Oila muhim sotsial institut sifatida Guruh: 306a Bajardi: Rahimova L tekshirdi: Jiyanmuratova G



Yüklə 0,52 Mb.
tarix22.06.2020
ölçüsü0,52 Mb.
#31895
Мустақил иш мавзулари (Жиянмуратова Г.Ш.)(1-u)

Oila muhim sotsial institut sifatida

Guruh:306a

Bajardi:Rahimova L

Tekshirdi:Jiyanmuratova G

Oila sotsiologiyasi

  • Oila sotsiologiyasi umumiy sotsiologiyaning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, u oilani nikoh asosida tashkil topgan,jamiyat taraqqiyotida muhim vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida o'rganadi.Buning muhim sabablaridan biri har bir shaxsning jamiyatda boshqalar bilan sotsial munosabatlarida avvalo oilaning ahamiyati yaqqol ko'zda tutiladi,ya'ni oilada olgan madaniyatini jamiyatda namoyon etishidir.

Oilaning sotsial institut sifatida alohida vazifalari mavjud bo'lib ular quyidagilardir:

  • Oilaning mohiyati va faoliyati o'zgarib borishi aniqlash;
  • Nikoh va oila turlari evolutsiyasini o'rganish;
  • Oila tashkil topishi va taraqqiyotida avlodlarning o'zaro ta'sirini o'rganish;
  • Oila tarbiyasi;
  • Mehnat taqsimotida oilaning o'rnini o'rganish;
  • Oilaning rekreativ faoliyatini va oila huquqining ijtimoy mohiyatini ochib berish.

Sotsial institut - jamiyatdagi muayyan ijtimoy munosabatlarni tartibga solib tursa,sotsial institutlarning yig'indisi jamiyatning ijtimoiy tizimini tashkil qiladi.Bundan ko'rinib turibdiki,jamiyatning tashkil topishida,uning davomiyligini ta'minlashda,oila sotsial institut sifatida asosiy va ijtimoiy manba hisoblanadi.

Sotsial institut - jamiyatdagi muayyan ijtimoy munosabatlarni tartibga solib tursa,sotsial institutlarning yig'indisi jamiyatning ijtimoiy tizimini tashkil qiladi.Bundan ko'rinib turibdiki,jamiyatning tashkil topishida,uning davomiyligini ta'minlashda,oila sotsial institut sifatida asosiy va ijtimoiy manba hisoblanadi.

Oilaning asosini ayol va erkak o'rtasidagi nikoh va nasl tashkil etadi.

Aynan bir xil sotsial tizim (oila) teng ravishda,ham sotsial nazorat tizimi, ham sotsial institut, ham sotsial tashkilot sifatida qaralishi mumkin.

  • Aynan bir xil sotsial tizim (oila) teng ravishda,ham sotsial nazorat tizimi, ham sotsial institut, ham sotsial tashkilot sifatida qaralishi mumkin.

Oilaning funksiyalari


Ijtimoiy-maqomiy

Reproduktiv

Tarbiya

Emotsional

Iqtisodiy

Xo'jalik-maishiy

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oilaning jamiyat taraqqiyotidagi ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom avlodni tarbiyalashdagi katta ahamiyatini hisobga olib,oilaga daxldor boy hamda chuqur milliy an'analarni asrash maqsadida 1998 yil 2-fevralda "Oila " Respublika ilmiy amaliy markazini tuzish to'g'risida qaror qabul qildi.

  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oilaning jamiyat taraqqiyotidagi ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom avlodni tarbiyalashdagi katta ahamiyatini hisobga olib,oilaga daxldor boy hamda chuqur milliy an'analarni asrash maqsadida 1998 yil 2-fevralda "Oila " Respublika ilmiy amaliy markazini tuzish to'g'risida qaror qabul qildi.

"Oila "markazining faoliyati quyidagi asosiy yo'nalishlar bilan belgilanadi

  • Umuminsoniy qadriyatlarning milliy oilaviy tarbiyadagi rolini oshirish va ularning oilada uyg'unlashuvini ta'minlash;
  • Oilaning ijtimoiy iqtisodiy holatini,uning demografik xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadbiq etish;
  • Oila va jamiyat muammolari bo'yicha xalqaro munosabatlarni o'rganish;
  • Oilaning huquqiy bilimlarini tubdan oshirish va uni muhofaza qilish bo'yicha ilmiy -amaliy faoliyat olib borish;
  • Oila va jamiyat muammolari hamda ularni hal qilish bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanmalar ,ilmiy -ommabop risolalar yaratish.

Xulosa!

Har bir oila ijtimoiy tizim strukturasi sifatida jamiyat oldida ma'lum bir vazifani bajaradi. Har bir oilaning o'ziga yarasha qadriyatlari va an'analari bo'lib u oilaning mustahkam va bardavom bo'lishini ta'minlaydi.Oilasiz jamiyat,jamiyatsiz xalq,xalqsiz davlat bo'lmaydi. Davlat va jamiyatimizning tinchligi va totuvligi oilalarimizning tinchligiga,halovatiga bog'liqdir.Shuning uchun ham biz oila muqaddas maskan ekanligi hech qachon unitmasligimiz kerakdir.

E'tiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin