Nomidagi toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi mustaqil ish



Yüklə 69,72 Kb.
tarix24.04.2022
ölçüsü69,72 Kb.
#56221
2 5188605559137375062


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VA’ZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY

NOMIDAGI TOSHKENT VILOYATI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI

MUSTAQIL ISH

MAVZU: Televizion qabul qiluvchilarning tasnifi

Bajardi: TT 01-21 guruh talabasi

Maxamatqulova Nag’ima

Tekshirdi: Rayhona Djurayeva

MUNDARIJA

1.Kirish…….

2.Televideniye……………

3.Televideniye tizimi…………..

4.Televizion tasvirlar…………………….

5.Televizion signal trakti……………………

6.Xulosa……………………………………

7.Foydalanilgan adabiyotlar………………..

KIRISH

Televideniye (grekcha: tele- uzoq va lotincha: video- ko’raman) – harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimi. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga bo’lib uzatishga asoslangan. Kadrlar almashinishi chastotasi tasvir o’zgarishi tezligiga qarab tanlanadi.

Televideniye, fan , texnika va madaniyatning ko’rinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bog’liq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat o’zi yashab turgan joydan uzoqdagi narsalar va voqealarni ko’rish ustagi bilan hamisha band bo’lib kelgan. Bu istak ko’p xalqlarning afsona va ertaklarida o’z aksini topgan. Masalan, Alisher Navoiy “Farhod va Shirin “ dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (Xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini ko’zguda ko’rib oshiq bo’lib qoladi). Xalqlarning bu istagi ,asosan, elektronika “sehrli ko’zgu” (“oynai jahon”) ga aylangan 20- asrda ro’yobga chiqdi. Televideniye tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (19-asr oxirida Portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. 20 – asrning 30 – yillariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan ( ularni ishlab chiqishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 1884 – yildan boshlab bergan). 30- yillar o’rtalaridan boshlab dastlabki electron televideniye tizimi paydo bo’ldi. Inson ko’zi uzatilgan television tasvirlarni qabul qiluvchi oxirgi bo’g’im hisoblangani uchun television tizimlar ko’zning ko’rish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, ya’ni Televideniye ko’z xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar o’rnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar ob’yektiv tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa , tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorug’lik monand elektr signallari olinadi.



Televideniye taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) U Smithning , tashqi fotoeffektning asosiy qonunlarini belgilab bergan (1888) A.G.Stolevnij, radioaloqani ixtiro qilgan (1895) A.S.Yaoiovning , “katod teleskop” tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim bo’yicha lab. sharoitida birinchi marta electron television uzatishni amalga oshirgan (1911) B.L.Rozingning xizmatlari katta . 1928 yilda O’zbekistonlik ixtirochilar B.P.Grabovskiy va I.F. Belyanskiylar elektronnur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan “radiotelefot”ni yaratdilar. Televideniye elektron tizimlari amalda 1920-40 yillarda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan.

Bunga B.K.Zvorikin va F.Farnsuort (AQSH), K.Svintov(Buyuk Britaniya), A.A.Chernishev, S.I.Katayev, A.P.Konstantinov, B.L.Rozing, P.V.Timofeyov, P.V.Shmakov (SSSR) va boshqa olimlar katta hissa qo’shishgan.

Televizion tasvirlar 3 jarayonda uzatiladi: 1. Uzatuvchi obyekt chiqargan yoki qaytargan yorug’likni elektr signallariga aylantirish; 2. Elektr signallarini aloqa kanallari bo’yicha uzatish va qabuk qilish; 3. Elektr signallarini obyektning optic tasvirini hosil qiluvchi yorug’lik impulslariga aylantirish. Uzatishda tasvir elementlarini elektr signallariga , qabul qilishda uzatilgan signallarni tasvir elementlariga ketma-ket aylantirish jarayoniga tasvirlarni tiklash deyiladi. Tasvirlarni analiz va sintez qilish jarayonlari sinxron hamda sinfaz bo’lishi kerak. Televizion ko’rsatuv tizimida chiziqlisatr yoyilma qabul qilingan; bunda hosil qilinadigan tasvir kadri gorizontalsatr strukturaga ega bo’ladi.

Tiklashning sinfazligini saqlash uchun har qaysi satr va kadr oxirida sinxronlovchi impuls uzatiladi. Shu bilan televizion stya o’z ta’sir zonasidagi barcha televizorlardagi tiklanishlarni boshqaradi. Televideniyeda optik tasvirlarni hosil qilish va tiklash jarayonlari texmik jihatdan asosan vakuumli elektronnurli trubka yordamida amalga oshiriladi.

Uzatuvchi trubkalar ichida fotoeffektli vidikon va tashqi fotoeffektli superortikon , qabul qiluvchi trubkalardan esa turli kineskoplar keng tarqalgan. Oq-qora televideniyeda yorug’lik signali (videosignal) uzatuvchi trubkadan chiqishda kuchaytiriladi va elektr signaliga aylantiriladi. Bunda radiokanal yoki kabel kanali aloqa kanali bo’lib xizmat qiladi.

Qabul qiluvchi qurilmada qabul qilingan signallar bir nurli kineskopda yorug’lik nurlariga aylantiriladi; bunda kineskop ekrani oq nur nurlatadigan lyuminofor bilan qoplangan.

Rangli televideniye tabiatidagi barcha ranglarni ma’lum nisbatda olingan 3ta asosiy rang – qizl, yashil va ko’k ranglardan optic jihatdan tiklash mumkin bo’lgani uchun televizion uzatish kamerasi yoritilganlik signalini va asosiy ranglar signallarini yaratishi uchun bir emas, balki 3ta trubkadan iborat bo’ladi.

Uzatishda(telemarkazda) ana shu barcha signallar kodlanadi, qabul qilishda (telepriyomnikda) dekodlanadi. 80-yillar o’rtalaridan boshlab raqamli televideniye tizimi ustida ishlar olib boriladi va amalda joriy qilinadi. Bu tizimda elektr impulslarning kod (raqam) li kombinatsiyalari ketma-ketligidan foydalaniladi. Kabelli televideniye tizimidan ham foydalanilmoqda. Unda atmosfera va boshqa xalaqitlar bo’lmaydi. Kabellar (yorug’lik o’tkazgichlar asosan yer ostidan o’tkaziladi.

Televideniye tizimlar quyidagi asosiy belgilari bo’yicha tasniflanadi: sifat belgisi bo’yicha – oqqora (monoxromli), rangli , stereomonoxromli va stereotangli; signallarni qanday shaklga keltirishi (videoinformatsiya) bo’yicha – analog va diskretli (raqamli); aloqa kanali spektrining chastotasi bo’yicha – keng polosali va tor polosali.



Televideniye inson turmushida muhim o’rinni egalladi; televizion eshittirish sifatida keng tarqaldi. Televizion apparaturalar fan, tibbiyot, xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida turli masalalarni hal qilishda keng ishlatiladi.

Tasvirni uzoq masofaga olib ko’rsatish tajribalari 20-asr 30y.larida boshlandi. Televideniye Oyning Yerdan ko’rinmaydigan tomonini o’rganishga imkon yaratdi, Oy, Merkuriy, Venera, Mars va Yupiter sayyoralarining fototelevizion suratlari olindi. Muntazam teleko’rsatuvlar Birlashgan Qirollik va Germaniyada 1936-yilda , Amerika Qo’shma Shtatlarida 1941-yilda , Yevropa mamlakatlarida 20-asr 50-yillarida, rivojlanayotgan mamlakatlarida 60-yillarda boshlandi. Bugungi kunda, televideniye yuqori darajada rivoj topdi va insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Barcha rivojlangan mamlakatlar o’z televideniyasiga ega, AQSH va 3ta umummilliy teletarmoq – ‘’ABC’’, “CBS”, “NBC” faoliyat ko’rsatmoqda. Angliyada “BBC”, Fransiyada TF va boshqa televizion studiyalar mavjud.

Toshkent telemarkazining tajriba sinov ko’rsatuvlari 1956- yil 5- noyabrdagi boshlanadi. 1957-yilda O’zbekiston radioeshittirish va televedeniye qo’mitasi tashkil etildi, qo’mita 1992-yil 7-yanvarda O’zbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga , O’zbekiston Prezidentining 1996-yil 7- maydagi farmoni bilan esa O’zbekiston Teleradiokompaniyasi (O’zteleradio) ga aylantirildi. “O’zteleradio” ommaviy axborot vositalarining muassasasi, tahririyati , tarqatuvchisi va noshiri huquqlariga ega bo’ldi. “Uzteleradio”ning Qoraqalpog’iston Respublikasida, viloyatlarda hududiy ( mintaqaviy) bo’limlari mavjud. Hozirda, O’zbekistonda ko’plab telekanallar faoliyat yuritmoqda.

“O’zteleradio” jahindagi ko’pgina yirik telekompaniyalar bilan, jumladan, Amerikaning CNN, Germaniyaning DW,Yaponiyaning NHK, TBS,FUJI,Koreyaning KV5, Turkiyaning TRT, Rossiyaning yetakchi telekompaniyalari bilan keng tarmoqli aloqalarga ega. O’zbekiston TV ning “Axborot” dasturi SCOLA (AQSH) konsorsiumi hamkorligida internet orqali uzatib boriladi.

Televideniye paydo bo’lishi bilan ommaviy axborot vositalari tizimida sifat o’zgarishi yuz berdi- insoniyat ijtimoiy hayot voqealarini bevosita ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldi, ijtimoiy ong bilan ijtimoiy borliq o’rtasida eng qisqa va qulay yo’l barpo etildi, I neon ongiga va his tuyg’usiga ta’sir etishning ishonchli vositasi vujudga keldi. Televideniye garchi so’zni bosma ravishda ko’paytirmasdan ijtimoiy hayotni ovoz va tasvir vositasida aks ettirsada, u matbuotning, ommaviy axborot vositalarining bir turi hisoblanadiva uning qonun-qoidalari asosida ish ko’radi. Televideniye matbuotning ijtimoiy informatsiya yig’ish va tarqatish vazifasining 3 qirrasi bo’lmish tasvir, tahlil va ta’sir funksiyalarini to’la bajaradi, ya’ni u hayotdagi voqea va hodisalarni tasvirlaydi, ularni tahlil qiladi, hayotga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Matbuotning umuminsoniylik, xalqchilik, milliylik, haqqoniylik va boshqa tamoyillari ham televideniye faoliyati uchun bosh qonun hisoblanadi. Matbuotning ijodiy an’analariga amal qilish va yangi omillar yaratish, jamoatchilik fikrini ifodalash va boshqa qoniniyatlari ham televideniye uchun bevosita taalluqlidir. Matbuot materiallarining o’zagini tashkil etuvchi publistika ham televideniye faoliyatida keng qo’llanadi va uning o’ziga xos xususiyatlari bilan birlashgan holda telepublitsistikani tashkil etadi. Televideniyeda publitsistikaning har 3 – information , tahdiliy va badiiy ko’rinishlari keng xizmat qiladi.

Televideniye faoliyati telejurnalistika qonuniyatlari asosida olib boriladi. Telejurnalistika – jurnalistika qonun-qoidalarining televideniye imkoniyatlari bilan birlashmasidan iborat. Telejurnalistika janrlari ham matbuot janrlari bilan televideniye xususiyatining qo’shilishidan kelib chiqadi. Matbuotning information , tahliliy va badiiypublitsistik janrlari televideniye xususiyatlari bilan mushtarak holda telexabar , telereportaj, telelavha, telesuhbat, telehisobot, telesharh, teleocherk, telefelyeton va boshqa xillarga aylanadi. Ma’lum mavzuga bag’ishlangan teleko’rsatuvlar yig’indisi telejurnal deb ataladi. Shu bilan birgalikda Televideniye ommaviy axborot vositalarining o’ziga xos, alohida bir turidir. U o’z funksiyasini bajarishda publitsistika bilan br qatorda og’zaki nutq san’ati, adabiyot , teatr san’ati, kino,musiqa san’ati kabilardsan ham keng foydalanadi. Shuning uchun ham televideniye boshqa ommaviy axborot vositalari orasida yuqori o’rinda turadi. Teleko’rsatuvlarda san’atning bu xildagi turlaridan keng foydalanish natijasida adabiyot va san’at turlari bilan mushtarak bo’lgan telenovella,teleminiatyura,telefilm,telespektakl,telekompozitsiya va boshqa janrlari ham qo’llaniladi.

O’zbekiston televideniyasi teledasturlarining rangbarangligi respublikaning ijtimoiy,siyosiy,,iqtisodiy,ishlab chiqarish,madaniyma’rifiy hayotining barcha ohalarini qamrab olish va qiziqarli aks ettirish imkoniyatini beradi.

Televizion signal trakti (yo’li) quyidagilardan iborat:

1.Videokamera obyektivi tasvirni yorug’likka sezgir yuzaga proeksiyalaydi.Bu proeksiyadan satrma-satr yorqinlik darajasi aniqlanib chiqiladi. Avval toq satrlar, keyin juft satrlar uzatiladi. Ranglar haqidagi axborot alohida chastotada uzatiladi. Shunday qilib to’liq rangli televizion signal kadri yaratiladi.

2.Uzatuvchi. Radiochastota signali televizion signal bilan modulyatsiya qilinadi va efirga uzatiladi. Tovush alohida chastotada (odatda, FM) uzatiladi.

3.Qabul qiluvchi – televizor . Sinxroimpulslar yordamida televizion kadr ekranga (kineskop,LCD,plazmali panel) yoyiladi.



TARIXI

Hozirgi kunda kundalik hayotimizni oynai jahonsiz tasavvur qilolmaymiz.Texnika taraqqiyot etgan sari televizorlar ham rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Ammo ana shu televizorning tarixi haqida nimalar bilasiz?

Ma’lumki , ommaviy axborot vositalari orasida televideniye eng kenjasi bo’lib, mamlakatimizda uning paydo bo’lganiga deyarli yarim asr bo’lay deb qoldi. Tasvirni bir manzildan , boshqa manzilga uzatishga urinish ishlari ishlari XIX asr o’rtalarida olib borilgan. Ingliz mexanigi A.Benua surat holidagi tasvirni uzatish apparatini 1843-yili ixtiro qilgan. A.Benua qog’ozday ingichka qalay parchasiga tasvir tushirib, maxsus siyoh yordamida yozuvlar bitib, qalay taxtachani tasvir tarqatuvchi apparatga o’rnatgan. Tasvirni qabul qiladigan apparatga esa elektrga toki ta’sirida xiralashadigan maxsus, qog’oz o’rnatgan. Tasvirni elektr quvvati yordamida masofaga uzatadigan yana bir texnik uskuna loyihasi 1858 yilda Rossiya rasmiy doiralarida muhokama qilganligi haqida ham ma’lumotlar bor.

1897 yili bir muhim ixtiro qilinadi, nemis fizik olimi K.F.Braun osselograf uchun nur tarqatuvchi elektron trubka yatardi. Ana shundan so’nggina Peterburg Texnologiya Instituti professori Boris Lvovich Pozing televisison tasvirni qabul qilish, uni bir manzildan boshqa manzilga uzatishga muvaffaq bo’ladi. 1907 yili B.Rozing tasvirni masofaga uzatishda nur tarqatuvchi elektron trubkani qo’llashni taklif etadi. 1911 yili 22(9) mayda Rozing yorug’ fonda bir-biriga parallel ikkita qora chizig’ini nur tarqatuvchi elektron trubkada qabul qilishni tajribada sinab ko’rdi. Toshkentning Shayhontohur mavzesidagi Bola masjid ko’chasi, 74-uyda, (hozirgi Navoiy ko’chasidagi 199 uy. Hozirgi Toshkent televideniyesi markazi yonida) Yusufxon aka va Hamza opa Mirzamuhamedovlar uyida, 1925-1928 yillarda tasvirni ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi tomonlari to’la elektron tizimiga asoslangan hozirgi zamon televideniyesi yaratilib , jahonda birinchi bo’lib harakatdagi haqiqiy televizion tasvir qabul qilindi. Ushbu ixtiro asoschilari o’sha paytdagi Eski shaharning so’lim hovlisidagi boloxonali uyning bir xonasida yashovchi Boris Grabovskiy bilan Ivan Belyanskiylar edilar.



Xulosa

1928 yilning 4 avgust kuni teletasvirni uzatuvchi apparat ko’chaga o’rnatildi. <> kinoteatri oldiga o’rnatilgan telemajmuaning tasvirni qabul qiluvchi qismida o’tib ketayotgan tramvay ko’rindi. Bu dunyoda birinchi bor ko’chada to’g’ridan-to’g’ri olib ko’rsatilayotgan telereportaj – toshkentlik ixtirochilarning katta g’alabasi edi. Televizor haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, u telestudiyalardan uzatiladigan teleeshittirishlarning signallarini qabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun mo’ljallangan radioelektron qurilma . Televizorning rangli va oq-qora, statsiognar va ko’chma xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan elektr signallarini to’lqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqali televizorga uzatiladi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, so’ngra kineskop va radiokarnayga o’tadi. Generatorlar vositasida kineskop ekranida television rastr hosil qilinadi. Oq-qora televizords tasvir tasvir signallari qora va yorug’ elementlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizor bir, uch, besh, o’n ikki , o’ttiz bir va hokazo kanallari bo’ladi. Televizorda qabul qilish uchun metrli to’lqinlar diapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun televizorlarga alohida moslama – konverton qo’yiladi. U detsimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi , ikkinchi yiki boshqa television kanal chastotasiga moslab beradi. Televizorlarning tuzilishi standartlashtirilgan . Uning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashib ulash bloke, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvtalari bilan ta’minlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini ko’rish uchun televizorda sozlash blokidan foydalaniladi. Bu sozlash bloke yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan bo’ladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchun bu signallar kuchaytirilganidan so’ng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqa-boshqa mustaqil kanallar bo’yicha ketadi. Tovush signallari tebranishlar tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detector yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli televizorlarning tuzilishi ancha murakkab , ular oq-qora televizorlardan ranglar kanali bloke va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye tizimi uch kanalli bo’ladi. Monoxrom tashkil etuvchilar – qizil, ko’k, va zangori ranglar rang qorgichida aralashadi, so’ngra uzatgich modilyatoriga o’tadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan uch chastota kanaliga bo’linib, rangli kineskopga o’tadi. Sifat ko’rsatkichlari , ekranning o’lchami va foydalanishga qulayligi bo’yicha televizor to’rt sinfga bo’linadi: I-III sinfdagisi – statsionar televizorlar, IV sinfdagisi – portative , ya’ni ko’chma televizorlar , odatda, televizorlar bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konsturktiv bloklardan tuziladi. Televizorda asosan, yarim o’tkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qo’llaniladi. Ekrani tekis va elektrlyuminiforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli televizorlar yaratilgan.
Yüklə 69,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin