan  genetik  tadqiqotlarni  olib  borish  mumkin,lekin  bu 

metodlarning  barchasini  odamda  qo„llab  bo„lmaydi.Shu  sababli  odamda  irsiyat  va 

o„zgaruvchanlikni  o„rganishda  bir  qancha  qiyinchiliklar  uchraydi.Bularga  to„xtalib 

o„tamiz. 

Odatda  genetik  tadqiqotlarni  o„tkazish  uchun  tanlangan  organizmlar 

hayvonlarda  irsiy  jihatdan  sof  bo„lishi  kerak.  Genetik  jihatdan  sof  organizmlar 

o„simlik  va  hayvonlarda  indbriding  yo„li  bilan  olinadi,  ya‟ni  bir  ota-onaning  erkak 

va  urg„ochi  individlari  o„zaro  chatishtirilib,  ularning  nasli  bir  necha  avlodlarda 

o„rganiladi.  Odamlarda  bir  ota-onaning  o„g„illari  begona  oilaning  qizlariga 

uylansalar,  qizlari  begona  oilaning  o„g„illariga  turmushga  chiqadilar.  Bu  esa  odam 

irsiyatining  sof  holda  gomozigota  bo„lishini  cheklab  qo„yadi.  Binobarin,  odam 

irsiyatining  geterozigota  holatda  bo„lishi  genetik  tadqiqotlarni  olib  borishdagi 

birinchi  qiyinchiliklardir.   

Genetik 

qonuniyatlarning 

haqqoniy 

bo„lishi  uchun  tekshirilayotgan 

organizmlar  son  jihatdan  ko„p  bo„lishi  shart.  Vaholanki,  odamlarda bir ota-onadan 

tug„ilgan  farzandlar  soni  ko„p  holatlarda  1-4  tadan  oshmaydi.  Odam  naslining 

kamligi  genetik  tadqiqotni o„tkazishdagi ikkinchi  qiyinchilik  sanaladi. 

Odam  genetikasidan  tadqiqot  olib  borishdagi  yana  bir  qiyinchilik  ko„payish 

muddati  bilan  aloqador

3

.  Ma‟lumki,  bakteriyalar  har  30  minutda,  g„o„za  o„simligi 



120-130 kunda, qo„y 6 oyda yangi nasl bergani holda, odamlarda yangi naslni olish 

uchun  o„rtacha  18-20  yil  talab  qilinadi.  Binobarin  qisqa  muddat  ichida  biror belgi-

                                                                 

3

 



Ananyev  B.G.  Chelovek  kak predmet  poznaniY.  L.:  LGU,   

 


                                                                                                                      

10 


 

xossani  odamdarning  bir  necha  avlodlarida  tadqiq  qilish  imkoni  cheklangan 

bo„ladi. 

Hayvon  va  o„simliklarda,  mikroorganizmlarda  tadqiqotchi  xohlagan  belgi 

xossaga  ega  organizmlarni  o„zaro  chatishtirib,  yangi  nasl  olishi  mumkin. 

Odamlarda  bunday  yo„l  bilan  belgi-xossalarning  irsiylanishini  o„rganish  qonun 

bo„yicha  taqiqlanadi.  Tadqiqotchi  xohlagan  erkak  va  ayol  shaxslarni  nikohlashi 

mumkin  emasligi,  odam genetikasidagi  qiyinchiliklardan  yana biri  hisoblanadi. 

Har  qanday  organizmlarda  belgi-xossalarning  rivojlanishi  bir  tomondan 

genotipga,  ikkinchi  tomondan  tashqi  muhit  omillariga  bog„liq.  Ma‟lumki,  hayvon 

va  o„simliklar  ustida  tajriba  o„tkazilganda,  turli  xil  irsiy  xususiyatlarga  ega  bo„lgan 

organizmlarni  bir  xil  muhitda  o„stirib,  ular  orasida  paydo  bo„lgan  farqlardan  irsiy 

omillar  ulushini  aniqlanadi.  Lekin  odamlar  turli  ijtimoiy  va  iqtisodiy  muhitda 

yashaganlari 

sababli 

egizaklarni 

hisobga 

olmaganda 

bunday 

sharoitni 



tug„dirishning  imkoniyati  juda  kam  ekanligiga  ishonch  hosil  qilamiz.  Bu  ham 

odamdagi irsiyat  va o„zgaruvchanlikni  o„rganishda qiyinchilik  hisoblanadi. 

Yuqoridagi  qiyinchiliklarga  qaramay,  odam  irsiyati  va  o„zgaruvchanligini 

o„rganish  nihoyatda  zarur.  Uning  zarurligi  birinchidan  mikrorganizmlar, 

o„simliklar,  hayvonlarda  ixtiro  qilingan  irsiyat  qonunlari  odamlarda  ham  o„z 

qimmatini  saqlaydimi    -  degan  muammoni  hal  etish,  ikkinchidan  kerakli  belgi-

xossalarning  irsiylanishini  bilish,  oilani  rejalashtirish,  irsiy  kasallik  turlari, 

sabablarini  aniqlash, ularning  oldini  olish choralarini  ishlab chiqish uchun kerak. 

Yuqorida  qayd  qilingan  odam  irsiyatini  o„rganishdagi  qiyinchiliklarini  oldini 

olish uchun odam genetikasining  metodlari  mavjud.Bular  quyidagilardan  iborat. 



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin