Noinersial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari Reja Galileyning nisbiylik prinsipi. Inersial sanoq sistemalari



Yüklə 35,07 Kb.
səhifə1/4
tarix26.12.2023
ölçüsü35,07 Kb.
#197612
  1   2   3   4
laziz


Mavzu: Noinersial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari

Reja
1.Galileyning nisbiylik prinsipi.
2.Inersial sanoq sistemalari
3.Inersiya kuchi
4.Noinersial sanoq sistemalari

Xulosa
Adabiyotlar
1.Galileyning nisbiylik prinsipi
G alilei nisbiylik prinsipi — Nyutonning klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday boʻlganida namoyon boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida oʻtkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni birinchi boʻlib 1636-yil Galileo Galiley aniqlagan.

Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, trayektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bogʻliq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq tizimlarida birday boʻladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi Galilei nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan Galilei nisbiylik prinsipi mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga oʻtishdagi almashtirishlarga — Galilei almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi (qarang Nisbiylik nazariyasi).


Shu sababli Galilei almashtirishlarida yuqoridagi tenglama oʻzgarmaydi. Bu tenglama Galilei nisbiylik prinsipining matematik ifodalanishidir. Galilei nisbiylik prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar bilan harakatlangan hol uchungina oʻrinli. ~ s boʻlgan hollarda Galilei almashtirishlari Lorens almashtirishlari bilan almashtirilishi lozim.
Nisbiylik prinsipining ochilishiga asosiy sabablardan biri, Yerning harakati, anig’rog’I uning o’z o’qi atrofida aylanishi haqidagi gipoteza bo’ldi.Shunday savol tug’iladi: agar Yer o’z o’qi atrofida aylanadiga bo’lsa, nega biz uni Yer sirtida o’tkazilgan eksperimentlarda sezmaymiz?
Faraz qilaylik, siz o’rtog’laringiz bilan birgalikda ulkan keaning ichida, tashqi oynalari qoraytirilgan xonasida o’tiripsiz. Shunda o’rtog’laringizdan biri hozir kema tinch turibdimi yoki harakatdami, degan savolni berdi. Tashqi palubaga chiqmasdan, buni qanday aniqlash mumkin? Bolalardan biri:”Kelinglar, tajriba o’tkazib ko’ramiz. Stoldagi buyumlardan birini tepadan pastga tashlab ko’ramiz. Agar kema harakatsiz bo’lsa, u vertical tushadi. Harakatda bo’lsa, tushish davrida kemaning poli oldinga ketib qolib, ozgina orqaga tushadi” , deb taklif qildi. Turli narsalar tashlab kurilgnda hammasi polga qarab tik holda aynan bir joyga tushdi. Demak, kema tinch turibdi, degan xulosaga kelindi. Tashqi palubaga chiqib qaralsa, kema bir tekisda chayqalmasdan suzib ketayotgan ekan! Demak, mexanik tajribalarni tinch turgan sinf xonasida o’tkazilsa ham, to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan vagon yoki kema ichida o’tkazilsa ham bir xil kechar ekan.
Bunga birinchi bo’lib Galiley o’z e’tiborini qaratgan edi. Galiley ham siz faraz qilgadek, ulkan kema ichida kuzatilayotgan mexanik jarayonlar, agar kema to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo’lsa, xuddi tinch turganda qanday kechsa, shunday borishini yozib qoldirgan. Bunda sanoq sistemasi sifatida yer emas, balki harakatlanayotgan vagon yoki kea olinadi.

Yüklə 35,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin