Ona tili va adabiyot darslarini innovasiyon yondashuv asosida tashkil etish mavzusida tayyorlagan maqolasi



Yüklə 227,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix03.08.2022
ölçüsü227,76 Kb.
#62998
  1   2   3
ona-tili-va-adabiyot-darslarini-innovasiyon-yondashuv-asosida-tashkil-etish-mavzusida-tayyorlagan-maqolasi



ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINI INNOVASIYON YONDASHUV
ASOSIDA TASHKIL ETISH MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MAQOLASI
Mamadaliyeva Umida Isroiljonovna 
Namangan viloyati Mingbuloq tumani
15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanlarini o’qitishni
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim samaradorligini oshirish,
dars jarayonida ta’limiy o’yinlar o`quvchilarni faol ishtirokiga aylanish yo`llari
hamda ona tili va adabiyot fanlaridagi muammoli mavzulardan kelib chiqib, bog’liq
muammoni ajratib olish orqali yetuk malakaga ega bo`lishlar masalalari yoritilgan.
Kalit so’zlar: ta’limiy o’yinlar, texnologik xarita, muammoli vaziyat, innovasion
texnologiyalar, interfaol metodlar.
ORGANIZING INNOVATIVE APPROACH IN UZBEK LANGUAGE AND
LITERATURE CLASSES 
Mamadaliyeva Umida Isroildjonovna 
School #15 Namangan region Mingbuloq district 
Abstract: In this article,increasing efficiency of education, developing
participation of pupils in educational games and mastering seperating issues from
debateable subjects through using pedagogical technologies in uzbek language and
literature classes are shown.
Keywords: educational games, technological map, problematic situation,
innovative technologies, interactive methods.
Dunyoning barcha rivojlanayotgan davlatlari (hatto bir qator rivojlangan
davlatlar ham) hozirgi globllashuv vaqtda o’z oldiga hamma bolalarni umumiy o’rta
ta'lim jarayoniga to’liq qamrab olish masalasini qo’ygan bir vaqtda, mustaqil
O’zbekistonimizda ushbu muammo allaqachon muvaffaqiyatli hal etilgan bo’lib,
uzluksiz ta’limda masofaviy ta’limni qo’llab, o’quvchilar bilimini baholashda raqamli
texnologiyalardan samarali foydalanmoqda. Bugungi kunda navbatdagi ustuvor
vazifa sifatida, sifatli ta'lim-tarbiya berish, ta'limning samaradorligini oshirish
masalasi qo’yildi. Ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan qiziqish
kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo`lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha
an'anaviy ta'limda o`quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa,
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
182
http://oac.dsmi-qf.uz


zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishlariga,
mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib
chiqarishlariga o`rgatadi. O`qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi,
bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda
boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o`quvchi
asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun umumta'lim maktablarida zamonaviy o`qitish metodlari -
interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalarning o`rni va roli benihoya kattadir. 
Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning
birgalikda faoliyat ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik
jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega. 
Darslarni innovasion texnologiyalardan foydalanish asosida tashkil etish ijobiy
natija beradi, chunki o`qituvchi innovasion faoliyat yuritgandagina ta'lim mazmuni
o`zgaradi.
O`quv mashg’ulotlari samaradorligini oshirishda ona tili va adabiyot darslariga
interfaol metodlar va ta'limiy o`yinlardan foydalanish o`quvchilarni mustaqil
fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan bir
qatorda ularni fanga bo`lgan qiziqishlarini ham orttiradi.Quyida biz ana shunday
metodlardan ayrimlari haqida fikr yuritib, ulardan namunalar keltiramiz:
Mashg’ulotni o`tkazish tartibi muammo o`zi nima degan savol asosida mavzuga
kirib boriladi. Muammo bilish va bilmaslikning o`rtasi bo`lib, bunda muammoning
dolzarbligi va o`ziga xosligi nazarda tutiladi. Bir mavzuga oid qator muammolar
olinib, undan eng dolzarblari ajratiladi. Mashg’ulotda o`qituvchi ishtirokchilarni
guruhlarga ajratib, darsni o`tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi.
Chunki, ushbu texnologiyani amalga oshirish jarayoni bosqichli ketma-ketlik asosida
olib boriladi.
Ishtirokchilar dars davomida yakka, juftlikda va kichik guruhda faoliyat olib
borishlari tushuntiriladi. Masalan, 6-sinf ona tili darsligida berilgan "Shakl yasovchi
qo`shimchalar" mavzusini o’qitishda quyidagi muammoni aniqlash texnologiyasidan
foydalanish tavsiya qilinadi:
Muammo turi
Muammoning kelib chiqish
sababi
Muammoning yechimi
Otlarda egalik va
fe'llarda shaxs-son
shaklini qanday ajratish
mumkin
Chunki har ikkala shakllar
ham bir xil ko`rinishda.
M.: kitobim, bordim.
Egalik shakllari otlarga bog’lanib, narsa-
buyumning egasini bildiradi.
Shaxs-son shakl fe'llariga qo`shilib, ish-
harakatning bajaruvchisini bildiradi.
Muammoli ta'limning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u
o`quvchiga qo`yilgan muammo yechimini topish uchun ilmiy-ijodiy tafakkur yuritish,
jadal va mantiqli fikrlash, so`z va atamalar, asar g’oyasi hamda ma'nosini o`zaro
qiyoslash, o`zi uchun eng to`g’ri yechim tanlash imkoniyatlarini beradi. Bu
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
183
http://oac.dsmi-qf.uz


texnologiya o`quvchining imkoniyatlaridan o`zaro uzviylik va uzluksizlikdan
foydalanish, izchil va mantiqiy fikrlash darajasini yaxshilaydi. O`rganuvchi
sub'ektning o`ziga bo`lgan ishonchini mustahkamlanishiga olib keladi, xususiy
intellektual iste'dod qirralarini ochishga yo`naltiradi. 

Yüklə 227,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin