o`quv yili - semestr uchun 2-mutaxassislik sirtqi bo’lim bt va sti ta`lim yo`nalishi kurs talabasi Matniyazova Hilolaning “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan



Yüklə 35,88 Kb.
səhifə1/8
tarix02.01.2022
ölçüsü35,88 Kb.
#36195
  1   2   3   4   5   6   7   8
192-Matniyazova HIlola ona tili


2020-2021 – o`quv yili 5- semestr uchun 2-mutaxassislik sirtqi bo’lim BT va STI ta`lim yo`nalishi 3 kurs talabasi Matniyazova Hilolaning “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan

Оraliq nazorat topshiriqi

Variant- 9

1.So’z ma`nosini tushuntirish

2. Imloga oid mashqlar

3.Tushunchani o`zlashtirish ustida ishlash jarayoni

4. 3-sinfda “Sifat” mavzusi bo`yicha dars reja ishlanma tuzish.

5. “Son” mavzusiga doir 10 ta test topshirig’i tuzish



Javoblar

  1. Ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so’z sanaladi. 2. So’z ikki xil ma’no bildiradi. Bu ikki xil so’zni biz opa so’zi orqali ko’rib chiqaylik. - Opa so’zi aka,uka singil so’zlai bilan qarindoshlik ma’nosi bilan bir guruhga birlashadi . Ayni paytda bir guruhga mansub bo’lgan yuqoridagi so’zlar bir-biriga zidlanganda, ma’lum ma’nolari bilan o’zaro farqlanadi. Xususan ,opa so’zi : -- o’gay opaga zidlanganda ,qarindoshlik (o’gay emaslik ) ma’nosini bildirishi bilan ; --opa so’ziga zidlanganganda men bilan bir bo’g’inga mansublik ma’nosini bildirishi bilan ; -- aka,uka so’zlariga zidlanganda, ayol jinsiga mansublik ma’nosiga mansubligi bilan --singil so’ziga zidlanganda opaning mendan kattalik singilning kichiklik ma’nosiga egaligi bilan farq qiladi. . Opa so’zining boshqa qarindoshlik bildiruvchi so’zlar bilan birlashtirib turadigan va ayni paytda ularni bir-biridan farqlaydigan ma’nolarining jami uning atash ma’nosi yoki leksik ma’nosi deyiladi. Opa so’zi yuqoridagi ma’nodan tashqari predmetlik, bosh kelishik,birlik ma’nolariga ham ega. Bu ma’nolar uning Grammatik ma’nosi sanaladi. . Ko’rinadiki,nutq jarayonida har bir so’z leksik va Grammatik ma’’nolar uyg’unligidan tashkil topadi . 3. So’z shakl va mazmun yaxlitligiga ega bo’lib,ma’no va Grammatik jihatdan shakllangan til birligidir. 4.So’zning 2 tomoni bor: a)so’zning shakli ,ya’ni tashqi tomoni (moddiy tomoni) tovush (harflar)dan iborat bo’lib,bu xususiyatlar fonetikada o’rganiladi b)so’zning ichki tomoni (ma’no,mohiyat tomoni)esa unda ifodalanadigan ma’nolar bilan tavsiflanadi ya’ni so’z bo’lishi uchun tovush va harflar yig’indisi ma’lum ma’no ifodalashi kerak. 5.So’z ikki xil ma’no bildiradi . a)leksik ma’no ; b)Grammatik ma’no 6.Leksik ma’no (atash ma’nosi lug’aviy ma’no) leksikologiyada o’rganiladi. leksikologiyaga doir atama hisoblanadi a) So’zlarning borliqdagi qanday narsa –hodisalar belgi-xususiyatlar,harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma’nolari hisoblanadi. Atash manosiga faqat 5ta so’z turkumi ega .Olmoshlar bundan mustasno. Ular belgi bildiruvchi so’zlarga ishora qiladi. 7.(Grammatik ma’no) deganda esa so’zning qaysi turkumga mansubligi qaysi gap bo’lagi vazifasida kelishi ,shuningdek, tarkibidagi qo’shimchalar orqali yuzaga keladigan ma’nolar tushuniladi.Grammatik ma’no barcha so’z turkumlari uchun xos bo’lib,uni morfologiyada o’rganamiz. M:Kitoblar keltirildi. . kitoblar so’zining lug’aviy ma’nosi –predmet, o’quv quroli Grammatik ma’nosi –ot,bosh kelishikda ,ko’plik sonda,ega vazifasida keltirildi harakat tushunchasini ifoda etyapti bu uning lug’aviy ma’nosi. Grammatik ma’nosi:fe’l, o’tgan zamonda,IIIshaxs majhul nisbatda ,xabar maylida,bo’lishli shaklda,kesim vazifasida. 8.Demak, so’zlar lug’aviy va Grammatik ma’noga ega bo’lib bularning biri leksikologiyada, ikkinchisi morfologiyada o’rganiladi. . So’z va leksema 1.So’z va leksema atamalarini ham farqlash kerak,ya’ni -so’z leksik va Grammatik ma’nolarni ifodalaydigan butunlik -- leksema atamasi esa so’zning grammatik ma’nolarisiz, faqat leksik ma’no ifodalovchi qismi uchun ishlatiladi --bunday vaqtda so’z morfologiya birligi sifatida ,leksema esa leksikologiya birligi sifatida farqlanadi 2.Demak tahlil jarayonida gap tarkibidan so’zlarni ajratamiz. So’zlar esa leksema va Grammatik qo’shimchalarga ajraladi . So’zning Grammatik shakllarsiz qismi leksema sanaladi Lug’atlarda bosh so’z sifatida leksema beriladi. . Bir ma’noli so’zlar 1.So’zlar anglatadigan ma’nolariga ko’ra 2ga bo’linadi a)bir ma’noli so’zlar (monosemantik so’zlar; gr.mono—bir ,semiya—ma’no) b)ko’p ma’noli so’zlar (polesemantik so’zlar gr.poli—ko’p,semiya—ma’no) 2.Aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanilgan so’zlar bir ma’noli so’zlar sanaladi. 3.Bir ma’noli so’zlar gap tashqarisida ham gap ichida ham faqat bitta ma’no ifoda etadi. M: men; sen; Toshkent;Mirzacho’l,cho’pon 4.Bir ma’noli so’zlar tilimazda kam sonni tashkil qiladi,va ilmiy ,kasb-hunarga doir atamalarni,shuningdek,yangi paydo bo’lgan so’zlarni o’z ichiga oladi.Yani so’zlar (neologizmlar)ham davr o’tishi bilan qo’shimcha ma’nolarni anglatadi. . Ko’p ma’noli so’zlar 1 Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo’llanuvchi so’zlarga ko’p ma’noli so’zlar deyiladi 2.Polisemiya yunoncha poli— ko’p, semia ma’no so’zlaridan olingan bolib, ko’p ma’noli demakdir Polisemiya monosemiyaga zidlanadi 3.Ko’p ma’noli so’zlar gapdan tashqarida bir ma’noni gap ichida yana boshqa bir ma’noni bildiradi. 4.Ko’p ma’noli so’zlar konteksda ,ya’ni ma’lum bir gapning ichida faqat bitta ma’nosi bilan keladi. 5.Tilimizdagi so’zlarning juda kata qismi ko’p ma’nolidir. Chunki kishilar kundalik hayotda yangi paydo bo’lgan tushunchalarning har biri uchun alohida alohida so’zlar qo’llayveradigan bo’lsa,so’zlarning soni o’ta ko’payib ketib ,ularni xotirada saqlash mumkin bo’lmay qoladi ,Shuning uchun tilda mavjud bo’lgan so’zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanadi. Natijada ko’p ma’noli yuzaga keladi. M: tosh so’zi dastlab qattiq sovuq jism ma’nosida qo’llangan M:Yo’l chetida yumalab yotgan toshni tepdim (M.Yusuf Osmonning oxiri dostonidan) Keyinchalik ,”qattiqlik”ma’nosini faollashtirib tosh bag’ir,bag’ri tosh birikmalarida bag’irning sifatlovchisi vazifasida ko’chma ma’noda qo’llaniladi. Yoki : ko’z so’zi dastlab faqat tirik organizmning qabariq shaklga ega bo’lgan bo’lgan ko’rish a’zosi ma’nosida qo’llangan bo’lsa keyinchalik qabariqlik ma’nosini faollashtirish maqsadida “daraxtning ko’zi”ma’nosida ; Yorug’lik bilan ta’minlash ma’nosini faollashtirish orqali “derazaning ko’zi”ma’nolarida qo’llanila boshladi 6.Ko’p ma’noli so’zlarda ma’no qanchalik ko’p bo’lsa ham lekin u bir so’z hisoblanaveradi. Shuning uchun kop ma’noli so’zlargda ma’nolardan biri to’g’ri ma’no (yoki o’z ma’no) qolganlari esa ko’chma ma’no hisoblanadi 7.Ko’chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so’zlar bilan bog’langanda nomoyon bo’ladi,nutq tarkibidan ajratilganda esa to’gri ma’nosi asosiy ma’no bo’lib qoladi. M: tosh so’zi nutq qurshovidan ajratib olinsa,”qattiq jism” ma’nosini anglatadi . 8.Demak, o’z va ko’chma ma’no birikib,ko’p ma’noli so’zni hosil qiladi. 9.Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o’rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo’lishiga yordam beradi.

Soʻz — tilning narsahodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutkda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi. S. ran uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi, lekin, undan farqli ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. Oʻzida leksik va grammatik maʼnoni birlashtirgan hodda S. muayyan soʻz turkumiga mansub boʻladi, oʻz tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin boʻlgan barcha grammatik maʼnolarni ifodalaydi.

Tilshunoslikda "S." atamasi leksemaga nisbatan ham qoʻllanadi va leksik S. deb yuritiladi. Mas, "soʻz yasalishi", "yasama soʻz" birikmalarida "soʻz" xuddi shu maʼnoda qoʻllanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati tilshunoslikda s oʻ z shakl, leksema shakl yokimorfologik soʻz deb ham yuritiladi.

S.ning tovush va maʼno tomoni bor. Lekin har qanday tovush yigʻindisi S. boʻlavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi S. boʻlishi uchun maʼnoga ega boʻlishi, yaʼni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki birbiriga anglatishi kerak. S. maʼnosida umumiylik va yakkalikning , barqarorlik va oʻzgaruvchanlikning dialektik oʻzaro munosabati aks etadi. Maʼnoning barqarorligi oʻzaro tushunishni qulaylashtirsa, uning oʻzgaruvchanligi (S. ning anik, bir maʼnosidagi oʻzgarishlar) S. dan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy soʻz sanʼatining muhim omillaridan hisoblanadi. S. ning koʻp maʼnoliligi ham aynan maʼnoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq. Soʻzlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati S. maʼnosining soʻzlovchi histuygʻusini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsional jihatini tashkil etadi. S. tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim S.ning grammatik belgilariga (soʻz turkumlari), S. Yasalishi aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar, antonimlar) asoslanadi.

Bulardan tashqari, lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmagan, lekin oʻz tovush qobigʻiga, oʻziga xos maʼno, vazifasiga ega boʻlgan, shu bilan birga soʻz yasash yoki soʻz shaklini hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birliklari ham "S." deb yuritiladi. Bular yordamchi S.lar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar (obbo, ehhe, voy), taqlid soʻzlar (miyov, dukurdukur, yaltyult) va modal soʻzlar (shubhasiz, demak, ehtimol)dir.



  1.  Imloviy malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi. Imloga oid mashqlar imloviy ziyraklik ko'nikmasini shakllantirishga, tegishli o'rinda qoidani tatbiq qilishga, mashqlarning qismlari o'rtasidagi bog'lanishni belgilash, ularni umumiv va yagona faoliyat tizimiga kiritishga, o'quvchilar uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni shakllantirishga qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning mazmuni chuqurroq o'zlashtiriladi. Metodikada imloga oid mashqlar-ga: 1) grammatikorfografik tahlil; 2) ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi. Grammatik-orfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan bog'lanishi, ko'chirib yozuv va diktantda o'quvchilar faoliyatini belgi-laydigan omillar, xususan, ko'chirib yozuvda ko'ruv va qo'l harakati uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga olinadi.


    Yüklə 35,88 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin