Organopatologiya qon yaratuvchi va limfoid sistema kasalliklari



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə31/46
tarix05.05.2017
ölçüsü2,28 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46

poligonal hujayralardan iborat ekanligi ma'lum bo’ladi. Bu hujayralarning sitoplazmasi och tusli. Bir qancha hollarda o’smada sintisial ulkan hujayralar topilishi mumkin. Bularda xorion gonodotropini bo’ladi. o`smaning fibroz stromasi ba'zan granulyomatoz tuzilmalar hosil qiluvchi limfositlar bilan infiltrlangan bo’ladi. Seminoma limfogen va gematogen yo’llar bilan metastazlar beradi. Spermatosit seminoma barcha seminomalarning 9 foizini tashkil etadi va 50 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi. Bu o’sma ancha katta va sariq rangda bo’lishi bilan ajralib turadi, shilimshiqsimon ko’rinishda, sal g`ovak bo’ladi. Ba'zan unda kistalar, nekroz o’chohujayralari va qontalashlar uchraydi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida o’smada uch xil hujayralar: limfositsimon hujayralar, ulkan hujayralar va o’rtacha kattalikdagi oraliq hujayralar ko’zga tashlanadi. Spermatosit seminoma kamdan-kammetastazlar beradi. Embrional rak dastlab moyaklarda bo’lishi, shuningdek ekstragonad tarzda (miya tomirlari chigallari, ko’ks oralig`i, qorin pardasi ortidagi bo’shliq, Burun bo’shlig`ida) joylashuvi mumkin. Bu o’sma chegaralari aniq bilinib turadigan tugo`n ko’rinishida bo’lib, to’qimasi qo’lga yumshoqroq o`nnaydi. Qo’lrang-oqish rangda bo’ladi. Unda nekroz o’chohujayralari va qontalashlar ko’zga tashlanadi. Ba'zan mayda-mayda kistalar uchraydi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida o’smaning dumaloq, oval yadroli yirik polimorf hujayralardan tashkil topganligi bilinadi, ularning sitoplazmasi och tusli, vakuollashgan bo’ladi. Seminomadan farq qilib, o’sma hujayralarining chegaralari aniq bo’lmay, ular papillyar, tubulyar va bezsimon strukturalar hosil qiladi. Ularning stromasi zaif, embrional tipdagi yumshoq mezenximal to’qimadan tashkil topgan bo’ladi. Xorionepitelioma - sinonimi xorionkarsinoma) kamdan-kam (1 foiz) hollarda uchraydigan, lekin juda xavfli o’sma. Endigina boshlanibkelayotganida kichkina bo’ladi va shuning uchunqo’lga o`nnamaydi ham. Yuqori darajada xavfli bo’lishi bilan ta'riflanadi, gematogen yo’l bilan barvaqt metastazlar beradi. o`smato’qimasi mikroskopik tuzilishi jihatidan



sintisiotrofoblastga o’xshab ketadi. Sitoplazmasi och tusli va yadrosi pufakchasimon bo’ladigan poligonal shakldagi Langergans hujayralari va sintisial epiteliydan iborat bo’ladi. Bu epiteliy hujayralari vakuollashgan mo’l sitoplazmasi va polimorf shakldagi yirik yadrosi bo’lishi bilan ta'riflandi. Ularda xorion gonadotropini bo’ladi. Xorion epiteliomada xorion vorsinkalari, o’sma stromasi va qon tomirlari bo’lmaydi. o`smato’qimasida nekroza uchragan katta-katta joylar va qontalashlar ko’zga tashlanadi. Teratoma - bir, ikki yoki uch embrional varaqdan kelib chiquvchi bir nechta xildagi to’qimalardan tashkil topgan murakkab o’sma. Germinogen o’smalar jumlasiga ham kiradi. Moyaklarda, tuxumdonlarda bo’lishi, shuningdek ekstragonad tarzda uchrashi mumkin. Gistologik tuzilishiga ko’ra yetuq yetilmagan va malignizasiyalashgan teratoma tafovut qilinadi. Etuk teratoma xavfsiz o’sma bo’lib, metastazlar bermaydi, yaxlit (solid) yoki kistasimon tuzilishga ega bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida solid xilining yaxshi tabaqalashgan nerv, musqo’l, tog`ay, yog` to’qimasining q elementlaridan, betartib joylashgan ko’p qavatli yassi epiteliy, bronxogen epiteliy bilan ichak epiteliysidan tarkib topganligi ma'lum bo’ladi. Kistasimon tuzilishdagi yetuk teratomada bitta yoki bir nechta kistalar uchraydi, ular qo’lrang-sariq tusli loyqa suyuhujayraliq shilimshiq yoki yog`ga o’xshash bo’tqasimon suyuhujayralikka to’lib turadi. Kista ichida jo`nlar, tishlar, tog`ay parchalari bo’lishi mumkin. Etilmagan teratoma solid yoki solid-kistoz tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Hamirsimon, qo’lrangnamo-oq tusda bo’lishi bilan ajralib turadi. Kesib ko’rilganida mayda-mayda kistalar va shilimshiq boylagan joylar ko’zga tashlanadi. Mikroskopik tekshirishda yetilmagan ichak epiteliysi, respirator epiteliy va embrion varahujayralarining boshqa hosilalari proliferasiyaga uchragan o’chohujayralar ko’zga tashlanadi. Kezi kelganda xavfli tusga kiradigan o’sma bo’lib hisoblanadi. Malignizasiyalanayotgan teratoma nihoyat darajada kam uchraydigan o’sma. Nuqul katta yoshli odamlarda bo’ladi va har xil xavfli o’sma, masalan, yassi hujayrali raq shilimshiq ishlab chiqaruvchi adenokarsinoma va sarkoma elementlaridan tarkib topadi. Tuzilishi har xil bo’ladi. Kesib ko’rilganida kistalar, tog`ay, suyak va miksomatoz to’qima o’chohujayralari borligi ko’zga tashlanadi. Sarihujayralik xaltasi o’smasi - orxoblastoma - asosan to’rt oylikdan 3,5 yoshgacha bo’lgan bolalarda uchraydi va moyaklar barcha o’smalarining 1 foizini tashkil etadi. Katta yoshli odamlarda juda kam uchraydi va embrional rak elementlari aralash o’smadan iborat bo’ladi. Sarihujayralik xaltasi o’smasi har xil shakldagi, tabaqalashmagan jo’n hujayralardan tashkil topadi. Shu hujayralar orasida bezsimon, papillyar va solid strukturalarni hosil qiluvchi epetelioid, kubsimon va silindrsimon hujayralar uchraydi. Immunoperoksidaz usul bilan tekshirib ko’rilganida o’sma hujayralarida alfa - fetoprotein topiladi. Aralash o’smalar 40 foiz hollarda uchraydi va 2 yoki bundan ko’ra ko’proq gistologik tipdagi moyak o’smalaridan tuzilgan bo’ladi. Embrional rakka qo’shilgan teratoma hammadan ko’ra ko’proq uchraydi. Klinik manzarasi. Moyaklar o’smasining gistogenezidan qat'iy nazar barvaqt ma'lum beradigan belgilari moyakning og`rimasdan turib kattalashib borishi va zichlashib qolishidir. Moyaklar o’smalari odatda barvaqt metastazlar beradi va ularning metastazlari avvaliga limfogen yo’l bilan o’tadi. Dastlabki metastazlari umumiy yonbosh arteriyasi bilan aorta bo’ylab joylashgan limfa tugo`nlarida topiladi. Keyinchalik ular o’mrov usti va ko’ks oralig`idagi limfa tugo`nlarida ham paydo bo’ladi. Faqat limfogen yo’l bilan metastazlar berish seminoma uchunharakterlidir. Gematogen metastazlari keyinchalik yuzaga keladi va o’pka, bosh miya, suyaklar hamda boshqa organlarda topiladi. Ba'zi moyaklar o’smalari - embrional raq xorionepitelioma, aralash o’smalar ilk muddatlardayoq gematogen yo’l bilan metastazlar beradiki, shuning uchunham kasallar vrachga murojaat qilgan mahallarida ularning o’pkasi va jigarida metastazlari bo’ladi. Moyaklar o’smalarining rivojlanib borishining uch bosqichi tafovut qilinadi: I bosqichi - moyaklar doirasida o’sma paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi, II bosqichida - retroperitoneal limfa tugo`nlarida metastazlar topiladi, III bosqichida - metastazlar retroperitoneal tugo`nlardan tashqarida yoki diafragmadan yuqorida bo’ladi. Radioimmo`n usullarni qo’llab, siydikda xorion gonadotropinini, qonda alfa-fetoproteinni topish diagnostik jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Mana shy biologik faol moddalar miqdorining ko’payib ketishi xorionepitelioma, embrional rak va teratoma uchunharakterlidir. Sof seminomalarda xorion gonodotropini bilan alfa-fetoprotein miqdori ko’paymaydi. Moyaklar rakining oqibati har xil bo’lib, o’smaning gistologik xiliga va klinik bosqichiga bog`liqdir. Seminomaning oqibati bir muncha xayrli, chunki bu o’sma radioaktiv nurlarga sezgir bo’ladi va kechki muddatlarda metastazlar beradi.

PROSTATA BEZI PATOLOGIYaSI


Prostata bezining eng ko’p uchraydigan patologiyasi jumlasiga shy bezning yallig`lanishi (prostatit), giperplastik prostatopatiya, prostata bezining tugo`nli giperplaziyasi va raki kiradi.

Prostatit


Prostatit - ya'ni prostata bezining yallig`lanishi - o’tkir va Surunkali, spesifik va nospesifik bo’lishi mumkin. Ko’pincha yosh va o’rta yashar erkaklarda uchraydi. Bu kasallikning boshlanishida har xil omillarning ahamiyati bor, shularning orasida infeksiya asosiy o’rinda turadi. o`tkir prostatitga ichak tayoqchasi va boshqa grammusbat bakteriyalar sabab bo’ladi. Surunkali prostatitga mikobakteriyalar, gonokokklar, trixomonadalar, mikoplazma, xlamidalar sabab bo’lishi mumkin. Prostatit ko’pincha siydik chiqarish kanali orqa bo’limi va qovuqning yallig`lanishi bilan birga davom etib boradi. Infeksiya prostata beziga kanaliqo’lyar yo’l bilan (siydik chiqarish kanalining prostata qismidan), gematogen va limfogen yo’llar bilan o’tadi. o`tkir prostatit bez to’qimasida mayda-mayda abssesslar ko’rinishida yoki parenximasi bilan stromasida yuzaga kelgan Diffuz leykositar infiltrasiya ko’rinishida ko’zga tashlanuvchi yiringli yallig`lanish bilan ta'riflanadi. Bez yo’llarida polimorf yadroli leykositlar, ko’chib to`shgan hujayralar paydo bo’ladi. Prostata bezi kattalashib, ilvillab qoladi. Surunkali prostatitda bez kattalashgan, g`adir-budir, ba'zi joylari qattiq, ba'zi joylari yumshoq bo’ladi. Interstisiyda limfogistiositar infiltratlar ko’p uchraydi, makrofaglar to’planib, kistalar va chandiq to’qima hosil qiladi. Spesifik prostatit tegishli granulyomalar hosil bo’lishi bin ta'riflanadi. Prostatitning klinik manzarasi har xil. Oraliq va dumg`aza sohasida og`riq bo’lishi, peshobning o’zgarishi (tez-tez zahartang qilishi, siyishning qiyinlashib qolishi) harakterlidir. o`tkir

prostatitda harorat 38-400 S gacha ko’tarilib, odam qaltiraydi, umumiy intoksikasiya belgilari paydo bo’ladi. Madda paraprostatik kletchatkaga yoki oraliq kletchatkasiga yorib chiqqanida ahvol og`irlashadi. Surunkali prostatit aksari simptomsiz o’tadi.

Adenoma
Prostata bezining tugo`nli giperplaziyasi - ya'ni adenoma (sinonimlari - adenomatoz disgormonal prostatopatiya) - prostata bezining kranial qismidan paydo bo’ladigan xavfsiz o’sma. Aksari 50 yoshdan keyin boshlanadi va yosh ulg`aygan sari zo’rayib boradi. Etiologiyasi va patogenezi noma'lum, lekin adenoma endokrin sabablarga ko’ra paydo bo’ladi degan nazariyani ko’pgina olimlar e'tirof qiladi. Testosteronning biologik faol metaboliti - digidrotestosteron prostata bezi giperplaziyasini boshlab beradigan mediatordir deb taxmin qilinadi. Ayni vaqtda

estrogenlar prostata bezining digidrotestosteron ta'siriga sezgirligini kuchaytiradi, bundadigidrotestosteron o’sishni kuchaytiruvchi modda tariqasida ta'sir ko’rsatadi. Ma'lumki, yosh ulg`aygan sayin qonda estrogenlar miqdori ko’payib, testosteron ishlanib chiqishi kamayib ketgan bo’lsa ham, prostata bezining parenximasiga androgenlr ko’proq ta'sir o’tkazishiga sabab bo’ladi. Patologik anatomiyasi. Tipik hollarda prostata bezi kattalashadi, og`irligi 60-100 ga borib qolishi mumkin (70-racm). Mikroskopik jihatdan olganda prostata bezi adenomasining bezsimon, fibroz-musqo’lli va aralash xillari tafovut qilinadi. Bezsimon xilida adenomatoz tugo`nlar bir-biriga zich joylashgan va shoxlanib (71-racm), talaygina kriptalar hamda so’rg`ichli o’simtalar hosil qiladigan bezlardan iborat bo’ladi. Bu bezlar 1-2 qavat yuqori prizmatik epiteliy hujayralari bilan qoplanib turadi. Bezlarning chiqarish yo’llarida

quyuqlashib qolgan sekret, amiloid tanachalari, leykositlarning to’plamlari ko’zga tashlanadi. Bez stromasi q elementlari kam va limfositlar bilan infiltrlangan fibroz-musqo’lli to’qimadan iborat bo’ladi. Fibroz stroma qalinlashib ketgan bo’lsa, buni prostata bezi fibroadenomasi deyiladi. Adenomaning fibroz-musqo’lli xili ko’pgina tugo`nlar hosil bo’lishi bilan ta'riflanadi. Bu tugo`nlar q elementlariga va musqo’l tipidagi hujayralarga boy bo’lgan tolali to’qimadan tuzilgan bo’ladi. Ana shy tugo`nlarning bag`rida yassi oki kubsimon epiteliy bilan qoplangan, juda jo’n tuzilgan naychalarni ko’rish mumkin. Prostata bezi to’qimasidagiperplaziyaning xilidan qat'iy nazar, mayda-mayda ishemik nekroz o’chohujayralari ko’zga tashlanadi. Bular metaplaziyaga uchragan ko’p qavatli yassi epiteliy hujayralari bilan o’ralib turadi. Prostata bezi adenomasining klinik manzarasi siydik chiqarish kanalining nechog`lik siqilib, bitib qolishiga bog`liq. Kasallikning dastlabki davrlarida peshob arzimas darajada qiyinlashadi. Kasallik zo’rayib borgani sayin dizuriya hodisalari ham kuchayib, siydik kelishi qiyinlashib qoladi. Qovuq va undan yuqoridagi siydik yo’llarida siydik dimlanib qolishi sistit, pielonefrit va gidronefroz boshlanishiga yo’l ochadi. Adenomaning eng og`ir asorati birdan siydik to`tilib qolishidir.Prostata bezi raki Prostata bezi raki hammadan ko’p uchraydigan xavfli o’sma bo’lib, erkaklar o’limining sababi sifatida o’pkarakidan keyingi ikkinchi

o’rinni egallaydi. Bu rak odatda 50 yoshdan keyin paydo bo’ladi va 75 yashar odamlar orasida hammadan ko’ra ko’proq uchraydi. Etiologiyasi va patogenezi. Prostata bezi karsinomasining etiologiyasi va patogenezi unchalik aniq emas. Keksalik mahalida kuzatiladigan endokrin muvozanatning buzilishi ahamiyatga ega deb taxmin qilinadi. Moyakni olib tashlab, kasalga estrogenlar bilan davo qilishning ijobiy natija berishi shy nazariyaning to’g`riligiga ishora qiladi. o`smaepiteliy hujayralarining yuzasida gormonlarga reaksiya ko’rsatuvchi steroidlarga reseptorlar bo’lishi ham, aftidan, ahamiyatga ega. Epidemiologik tekshirishlarning natijalari atrofdagi muhit omillari ta'siri, shuningdek irsiy moyillik ham karsinoma paydo bo’lishida ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Patologik anatomiyasi. Rak odatda prostata bezining periferik tomonlaridan boshlanadi. Lekin o’sma multisentrik tarzd o’sib,

keyinchalik yaxlit o’smaga aylanishi ham mumkin. Oddiy ko’z bilan qaralganida o’sma aksari prostata bezidan hech bir farq qilmay turadi, lekin bir qadar qattiqroq va sarg`ish tusda bo’lishi bilan ajralib turishi ham mumkin. Prostata raki bez yo’llari va asinuslarining epiteliysidan paydo bo’ladi va aksari har xil darajada tabaqalashgan hujayralardan tashkil topadi. Goho solid tuzilishga ega bo’lgan va yassi hujayrali rak uchraydi. Yuqori darajada tabaqalashgan adenokarsinoma normadagidan ko’ra bir muncha mayda va zich joylashgan asinuslardan iborat bo’ladi. Ular bir qavat kubsimon shakldagi epiteliy bilan qoplangan. Adenokarsinomaning bu turini tugo`nchali giperplaziyadan ajratish qiyin. o`smahujayralarining tomirlarga, perinevral va perivasqo’lyar bo’shliqqa, shuningdek kapsulaga ham o’tib borayotganini ko’rsatayotgan belgilarning bo’lishi prostata bezi rakini aniqlab, to’g`ri diagnoz

qo’yishga imqon beradi. Tabaqalashmagan adenokarsinomada malignizasiyalangan epiteliy hujayralari bezsimon tuzilmalar hosil qilmasdan turib, bez stromasiga bir tekis yoyilib boradi. hujayralar atipik tuzilishga ega bo’ladi. o`smastromasi yaxshi bilinib turadi va fibroz to’qimadan iborat bo’lganligi uchunancha qattiq bo’ladi. Adenokarsinoma limfogen va gematogen yo’llar bilan metastazlar beradi. Limfogen yo’l bilan regionar limfa tugo`nlariga metastazlar berishi o’sma rivojlanishining bir muncha ilk davrlarida ham kuzatiladi. Gematogen yo’l bilan metastazlanishda ko’pincha suyak sistemasi zararlanib, suyaklar yemirilib boradi (osteoklastik rak) yoqi, aksincha, yangi suyak to’qimasi paydo bo’lib turadi (osteoplastik rak). Prostata bezi raki qovuqning orqa devori va ypyg` pufakchalariga ham o’sib kiradi, siydik yo’llarini bosib qo’yadi. Mana shy hol siydik to`tilib qolib, siydik yo’llari kengayib ketishiga va gidronefroz boshlanishiga olib keladi. Klinik manzarasi o’smaning katta-kichikligi, metastazlari bor-yo’hujayraligiga bog`liq. Prostata bezi rakining to’rt davri tavofut qilinadi: birinchi davri simptomlarsiz o’tadi va mikroskopik tekshirishdagina o’sma borligi aniqlanadi. Rakning shy davrida davo qilinmasa, u 20 foiz hollarda metastazlar beradi. Ikkinchi davrida rak to’g`ri ichak orqali paypaslab ko’rilganida ma'lum bo’ladi. Lekin o’sma kichkina va prostata bezi periferiyasida joylashgan bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu davrda siydik chiqarish kanali bosilib qolmaydi va shy munosabat bilan peshob ham aynamaydi. 35 foiz hollarda regionar limfa tugo`nlariga metastazlar beradi. Rakninguchinchi va to’rtinchi davrlari bemorda siydik to`tilib qolib, peshob qiyinlashuvi bilan ta'riflanadi. To’g`ri ichak va oraliqd paydo bo’ladigan og`rihujayralar kasallikning bir muncha kechki simptomlaridir. Uning klinik simptomlari rakning qo’shni organ va to’qimalariga o’sib kirgani va metastazlar paydo bo’lganiga ham bog`liqdir.

AYoLLAR JINSIY ORGANLARINING KASALLIKLARI
Ayollar jinsiy organlarining kasalliklari juda ko’p va xilma-xildir, shy munosabat bilan ushbu bo’limda ularning asosiy xillari ko’zdan kechiriladi.

Vulva patologiyasi


Vulvada uchraydigan patologik jarayonlarni quyidagi xillarga ajratish mumkin: yallig`lanish jarayonlari, distrofik jarayonlar, kistalar, o’smalar. Vulva yallig`lanishi - vulvitlar ko’pincha qin yallig`lanishi bilan birga qo’shil, vulvovaginit ko’rinishida davom etib boradi va stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchasi, trixomonada tufayli paydo bo’lishi mumkin. Ba'zan gonokokklar, oqish spiroxeta, viruslar, zamburug`lar ham vulvovaginitnga sabab bo’ladi. Vulva terisi va qin shilliq pardasining zararlanishi (yorilishi, chaqalanishi, yaralanishi) vulvovaginitga yo’l ochadi. Bachadon bo’ynidan patologik ajralmalar kelib turishi (masalan, rak yemirilayotgan mahalda) yoki siydikning infeksiyalangan bo’lishi ham vulvovaginit boshlanishida ma'lum rolni o’ynaydi. Vulvovaginit vulva hamda qin shilliq pardasining shishib, qizarib turishi, shuningdek yiringli yoki yiringli-seroz shilimshiq kelib turishi bilan ta'riflanadi. Kasallik og`ir o’tganida vulva sohasida eroziyalar paydo bo’lishi mumkin.

Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida neytrofillardan iborat infiltrasiya va shish borligi ma'lum bo’ladi. Vulva distrofiyasini, hozir vulva epiteliysining tabiatan o’sma qatoriga kirmaydigan o’zgarishidir deb hisoblanadi, u ikkita asosiy jarayonni o’z ichiga oladi: 1) shilliq pardaning atrofiyaga uchrab, subepitelial fibroz (lishay skleroz) boshlanishi; 2) epiteliyda infiltrasiya boshlanib, giperkeratoz (tangachali giperplaziya) paydo bo’lishi. Bu ikkala jarayon birga qo’shilib davom etishi va vulva shilliq pardasining turli qismlarini zararlantirishi mumkin. Lishay skleroz ko’proq klimaks davridagi ayollarda kuzatiladi. Vulvaning shilliq pardasigina emas, balki ha qanday joydagi teri ham zararlanadi. Patogenezi noma'lum. Epidermisning yupqa tortishi derma fibrozi bilan davom etib boradi, dermada mononuklearlardan iborat perivasqo’lyar yallig`lanish infiltrasiyasi borligini ham topish mumkin. Zararlangan joylar oqish tusli silliq pilakchalar yoki papulalar ko’rinishida ko’zga tashlanadi, bular ba'zan bir-biriga qo’shilib ketadi. Ularning yuzasi silliq yoki pergamentga o’xshash bo’ladi. Vulva shilliq pardasining hammasi zararlanganida jinsiy lablar atrofiyalangan, qattiq, zich bo’lib qoladi, bu qinga kirish yo’li torayib qolishiga olib keladi. Vulva epiteliysining tangachali giperplaziyasi ko’pincha giperkeratoz bilan birga davom etib boradi. Epiteliy qalinlashib, bazal va tikansimon qavatidagi hujayralarining mitotik faolligi kuchayadi. Dermada leykositar infiltrasiya kuzatiladi. Vulva epiteliysi giperplaziyasining bu xili uchunhujayralar atipiyasi harakterli emas. Atipik epitelial hujayralar paydo bo’lganida buni displaziya deb aytish kerak

Vulva o’smalari
Vulva o’smalari orasida qondiloma, Pejet kasalligi, karsinoma (invaziv va invazivmas karsinoma) ko’proq uchraydi. Vulva qondilomasi ikkita asosiy biologik shaklga bo’linadi: pilchirab turadigan serbar papula ko’rinishidagi qondiloma va o’tkir uchli qondiloma. Bularning birinchisi zaxmning ikkinchi davri uchunharakterli bo’lib, salgina ko’tarilib turgan yassi tuzilma ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Bir muncha ko’proq uchraydigan o’tkir uchli qondiloma papillyar tuzilishga ega bo’lishi yoki so’rg`ichsimon o’simtalar ko’rinishida topilishi mumkin. Vulva qondilomasi bitta yoki bir talay bo’lishi mumkin. Diametri bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha yetadi, tusi qizil-pushtidan pushtinamo-jigarrang tusgacha boradi. Mikroskopik tekshirishda giperplaziyalangan epiteliy bilan qoplangan vorsinkali biriktiruvchi to’qima topiladi. o`tkir uchli qondilomani ajratib turadigan eng muhim gistologik belgisi epitelial hujayralar sitoplazmasining perinuklear vakuollanishi yadrolar polimorfizmidir (koylositoz). Ana shunday hujayralarning paydo bo’lishi ularning odam papillomasi virusi bilan infeksiyalanganligini ko’rsatuvchi patognomonik belgi bo’lib hisoblanadi. o`tkir uchli qondilomalarning paydo bo’lishi ikkita (6 va 11) virus genotipiga bog`liq deb hisoblanadi. Bundayvirus jinsiy yo’l bilan yuqadi, shuning uchuno’tkir uchli qondilomalar erkaklar zakarining boshchasi va anal teshik atrofida ham uchraydi. Qondilomalar rak oldi jarayoni emas, lekin vulva va bachadon bo’yni ichki epitelial raki o’chohujayralari bilan birga uchrashi mumkin. Qondilomadan ajratib olingan virus genotipi rak o’smasidan ajratib olingan virus genotipidan farq qiladi. Vulva Pejet kasalligi sut bezlari Pejet kasalligidan ko’ra ancha kam uchraydi. Odatda vulvaning katta lablarida joylashgan qizil tusli zich yoki tugo`n-tugo`n tuzilma ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Yuzasi ba'zan yara bo’lib ketgan (eroziyalangan) bo’ladi. Pejet kasalligining patognomonik gistologik belgisi epidermis doirasida tarqoq yoyilgan anaplastik o’sma hujayralaridir. Ular yakka-yakka bo’lishi yoki kichik-kichik guruhlar hosil qilishi mumkin. Yadrosi atrofida och tusli gardishi bo’ladi. Bu hujayralar uzoq vaqt davomida epidermis doirasida turadi. Pejet hujayralari subepitelial qavatga o’tib ketadigan bo’lsa (invaziya) kasallikning oqibati ancha yomonlashadi. Vulvaning invazivmas karsinomasi yoki in situ karsinomasi. Bu o’sma Bouen kasalligi deb ham yuritiladi va makroskopik jihatdan lganda teri leykoplakiyasiga yoki qizg`ish-qo’ng`ir tusli papulaga o’xshab ketadi, bular katta va kichik jinsiy lablarda, klitor yonida yoki perianal sohada paydo bo’lishi mumkin. ichidagi hujayralarning bir qadar atipiyaga uchragani va epiteliyning bazal qavatida normal mitozlar soi ko’payib qolgani ko’zga tashlanadi. Boshqa hollarda hujayralar atipiyasi va anaplaziyasi keskin ifodalangan bo’ladi. Patologik mitozlar ham uchraydi. Lekin epitelial o’sma hujayralarining dermaga o’tishi kuzatilmaydi.

Bu o’smaning klinik kechishi, xuddi makro- va mikroskopik tuzilishi singari har xil. 5-10 foiz hollarda, ayniqsa yoshi qaytib qolgan ayollarda yoki immo`nitet tanqisligi bo’lgan mahallarda o’sma xavfli tus oladi. Boshqa hollarda qaytib ketishi ham mumkin. Bachadon bo’yni o’smasining genezida bo’lganidek vulva o’smasininggenezida ham oddiy gerpes virusi ma'lum rolni o’ynaydi deb hisoblanadi. Vulvaning invaziv raki kamdan-kam, asosan yoshi 50 dan oshgan ayollarda uchraydi. Ko’p hollarda vulva qondilomalari va atrofik jarayonlari bilan birga qo’shilib davom etib boradi. Invaziv rak aksari yassi hujayrali rakdir. Goho melanoqarsinoma, adenokarsinoma, bazal hujayrali rak kuzatiladi. Yassi hujayrali rak endi boshlanib kelayotgan mahallarda bir oz ko’tarilib turadigan kichikroq zichlashma ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Keyinchalik shy joy yara bo’lib ketadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida keratogialinli tikanlari bo’lgan, yaxshi tabaqalashgan hujayralar topiladi. Bu xildagi o’sma ancha erta metastazlar beradi. Invaziv vulva rakining etiologiyasida oddiy gerpes virusi bilan papillomalar virusining katta ahamiyati bor deb hisoblanadi.


Qin patologiyasi
Qin, ya'ni vaginaning yakka holda kasallanishi kamdan-kam uchraydi. Qinda boshlanadigan patologik jarayonlar aksari ikkilamchi tartibda avj oladi va vulva, bachadon bo’yni, to’g`ri ichak hamda qovuq patologiyasi bilan bog`liq bo’ladi. Qinning birlamchi kasalliklari jumlasiga: rnyg`ma aiomaliyalari, vaginit, birlamchi o’smalarini kiritish mumkin. Qinnning tug`ma anomaliyalari ko’p emas, ulardan qinning butunlay bo’lmasligi (qin aplaziyasi), qin bituvi, qinning ikkita bo’lishi va Gartner yo’llarining kistalari bir qadar uchrab turadi. Vaginit - ya'ni qin shilliq pardasining yallig`lanishi - aksari chaqalohujayralarda yoki vulvit bilan qo’shilgan holda yosh juvonlarda xlamidiyalardir. Vaginitda, uning sababidan qatiy nazar eritema, shilliq pardada yuzaki eroziya kuzatiladi. Oddiy gerpes virusi tufayli boshlangan vaginitda shilliq pardada ichi tiniq suyuhujayralik bilan to’lgan parchalar topiladi, shular yorilganida shilliq pardada eroziyalar hosil bo’ladi. Zamburug`lar tufayli boshlangan vaginitlar uchunchirib to`shgan sutga o’xshash ajralma kelib turishi harakterlidir, trixomonozda ekssudat tabiatan ko’pikli bo’ladi va sarg`ish-yashil tusi bilan ajralib turadi. Spesifik vaginitda qin shilliq pardasida harakterli granulyomatoz yallig`lanish boshlanadi. Surunkali nospesifik vaginitda shilliq parda atrofiyasi kuzatiladi. Qin o’smalari, ayniqsa xavfsiz o’smalari (fibromioma, adenoz, papilloma, gemangioma) kam uchraydi. Xavfli o’smalaridan yassi hujayrali raq goho adenokarsinoma (oqish hujayrali adenokarsinoma) uchrab turadi. Qin o’smalari faqat 2-3 foiz hollardagina tabiatan birlamchi bo’ladi va odatda qizlarda hamda onalari homiladorlik mahalida dietilstilbestrol gormoni ichgan ayollarda kuzatiladi. Bu o’sma ba'zan 30-40 yoshdan keyin paydo bo’ladi. Ikkilamchi o’smalardan vaginada xorionepitelioma, sarkoma uchraydi.

Bachadon bo’yni patologiyasi


Kataloq: uum -> uum-patanatomy -> 3.amaliy-qism -> amaliy-mashgulotlar
uum -> Travmatologiya va ortopediyaning maqsad va vazifalari
uum -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
3.amaliy-qism -> Патогенез and factors of the risk? Makroskopicheskie types aterosklerozis change, their morphology? The Microscopic stages of ateroskleroz? Ateroskleroz aortas, morphological manifestations, complications? Ateroskleroz kidney artery
amaliy-mashgulotlar -> Жигар циррози, рак, Ўт-тош касаллиги
3.amaliy-qism -> Нафас системаси касалликлари
3.amaliy-qism -> Ўпка касалликларининг клиник белгилари ва патологоанатомик ўзгаришлари турли-туман бўлиши этиологик омилларнинг кўплигига, ўпка структур бирликларининг ўзига хослигига ҳамда касаллар ёшига боғлиқ

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə