Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mazkur loyihasi bilan tanishib, tegishli tavsiyalar bergan edi. Shunga muvofiq, yirik zavod qurilishi qisqa vaqtda yakunlangn. Yiliga 1,5 million tonna sifatli portland sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodga xorijdan keltirilgan uskunalar o‘rnatildi.
SHEROBOD SEMENT ZAVODI
Sherobod sement zavodi zamonaviy va ilg’or texnik, fan yutuqlarini o’zida jamlagan bo’lib, mavjud zamonaviy, Yevropa standartlariga mos bo’lgan texnologik uskunalar atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni taminlaydi.
Loyiha qiymati 212,8 million dollar bo‘lgan korxona foydalanishga topshirilgach, 1000 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlandi. Mahsulotning asosiy qismi ichki bozorga yo‘naltiriladi. Yangi korxonada olingan ilk portland sement namunasiga ko‘ra, noyob qurilish materiali ishlab chiqarish quvvati va sifati bilan viloyat sanoatini yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
.
2018-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida o’z faoliyatini boshlagan Sherobod sement zavodida ikkilamchi chiqindi issiqlik gazidan elektr energiyasi olinishi yo’lga qo’yildi.Gaz bosimining yuqori bo’lishi bilan mazkur energoblok to’la quvvat bilan ishlay boshlaydi. Natijada soatiga 6 ming kilovat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Zavod ayni paytda Markaziy Surxon-500 podstansiyasidan soatiga 20-25 ming kilovatt elektr energiyasini oladi. Yangi energoblok ishga tushishi bilan bu tashqaridan olinadigan elektr energiyasi miqdori 14-19 ming kilovatgacha kamayishiga olib keladi.
Bu zavodda ishlab chiqarilayotgan portland sementlar Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi doimiy mijozlarga ham arzon narxda yetkazib beriladi.
Qish mavsumida gaz bosimining pastligi bois zavoddagi elektr energiya ishlab chiqaruvchi energoblok to‘la quvvat bilan ishlay olmaydi. Markaziy Osiyodagi sement zavodlari orasida faqat Sherobod sement zavodida mavjud bo‘lgan ushbu energoblokning bir tomoni dekabr oyida ishga tushirilgan edi. Kuni kecha esa ushbu energoblokning ikkinchi tomoni ishga tushirildi.Gaz bosimining yuqori bo‘lishi bilan mazkur energoblok to‘la quvvat bilan ishlay boshlaydi. Natijada soatiga 6 ming kilovat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Zavod ayni paytda Markaziy Surxon-500 podstansiyasidan soatiga 20-25 ming kilovatt elektr energiyasini oladi. Yangi energoblok ishga tushishi bilan bu tashqaridan olinadigan elektr energiyasi miqdori 14-19 ming kilovatgacha kamayishiga olib keladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, natijada iste’mol qilinadigan elektr energiyasi 30% foizgacha tejaladi. Bu o‘z-o‘zidan sement zavodida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilishiga sabab bo‘ladi. Sutkasiga hisoblaydigan bo‘lsak elektr energiya hisobidan 60 mln so‘mdan oshiq mablag‘ tejash imkonini beradi.