Olmosh turlari



Yüklə 7,36 Kb.
tarix14.05.2022
ölçüsü7,36 Kb.
#57923
Olmosh turlari
20-chi, 23172-shaxs barkamolligi esse, Аbu Nasr Forobiy va Gʼazzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini

Olmosh turlari


Reja:

1.Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.

2.Olmoshlarning bugungi kundagi ko’rinishi.

3.Amaliy qism.


KIrish

  • Boshqa so’zlar (ot, sifat, son, ravish, fe’l, taqlid so’zlar……), so’z birikmasi, gap hatto matn o’rnida almashib qo’llanuvchi, ularga ishora qiluvchi so’zlar olmosh deyiladi.

Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.

  • Kishilik olmoshi-so’zlovchi birligini bildiruvchi olmosh (ko’k turk bitiglarida bän/ben.
  • Uyg’ur, moniy yozuvlari yodgorliklarida män/men/min.
  • So’zlovchi ko’pligini bildiruvchi olmosh- biz.

Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.

  • Bir tinglovchini bildiruvchi olmosh sän/sen/sin.
  • Ko’p tinglovchini bildiruvchi olmosh- siz/sizlär.
  • O’zga kishini bildiruvchi olmosh- ol.
  • O’zga kimsalarni bildirganda esa- olar/ular/anlar.

Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.


Kishilik olmoshining turlari:

Birligi:bän/ben/bäni/beni

-män/men/min/mäni/meni/mini

-sän/sen/säni/seni/sini

Ko’pligi:biz/bizni/bizniη/biziη.

siz/sizlär/sizni/sizlärni/siziη/sizniη.



-olar/olarnї/olarnїη

Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.

  • O’zlik olmoshi- öz aslida ‘’jon’’ degani. U ‘’kishi, shaxs, odam’’ ma’nosini ham bildiradi. Misol “Irq bitigida” özüη uzun bolzun (Umring uzun bo’lsin).
  • Yozma yodgorliklarda käntü va öz olmoshlari juft holda kelishi mumkin.
  • Bunda uning ma’nosi “o’z-o’zim” degani. Misol: Käntü özümüni küntä ayda öηibiz tidimiz ärsär. (O’z-o’zimizni kundan, oydan yuqori qo’ygan bo’lsak).

Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.

Qadimgi turkiy tillarda olmoshlar.

  • Jamlash-belgilash olmoshi:
  • - qamug’/qamag’. (hamma)
  • - qamag’ї (hammasi)
  • - barї (bari)

Olmoshlarning bugungi kundagi ko’rinishi.

  • Olmosh (Almashmoq)- boshqa so’zlar, so’z birikmasi, gap hatto matn o’rnida almashib qo’llanuvchi, ularga ishora qiluvchi so’zlarga aytiladi.
  • Olmosh so’roq bildiruvchi so’zlar hamdir.
  • Olmoshning o’ziga xos atash ma’nosi yo’q, leksik ma’nosi yo’q, lug’aviy ma’nosi yo’q, so’roqlari yo’q, sinsintaktik vazifasi yo’q.

Olmoshlarning bugungi kundagi ko’rinishi.

  • Olmosh qaysi so’z o’rnida kelsa, qaysi so’zga ishora qilsa uning so’rog’iga javob bo’ladi. Uning sintaktik vazifasini bajaradi. Uning atash ma’nosiga ega bo’ladi.
  • So’z o’rnida: Muhammad darsga kelmadi. U betob ekan.
  • So’z birikmasi o’rnida: Azizda qiziqarli kitoblar ko’p. Karimda ham shundaylari ko’p.
  • Gap o’rnida: Orzum shul: o’chmasin yongan chirog’ing.

Olmoshning bugungi kundagi ko’rinishi.

Olmoshning bugungi kundagi ko’rinishi.

  • Olmoshning tuzilishiga ko’ra turlari:
  • Sodda olmoshlar; Bir asosli bo’ladi.
  • Qo’shma olmoshlar; Ikki asosli bo’ladi. M: ana shu, bir nima hech kim.
  • Juft olmoshlar; Bir-biriga mazmunan yaqin bo’lgan olmoshlarning birikishidan hosil bo’ladi. M: siz-u- biz, u-bu, ana-mana.
  • Takroriy olmoshlar; Bir o’zakning aynan yoki tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’ladi. M: o’z-o’zini, shu-shu, o’sha-o’sha, nima-nima, kim-kimlar.

Xulosa:

  • Olmoshlar zamonaviy til bilan aytganda, “ichi bo’sh” so’zlar hisoblanadi. Ushbu ichi bo’sh so’zlar vazifasi hozirda ham qadimda ham bir xil bo’lgan. Ya’niki, boshqa so’z turkumlariga ishora qilish, o’rnida qo’llanish xususiyatiga ega. Olmosh shunday murakkabki, u butun boshli matn o’rnida ham keladi. Bilamizki, bunday xususiyat boshqa so’z turkumida mavjud emas. Uni qadimgi va hozirgi holatini qiyoslab o’rganish olmoshning yangidan-yangi xususiyatlarini ochib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  • N.Rahmonov, Q.Sodiqov. O’zbek tili tarixi.B.-224.T,2009.
  • Muxtarov A., Sanaqulov U. O‘zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995.
  • Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995.
  • Nasırov D.S., Paxratdinov Q. Türkiy tillerdiŋ jazba estelikleri. Tashkent, 1996.
  • Aliev A., Sodiqov Q. O‘zbek adabiy tili tarixidan. Toshkent, 1994.
  • O‘zbek tili va adabiyoti. Jurnal. 1992 yil, 2-son
  • www.ziyonet.com

Bajarganlar ro’yxati:

  • Axmedov Asrorjon
  • Botirova Nigora
  • Janiyeva Mo’tabar
  • Boymurodova Gulbahor
  • Daliyeva Lobar
  • Marajabova Mastura
  • Latipova Sabura

E’tiboringiz uchun tashakkur!!!
Yüklə 7,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə