Nutq uslublari va ularning turlari



Yüklə 255,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü255,25 Kb.
#161747
  1   2   3   4
132-138



Fayziyeva Gulchexra Chorievna
Lakaeva Tamanno Temirovna
Surhondaryo viloyati Angor tumani 35-maktab o`qituvchilari
NUTQ USLUBLARI VA ULARNING TURLARI
Annotatsiya:
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til
hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda
qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning
qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir
sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi. O’zbеk adabiy tilida
quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
Kalit so’zlar:
Adabiy til, fonеtik, lug’aviy, frazеologik.
1. So’zlashuv uslubi
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha
adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik
shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik
nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar,
tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da.
Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar,
to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda
kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi
deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv


uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv
uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga
chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi.
So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va
ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda
iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir.
Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan
tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid
so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham
o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli
sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar
ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan,
Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi.
Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga
boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi
atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda
so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat
qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma
gaplardan ko’proq foydalaniladi.

Yüklə 255,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin