Oilaviy tarbiya jarayonida bolani rag’batlantirish jazolashning afzalliklari va kamchiliklari.
Reja:
1. Oilaviy tarbiyani bolaga berish jarayonlari.
2. Oilada bolaga rag’batlantirish va jazolash afzalliklari va kamchiliklari
Ota-ona tomonidan bolaning barcha istak, tilak va ehtiyojlarini ko'r-ko'rona, tanqid va mulohazasiz qondirishga intilish; bolani har qanday qiyinchiliklar va to'siqlardan himoya qilish, uning barcha istaklarini joyida bajo keltirish, erkalatish, oddiy yutuqlaridan quvonish, xatolarini sezmaslikka qaratilgan harakatlar. Bolasi uchun "jonini jabborga beruvchilar" odatda o'zlari bilmagan holda farzandlariga yomonlik qilayotganliklarini sezmaydilar, natijada bola kelajakda ishga
to^ati yo'q, ko'pchilikning ichida o'zini tuta olmaydigan, hayotning past-balandliklarida o'zini nochor his etadigan, tantiq, erka bo'lib qoladi. Ayniqsa, bola o'smirlik yoshiga yetganda, erka, tantiq bo'lgani uchun do'stlari va tengqurlari davrasida ham hamma aytganlari bo'lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini namoyon etgisi keladi, lekin ikkinchi tomondan, aslida unda bunday sifatlar bo'lmaydi. Gap shundaki, bunday holatlarda ota-ona zurriyodi timsolida ilgari o'z hayot tajribasida erisholmagan armonlarini ro'yobga chiqargisi keladi, ularning tarbiya uslublari aynan shunga qaratilgan bo'ladi, lekin bola ko'p jihatdan nochor ekanligini keyinchalik ijtimoiy muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta boshlaydi. O`zbek xalqining milliy an’analari, madaniy qadriyatlari, xalq ijodiyotining o`ziga xosligi, tilda o`z aksini topgan xususiyatlari, Xalq pedagogikasining ulkan tajribasi, oiladagi o`zaro munosabatlar tarbiyasida e’tibor berish kerak bo`lgan makalalardir.
Xalq pedagogikasida axloq, nafosat, mehnat tarbiyasi e’zozlanadi. O`tmishda oilada bolaga jamoada o`zini tutishi, atrofdagilarga turli munosabatda bolish o`rgatilgan. Bola tarbiyasida o`zbek xalqiga xos milliy urf-odat, an’analar bilan birga hududiy xususiyatlar, bolalarning ruhiyati va qobiliyati xohish, jinsi hisobga olingan.
O`tmishda bolalarning hayoti kattalarning, butun jamoa nazorati ostida bo`lgan. O`zbek xalq ertaklari oilada bola tarbiyasida hayot darsligi hisoblangan. Ertak qahramonlari namunasida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat va muhabbat, go`zallikga havas,ezgulik,mardlik kabi go`zal fazilatlar tarbiyalangan.
O`zbek xalqi uzoq asrlik mehnat faoliyati jarayonida bilim va malakalar to`plangan. Xalq har bir oilada o`z urug‘i namoyondalariga xos xususiyatlarni shakllantirishga o`g‘lini otaga, qizini onaga o`xshash bo`lishiga e’tibor bergan. Demak,irsiyat ham jismoniy, xam ma’naviy jihatdan hal qiluvchi omil bolgan. Demak,o`tmishda bolalar oilada ota-onalari, buva va buvilari, qarindoshlari, urug‘lari ta`sirida, nazorat shaxs sifatida shakllangan.
Ko`p asrlar davomida «Qur’oni karim» va Hadislar asosiy tarbiya vositasi bo`lgan. O`zbek oilalarida bolalarga kattalarni hurmat qilish hissi yoshligidan shakllantiriladi. Qiz bilan murojat qilish, yaxshi ishlar uchun minnatdorchilik bildirish, kattalar ko`zini ikki qilmoqlik va x.k.
Xalq doimo baxtiyor oilani orzu qilgan,chunki u baxt kalitidir. Ota-bobolarimiz oilani muhabbatsiz tasavvur qilmaganlar. «Muhabbatsiz oila-ildizsiz daraxtdir» aqidasi asosida yashaganlar.
Xalq pedagogikada onaning-eng yuqori ijtimoiy qadriyatdir. Onalar insoniyatning asosiy me’morlaridir. Shuning uchun xam barcha shoir-u fozillar, mutafakkir hadislar Qur’oni Karimda onalarni ulug‘lanadi. A.Navoiy ona haqida shunday deydi:
Onalar oyog‘i ostidadur ravzai jannatu jinoi begi
Ravza begin visolin istar ersang, bol onalar oyog‘i tufrog‘i.;
Xalq aforizmlarida onalarning bolalarga bolgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. «Farzandning quvonching», «Bolali uy bozor», «Bolasiz uyda baxt bolmaydi», «O`nta bo’lsa o’rni boshqa» kabi maqollarda farzandlar ulug‘lanadi.
G'amho'rlikdan ustun keladigan giperprotektsiya - bunda erkalatishdan ko'ra ota-ona tomonidan bolasining har bir yurgan qadami va xatti-harakatini nazoratga olish orqali unga e'tibor berish nazarda tutiladi. Shuning uchun bu tarbiya uslubida turli xil ta'qiqlar, chegaralashlar ("u mumkin emas", "bu mumkin emas" qabilida) bisyor bo'ladi. Bunday sharoitda katta bo'lgan bola odatda mustaqil fikrli, mustaqil qarorlar chiqaruvchi bo'lolmaydi, lekin salga jahli chiqadigan, ko'p narsalardan norozi holda katta bo'ladi, chunki u doimiy nazoratga, birovlarning hamma yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib, aytib berishlariga o'rganib qoladi: onasisiz dars tayyorlay olmaydigan, otasisiz ko'chaga chiqmaydigan bo'ladi, barcha ishlarida kattalarning aralashuviga ko'nikib ketadi. Bolalarni go`zal tarbiya etish uchun ota-onalarning o`zlari go`zal аxloqli, tartibli bo`lishlari shartdir. Ota-oilada bosh tarbiyachi. Otaning namunasi katta. Otaning qalbiy namunasi bolaga yomon ta`sir korsatadi. Oilaviy tarbiyada bolalarning bir-biriga bolgan munosabati ham katta rol oynaydi: «Katta arava qayerdan yursa, kichik arava ham shu yerdan yuradi».
Bola tarbiyasi o’ta murakkab va ma’suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o’z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma’lumotlardan baxobar bo’lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko’rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o’z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.
Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va ko’lamini oshirish talabini qo’yadi.
Ta’lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani ma’qul. Rasululloh (s.a.v): “Birontangiz o’z farzandlaringizni tartib-intizomga o’rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.
Bolalarni intizomga o’rgatish oila mustahkamligiga asos bo’ladi. Islom shu ma’noda ota-onalarni o’z farzandlariga sog’lom tarbiya berishga rag’batlantiradi. Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yaxshi xulq bilan xulqlantiring” deb ta’kidlangan.
Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg’ulariga chuqur ta’sir ko’rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo’lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o’ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o’tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “…tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo’lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o’ta e’tiborli bo’lish lozim.
1993-yil «Mahalla, maktab va oila hamkorligi» konsepsiyasida oilaning bola tarbiyasidagi vazifalari quyidagicha belgilangan .
O'ta kuchli axloqiy mas'uliyat - bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo'ladi, lekin uning asl xohish-istaklari, ehtiyojlari unchalik e'tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta Kilishni o'ylab, uning yurish-turishi uchun yzlarini mas'ul deb his silgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba'zan nazorat ostida bolaning yoshi, aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, to'shiriqlar ham berilaveradi. Masalan, "sen to'ng'ichimizsan, ukalaringga sen qarashing kerak", degan ma'noda unga oiladagi kichik a'zolarga yoki kasallikka chalingan oila a'zosini parvarish qilish kabi mas'uliyatli va og'ir ishlar ham yuklanadi.
Emotsional raddiya - bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-ona hayotida u o'ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo'lmaganida ota-onaning hayoti boshqachi bo'lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand oilada yagona bo'lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliro^ inson bo'lsa, vaziyat yanada og'irlashadi, "sen bo'lmaganingda..." yoki kíz bolaga qarab: "Sening o'rningda og'il bo'lganda edi..." qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.
Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini yashirishga urinadi, "nega bolani yoqtirmaysan?" kabi savollarga aslida uni sevishi, kerakligini ta'kidlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish ekanligini
his qilib yashaydi va tezroq mustaqil bo'lib olib, ularni tashlab ketishni, alohida yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o'z mehribonligini sun'iy ravishda namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning bunday munosabati bolaga juda og'irbotadi.
Z.Freyd nazariyasiga ko'ra , ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bo'lib borib, o'zida alamni qaysidir bir ob'ektdan (o'zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo'lib o'sadi. Jismoniy jihatdan bolaga zug'um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir. Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki baxtsiz muhabbat qurboni bo'lgan, lekin farzand ko'rgan ayollarning aksariyati achchig'ini bolasidan olishga moyillik tarkib topadi, bu tobora hayotiy ko'nikmaga aylanib boradi. Ayniqsa, stress omillar ta'sirida ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi yo'qlar, ish qidirib boshqa yerlarga ketib qolgan migrantlar, etnik yoki moliyaviy ziddiyatlarning qurbonlari, kambag'allar) o'z ijtimoiy muammolarini hal qilaolmay, tug'ilgan bolasidan o'ch ola boshlaydi.
Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun murakkab tuyulsa, ularning bolasini kaltaklashi, undan o'ch olish ehtimoli shuncha yuqori bo'lishini olimlar o'rganishgan. Shunisi xarakterliki, bolasini tez-tez do'pposlaydigan ota-ona ayrim holatlarga unga qattiqqo'lliklarining sababini aytib, bu kabi harakatlarni nima uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham jazm qiladi, bolani ularni tushunishga, hattoki, ko'mak berishga chaqiradi. Masalan, topganini o'zi ko'chada yeb, alkogolga almashtirib kelib, achchig'ini yana boladan oladi-da, puli asli kam ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi. Gipoprotektsiya - shunday
holatki, unda ota-onaning bola bilan shug'ullanishga yo vaqti yetishmaydi, yoki bu ishni boshqalarga yuklab qo'yadi. Ayrim ota-onalar shu tarzda hayot kechirib, farzandlarini umuman nazorat ham qilmaydi, uning taqdiriga befarq bo'ladi, g'amho'rlik ko'rsatmaydi, bolasining kelajagiga qayg'urmaydi. Gipoprotektsiyaning yashirin shaklida ota-ona bola ustidan nomiga nimalardir qilganday bo'ladi. Lekin aslida ularni faqat o'zlarining kundalik muammolari qiziqtiradi. Bola bu holatlarni tahlil etib, o'zining kerak emasligini, oilada ortiqcha ekanligini anglab boradi.
Tashlab qo'yilgan bolalar yoki tashlandiq bolalar - odatda yoshligidan na moddiy, na ma'naviy ehtiyojlari qondirilmagan bolalardir. Ular masalan, qorni to'ymaganidan jismoniy taraqqiyotdan orqada qolsa, nazorat va e'tiborning yo'qligidan turli jinoyat yo'llariga kirib qoladi, yaxshi, samimiy e'tibor va mehrning yo'qligidan jamiyatda, odamlar orasida o'z o'rnini topishga qiynaladigan, odamovi, savodsiz bo'lib o'sadi. Bularning barchasi ularning kelajakda jinoyat yo'llariga kirib qolishiga yoki zararli odatlarga o'rganishi (giyohvand moddalar iste'mol qilish)ga sabab bo'ladi.
Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli - ziddiyatli tarbiya. Bunda oila a'zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo'llaydi, masalan, otasi o'ta qattiqqo'l, ona o'ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini juda nazorat qilib, mas'uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug'ullalanadi, buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib ketishini - "hali yosh, katta bo'lganda o'zi yaxshi bo'lib ketadi", qabilida ma'qullayveradi. Bunday beqaror tarbiya uslublarini E.Eydemiller, V.Yustitskiy, N.Leongardlar o'rganib, uning oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, masalan, qaysarlik, obro'li shaxslarning tazyiqini noto'g'ri baholash kabilar shakllanishini isbotlaganlar. Ota-ona tarbiyadagi beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni bilmaydi. Ko'pincha bu - bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni tinchlantiradi. Aksariyat ota-onalar bolasini yo'qotib qo'yish yoki uning ko'ngli qolishidan qo'rqib ham noto'g'ri tarbiya yo'llarini tutadi. Shuning uchun oilaviy tarbiya o'ta murakkab jarayon bo'lib, unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor bo'lishlari kerak.
Ta’lim-tarbiyaning boshlang’ich poydevori bu boshlang’ich ta’limdir. Bu bizdan hech qanday isbot talab qilmaydi va bu aksiomadir. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga dars jarayonlari qanchalik sifatli tashkil etilsa, samarasi ham shunchalik darajada bo’ladi. Bunda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi markaziy o’rinda bo’lib, u fanlarni o’qitishning eng samarali metodlaridan foydalanishi lozim.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, bilimli inson qilib tarbiyalash vazifasi ko’p jihatdan boshlang’ich sinflarda fanlarni o’qitish metodlarini to’g’ri uyushtirish, xususan, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, ularning so’z boyligini talab darajasida o’stirish bilan o’zaro bog’liq.
Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyning fikricha: “Ta’lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular kasbhunarning chinakam oshig’i bo’ladilar”. Boshlang’ich sinf o’quvchilari, ayniqsa, o’z ustozlariga taqlid qilishadi. Yosh o’quvchilar uchun ustozning har bir so’zi “qonun”, har bir harakati esa mukammaldir. O’quvchilar ustozining har bir harakatini diqqat bilan kuzatishadi va unga o’xshashga, shu harakatlarini qaytarishga harakat qiliashadi.
Boshlang’ich sinflarda ko’proq rag’batlantirish, namuna ko’rsatish, maqtash, mashq va o’rgatish kabi tarbiya metodlarini qo’llash tavsiya etiladi. Jazolash metodlarining tanbehnigina qo’llash tavsiya qilinadi. Chunki kichik yoshdagi o’quvchilarning qalbi juda nozik bo’lib, xayfsan berish, uyaltirish orqali ununing qalbiga ozor berib qo’yish mumkin. O’quvchilar esa bu holatni umrbod unutmasliklari mumkin deb hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilar insonlar uchun zarur bo’lgan fazilatlar va qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak: muammolarni faol ravishda kashf qilish va ularni hal qilish, intilish va yetakchilik qilish qobiliyati; sezgirlik, hamdardlik, muloqot qobiliyatlari va xilma-xillikni qabul qilish qobiliyati va boshqalar.
Yosh avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Insonlar o’zligini chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi va bunga bolaning yoshligidanoq e’tibor berila boshlandi. Taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deya tarbiyaning nechog’lik dolzarbligini anglatuvchi fikri hamda mashoyixlarning “Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdur” degan fikrlari yosh avlodni tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qilmoqda.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi har bir tarbiya metodi va vositalaridan o’rinli foydalangan holda yosh avlodni tarbiyalashga e’tibor qaratlishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |