Nutqi bugunning dolzarb muammosi ekanini anglash vaqti keldi
Nutqi bugunning dolzarb muammosi ekanini anglash vaqti keldi. Ko'pgina hollarda (teleko‘rsatuvlarda, o'zaro suhbatlarda, o‘quvchi va talabalaming mavzu yuzasidan savollarga bergan javoblarida) yoshlarimizning chaynalib, o‘z fikrini ravon aytolmasliklarining guvohi bo‘lamiz. Nega? Chunki nutqimizda nuqson ko‘p. Buni bartaraf etish uchun esa oiladan tortib, bog‘cha va maktablarda ham bolalarimiz nutqidagi kamchiliklarga e’tibor berish zarur. Birorta so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilsa yoki noo'rin ishlatsa, albatta, erinmasdan ulardagi shu kemtiklikni to‘g‘rilash lozim. Har qanday odamni gapidan, muomalasidan, ko‘z qarashidan, o‘zini dadil tutib gapirishidan bilib olish mumkin. “Ish bilguncha gap bil” degan ibora bekorga aytilmagan. Albatta, gap bilgan odam ishni ham biladi. Ishni bilmasa, u o‘sha ish haqida fikr bildirolmaydi. Bizning ota-bobolarimiz azaldan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr-oqibatni har qanday zaru oltinlardan, ma’danu boyliklardan afzal bilgan. Odamiylik, mehroqibat birinchi galda so‘zlarimiz orqali amalga oshiriladi. Insonga berilgan ulug‘ ne’matlardan biri ham shu so‘z va so‘zlash ne’matidir. Buning qadriga yetish muhim fazilat. 11–bet.