Nasrullayeva Fatima Azatovna, “Professional ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada o‘quvchilarning texnik ijodkorligini shakllantirishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar, zamonaviy dars o‘tish bosqichlari, innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanish usullari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar.Ijodkorlik, texnik ijodkorlik, elektron platformа, ilmiy tadqiqot, ilmiy rivojlanish, innavatsion texnologiya.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ТЕХНИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА УЧАЩИХСЯ
Насруллаева Фатима Азатовна, преподаватель кафедры "Методики профессионального образования” ТГПУ
Аннотация: В статье рассматриваются вопросы формирования работ технического творчества учащихся и основные этапы использования инновационных технологий на уроках технологии
Ключевые слова: инновационные технологии, этапы использования, творчество, научные исследования, научное развитие, творчество , развитие электронная платформа.
USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF PUPIL’S TECHNICAL CREATIVITY
Nasrullayeva Fatima Azatovna, teacher of department “Methods of professional education”, TSPU
Abstract: The article deals with the formation of the works of technical creativity of pupil’s technical creativity and the main stages of the use of innovative technologies in technology lessons.
Key words:innovative technologies, stages of use, creativity, scientific research, scientific development, creativity, electronic platform development.
O‘quvchilarga ta’lim berishning zamonaviy innovatsion uslublarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan industrial-texnologik lokomotivlari qatoriga kirishi, ya’ni 2030-yilga kelib iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan biridir. O‘quvchilarni texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon standartiga chiqishni, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi – o‘quvchilarni ijodkorlikka jalb qilishning keng tarqalgan ommaviy shaklidir.
Texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarida o‘quvchilarda texnik ijodkorlikni rivojlantirishda kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish natijasida kasbiy munosabatlar samarali rivojlanishi kuzatiladi. O‘quvchilar o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish, nazorat topshiriqlariga javob berish uchun o‘tilgan mavzularni to‘laroq o‘zlashtirishga intiladilar.
Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat turi. Ijodkorlik faoliyati yangi buyumlar yaratilishi bilan belgilanadi. Kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlanmasi bilimlar manbayi hisoblanadi. Unda axborotlarning barchasi belgilangan tartibda jamlab boriladi. Yangi axborot texnologiyalaridan axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratishda keng foydalaniladi.