Og’zaki nutqiy muloqatga o’rgatish tinglab tushunish va gapirish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda gapiruvchi axborot berish jarayonida nutqiy muloqatni amalga oshirsa



Yüklə 10,36 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü10,36 Kb.
#174575
Kasbiy monologik nutq (2)


Kasbiy monologik nutq
Reja
1. Monologik nutq va uning xususiyatlari
2. Monologik nutqning elementlari.
3. Kasbiy monologik nutq tuzish mashqlari.
MONOLOGIK NUTQ — so‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan nutq shakli.
Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan o‘zaro bog‘liq, o‘ziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega bo‘lgan matnning ma’lum bo‘lagi xos bo‘ladi. Monologik nutq og‘zaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning og‘zaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim o‘rin egallaydi, yozma monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruksiyasiga, mantiqiy urg‘u tushuvchi so‘zlarning joylashish o‘rniga bog‘liq.
Monologik nutq notiqning asosiy nutqiy shakllaridan hisoblanadi; lingvo-stilistik usul bo‘lib, bir qancha turlari mavjud. Mas, ta’sir qiluvchi (targ‘ib qiluvchi) Monologik nutq, dramatik Monologik nutq, lirik monologik nutqhikoya qiluvchi (axborot beruvchi ) M. n. M. n. ning ochiq nutq va ichki nutq kabi ko‘rinishlari mavjud; ochiq monologik nutqda personaj o‘z nutqini ovoz chiqarib bayon etadi; ichki monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, o‘ylari shaklida namoyon bo‘ladi.
MONOLOG bir odamning nutqi bo‘lgani uchun u individual nutq tuzish jarayonining mahsulidir. Monologdagi ohang, leksika, sintaksis dialogik nutqdagidan murakkabroqdir. Birinchidan, monologik nutq bu nisbatan kengaytirilgan nutq turidir. Agar dialogik nutq davomida biron predmetni ko‘rsatib, shu predmet haqida gapni davom ettirish mumkin bo‘lsa, monologik nutqda avval shu predmetni nomlash kerak, tinglovchilar uchun noma'lum bo‘lgan predmetni esa tasvirlash lozim.
Shundan keyingina u haqda biron fikr bildirish mumkin. Monolgik nutq beto‘xtov ijro etiladi, ya'ni fikrni shakllantirish jarayoni so‘zlash jarayoni bilan barobar kechadi. Biroq avvaldan o‘ylab chiqilgan, tayyorlangan monologlar ham borki, ularning sifati ancha yuqori bo‘ladi. Monologlar ancha erkin tarzda tuziladi, ular suhbatdosh nutqiga kam holda bog`liq bo‘ladi. Monolog – yaxshi tashkil etilgan nutq turi bo‘lib, odatda u pishi? O‘ylab, fikrlar jamlangach so‘zlanadi. Unda ko‘pincha to‘liqsiz jumlarlar uchramaydi, an'anaviy nutq shakllaridan foydalaniladi. Monologik nutq 2 xil bo‘ladi:
1.Avvaldan o‘ylab qo‘yilgan mazmunga ega bo‘lgan monolog;
2. Spontan holda, kutilmagan vaziyatda so‘zlangan monolog.
V. V. Vinogradov monologning quyidagi turlarini ham ko‘rsatadi: ishontirish maqsadida tuzilgan nutq, xabar berish maqsadida tuzilgan nutq, lirik va dramatik monologlar.
Monolog mazmunan bir butunlikka teng bo‘lishi kerak; asosiy gapdagi fikr rivojlantirilishi lozim, xulosalovchi fikr ham berilishi kerak, gaplar muayyan ohang bilan shakllantirilishi, birlashtirilishi lozim. Bunda gaplarni, abzatslarni bog`lovchi vositalardan keng foydalaniladi. Masalan, kirish so‘zlar, kirish gap va konstruktsiyalardan. Oddiy so‘roq va ritorik so‘roq gaplardan, turli chekinishlardan ham foydalanish mumkin.
Nutq irod etishda ya’ni og‘zaki monologik kommunikatsiya jarayonida so‘zlovchi faqat lingvistik (verbal) vositalardan emas, balki paralingvistik (noverbal) vositalardan hisoblanmish tuyg‘u va fikr ifodalarini to‘ldiradigan, konkretlashtiradigan mimika, imo-ishoralardan ham foydalaniladi.
Gapirish doimo ma’lum stimul asosida paydo bo‘ladi, ya’ni gapirish uchun stimul — qo‘zg‘alish darajasida fikrning shakllanishiga olib keladigan va kommunikativ maqsadni yaratuvchi ichki va tashqi ta’sir bo‘lishi lozim. Gapirish nutq faoliyatining boshqa turlariga yaqindan bog‘liqligi uchun ta’limning vositasi hisoblanadi.
Hozirgi fan monolog va dialogikni qator elementlar bo‘yicha farqlaydi. Masalan, kommunikativ elementga muvofiq dialog turli yo‘nalishli, ya’ni gapiruvchi va eshituvchining vazifasi o‘zgarmaydigan diologlarga bo‘linadi. Informativlik tarafidan dialog axborot almashuv, monolog esa axborot berish xisoblanadi. Monologik nutq aloqa xodisasi bo‘lib, unda qatnashuvchilarning funksiyalari almashinmaydi. Nutqning tugashi (to‘xtashi) kommunikatsiyaning tugashini anglatadi. Monolog nutqda suhbat jarayonida to‘la yo‘l qo‘yiladigan chalalik, tugallanmaganlik kabilar bo‘lishi mumkin emas, chunki dialogda atrofdagi sharoit xamda kuchli teskari so‘zlovchidan o‘z fikrlarini suhbatdoshi tushunayotganga ishonch xosil qiladi. SHuning uchun monolog nutq ma’naviy tugalligi bilan ajralib turadi. Monolog nutqining yana bir xususiyati tekisliligidir.
Monolog rivojlangan sari oldingi matndagi ko‘p narsalar tushinarli bo‘lib boradi. Ma’ruza, axborot va shu kabi monologlarda paralingvistik vositalarning bir oz kuchsizlanishi axborot keng aytilishini, gapirishning to‘liq tuzilishini taqozo etadi. Bunday gapda So‘zlarni tushirib qoldirish, qisqartirishlar bo‘lishi mumkin emas. Axborotni oson tushiniladigan qilish uchun so‘zlovchi monolog nutq jarayonida turli shakldagi jumlalardan foydalaniladi. Ularni o‘zaro bog‘lovchi elementlarni qo‘llashga urinadi. Nutqni to‘g‘ri tushunilishi uchun talaffuzning to‘liq uslubi qo‘llaniladi.
Umuman olganda, monolog nutqining barcha o‘rgatishlari fikrni mantiqiy ochib berish, asosiy narsani ajratib ko‘rsatish, xulosalar yoki xulosalar chiqarish qobiliyatini o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Monologik xarakterdagi og'zaki nutq ikki shaklga ega bo‘lishi mumkin - qisqa va batafsil. Qisqa shakl ma'qullash, e'tiroz bildirish, ajablanish, mulohaza shaklida qo‘llaniladi.
Kengaytirilgan monologik nutq alohida, og'zaki nutqning maxsus shakli sifatida mavjud. Bu xabar, hikoya, hisobot, taqdimot, referat bo‘lishi mumkin. Monologik nutq mazmunan ham, shaklan ham to‘liqligi bilan ajralib turadi. Mantiqiy nuqtayi nazardan, monolog hukmlarning kengaytirilgan zanjiridir. Gaplar to‘liq grammatik shaklga ega bo‘lib, ular qurilishida odatda modellarga amal qiladi.
Monologik nutq turlari
1. xikoya
2. ta’riflash
3. tasvirlash
4. muxokama
5. ma’ruza

. .


Monologik nutqning xususiyatlari
1. Monologik nutq faqat bir tomonga yo’naltirilgan bo’ladi
2. U rejali bo’ladi
3. U qisman tayyorlangan bo’ladi’
4. U uzilmay davom etadi.
5. U rejali bo’lganligi sababli mantiqiy davom etadi.
6. U bir kontekst , matn asosida olib boriladi.
7. Unga vositalar , tayanchlar, sharoit ta’sir ko’rsatadi.
8. Uslub ta’sir qiladi.
9. Monolog ta’sirchan, ma’lumotli, his-xayajonli bo’ladi, kimgadir nimagadir qaratiladi.
10. Nutq vaziyatli bo’ladi. Bir sharoitni, vaziyatni ko’zda tutadi.
Monologik nutqning quyidagi lingvistik qiyinchiliklari xususiyatlari ham muxim o’rin tutadi, ular tasirini ko’rsatadi 1.Talaffuzi qiyin so’zlarning ishlatilishi. 2. Gaplarning kitob uslubiga mansubligi. 3. Nutqni bayon qilishga bog’liqlik bo’lishi. .
1993-yilda chiqarilgan dasturda bayon qilinishicha monologik nutq : 5 – sinfda 5-7 ta jumla 6- sinfda 7 ta jumla 7- sinfda 9 ta jumla 8-sinfda 8-10 jumladan iborat bo’lishi kerak.
Yüklə 10,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin