Organopatologiya qon yaratuvchi va limfoid sistema kasalliklari



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə14/46
tarix05.05.2017
ölçüsü2,28 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46

gomogen holga kelib boradi. Uchinchi bosqichida, gialin membranalar atrofida bir talay makrofaglar ko’zga tashlanadi, gialin

membranalar shy makrofaglar ta'sirida yemirilib, yo’qolib

ketishi ham mumkin. Autopsiyada asfiksiya manzarasi ko’zga tashlanadi.

hozir tasvirlab o’tilgan anatomik o’zgarishlar asosida ikkita asosiy omil yotadi: o’pka surfaktantining yetishmovchiligi va alveolalar

epiteliysi o’tkazuvchanligining kuchaygani.

Surfaktant (o’pkada bo’ladigan yuza faol modda, yuza tortish kuchi omili, antiatelektatik omil) o’pka to’qimasining elastik va

cho’ziluvchan bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Chaqaloqda u

nafas chiqarishda o’pkaning qollapsga uchrashiga to’sqinlik qiladi. Nafas chiqarib, o’pka nafas yuzasi kichraygan mahalida

surfaktant faol holga o’tadi va yuza tortish kuchini nihoyat

darajada kamaytirib, alveolalarning yanada kuchayishiga to’sqinlik qiladi. Nafas olish mahalida surfaktant aksincha, faolligi

kamayadi va yuza tortish kuchi ortishiga sharoit yaratadi.

Surfaktant yetishmasligida (bundayhodisa oy-kuni to’lmagan va yetilmagan homilada kuzatiladi) nafas chiqarish mahalida

o’pkadan havo chiqib ketadi va bundao’pka kuchaymaydi.

Surfaktant nafas mahalida alveolalar barqaror bo’lishini ta'minlab, aerogematik to’siq orqali gazlarning diffo`ziyalanib o’tishida

ishtirok etadi, alveolyar-kapillyarlar

membranalari o’tkazuvchanligini tartibga soladi, alveolalar hujayralarni tashqi muhitning zararli omilidan saqlaydi, suyuhujayralik

transsudasiyasiga to’sqinlik qiladi. Shu sababdan

gialin membranalar paydo bo’lganda o’pkada gazlar almashinuvi bo`ziladi.

homilaning ona qornida rivojlanish davrida respirator parenxima fetal o’pka suyuhujayraligi bilan to’lib turadi. Ikkinchi tipdagi

pnevmositlar shy suyuhujayralikka surfaktant ajratib

chiqaradi. homila yetilib borgani sari o’pka suyuhujayraligi amnion bo’shlig`iga o’tib ketadi. Surfaktant sintezi homilada rivojlanishning

22-24 haftasidan boshlanadi va 34-36 haftasida eng

yuqori darajasiga yetadi. Shu narsa fetal suyuhujayralik bilan to’lib turgan o’pkaning havoli holiga kelishiga yordam beradi. Surfaktant

yetishmaydigan bo’lsa, nafas chiqarish mahalida o’pka

qollapsi kuzatiladi, shuning natijasida keyin nafas olish qiyinlashib qoladi. Tug`ruq mahalida homilaning tug`ruq yo’llaridan o’tib

borishi homila ko’krak qafasi qisilishi

munosabati bilan o’pkaning fetal suyuhujayralikdan xalos bo’lishiga yordam beradi va surfaktant sekresiyasini kuchaytiradi. Mana

shuning uchunham Keser kesish operasiyasi respirator

distress-sindrom boshlanish xavfini soladigan omil bo’lib hisoblanadi.

Alveolyar epiteliysi o’tkazuvchanligining kuchayishi, alveolalarda oqsilga boyish suyuhujayraligi to’planib borishiga, Demak gialin

membranalar hosil bo’lishiga yo’l ochadi. Alveolyar

epiteliysi o’tkazuvchanligining nima sababdan kuchayishi ma'lum emas. Epiteliyning yemirilishi yoki zarar yetkazuvchi fermentlari

yoxud erkin radikallari bo’lgan oq qon tanachalari

to’planib borishi munosabati bilan mediatorlar ajralib chiqishi ahamiyatga ega deb taxmin qilinadi.

Respirator distress-sindromdan chaqalohujayralar o’limini kamaytirishning eng samarali usuli vaqtidan ilgari tug`ish hollarini oldini

olishdir, chunki bundayhollarda o’pkaning

surfaktantdan sintezlash xususiyati pasayib ketadi. Amnion suyuhujayraligi surfaktanti konsentrasiyasiga qarab o’pka to’qimasining

nechog`lik yetukligi to’g`risida fikr yuritish mumkin.


O`PKA ATELEKTAZLARI

o`pka atelektazi - bu o’pka, o’pka bo’lagi yoki segmentining patologik holatlari bo’lib, bundaventilyasiya buzilishi tufayli alveolalar

havosiz bo’lib, puchchayib qoladn. Atelektazlarning

ikkita asosiy turi tafovut qilinadi: chaqalohujayralar o’pka atelektazlari (neonatal) va kattalarda kuzatiladigan atelektazlar (turmushda

orttirilgan o’pka atelektazlari).

Neonatal atelektazlar - o’pkaning to’la-to’kis rostlanmasligiga bog`liq bo’ladi. Bu atelektazlar sabablari va avj olib borish

mexanizmlariga qarab birlamchi va ikkilamchi xillarga

bo’linadi. Ma'lumki, o’pkaning atelektatik holati faqat ona qornida rivojlanish davrida bo’ladigan fiziologik holatdir. Bola

tug`ilgandan keyin nafas haraqatlari bekamu-ko’st yuzaga

chiqadigan bo’lsa, o’pkasi yorilib rostlanadi. Biroq, chala tug`ilgan bolalarda nafas markazining yetilmaganligi yoki intoksikasiya

va ona organizmidagi qon aylanishning buzilishi

munosabati bilan bu markaz qo’zg`aluvchanligi ayniganida nafas haraqatlari izdan chiqadi, shuning natijasida o’pka yozilmay

qoladi. Bundayhollarni birlamchi o’pka atelektazi

deyiladi. Chaqalohujayralar birlamchi atelektazi boshlanish xavfini soladigan omillar tug`ruq mahalida qorindagi homila gipoksiyasiga

olib keladigan homiladorlik asoratlari, shuningdek

kichik qon aylanish doirasidagi tomirlar sistemasining murtak holida qolib ketganidir.

Patologik anatomiyasi. Autopsiyada o’pka qollapsga uchragan, krepitasiyalanmaydigan, rangi qizg`ish bo’ladi, konsistensiyasi

jihatidan rezinaga o’xshaydi. o`pka bo’laklari suvga solinsa

cho’kib ketadi, bu ularda havo yo’hujayraligini ko’rsatadi. Chaqaloq o’pkasining alveolalari mikroskopik tuzilishi jihatidan hali ona

qornida rivojlanib borayotgan homila o’pkasidan farq

qilmaydi, alveolalarning bo’shlig`i juda kichiq ularning atrofidagi to’sihujayralar qalin, qat-qat bo’ladi. Alveola bo’shlig`ini qoplab

turadigan epiteliy kubsimon. Alveolalar

bo’shlig`ida amniotik detrit aralashgan donador oqsil presipitati topiladi.

Ikkilamchi neonatal atelektaz surfaktant yetishmovchiligi, qog`onoq suvlari aspirasiyasi, nafas yo’llarining tashqaridan bosilib

qolishi munosabati bilan boshlanadigan respirator

distress-sindrom mahalida kuzatiladi. Pnevmoniya asorati ham bo’lishi mumkin.

Turmushda orttirilgan atelektazlar ko’pincha katta yoshli odamlarda uchraydi va ishlab turgan o’pkada qollaps boshlanganiga

bog`liq bo’ladi. Tur- mushda orttirilgan atelektazlar sabablari

va avj olib borishi mexanizmiga qarab absorbsion, kompression, kontraktil va dog`dor (mayda o’chohujayrali) atelektazlarga bo’linadi

(35-rasm).

Absorbsion atelektazlar, nafas yo’llari batamom obstruksiyaga uchragan mahalda yuzaga keladi, bundayobstruksiya o’pka

parenximasining distal bo’limlariga havo o’tishiga to’sqinlik

qiladi. Bundashy vaqtgacha o’tib qolgan havo qonga absorblanadi, bu alveolalarning qollapsga uchrashiga olib keladi. Nafas

yo’llari obstruksiyasining darajasiga qarab butun o’pka,

o’pkaning yaxlit bir bo’lagi yoki turli segmentlarida atelektaz boshlanishi mumkin. Atelektazga, ko’pincha bronxlarga shilimshiq

tiqilib qolishi sabab bo’ladiki, bundayhodisa asosan

operasiyadan keyingi davrda kuzatiladi. Bundan tashqari bronxial astma, bronxoektazlar, o’tkir va Surunkali bronxitlarda, yot

tanalar, qon laxtalari tiqilib qolgan mahallarda ham

bronxlar yo’li shilimshiq tiqinlari bilan bekilib qoladi (qon laxtalarining tiqilib qolishi aksari bolalarda og`iz bo’shlig`ida qilingan

operasiyalardan keyin kuzatiladi) . Nafas

yo’llari bronxogen rak mahalida, kattalashib ketgan limfa tugo`nlari yoki tomirlar anevrizmasi bilan bosilib qolganida ham

obstruksiyaga uchrashi mumkin.

Kompression atelektazlar plevra bo’shlig`ida suyuhujayraliq qon yoki havo to’planib qolganiga bog`liq bo’ladi, bundayhodisa o’pkaning

mexaniq ravishda bosilib, qollaps boshlanishiga olib

keladi. Kompression atelektazlar quyidagi hollarda kuzatiladi: 1) YURAK yetishmovchiligi mahalida plevra bo’shlihujayralariga suyuhujayralik

to’planib qolganida - gidrotoraks boshlanganida; 2)

plevra bo’shlig`iga davo maqsadida havo yuborilganida yoki visseral plevra bilan va havo urib turadigan parenxima yorilib,

plevra bo’shlig`iga havo kirganida yuzaga keladigan

pnevmotoraks paytida; 3) diafragma holati o’zgarib, u yuqori ko’tarilganida assit tazyiq o’tkazadigan mahalda.

Kontraktil atelektazlar o’pka fibrozida yoki plevra bo’shlihujayralari bitib ketgan mahallarda yuzaga keladi, chunki bundayhodisalar

o’pkaning yozilishiga to’sqinlik qilib, odatdagicha nafas

olishga qarshilik ko’rsatadi.

o`chohujayrali atelektazlar bronxiolalarga shilimshiq yoki ekssudat tiqilib qolishi natijasida bir talay atelektaz o’chohujayralari paydo bo’lishi

bilan ta'riflanadi.

Patologik anatomiyasi. Ancha yoyilgan qollaps yoki sezilarli pnevmotoraksda o’pka o’z ildiziga tomon qisilib keladi-da, plevra

bo’shlihujayralarini bo’sh qoldiradi. o`pka qollapsida atelektaz

o’pkaning butun parenximasiga, odatda, bir tekis yoyilmaydi. Absorbsion qollapsda chetki tomonlarda havo o’tib turadigan joylar

saqlanib qoladi. o`pka bir qadar shishadi ham.

Gidrotoraks yoki diafragma ko’tarilib qolganiga aloqador kompression atelektazlar odatda ikki tomonlama (bilateral) bo’ladi va

o’pka asosida ko’zga tashlanadi. o`pka parenximasi

puchchayib, qizg`ish tusga kirgan, xuddi rezina singari elastiq zich bo’ladi. o`pkani qoplab turgan plevra bujmayib turadi.

Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida alveolalarning

tirqishsimon bo’lib qolgani ko’zga tashlanadi. Alveolalarning to’sihujayralari, ya'ni septalaridagi tomirlar kengayib, qonga to’lib turadi,

chunki alveolalarda odatda ularni to’ldirib

turadigan havo bo’lmaydi. o`pkaning zararlanmay qolgan qismlarida emfizema ko’zga tashlanadi.

Turmushda orttirilgan atelektazlar o’tkir yoki Surunkali bo’lishi mumkin. Nafas yo’llarining shilimshiq tiqinlari bilan bekilib qolishi

(obstruksiyalanishi) odatda birdan boshlanadi va

nafasning to’satdan qiyinlashib qolishi bilan namoyon bo’ladi.

o`pka atelektazida ikkilamchi infeksiya qo’shilishi mumkin. Qanday bo’lmasin biror o’pka segmentida mudom saqlanib turadigan

atelektaz bronxogen rakning belgisi bo’lishi ham mumkin.

GO`DAKLARNING To`SATDAN O`LIB QOLIShI SINDROMI

To’satdan o’lish sindromi (beshikda, karavotchada o’lish) 7 kunlikdan to 1 yashargacha bo’lgan bolalarning ko`tilmaganda, birdan

o’lib qolishi deb ta'riflanadi, autopsiya tekshiruvlari

o’tkazilganiga qaramay, bundayo’limning sababini to`sho`ntirib bo’lmaydi. Toshkent shahrida to’satdan o’lish sindromi 76,5 foiz

hollarda 1-6 oylik bolalar orasida kuzatiladi. Ko’pincha o’g`il

bolalarda uchraydi. Yilning sovuq faslida (noyabr, dekabr) oylarida bundayo’lim hollari ko’proq kuzatiladi.

To’satdan o’lish sindromi xavfini tug`diradigan va onaga aloqador bo’lgan omillar quyidagilardir: onaning 20 yashardan yoshroq

bo’lishi, qono`niy nikoh yo’hujayraligi, ijtimoiy-iqtisodiy

darajaning pastligi, chekish, ko’p tuqqanlikdir. To’satdan o’lish sindromiga olib keluvchi sharoitlar jumlasiga bolaning chala

tug`ilishi, tug`ilgan vaqtida tana vaznining kamligi, bolaning

erkak jinsiga mansubligi kiradi.

To’satdan o’lish sindromida ko’riladigan anatomik o’zgarishlar o`ncha ko’p bo’lmaydi va har safar har xil bo’lib chiqadi, chunki

go’daklarning to’satdan o’lib qolishiga olib keladigan sabablar

har xil, o’lim hollarining taxminan 2/3 qismida arzimas darajadagi alterativ o’zgarishlar: 1) nafas va YURAK ishi maromini idora etib

boradigan tuzilmalarda (miya stvoli, karotid

tanalar, vagusda); 2) gipoksiyaga sezgir to’qimalarda (bosh miya, o’pka, buyrak usti bezlarining miya qavatida) topiladi. Masalan,

miya stvolida arzimas darajada glioz borligini, karotid

tanalarning odatdan tashqari kichikligini yoki o’tkazuvchi sistemani qon bilan ta'minlaydigan YURAK toj tomirlari shoxlarining

zararlanganini ko’rish mumkin.

Biroq, mana shy o’zgarishlar ikkilamchi gipoksiyaning sababi bo’lishdan tashqari, uning oqibati bo’lishi ham mumkin. YURAK o’ng

qorinchasi bilan mayda o’pka arteriyalari musqo’l qatlamining

gipertrofiyalangani ham tasvirlangan, lekin bu o’zgarishlar alveolyar gipoksiya natijasida yoki o’pka tomirlari spazmi tufayli yuzaga

kelishi ham mumkin. To’satdan o’lish sindromida

nafas yo’llarining tiqilib qolganligi ham kuzatilishi mumkin. Masalan, bola qattiq uxlab yotganida tilining tiqilib qolishi, shilimshiq

ishlab chiqaruvchi bezlar giperplaziyasi

mahalida shilimshiqning ko’payib ketishi shunga olib keladi.

To’satdan o’lish sindromi 1/3 hollarda kardiopulmonal sistemasiga bog`liq bo’lmay, infeksiyaga bog`liq bo’ladi. o`lim hollarining

qish oylarida ko’proq uchrab turishi virusli respirator

infeksiyaning ahamiyati borligini tasdiqlaydi. Yaqinginada ichak infeksiyasining ahamiyati ham borligi aniqlandi, Clostridium

botulinum go’daklarning to’satdan o’lib qolishiga sabab deb

hisoblanadi. Bola juda o’rab-chirmab qo’yilganida uning haddan tashqari isib ketishi ham to’satdan o’lish xavfini kuchaytiradigan

jiddiy omildir.

To’satdan o’lish sindromining etiologiyasi bilan patogenezi hano`zgacha no- ma'lum ekanligini ta'kidlab o’tish kerak


o`PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIKLARI


Bir qancha o’pka kasalliklari o’pka funksiyasi izdan chiqib, nafas yo’llaring o’tkazuvchanligi buzilib, nafas chiqarishning

qiyinlashib qolishi bilan ta'riflanadi. Shu o’pka kasalliklari

orasida Surunkali bronxit, ayniqsa bronxiolit, o’pka emfizemasi, bronxial astma, bronxoektazlar alohida o’rinda turadi va juda o’ziga

xos anatomik o’zgarishlar ro’y berishiga olib

keladi.
Surunkali bronxit

Surunkali bronxit - bu bronxlar devorining Surunkali yallig`lanishi, bo’lib, odatda yirik bronxlarda yoki diametri kamida 2 mm

keladigan mayda bronxlarda boshlanadi. Surunkali

bronxitda bronxiolitning eng acociy xu- susiyati shilimshiq gipersekresiyasidir.

Etiologiyasi va patogenezi. Surunkali bronxitning boshlanishida sigareta chekish, atmosfera havosining azot dioksidi, oltingugurt

dioksidi, chang zarralari bilan ifloslanishi rol

o’ynaydi. Bular to’g`ridan-to’g`ri yoki bilvosita yo’l bilan ta'sir o’tkazishi mumkin. Bilvosita yo’l bilan ta'sir o’tkazganida ular shilimshiq

bezlariga neyrogumoral yo’l bilan kor qilib,

shilimshiq gipersekresiyasi boshlanishiga sabab bo’ladi. Shilimshiq gipersekresiyasining asosida shilimshiq bezlarining

giperplaziyaga uchrashi va nafas yo’llari hilpillovchi epiteliysi

hujayralarining aynab, qadahsimon hujayralarga aylanishi yotadi. Shilimshiq gipersekresiyasi mahalida shilimshiq tiqinlari

yuzaga kelib, nafas yo’llariga, tiqilib qoladi. Mayda

bronxlarda shilimshiq ularning butunlay tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin, paydo bo’lib kelayotgan emfizema tufayli ular

yanada ko’proq bekilib boradi. Surunkali bronxit paydo

bo’lishida mikrob infeksiyasi va adenoviruslar kamroq rol o’ynaydi.

Patologik anatomiyasi. Yirik bronxlarning shilliq pardasi odatda qonga to’lib, kerkib turadi, rangi xiralashgan, ko’pincha shilimshiq

qatlami bilan qoplangan bo’ladi. Mayda bronxlar va

bronxiolalar shilimshiq bilan to’lib turadi. Mikroskopik jihatdan olganda shilimshiq ishlab chiqaruvchi bezlar sonining ko’payib,

ularning funksional faolligi kuchayib qolgani asosiy

diagnostik mezon bo’lib hisoblanadi. Bundabronxlar devori bilan submukoz ravishda joylashgan bezlar qavatining nisbati

o’zgarib qoladi. Surunkali bronxit sezilarli tusga kirgan

hollarda bu nisbat 1:2 dan ortiq bo’ladi. Shilimshiq ishlab chiqaruvchi bezlar giperplaziyasidan tashqari hilpillovchi epiteliyda

qadahsimon hujayralarning ko’payib qolgani

kuzatiladi. Ayni vaqtda epiteliy hujayralari kamayadi. Uzoq muddat davomida sigareta chekish va ko’pdan beri davom etib

kelayotgan Surunkali bronxitning eng xavfli oqibati

hilpillovchi epiteliy boshlanib, uning ko’p qavatli yassi epiteliyga aylanib qolishi va epitelial hujayralarning displaziyaga

uchrashidir. Bundayo’zgarishlar rak oldi o’zgarishlari deb

qaraladi.

Bronxlarning shilliq pardasida tabiatan har xil bo’ladigan yallig`lanish infiltrati topiladi. Chunonchi, infeksiyalarga aloqador

bronxitlarda neyt- rofilli infiltrasiya kuzatiladi.

Infeksiya bo’lmagan mahallarda infiltratlar asosan mononuklearlardan iborat bo’ladi. Allergik komponentli bronxitlarda infiltrat

eozinofillardan tashkil topadi.

Surunkali bronxiolit hilpillovchi epiteliy hujayralarining meta- plaziyaga uchrab, qadahsimon hujayralarga aylanib borishi bilan

ta'riflanadi. Yallig`lanish va fibroz

jarayonlarining birga qo’shilishi bronxiolalar yo’li torayib, butunlay bitib ketishiga olib keladi (obliterasiyalovchi fibroz bronxiolit).

Klinik manzarasi. Kasallikning klinik ko’rinishlari nafas yo’llari obturasiyasiga bog`liq. Yo’talib, ko’p balg`am tashlab turish

harakterlidir. Ka- sallikning boshlang`ich davrlarida

o’pkaning ventillyasion funksiyasi bo`zilmaydi. Biroq, jarayon zo’rayib borgani sayin hansirash boshlanib, gipoksiya va

giperkapniya yuzaga keladi-ki, bular qonning kislorod bilan yaxshi

to’yinmay, sianoz boshlanishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda Surunkali gipoksiya o’pkada barham topmaydigan

vazoqonstriksiya yuzaga kelib, o’pka tu- fayli YURAK ishining buzilishga

olib keladi (sor pulmonum). Sianoz bilan birgalikda o’ng YURAK yetishmovchiligi boshlanib, badanda shishlar paydo bo’lishi ham

mumkin.

O`PKA EMFIZEMASI


o`pka emfizemasi o’pkada havo ko’payib qolishi bilan ta'riflanadigan patologik holat deb hisoblanadi. Emfizemaning ikkita asosiy

shakli tafo- vut qilinadi: veziqo’lyar va

interstisial emfizema.
Interstisial o’pka emfizemasi
Interstisial (oraliq) o’pka emfizemasi o’pkaning oraliq to’qimasida havo to’planib borishi bilan parenximatoz emfizemadan farq

qiladi. U jarayon septalarga havo o’tishidan

boshlanadi. Shy septalar qavatlarga ajralganida havo o’pka darvozalarigacha yetib borib, ko’ks oralig`iga o’tadi. Bundako’krak

qafasi bo’yin, tana teri osti kletchatkasiga ham havo o’tishi

mumkin. Interstisial emfizemaning sababi emfizema mahalida alveolalarning yorilishidir. Odam nafasga havo olib, o’pka

kengaygan mahalda havo oraliq to’qimaga o’tib qoladi-da,

nafas chiqarilib, o’pka puchchaygan mahalda chiqib ketmasdan, balki interstisiyga kiradi. Interstisial emfizema ko’pchilik hollarda

yo’tal to’satdan xuruj qilib qolganida, ko’kyo’tal

mahalida yo’tal to`tganida yoki yot jism tiqilib qolganida boshlanadi. Kamroq hollarda bu emfizema qovurg`alar singanida, ko’krak

qafasi jarohatlanganida ham boshlanishi mumkin.


Veziqo’lyar o’pka emfizemasi
Zamonaviy to`sho`nchalarga muvofiq, veziqo’lyar o’pka emfizemasi terminal bronxiolalardan distalroq tomonda joylashgan havo

o’tkazuvchi o’pka tuzilmalarining keskin kengayib ketishi

bilan ta'riflanadigan organiq o’pka kasalligidir. Bu kasallik alveolalar o’rtasidagi to’sihujayralarning yemirilib borishi, ya'ni destruksiyaga

uchrashi bilan birga davom etadi.

o`pkaning birdan shishib chiqishini veziqo’lyar emfizemadan farq qilish kerak o`pka damlanib birdan shishib qolgan mahalda

o’pkaning respirator bo’limidagi havoli bo’shlihujayralar hajmi

destruksiya alomatlari bo’lmagan alveolalar devorlarining cho’ziluvchan bo’lishi hisobiga kattalashadi.

Emfizemada kasallik jarayonining qaerdaligiga qarab emfizemaning to’rtta asosiy turi tafovut qilinadi: 1) sentroasinar

(sentrolobulyar), 2) panasinar, 3) periasinar

(paraseptal,.subplevral), 4) irregulyar (perifokal, chandiq yonidagi) emfizema. Bu tasnif jarayonning o’pka respirator bo’limining

strukturaviy-funksional birligi bo’lmish asinus

doirasida joylashganini aks ettiradi. Asinus barcha tartibdagi respirator bronxiolalar, alveolyar yo’llar va alveolalardan iboratdir

(36,A-rasm).

Sentrolobulyar (sentroasinar) emfizema kasallikning asinus markaziy qismi, ya'ni respirator bronxiolalarda avj olib borishi bilan

ta'riflanadi (36,B-rasm). Shu bilan birga

kasallikning ilk davrlarida asinusning distal bo’limlari intakt, ya'ni zararlanmagan holda qolaveradi. Jarayon zo’rayib borganida

distal alveolalar kengayib, devorlari

emiriladi. Emfizemaning bu xili uchuno’pkaning yuqori bo’limlarida jarayon kuchliroq bo’lishi tipikdir. Sentrolobulyar emfizema

ko’pincha erkaklarda, chekuvchi kishilarda, goho chek-

maydigan odamlarda ham kuzatiladi.

Panasinar emfizemada asinusning hammasi zararlanib, alveolalar va alveola yo’llari birdek kattalashib qoladi (36.C-rasm).

Bundaalveola- larning devorlari ham yemiriladi.

Jarayon zo’raygan sayin tabiatan tarqoq, Diffuz bo’lib boradi. Panasinar emfizemaning paydo bo’lishi alfa-1--antitripsin degan

ingibitor moddaning irsiy yetishmovchiligiga bog`liq

deb hisoblanadi. Bu xildagi emfizema yoshi ulg`ayib qolgan yoshllarda ko’proq uch- raydi.

Periasinar (paraseptal yoki subplevral) emfizema asinuslarning to’sihujayralariga taqalib turgan periferik bo’limlari zararlanishi bilan

ta'riflanadi. Jarayon subplevral sohada va

o’pka bo’laklari orasidagi septalar bo’ylab joylashadi (37-rasm). Bundayemfizema tabiatan cheklangan bo’ladi va ayrim hollarni

aytmaganda o’pka funksiyasini amalda o’zgartirmaydi.

Emfizemaning bu xili ba'zan bevosita plevra tagida bullyoz pufaklar paydo bo’lishiga olib keladi, bundaypufaklar plevra

bo’shlig`iga yorilib, yoshlarda pnevmotoraks boshlanishiga sabab

bo’lishi mumkin.

Irregulyar (perifokal, chandiqyoni emfizemasi) emfizema, bundayemfizemaning asinusga qanday daxldor ekanligini aniqlash

qiyin, chunki u aksari asinuslar devoriga qo’shilib

ketadigan chandihujayralar atrofida boshlanadi. Tabiatan mahalliy bo’ladi va o’pkaning respirator funksiyasini izdan chiqarmaydi.

Biroq, odatda sil, pnevmoqonioz mahallarida o’pkada

ko’riladigan kattagina chandihujayrali jarayonlarda perifokal emfizema bir muncha tarqalib, nafas yetishmovchiligiga sabab bo’lishi

mumkin.


Yuqorida bayon etilgan to’rt xil emfizemadan o’pkaning Surunkali obstruktiv kasalligi asosida yotadigan sentrolobulyar emfizema

bilan panasinar emfizema ko’proq uchraydi. Bu xildagi

emfizemalar, ayniqsa sent- rolobulyar emfizemaning boshlanishida bronxitlar va bronxiolitlar, shuningdek sigareta chekish

ahamiyatga egadir.

Emfizemaning kompensator, vikar va senil, ya'ni keksalikka aloqador xillari ham tafovut qilinadi. Kompensator o’pka emfizemasi

qanday bo’lmasin biror o’pka qismi qollapsga

(atelaktazga) uchrashi yoki olib tash- lanishi natijasida alveolalarning kengayib qolishidir. Bundao’pka shishib, hajmi kattalashib

turadi, lekin alveolalarining devorlari

zararlanmaydi. Bir qancha tadqiqotchilar bu jarayonni emfizema deb emas, balki o’pkaning kompensator shishuvi, kepchishi

deb atash to’g`riroq bo’ladi deb hisoblaydi. Keksalikka aloqador

o’pka emfizemasi o’pka hajmining juda sezilarli dara- jada kattalashib ketishi bilan ta'riflanadi, bundayhodisa keksa odamlarda

kuzatiladi. o`pkaning shy tariqa bir tekis, ya'ni

Diffuz kepchishi ko’krak qafasi diametrining oldingi-orqa yo’nalishda kattalashib qolganining oqibatidir. Ko’krak qafasi

kengayishi munosabati bilan o’pka hajmi kattalashib, plevra

bo’shlig`ini to’ldirib turadi. Bundaalveolyar to’sihujayralarning destruksiyaga uchrashi kuzatilmaydi, shy munosabat bilan bu jarayonni

o’pkaning keksalikka aloqador kepchib kattalashuvidir


Kataloq: uum -> uum-patanatomy -> 3.amaliy-qism -> amaliy-mashgulotlar
uum -> Travmatologiya va ortopediyaning maqsad va vazifalari
uum -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
3.amaliy-qism -> Патогенез and factors of the risk? Makroskopicheskie types aterosklerozis change, their morphology? The Microscopic stages of ateroskleroz? Ateroskleroz aortas, morphological manifestations, complications? Ateroskleroz kidney artery
amaliy-mashgulotlar -> Жигар циррози, рак, Ўт-тош касаллиги
3.amaliy-qism -> Нафас системаси касалликлари
3.amaliy-qism -> Ўпка касалликларининг клиник белгилари ва патологоанатомик ўзгаришлари турли-туман бўлиши этиологик омилларнинг кўплигига, ўпка структур бирликларининг ўзига хослигига ҳамда касаллар ёшига боғлиқ

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə