Organopatologiya qon yaratuvchi va limfoid sistema kasalliklari



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə30/46
tarix05.05.2017
ölçüsü2,28 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46

to’qimadan paydo bo’ladigan o’smalar. Me'da osti bezi o’smalari biologik xossalariga ko’ra xavfsiz va xavfli o’smalarga bo’linadi. Me'da osti bezi raki va orolcha apparatining o’smalari ko’proq uchraydi. Me'da osti bezi raki Me'da osti bezi raki ko’pincha bez yo’llarining epiteliysidan yuzaga keladigan adenokarsinomadan iborat bo’ladi. Ko’pincha erkaklarda, 60-80 yasharlik davrda kuzatiladi. Shunisi qiziqki, me'da osti bezi raki chekuvchilarda va qandli diabet bilan og`rigan kasallarda 2-3 baravar ko’p uchraydi. Patologik anatomiyasi. o`sma

jarayonining topografiyasiga qarab, me'da osti bezi boshchasining, tanasining va dumining raki tafovut qilinadi. Ba'zi hollarda rak me'da osti bezining boshidan oxirigacha bir tekis tarqaladi. o`smaadenokarsinoma tuzilishiga ega bo’ladi. Uning bir qismi musin ishlab chiqaradi va yaxshi rivojlangan fibroz stromasiga ega bo’ladi. Rakning makroskopik manzarasi o’smaning olgan joyi, katta-kichikligi va xiliga bog`liq. Ko’pincha o’sma bez to’qimasining ichida joylashgan noto’g`ri shaklda atrofidagi bez to’qimasiga qaraganda bir muncha qattiq bo’ladigan yakka tugo`nlar ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Tugo`nlar ko’p bo’lsa, bez yuzasi g`adir-budir bo’lib turadi. Me'da osti bezining tarqalib o’sgan o’smasi bez to’qimasining bir tekis zichlashuviga (qalinlashuviga) olib boradi. o`smada bez to’qimasi ko’p bo’lganida o’sma, go’shtdor, elastiq och pushti rangda bo’ladi. Stromasi ko’p rivojlangan mahallarda o’sma tog`aydek qattiq va oq rangda bo’lishi bilan ajralib turadi. o`smailk davrlardayoq qo’shni organlarga o’sib kiradi. Chunonchi, me'da osti bezi boshchasining raki umumiy o’t yo’lini yoki Fater so’rg`ichi ampulyar sohasini bosib qo’yishi mumkin. Bu narsa o’t pufagida o’t turib qolishiga olib keladiki Kurvuaze simptomiga, ya'ni (badanda sarihujayralik bo’lgani holda o’t pufagining kattalashib ketishiga) asosan shu narsa sabab bo’ladi. Shunday qilib, me'da osti bezi boshchasi rakining harakterli belgisi, hali buyrak o`ncha o’smagan va tarqalib ketmagan mahallarda ham, mexaniq sarihujayralik boshlanishi, gepatobiliar tizim faolitlarining buzilishidir. Me'da osti bezi tanasi va dumining raki bir muncha vaqt simptomlarsiz o’tib boradi va topilgan mahalda ancha kattalashib ketgan bo’ladi. Bu o’sma umurtqa pog`onasi, qorin pardasi ortidagi bo’shliqqa tarqalib, taloqqa buyrak usti bezlari, me'da, ko’ndalang-chambar ichaq jigarga ham o’tadi. Bu rak me'da osti bezi atrofida joylashgan limfa tugo`nlariga, shuningdek me'da, ichak tutqichi, charviga metastazlar beradi. Portal-jigar



limfa tugo`nlari ham jarayonga qo’shilib ketadi. o’pka va suyaklarda gematogen metastazlari kuzatiladi. Me'da osti bezi o’smalari mikroskopik tuzilishi jihatidan alveolyar raklar jumlasiga kiradi. Bazofil sitoplazmali poligonal hujayralar tartibsiz joylashgan yoki argirofil tolalar bilan chegaralangan katta-kichik uyachalar hosil qilgan bo’ladi. Ba'zi joylarda silindrsimon hujayralardan tashkil topgan g`o’shshasimon (rozetkasimon) tuzilmalar ko’p uchraydi. Nekrozlar ham harakterlidir. o`smahujayralari musin ishlab chiqaradigan bo’lishi mumkin. Juda kam tabaqalashgan o’smalar ulkan hujayralar bo’lishi, mitozlar ko’pligi va sezilarli darajada q polimorfizmi borligi bilan ta'riflanadi. Klinik manzarasi. Me'da osti bezi raki endigina boshlanib kelayotgan mahallarda zimdan o’tadi. Avjiga chiqqan paytidagi dastlabki belgisi og`riqdir. Bu og`riq o’smaning qo’shni organlarga o’sib kirayotganiga bog`liq bo’ladi. Og`rihujayralar qorinning ustki yarmida seziladi, ko’pincha kuchli bo’ladi. Bez boshchasining raki mexaniq sarihujayralikka olib keladi. Ko’chib yuruvchi trombofdebit deb ataladigan fdebotromboz ham harakterlidir. Langergans orolchalaridan paydo bo’ladigan o’smalar Me'da osti bezi orolcha to’qimasining o’smalari APUD - sistema guruhiga kiradi va apudomalar deb ataladi. Langergans orolchalarida eng muhim hujayralarining to’rt hili tafovut qilinadi: beta-hujayralar (V), alfa-hujayralar (A), delta-hujayralar (D) va RR-hujayralar. Beta-hujayralar bez orolchalari hujayralari populyasiyasining taxminan 70 foizini tashkil etadi va ularning tarkibida insulin bo’ladi. Shu munosabat bilan bu hujayralardan o’sib chiqadigan o’smalar insulomalar deb yuritiladi, klinik jihatdan olganda giperinsulinizm sindromi ana shunday o’smalarga aloqador bo’ladi. Alfa-hujayralar glyukagon ishlab chiqaradi va bez orolchalarining 20 foizini tashkil etadi. Bu hujayralardan paydo bo’ladigan o’smalar (glyukagonomalar) kam uchraydi. Delta-hujayralar orolchalarning 5-10 foizini tashkil etadi va glyukagon bilan insulin ajralib chiqishiga to’sqinlik qiluvchi somatostatin ishlab chiqaradi. Delta-hujayralaridan paydo bo’ladigan o’sma (somatostatinoma) ham, xuddi RR-hujayralardan paydo bo’ladigan o’sma singari kam uchraydi. Langergans orolchalari hujayralaridan paydo bo’ladigan o’smalar hozir aytib o’tilgan moddalardan tashqari gastrin, serotonin, vazopressin, adrenokortikotrop gormon, xorion gonadotropini ishlab chiqaradi. Bu o’smalarga xos klinik sindromlarning xilma-xilligi ham shunga bog`liq. Ana shu sindromlar orasida quyidagilar juda muhim ahamiyatga ega: 1) beta-hujayralardan paydo bo’lgan o’sma (insuloma)ga aloqador giperinsulinizm, 2) gipergastrinemiya yoki Zollinger-Ellison sindromi. Insuloma Giperinsulinizm hodisasini keltirib chiqaradigan insuloma xavfsiz (solitar va bir talay adenoma) va xavfli (rak) bo’lishi mumkin. Langergans orolchalarining hodisasiga sabab bo’lishi mumkin. Orolchalar adenomalari odatda mayda (diametri 5 santimetrgacha), kapsulaga o’ralgan va oqish tugo`nchalar ko’rinishida bo’ladi. Gohida o’sma bir muncha katta bo’lishi mumkin. Mikroskopik tuzilishi jihatidan o’sma ulkan q orolchalari ko’rinishida yoki trabeqo’lyar tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Birinchi holda sitoplazmasi vakuollashgan yirik hujayralar uyalarni hosil qiladi. Bez bo’lakchalari orasida silindrsimon epiteliy bilan qoplangan chiqarish yo’llari bo’ladi. Trabeqo’lyar tuzilishga ega bo’lgan o’sma trabeqo’lalyar hosil qiluvchi och tusli yirik hujay ralardan tashkil topadi. hujayralar ba'zan solid tuzilish maydonlarini hosil qiladi. Beta-hujayralaridan paydo bo’ladigan rak tabiatan destruktiv bo’lishi bilan ajralib turadi va regionar tugo`nlarga metastazlar beradi. Elektron mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida neoplastik hujayralarda, xuddi xavfsiz insuloma hujayralarida bo’lganidek yumaloq shaklli donalar ko’zga tashlanadi, bularda atrofi oqish gardish bilan o’ralgan ko’p burchakli shakldagi elektron zich kristallar bo’ladi. Giperinsulinizm hodisasi orolchalar Diffuz giperplaziyasi uchunham harakterlidir, bundaygiperplaziya odatda qandli diabet bilan og`rigan onalardan tug`ilgan chaqalohujayralarda va yosh go’daklarda kuzatiladi. Zollinger-Ellison sindromi Me'da osti bezida gastrinoma (apudoma) degan o’sma ham uchrab turadi, bu o’smada kuzatiladigan gastrin gipersekreksiyasi uning delta-hujayralariga bog`liq deb hisoblanadi. Bu o’sma gohida o’n ikki barmohujayrali ichak bilan me'daning gastrin ishlab chiqaruvchi delta-hujayralaridan paydo bo’ladi. Gastrinemiya bilan me'dada kislotalar ko’payib ketishi va peptik yara paydo bo’lishi o’rtasida bog`lanish borligini birinchi marta Zollinger va Ellison ko’rsatib berdi. Ammo gastrinoma paydo qiladigan hujayralarning ta'biati hano`zgacha noma'lum. Sog`lom odamning Langergans orolchalari hujayralarida gastrin topilmaydi. Gastrinoma hujayralari o’zining nozik tuzilishi jihatidan gastrin ishlab chiqaradigan va normada me'da bilan o’n ikki barmohujayrali ichakda uchraydigan hujayralardan hech bir farq kilmaydi. Ko’pchilik hollarda Zollinger-Ellison sindromi tez metastazlar beradigan xavfli gastrinomada boshlanadi. Goho bu sindrom Langergans orolchalari adenomasi yoki giperplaziyasiga bog`liq bo’ladi. Orolchalar adenomasi ba'zan boshqa endokrin bezlarning o’smalari bilan birga davom etib boradi. Gastrinoma munosabati bilan paydo bo’lgan peptik

yara odatdagi yara kasalligi mahalida qilinadigan davo bilan qaytmaydi va aksari ko’p bo’ladi. Klassik Zollinger-Ellison sindromida me'da shirasida kislotalar ko’payib ketishi bilan bir qatorda me'dada, goho o’n ikki barmohujayrali ichakda peptik yara paydo bo’ladi. Lekin kislota miqdorining ko’payib ketishi hamisha ham yara paydo bo’lishiga olib boravermaydi. Qorinda og`riq paydo bo’lib, ich surib turishi, me'da-ichaklardan qon ketishi va me'da shilliq pardasi gipertrofiyaga uchrashi mumkin. Gastrinomani olib tashlash me'da shirasida kislotalar ko’pligining barham topib ketishiga olib keladi. Lekin gastrinoma juda kichik yoki juda xavfli bo’lib, ko’p metastazlar bergan hollarda o`ni olib tashlashning iloji bo’lmaydi. o`smaning tabiatan ko’pligi ham Zollinger-Ellison sindromiga davo qilish ishini qiyinlashtirib qo’yadi.

JINSIY ORGANLAR VA SUT BEZLARI

KASALLIKLARI

ERKAKLAR JINSIY ORGANLARINING KASALLIKLARI

Jinsiy olatning rivojlanish anomaliyalari va o’smalari

Moyaklar patologiyasi:

Moyaklar atrofiyasi

Moyaklarning o’ralib qolishi

Gidrosele

Gematosele

Kriptorxizm

Orxit

Epididimit



Moyaklar o’smalari:

Seminoma

Embrional rak

Xorionepitelioma

Teratoma

Sarihujayralik xaltasi o’smasi

Prostata bezi patologiyasi:

Prostatit

Tugo`nchali giperplaziya (adenoma)

Prostata bezi raki

AYoLLAR JINSIY ORGANLARINING KASALLIKLARI
Vulva patologiyasi:

Vulvit va o’smalari

Qin patologiyasi:

Rivojlanish anomaliyalari

Vaginit

o`smalari

Bachadon bo’yni patologiyasi:

Servisit

o`smalari

Bachadon tanasi va endometriy patologiyasi:

Endometrit

Adenomioz va endometrioz

Endometriy giperplaziyasi

Endometriy va miometriy o’smalari:

Poliplar

Leyomioma va leyomiosarkoma

Endometriy raki

Fallopiy naylari patologiyasi

Tuxumdonlar patologiyasi:

Yallig`lanish kasalliklari

Kistalari

o`smalari:

Epitelial o’smalar

Germinogen o’smalar

Jinsiy tortma stromasi o’smalari

Metastatik o’smalar


HOMILADORLIK PATOLOGIYaSI


Bachadondan tashqari homiladorlik

Trofoblastik kasallik

Elbo’g`oz

Invaziv yelbo’g`oz

Xorionepitelioma
SUT BEZLARI PATOLOGIYASI
Mastopatiya

Mastit


o`smalari:

Fibroadenoma

Papilloma va papillyar rak

Sut bezi raki


ERKAKLAR SUT BEZI KASALLIKLARI


Jinsiy organlar siydik-tanosil sistemasining bir qismi bo’lib, jinsiy hujayralarning rivojlanishi va ajralib chiqishini, urug`lanishni, shuningdek embrionning ona vujudida saqlanishi va oziqlanishini ta'minlab beradi. Jinsiy bezlarda ishlanib chiqadigan gormonlar yordamida jinsi organlar butun organizmga ta'sir ko’rsatib boradi. Tuzilishi va bajaradigan funksiyalariga qarab, jinsiy organlar uch bo’limga bo’linadi: jinsiy bezlar, jinsiy yo’llar va juftlashish

organlari (kopulyativ organlar). Bundan tashqari erkak va ayollarning jinsiy organlari tashqi va ichki jinsiy organlarga bo’linadi. Erkaklar ichki jinsiy organlari moyaklar va moyak ortihujayralari, urug` kanalchalari, urug` yo’llari, urug` pufakchalari, prostata bezi va so’g`onsimon uretral bezlardan iborat. Erkaklarning tashqi jinsiy organlariga yorg`oq va ichidan siydik chiqarish kanali o’tuvchi jinsiy olat, ya'ni zakar kiradi. Ayollarning ichki jinsiy organlari tuxumdon, bachadon va qindan, tashqi jinsiy organlari vulvadan iborat. Jinsiy organlarda boshlanadigan patologik jarayonlar har xil bo’ladi. Bularni to’rtta asosiy guruhga bo’lish mumkin: rivojlanish anomaliyalari, disgormonal jarayonlar, yallig`lanish jarayonlari va o’smalar.

ERKAKLAR JINSIY ORGANLARINING KASALLIKLARI

Jinsiy olat (zakar)ning rivojlanish anomaliyalari va o’smalari


Zakarda aksari infeksion va o’sma jarayonlari, kamroq hollarda rivojlanish nuqsonlari - anomaliyalar uchraydi. Rivojlanish nuqsonlari orasidan siydik chiqarish kanalining stenozi va ektopiyasi patologiyada hammadan ko’ra ko’proq ahamiyatga ega. Bundashy kanalning tashqi teshigi zakarningventral yuzasiga, kertmak ariqchasiga, yorg`oq yoki oraliqqa (gipospadiya) yo bo’lmasa zakarning dorsal yuzasi (epispadiya)ga ochilishi mumkin. Zakar va siydik chiqarish kanalining ana shunday rivojlanish nuqsoni siydikning normal chiqib turishiga to’sqinlik qiladi va keyinchalik gidronefroz boshlanishiga hamda siydik yo’llarining ikkilamchi tartibda infeksiyalanishiga olib boradi. Eng ko’p uchraydigan rivojlanish nuqsoni prepusial xalta teshigining sezilarli darajada torayib qolishi, ya'ni fimozdir. Bu siydik chiqishi qiyinlashib qolishiga olib keladi va zakar boshchasi terisi hamda kertmak ichki varag`ining o’tkir yoki Surunkali yallig`lanishiga (balanit va balanopostitga) sabab bo’ladi. Bundaro’y beradigan morfologik o’zgarishlar har xil. Odatdagicha yallig`lanishdan to gangrenagacha borib yetishi mumkin. Zakar o’smalari, xususan xavfsiz o’smalar (fibroma, lipoma, gemangioma, limfangioma) kamdan-kam uchraydi. Ko’proq epiteliydan kelib chiqadigan xavfli o’smalar uchrab turadi. o`zbekistonda zakar raki, xuddi xatna (sirkumsiziya) rasm bo’lgan boshqa mamlakatlardagidek nihoyat darajada kam uchraydi, bu narsa spermaning onkogen xossalari borligidan darak beradi. Zakar o’smalari odam papillomasi viro`sig`a ham bog`liq deb hisoblanadi. Zakar rakining ikki shakli - ekzofit va endofit rak tafovut qilinadi. Ekzofit rakda qo’ziqorinsimon yoki so’rg`ichsimon o’sma rivojlanadi. Rakning endofit shaklida chuqur joylashgan infiltrat yoki yara ko’rinishidagi o’sma borligi ma'lum bo’ladi. Gistologik jihatdan olganda yassi hujayrali rak ko’proq uchraydi. Rak oldi kasalliklariga cancer in situ bo’lib hisoblanadigan Bouen kasalligi kiradi. Zakar raki 40 dan oshgan odamlarda kuzatiladi. Yassi hujayrali rak endi boshlanib kelayotgan davrda zakar boshchasi yoki kertmak ariqchasida joylashgan kichikroq qo’lrang tusli papula ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Jarayon zo’rayib borgani sayin bu o’sma kattalashib, yara bo’lib ketgan pilakch ko’rinishiga kiradi. Ikkilamchi tartibda infeksiya qo’shilishi ham mumkin. Ba'zida rak so’rg`ichsimon o’simtalar ko’rinishida bo’ladi yoki qo’ziqorinsimon shaklga kiradi. Uning gistologik tuzilishi boshqa joylarda uchraydigan yassi hujayrali rak bilan deyarli bir xil. Metastazlari aksari regionar limfa tugo`nlarida (chov va yonbosh limfa tugo`nlarida) paydo bo’ladi. Uzoq joylarda paydo bo’ladigan metastazlari kam kuzatiladi.

Moyaklar patologiyasi



Moyaklarda har qanday patologik jarayonlar, rivojlanish nuqsonlari, atrofiya, gipertrofiya, qon aylanishining izdan chiqishi, yallig`lanish, o’smalar kuzatilishi mumkin. Moyak gipertrofiyasi turli patologik jarayonlar: moyakning o’ralib qolishi, yallig`lanishi (orxit), moyak o’smalari,churralari, gidrosele, gematoseleda kuzatilishi mumkin. Moyaklarning o’ralib qolishi odatda ypyg` tizimchasi va chov kanali rivojlanmay qolganida kuzatiladi. undamoyak va ortihujayralari tez kattalashib, yorg`oqning zararlangan tomonida shish paydo bo’ladi. Moyakda venoz qon dimlanib qolib, interstisiyda gemorragik shish kuchayib boradi, spermatogen epiteliyda distrofik o’zgarishlar va nekroz o’chohujayralari paydo bo’ladi. 10-12 soatdan keyin moyakda umumiy nekroz boshlanishi mumkin. Gidrosele (moyak pardalari istisqosi) moyak qin pardasining parietal va visseral plastinkalari orasida seroz suyuhujayralik to’planib borishi bilan ta'riflanadi. Gidrosele myg`ma va turmushda orttirilgan bo’lishi mumkin. Tyg`ma moyak istisqosi moyak yorg`oqqa to`shganidan keyin qorin pardasi qin o’simtasining bitib ketmasligiga bog`liqdir. Turmushda orttirilgan gidroselega o’smalar, travmalar, moyakning o’tkir va Surunkali yallig`lanishi sabab bo’lishi mumkin. Morfologik jihatdan olganda moyak pardasida distrofik jarayonlar, arteriit, fdebit, seroz parda giperemiyasi ko’zga tashlanadi. Surunkali moyak istisqosida moyak pardasining qalinlashib, arahujayralarining qisman bitib ketganligi kuzatiladi. Visseral varag`ida granulyasion to’qima paydo bo’ladi. Qin pardasi gialinlashgan kollagen tolalardan iborat bo’lib qoladi. Gematosele (qonli o’sma) moyak qin pardasining parietal yoki visseral plastinkalari orasida (intravaginal gematosele) yoki yorg`oq to’qimalarida (ekstravaginal gematosele) qon to’planib qolishi bilan ta'riflanadi. Gematosele odatda yorg`oq shikastlangan mahallarda moyak qin pardasi gemorragik yallig`lanishga uchraganida paydo bo’ladi. Moyaklarda qon va limfa aylanishining izdan chiqishi arterial va venoz giperemiya, shish, ishemiya, infarkt, qon quyilishi, shuningdek limfa turib qolib, yorg`oqning juda kattalashib, elefantiaz boshlanishi bilan ifodalanadi. Moyaklar atrofiyasi moyakning odatdagi shakli saqlanib qolgani holda jussasi kichrayib borishi bilan ta'riflanadi. Bolaning ona qornida rivojlanish davrida ta'sir etgan zararli omillarga aloqador embrional moyak atrofiyasi va moyak to’qimasiga har xil zararli omillar (och qolish, moyakning chov kanalida turib qolishi, intoksikasiya, o’smadan bosilib qolishi, endokrin kasalliklar, orxit va boshqalar) ta'sirida tug`ilishdan keyin, postnatal moyak atrofiyasi tafovut qilinadi. Moyakdagi atrofik o’zgarishlarning oxirgi bosqichi burama urug` kanalchalarining tubulyar sklerozga uchrab, yo’lining butunlay bitib ketishidir. Moyaklarning rivojlanish nuqsonlari juda har xil bo’lib, moyaklar soni va holatining anomaliyalari ko’rinishida ifodalanishi mumkin. Moyaklar soniga aloqador anomaliyalarga ikkala bo’lmasligi (monorxizm), qo’shimcha moyak bo’lishi (poliorxizm) kiradi. Moyaklar holatining anomaliyalari qatoriga kriptorxizm, moyak ektopiyasi va moyak buralishi kiradi.Kriptorxizm moyaklar holatining hammadan ko’p uchraydigan anomaliyasidir. Moyaklarning yorg`oqqa to`shib borish jarayoni normada ona qornidagi hayotning uchinchi oyida boshlanib, bunda

moyak dastlabki embrional holatidan kichik chanoq bo’shlig`iga tomon surilib boradi. Keyingi ikki oy davomida moyak chov kanalidan o’tib, yorg`oqqa to`shadi. Moyakning buyrak pastki qutbidan yopg`oq tubigacha o’z tabiiy yo’lidan o’tib borishi, to’xtalib qolgudek bo’lsa, u vaqtda moyak distopiyasi, (kriptorxizm) hodisasi ro’y beradi. Tug`ilish vaqtiga kelib kriptorxizm 20-30 foiz hollarda, katta yoshli odamlarda esa 0,3-0,7 foiz hollarda kuzatiladitomonlama xillarga, moyak qaysi joyda qolganiga qarab, qorin va chov xillariga bo’linadi. Kriptorxizmga olib boradigan sabablar har xil. homiladorlik vaqtidagi har xil teratogen ta'sirlar ham etiologik omillardan bo’lib hisoblanadi, bu narsa ona bilan homila gormonlarining uyg`o`nligi buzilib, keyinchalik embrional to’qimalar, avvalo mezenximadan paydo bo’ladigan to’qimalarning tabaqalanishi buzilishiga olib keladi. Dastlab paydo bo’ladigan anatomik o’zgarishlar - go`nter boylamining kalta tortib qolishi, chov kanalining torayib qolishi moyakning haraqatlanib borishiga to’sqinlik qiladi. Lekin kriptorxizm boshlanishida gipotalamo-gipofizar sistema gonadotrop funksiyasining buzilishi alohida ahamiyatiga ega, shy narsa to’qimalarni tabaqalashtiruvchi gormonlar yetishmovchiligiga va gonadalar disgeneziyasiga olib keladi deb hisoblanadi. Kriptorxizm aksari bir tomonlama bo’ladi. o`rniga to`shmay qolgan moyak voyaga yetish davriga qadar bir qadar rivojlanib boradi, keyin uning rivojlanishi batamom to’xtab qoladi. Keyingi yillarda moyakda zo’rayib boradigan atrofiya boshlanadi. Shuni aytib o’tish kerakki, germinativ hujayralar tabaqalanishining buzilishi bolaning ikki yoshlik davridayoq kuzatiladi va 5-6



yasharlik mahalida aniq ma'lum bo’lib qoladi. 13 yoshga borgan mahalda esa anatomik jihatdan olganda moyakda rosmana atrofiya boshlanib, fibroz to’qima paydo bo’la boshlaydi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida ypyg` kanalchalari atrofiyalangan, bazal membranasi qalinlashgan bo’ladi. Keyinchalik ular butunlay fibroz to’qima bilan almashinadi. Parenximatoz elementlarning ana shy atrofik o’zgarishlari Leydigning interstisiy hujayralari va stroma hujayralari giperplaziyasi bilan birga davom etib boradi. Kriptorxizmda uchraydigan ana shunday atrofik o’zgarishlar spesifik emas va turli boshqa patologik jarayonlarda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, arterioskleroz munosabati bilan qon ta'minoti bo`zilganida, Surunkali orxit mahalida, uzoq muddat ayollar jinsiy gormonlari yuborib turilganida, jigar sirrozida nur berish ta'siridan urug` otuvchi yo’l torayib qolganida shunday bo’lishi mumkin. Ikki tomonlama kriptorxizm butunlay bepushtlikka olib boradi. Kriptorxizmda turli patologik jarayonlar boshlanishi mumkin: moyakning o’ralib va qisilib qolishi, chov churrasi shular jumlasidandir. Moyakning o’rniga to`shmay qolishi, bundan tashqari moyakda xavfli o’smalar, seminoma, teratoblastoma boshlanishi ehtimolini ancha kuchaytiradi. Patomorfologik tekshirishlar moyakni o’rniga to`shirib, mahkamlab qo’yish operasiyasi (orxipeksiya)ni mumkin qadar ertaroq (bola ikki yoshga to’lmasdan ilgari) o’tkazish kerakligini ko’rsatadi. Shunda atrofiyaning zo’rayib borishiga yo’l quymaslik mumkin bo’ladi. Orxit - moyaklarning yallig`lanishi, orxit aksari ikkilamchi tartibda, yallig`lanish moyak ortig`idan o’tgan mahallarda yoki ko’pgina kasalliklar (pnevmoniyalar, skarlatina, qorin tifi, suvchechak) asoratlari tariqasida boshlanadi. Epidemik parotit, ya'ni tepki kasalligida ko’pincha gematogen orxit boshlanadi (30 foizgacha hollarda). o`tkir orxitda moyak kattalashib, qattiqlashadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganda ypyg` kanalchalari nisbatan saqlanib qolgani, lekin interstisial to’qimada leykositar infiltrasiya borligi topiladi. Keyinchalik kanalchalar yiringlab, halok bo’lib ketishi mumkin. Nospesifik infeksiyalar mahalida yoki travmadan keyin boshlangan o’tkir yallig`lanish natijasida kuzatiladigan Surunkali orxitda moyak kichrayib, stromasi limfositlar va plazmositlar bilan infiltrlangan bo’ladi. Spesifik orxit mahalida sil, zaxmga aloqador granulyomalar topiladi. Ikkala holda ham parenxima pirovard natijada fibroz to’qima bilan almashinadi. Klinik jihatdan olganda, o’tkir orxit birdan boshlanib, isitma chiqishi, moyaklar sohasida qattiq og`riq paydo bo’lib, bu og`riqning urug` tizimchasiga chov kanali, bel-dumg`aza sohasiga ham o’tib turishi bilan ta'riflanadi. Moyak tez kattalashib, qattiq bo’lib qoladi. Bosh og`rig`i, ko’ngil aynashi, qayt qilish ham kuzatiladi. Surunkali orxit moyak sohasida bir qadar og`riq sezgisi bo’lishi bilan birga davom etib boradi. Epididimit - moyaklar ortig`ining spesifik va nospesifik yallig`lanishi, 35-40 yashar odamlarda ko’p uchrab turadi. Nospesifik

epididimitning qo’zg`atuvchilari har xil patogen va saprofit bo’lishi mumkin. 35-40 yashar odamlarda uchraydigan epididimitga ko’pincha gonokokklar sabab bo’lsa, 40 yoshdan keyin uchraydigan epididimit ichak tayoqchasi va Pseudomonas-ga aloqador bo’ladi. Infeksiya qo’zg`atuvchilari urug` chiqaruvchi yo’llar orqali, gematogen, ba'zan limfogen yo’l bilan moyak ortig`iga o’tadi. Epididimit juda ko’p hollarda prostatit, uretrit bilan birga davom etib boradi. Spesifik jarayonlar orasida zaxm, silga aloqador epididimit ko’proq kuzatiladi. Nospesifik epididimitda interstisial to’qimada shish va leykositar infiltrasiya paydo bo’ladi. Keyinchalik abssesslar yoki irishga o’tgan joylar paydo bo’lishi mumkin. Surunkali yallig`lanish oqibatida fibroz to’qima paydo bo’lib, u bepushtlikka olib kelishi mumkin. o`tkir epididimit uchunkasallikning birdan boshlanib, haroratning 38-40 darajagacha ko’tarilishi, yorg`oq va chov sohasida qattiq og`riq turishi harakterlidir. Moyak ortig`i kattalashib, zichlashib qoladi. Yorg`oq terisi shishib, qizarib turadi. Surunkali epididimitda og`riq arzimas darajada seziladi. Tana harorati odatdagicha bo’ladi, yorg`oq terisi o’zgarmaydi. Moyak ortig`i picha kattalashib, qattiqroq bo’lib qoladi.

Moyaklar o’smalari
Moyaklar o’smalari - moyakning zich va og`rihujayrasiz kattalashuvining asosiy sabablaridan biri bo’lib, kelib chiqishi va tuzilishi jihatidan ancha har xil bo’lishi bilan ajralib turadi. Ko’pincha germinogen o’smalar, leydigomalar (Leydig hujayralaridan paydo bo’ladigan o’smalar), donador hujayrali o’smalar (Sertoli hujayralaridan paydo bo’ladigan o’smalar) uchraydi. Germinogen o’smalar barcha moyak o’smalarining 95 foizini tashkil etadi va shuning uchunhammadan ko’ra kattaroq ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi. Ular yoshlik chog`ida (15-34 yashar odamlarda) paydo bo’lib, og`ir o’tishi bilan ajralib turadi. Leydig va Sertoli hujayralaridan paydo bo’ladigan o’smalar kamroq uchraydi, ular asosan xavfsiz tusda bo’ladi-yu, lekin ko’p miqdorda ishlab chiqaradigan steroidlari endokrinopatiyaga olib kelishi mumkin. Moyak rakining etiologiyasi noma'lum. Irsiy moyillikning ahamiyati borligi aniqlangan, holos. Kriptorxizm o’sma paydo bo’lish xavfini tug`diradigan jiddiy omil bo’lib hisoblanadi. Tasnifi va gistogenezi. Moyak o’smalari ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga gistogenetik jihatdan bir tipdagi o’smalar kiradi. Kasallarning 60 foizida ana shunday o’smalar uchraydi. Bularga seminoma, spermosit seminoma, embrional raq sarihujayralik xaltasi o’smasi, poliembrioma, xorionepitelioma, teratoma (etuq yetukmas, malignizasiyalanadigan teratoma) kiradi. Ikkinchi guruhga gistogenezi har xil elementlardan tashkil topgan o’smalar kiradi. Masalan, embrional rak bilan birga qo’shilgan teratomadan iborat teratoqarsinoma shular jumlasidandir. Bu o’sma kasallarning 40 foizida uchraydi. o`smaning tipi gonadalarning polipotent germinogen epiteliysining tabaqalanish darajasi va yo’nalishiga qarab belgilanadi. Bu epiteliy somatik va trofoblastik tabaqalanishga uchrashi va har xil tuzilishdagi o’smalar manbai bo’lib qolishi mumkin. Seminoma birlamchi germinogen o’smalarning 40 foizini tashkil etadigan xavfli o’sma. Ko’proq 20-40 yashar odamlarda uchraydi. Ba'zan moyakdan tashqarida, masalan, oldingi ko’ks oralig`ida yoki qorin pardasi ortidagi bo’shliqda bo’ladi (ekstragonad seminoma), buning sababi germinogen epiteliyning embrional rivojlanish davrida turib qolishidir. o`smatez o’sib borishga moyil bo’ladi. Bu kasallikda moyak kattalashgan, tuzilishi jihatidan tugo`n-tugo`n bo’lib qoladi. Kesib ko’rilganida kesmasi yaltiroq, oq rangda, bo’lakchali bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganda o’smaning chegaralari aniq bilinib turadigan va dumaloq shaklli yadrosi o’rtasida joylashgan bir tipdagi


Kataloq: uum -> uum-patanatomy -> 3.amaliy-qism -> amaliy-mashgulotlar
uum -> Travmatologiya va ortopediyaning maqsad va vazifalari
uum -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
3.amaliy-qism -> Патогенез and factors of the risk? Makroskopicheskie types aterosklerozis change, their morphology? The Microscopic stages of ateroskleroz? Ateroskleroz aortas, morphological manifestations, complications? Ateroskleroz kidney artery
amaliy-mashgulotlar -> Жигар циррози, рак, Ўт-тош касаллиги
3.amaliy-qism -> Нафас системаси касалликлари
3.amaliy-qism -> Ўпка касалликларининг клиник белгилари ва патологоанатомик ўзгаришлари турли-туман бўлиши этиологик омилларнинг кўплигига, ўпка структур бирликларининг ўзига хослигига ҳамда касаллар ёшига боғлиқ

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə