Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə1/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMLI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
A.Asqarova, Z.Axrorova, E.Ro’zimatov, Sh. Sodiqova, U.Sodiqova
PEDAGOGIKA NAZARIYASI FANIDAN
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA


Toshkent 2010


Mundarija

1

Titul varaq






2



Mundarija


3





Ma’ruza


4





Seminar


5



Mustaqil ta’lim








6



Glossariy




7





Ilova






8





Fan dasturi




9



Ishchi dastur


10





Tarqatma materiallar






11





Test


12

Baholash me’zonlari




13

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati







  1. Mavzu: O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rivojlantirishning kontseptual asoslsri.

Reja.
1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va”Kadrlsr tayyorlash Milliy dasturi”.
2.Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari.
3.Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
4.Ta’lim tizimi va turlari.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasi (1997–yil 29 – avgust) da ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan. Ta’lim to’g’risidagi ushbu Qonun besh bo’lim 34 moddadan iborat bo’lib uning maqsadi fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb–hunar o’rgatishning huquqiy asoslari kabi konstitutsiYaviy huquqini ta’minlashdan iborat.
1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqlari, ta’lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
2-bo’lim ta’lim tizimi va turlari mohiyat yoritilgan. Masalan, 9-moddada ta’lim tizimining mohiyat ifodalangan. Qonunga ko’ra ta’lim tizimimiz Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim mussasalarini ta’lim tizimi rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalarni ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni o’z ichiga oladi.
Qonunning uchinchi bo’limi ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga bagishlangan bo’lib, unda ta’lim oluvchilarni va ta’lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish yetim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’qish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
To’rtinchi bo’limida ta’lim tizimini boshqarishdagi vazirlar mahkamasining, ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining vakolatlari ko’rsatilgan bo’lsa, beshinchi bo’limda yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997-yilning 29-avgustida qabul qilingan bo’lib, u besh bo’limdan tashkil topgan. Dasturning ikkinchi bo’limida uning maqsad va vazifalari bilan birga ro’yobga chiqarish bosqichlari ham ko’rsatib berilgan. Dasturning maqsad va vazifalarini ketma-ket uch bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Birinchi bosqich 1997-2001 yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, unda mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy–uslubiy, moliYaviy-moddiy shart sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan edi. Bu bosqichda Ta’lim Qonuni asosida ta’lim tizimi va mazmuni qayta qurildi, umumiy o’rta va oliy ta’lim uchun DTSlar yaratildi, ta’lim jarayoni didaktik va axborot taminotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish boshlandi, o’rta maxsus ta’lim uchin zarur moddiy texnika, o’quv uslubiy va kadrlar bazasi tayyorlandi, ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimi joriy etila boshladi.
Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, unda Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish nazarda tutildi. Bu bosqichda quyidagi vazifalarni ham amalga oshirish muhim deb belgilangan:
Majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o’tishni to’liq amalga oshirish;
Ta’lim muassalarining maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirish;
Ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish.
Bu bosqichda ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlarini to’liq ishga solish lozim. Ikkinchi bosqichda belgilangan vazifalar bajarilib, hayotga tadbiq etildi.
Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib unda to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va Yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan.
Bunda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari Yanada mustahkamlanishi o’quv tarbiya jarayonini Yangi o’quv uslubiy majmualar ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan bilan to’liq ta’minlanishi, elita oliy ta’lim muassalari qaror topishi ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini Yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish maqsadida so’nggi yillarda bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. ular quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini Yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiYasi to’g’risida”gi Farmoni.
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentYabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni O’RQ-406-son.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan Yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907 qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 21 apreldagi PQ-2909-son qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniYatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi Farmoyishi.
Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ular quyidagilar: birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirish, o’z qobiliyatlarini namoyon qilishga ko’maklashish; ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug’ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; uchinchi tashabbus – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish ko’nikmalarini oshirish; to’rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish; beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish.




Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin