Ohangaron tuman xtb tasarrufidagi 30-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1a-sinf o’quvchilari o’rtasida



Yüklə 12,97 Kb.
tarix28.06.2020
ölçüsü12,97 Kb.
#32181
Bayyonnoma

Ohangaron tuman XTB tasarrufidagi

30-umumiy o’rta ta’lim maktabining

1a-sinf o’quvchilari o’rtasida

o’tkazilgan tadbir

BAYONNOMASI

MAVZU: MAKTABIM QUTLUG’ MAKONIM,KITOBIM-OFTOBIM

Ohangaron tuman XTB tasarrufidagi 30-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-”A” sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan tadbir



BAYONNOMASI

12.03.2020 yil

Qatnashdi:sinf rahbari M.Xolboyeva va o’quvchilari

Kun tartibi:



MAKTABIM QUTLUG’ MAKONIM, KITOBIM-OFTOBIM

ESHITILDI:

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Ahmedov Saidmurod aka so’zga chiqib tadbirni samimiy qutlov bilan ochib berdi.Shundan keyin sinf rahbari M.Xolboyeva tadbir mavzusi bo’yicha ishtirokchilarga o’z fikrlari bilan yuzlandi: Inson o’z imkoniyatlari , kuch — qudratini, orzu-havaslar, oldiga qo’ygan maqsadlariga yetishishi uchun avvalo , chuqur bilimga ega bo’lmog’ i lozim . Bunda bizga bilimlar o’chog’I bo’lmish kitoblar yordam beradi.Biz kitoblarni asrab avaylab ularni toza tutmog’imiz zarur.Har kuni yarim soat vaqtimizni kitob uchun ayamasligimiz kerak.Shundan so’ng o’quvchilar chiroyli o’tkazilishiga sabab bo’lgan bir nechta she’r va maqolalar aytib o’tishdi. Tadbir bir necha qizg’in she’rlar bilan davom etdi.Ular bir necha mavzular masalan kitob javonlari,ilm ma’rifatlari,kitob-bilim ziynati,kitob sehri va boshqa mavzular bo’yicha she’rlar aytishdi.So’nggi yillarda kitobga bo’lgan munosabat o’zgarganligi , kitobxonlar soni birmuncha kamayganligi tez-tez ta’kidlanayapti.Buning sabablaridan biri internetning kundalik turmushimizga kirib kelishidir. Undan xohlagan kitobni tezkorlik bilan topish mumkin .Lekin, kitobni internetdan rohatlanib , qunt bilan o’qib bo’lmaydi. Qolversa, u ruhiyatni tez toliqtiradi. Hurmatli ota-onalar, muhtaram tarbiyachilar, farzandingizga xoh tug’ilgan kuni, xoh boshqa bayram bo’lsin kitob sovg’a qilishni kanda qilmang. Shuning bilan,, Maktabim -qutlug’ makonim , kitobim - oftobim ‘’deb nomlangan xayriya tadbirimiz nihoyasiga yetdi.Kitob mutoola qilishdan charchamaylik aziz o`quvchilar!!!



YIG’ILISH QAROR QILADI:

1.Sinf rahbari M.Xolboyeva o’quvchilari bilan qilgan tadbir ma’ruzasi qabul qilinsin.

2.O’quvchilar o’rtasida kitob o’qish musobaqalari o’tkazilsin.

3.Sinf xonalarda kitob javonlari tashkil etilsin.



Sinf rahbari: M.Xolboyeva
Yüklə 12,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin