“ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri va undan himoyalanish. Reja: ”Ommaviy madaniyat” o’zi nima ?



Yüklə 3,02 Mb.
tarix24.04.2020
ölçüsü3,02 Mb.
#30937
ommaviy madaniyat

“ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri va undan himoyalanish.

REJA:

1.”Ommaviy madaniyat” o’zi nima ?

2.”ommaviy madaniyat” ning bugungi kundagi dunyo hamjamiyatidagi o’rni .

3.”Ommaviy madaniyat” milliy ma’naviyatga salbiy ta’sirlari .

4.”Ommaviy madaniyat” ga qarshi kurashish va milliy ma’naviyatni saqlab qolish .


Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tisnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.

Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoya, nuqtai nazar, koʻrsatma, mem, imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparast, sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi.

Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.

tanaga turli rasmlar chizdirish( tatu ), Helovvin bayramini nishonlash, Tananing turli qismlarini teshdirib turli temirli buyumlarni taqish, Jamoat joylarida sodir bo'lgan ko'ngilsiz voqealarni foto va video lavhalarga olish(insonlarga yordam bermasdan ), shu bulan birgalikda turli ko'rinishlari mavjud...

Shu o‘rinda zarur bir izoh: «pop (ommaviy) madaniyat»ning namoyandalari va targ‘ibotchilari «pop-adabiyot»ni unchalik tan olishmaydi. Ularning fikricha «adabiyot - bu so‘z san'ati» degani. «Pop (ommaviy) madaniyat» esa san'atga, jumladan, «so‘z san'ati»ga qarshi. Aniqrog‘i, «san'atsiz so‘z», ya'ni yovvoyi, dag‘al, tarbiya, axloqni xush ko‘rmaydigan «ko‘cha so‘zlari»ga moyil. Biroq, ular xohlaydimi-yo‘qmi, aynan G‘arb olamida bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib, tomir otayotgan «ommaviy madaniyat» ta'sirida «Pop (ommaviy) adabiyot» ham tug‘ilyapti. Va bu «adabiyot» «ommaviy madaniyat»ning tuban g‘oyalari targ‘ibotiga xizmat qilmoqda.


Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir.„Ommaviy madaniyat“ namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni „isyon ifodasi“ deb bilishadi. „Nimaga qarshi isyon“ degan savol tugʻiladi. Agar „pop-madaniyat“ dunyoga „ehson“ eta­yotgan „pop-art“ („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop-madaniyat“ tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi.

Chunonchi, „ommaviy madaniyat“ namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish choʻtkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan boʻlaklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bagʻridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday oʻzgacha ahamiyat kasb etib, „sanʼat, madaniyat namunalari“ qatoridan oʻrin olar emish.„Pop-art“chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatkichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi.


Agar ayrim g‘arb davlatlarida erkak bilan erkak, ayol bilan ayol o‘rtasidagi nikoh - hayratlanarli hodisa bo‘lmay qolayotganligi nazar tutilsa, «ommaviy madaniyat» targ‘ib etayotgan ma'naviy tubanliklar, behayoliklar, qabohatlar naqadar chuqurlashib ketganligini tasavvur etish qiyin emas.

Hozirgi kunda milliy ma’naviyatga xavf solayotgan taxdidlardan birini hech ikkilanmasdan ommaviy madaniyat deyishimiz mumkun.Yetakchi g’arb mamlakatlarida estetik va ma’naviy-madaniy ehtiyojlari nisbatan tor odamga mo’ljallangan ijodiy asar yoki buyimlarni ishlab chiqarish tadbirkorlarni bir turiga aylangan.

Demak, bugun bu “ommaviy madaniyat” degan balo bizning vatanimizga kirib kelgan va yoshlar ongiga o`z ta`sirini o`tkazayotgan ekan, unga qarshi kurash uchun nima qilmoq kerak, degan savol o`z-o`zidan tug`ilishi tabiiy

Buning uchun avvalo, “Ommaviy madaniyat” degan tushunchani, uning salbiy oqibatlarga olib kelishini, boshlang`ich sinflardan sodda ko`rinishlar bilan tushuntirishni boshlash va bu ishni ta`limning barcha bo`g`inlarida bosqichma-bosqich davom ettirish zarur.Bundan tashqari, internetda ma`naviyatni shakllantiruvchi milliy g`urur, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi insoniy fazilatlar bilan sug`orilgan milliy saytlar yaratishimiz zarur.

Fikrimning isboti sifatida biz yaqinda “Odnoklassniki” saytida “JANUB GAVHARI” deb nomlangan milliy ma`naviyatimizni targ`ib qiluvchi guruh ochdik.Unga Prezidentimizning: ”G`OYAGA QARSHI G`OYA, MAFKURAGA QARSHI MAFKURA, JAHOLATGA QARSHI MA`RIFAT BILAN KURASHISH KERAK” degan dono fikrlarini status qilib qo`ydik.

Bunda biz prezidentimizning yoshlarga bag`ishlangan fikrlarini, buyuk ajdodlarimizning komil inson va ma`naviy barkamollik haqida bildirgan fikrlarini, hadislardan namunalar berib bormoqchimiz

Bundan tashqari, milliy ma`naviyatimizni shakllantiruvchi milliy kompyuter o`yinlarini, multfilmlarni yaratishimiz, milliy qadriyatlarimiz aks etgan yoshlarni o`ziga jalb qila oladigan badiiy asarlar yaratish,milliy musiqa, qo`shiq matlariga e`tibor berish, milliy ma`naviyatimizni aks ettiruvchi rasmlarni internet saytlari orqali ko`proq reklama qilishimiz kerak.Lo`nda qilib aytganda, yoshlarimiz qiziqayotgan o`sha “pop” janriga teng keladigan, biroq milliylik bilan sug`orilgan, milliy ma`naviyatimizga mos keladigan kerak bo`lsa, uni mustahkamlaydigan yangi janr yaratishimiz kerak.

Shunday ekan, bugun biz yosh avlod tarbiyasiga ertanggi kun vorislari sifatida jiddiy e`tibor berishimiz kerak. Yoshligidan oilada sog`lom moddiy-ma`naviy turmush tarzini yaratib berishimiz, ularning imkoniyatlarini orzu-havaslarini yaxshilik va ezgulik uchun xizmat qilishga yo`naltirishimiz kerak. Ertanggi kun qanday bo`lishi bizga, biz ta`lim-tarbiya berayotgan yoshlarga bog`liq. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimov aytganidek:”Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertanggi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalom bor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.

Aynan milliy qadriyatlar qadrlangan jamiyatda ijtimoiy-siyosiy muhit fuqarolik institutlarini rivojlantirish uchun yetarli darajada shakllangan bo’ladi,bunday jamiyatda u yoki bu fikr ana shu qadriyatlar asosida yuzaga keladi.

Darhaqiqat o’zbek ayollarining hayosi,ibosi va ayniqsa milliy atlas liboslari naqadar jozibador ekanligiga juda ko’p marotaba amin bo’lganmiz.Afsuski so’ngi yillarda ayollarimiz milliy kiyimlarimizni kiymay qo’yishmoqda.Bunga yana o’sha g’arb madaniyatiga taqlid deb bemalol aytishimiz mumkin.

Xulosa Xulasam shuki bugungi kunda yoshlarimizni ya’ni tengqurlarimni bo’sh vaqtlari qolishiga umuman yo’l qo’ymasligimiz kerak.Ularni doimo vaqtdan unumli foydalanishlari uchun ya’ni o’qishdan bo’sh vaqtlarida o’zlari qiziqadigan sport to’garaklariga yoki agar eplay olishsa oila budjetiga ozmi ko’pmi xissa qo’shib o’qishdan tashqari ishlashlari maqsadga muvofiq bo’lardi (albatta bu o’qishga xalaqit bermasa). Shunda biz “ommaviy madaniyat” kushandalariga aylanib qolmaymiz,shunda biz o’zimiz xohlagan inson bo’lib yetishamiz va eng avvalo milliy madaniyatimiz,qadriyatlarimiz va madaniy meroslarimizni asrab avaylagan holda ertangi avlodga ham yetqazishimiz lozim .

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat,2008. 2. “Ommaviy madaniyat” – ma’naviyat kushandasi. Islom.uz 3. Cesar Fuentes Rodrigesning “Mundo Gotico” asari. 4. O’Zme. Birinchi jild. Toshkent,2000-yil


Yüklə 3,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin