Organik birikmalarning kislotali va asosli xususiyatlari



Yüklə 468 Kb.
səhifə1/3
tarix19.06.2023
ölçüsü468 Kb.
#132626
  1   2   3
Organik birikmalarning kislotali va asosli xususiyatlari


Organik birikmalarning kislotali va
asosli xususiyatlari
Reja



  1. Louri-Brensted va Lyuis nazariyalari.

  2. Spirtlar, fenollar va karbon kislotalarining kislotali xususiyatlari.

  3. Aminobirikmalarning asosli xususiyatlari

Anorganik kimyoda bo‘lgani kabi organik ikmyoda ham kislotalar va asoslar tushunchalari mavjuddir. Organki moddalarning kislotali yoki asosli xossalari to‘g‘risida ikkita nazariya mavjud:
Louri-Brensted nazariyasi;
Lyuis nazariyasi.
Louri-Brensted nazariyasi bo‘yicha kislotalar deb proton beruvchi, asoslar deb esa – proton biriktirib oluvchi moddalarga aytiladi, ya’ni: .
ёки
bu yerda, +B-H – protonlangan (kislota)
Louri-Brensted nazariyasi asosidagi bu tenglamalardan quyidagicha juda muhim xulosa kelib chiqadi:
Kuchli kislotaga kuchsiz asos mos keladi va aksincha kuchsiz kislotaga kuchli asos mos keladi. Maslan, sirka va xlorsirka kislotalar solishtirilganda xlorsirka kislota sirka kislotaga nisbatan taxminan 100 barobar kuchli ekani aniqlanadi.

Ularga mos keluvchi anionlarning asosli xususiyati solishtirilganda esa atsetat anioni xloratsetat anioniga nisbatan taxminan 100 barobar kuchli asosdir. Bunga sabab xlor atomining kuchli elektronoakseptorlik xossaga ega ekanidir.
Lyuis nazariyasiga muvofiq kislotalar elektronga taxchil bo‘lgan, asoslar elektronga boy bo‘lgan, bo‘linmagan elektron juftli, qo‘sh bog‘li va aromatik yadrosi bo‘lgan moddalardir.
Masalan, Lyuis kislotalari: H+, BF3, AlCl3, ZnCl2, FeCl3, +CR3
Lyuis asoslari:

BF3, AlCl3, ZnCl2, FeCl3, AlBr3 kabi elektroneytral birikmalarning markaziy atomlari (B, Al, Zn, Fe) dagi elektronga taxchillik shundan iboratki, bu atomlar atrofidagi sakkizta barqaror (oktet) elektron qobiq o‘rniga oltita (sekstet) elektron qobiq mavjuddir. Shuning uchun bu moddalar elektroneytral bo‘lsa ham o‘ziga yana ikkita elektron (asos) biriktirib olishga va elektronlarni sakkistaga yetkazishga harakat qiladi va shuning uchun ular kislotali xususiyat namoyon qiladi. Bu tuzlar Lyuis kislotalari deyiladi.


Organik moddalarning kislotali yoki asosli xususiyatlari to‘g‘risida gap ketganda ularga Lyuis nazariyasi ko‘proq mos tushadi va shuning uchun bu nazariyadan keng foydalaniladi.
Kislotalilik yoki asoslilik tushunchalari nisbiy tushunchalardir. Moddaning kislotali xossasi asos ishtirokida, asosli xossasi esa – kislota ishtirokida namoyon bo‘ladi. Masalan, gaz holdagi HСl kislota emas, lekin u asos ishtirokida (suv) kislotaga aylanadi.
Demak, moddaning kislota yoki asos bo‘lishi uni o‘rab turuvchi moddalar xarakteriga bog‘liqdir.
Amfoter xossaga ega bo‘lgan suv kuchli asoslarga nisbatan (masalan, ammiaka) kislotali, kuchli kislotalar (masalan, sulfat kislota) ga nisbatan asosli xossa namoyon qiladi:

Umuman H-R ko‘rinishidagi har qanday organik modda, shu jumladan, uglevodorodlar ham kislotali xossaga ega bo‘lishi mumkin, bunda faqat protonni R-qoldiqqa nisbatan kuchliroq bog‘lovchi asos bo‘lsa bas.
Suvga o‘xshagan amfoter xossaga ega bo‘lgan moddalar o‘z protonini o‘zi biriktirib oluvchi akseptoga ham ega:

Bu jarayon avtoprotoliz deyiladi.
Birikmaning kislotali yoki asosliligi erituvchining asosligiga (mos ravishda kislotaliligiga) bog‘liqdir. Shuning uchun moddalarning tegishli konstantalari solishtirilganda hamma vaqt erituvchi ko‘rsatiladi. Asosliligi katta bo‘lgan erituvchida kuchli kislotalar ham, kuchsiz kislotalar ham chuqur va farqi kam dissotsiyalanishga uchraydi. Bunday erituvchilarni kislota kuchini tenglashtiruvchi erituvchilar deyiladi. Shu sababdan, kuchsiz kislotalar o‘rganilganda suvga nisbatan asosliroq erituvchi, maslan, suyuq ammiak yoki aminlar qo‘llaniladi. Kuchsiz asoslar tadqiq qilinganda esa suvga nisbatan kislotaliroq erituvchi, masalan, suvsiz sirka kislota, kons. sulfat kislotalardan foydalaniladi. Kuchli kislotalar o‘rganilganda kuchsiz kislta, masalan, suvsiz sirka kislota ishlatiladi.
Moddaning yuqori kislotaliligi kerak bo‘lsa kislota kuchini farqlaydigan, kislota kuchini tenglashtirish darajasi kam bo‘lgan erituvchi olinadi. Maslan, vodorod xlorid asosli xossaga ega bo‘lgan moddani suvga nisbatan benzolda kuchliroq protonlaydi. Shunday qilib benzol suvga qaraganda kislota kuchini kam tenglashtiruvchi erituvchidir.
Kislotalilikning yoki asoslilikning son qiymatlardagi farqqa qaramasdan birikmalarning suvsiz-erituvchilardagi kislotalik yoki asoslik bo‘icha joylash tartibi o‘zgarmaydi
Misollar.

    1. kislota yoki u bilan mezomer bog‘langan asos strukturasi birikma kislotaligi yoki asosligiga qanday ta’sir qiladi?

Yechish: kislotalilik yoki asoslilikning Louri-Brensted ta’rifiga ko‘ra, asos qanchalik kuchsiz (ya’ni barqaror) bo‘lsa, unga mos keluvchi yoki u bilan mezomer bog‘langan kislota shunchalik kuchli bo‘ladi va aksincha. Asosning barqarorligi manfiy zaryadning mezomer yoki induksion ta’sir tufayli delokallanishi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik kata bo‘ladi. Masalan, СF3-СОО- anion asos sifatida ftorning manfiy induksion ta’siri (-J) tufayli СН3СОО- anioniga nisbatan ancha kuchlidir. Shu sababli uchftorsirka kislota sirka kislotaga nisbatan ancha kuchlidir.




    1. quyidagi birikmalarni ularning kisloaligi ortib boruvchi qatorga joylashtiring: fenol, etilenglikol, glitserin, izopropil spirt, p-nitrofenol, p-metoksibenzoy kislota.

Yechish. karboksilat R-СОО- anionidagi manfiy zaryadning delokallanish darajasi fenolyat anioni ArO- yoki alkogolyat anioni RO- dagi manfiy zaryadlarning delokallanish darajasidan yuqori bo‘lganiligi uchun, ularga mos keluvchi kislotalilik spirtlarga nisbatan fenollarda, fenollarga nisbatan karbon kislotalarida kuchli bo‘ladi, ya’ni kislotalilik spirtlardan fenollarga, fenollardan karbon kislotalariga o‘tganda ortib boradi.
Demak, kislotalilik quyidagi qatorda ortib boradi:
cpirt < fenol < karbon kislota
Misolda berilgan uchta spirtdan, molekuladagi atomlarning induksion ta’sirini hisobga olganda, eng kuchli kislota xossasiga glitserin, eng kuchsiz kislota xossasiga esa izopropil spirti ega. Spirtlarning kislotali xossasi quyidagi qatorda ortib boradi:
izopropil spirti < etilenglikol < glitserin
Berilgan ikkita fenoldan, xudi shunday mulohaza asosida p-nitrofenolning kislotalilik xassasi fenolnikidan kattaligi kelib chiqadi:
fenol < p-nitrofenol
Hamma moddalar solishtirilganda kislotalilik quyidagi qatorda ortib boradi:
izopropil spirt < etilenglikol < glitserin < fenol <

Yüklə 468 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin