Oiladagi taʼlim-tarbiya muhiti, ota-onalarning masʼuliyati va oʻqituvchilar bilan hamkorligi masalalariga ham eʼtibor qaratildi



Yüklə 27,5 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü27,5 Kb.
#130331
Taʼlim


Taʼlim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, oʻqitish metodlari, taʼlim standartlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yangilash zarurligi, bilim berishda ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalanish, tarbiyada esa milliy anʼana va qadriyatlarga suyanish muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan tamoyilga asoslangan holda, milliy gʻoya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Maktablardagi kamchiliklarni tuzatish, taʼlim sifatini nazorat qilish uchun ota-onalar, keng jamoatchilikning ishtiroki zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.
“Maktab – bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning oʻzi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi.
Oiladagi taʼlim-tarbiya muhiti, ota-onalarning masʼuliyati va oʻqituvchilar bilan hamkorligi masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Maktab hayoti, fidoyi oʻqituvchilar haqida badiiy va hujjatli filmlar, sahna asarlari va videoroliklar yaratish boʻyicha tavsiyalar berildi.
“Moddiy va maʼnaviy hayotni uygʻun rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy boʻgʻin boʻlishi lozim. Maktab taʼlimini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb taʼkidladi davlatimiz rahbari.
Yüklə 27,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin