Organopatologiya qon yaratuvchi va limfoid sistema kasalliklari



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə32/46
tarix05.05.2017
ölçüsü2,28 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46

Bachadon bo’ynida har xil patologik jarayonlar ro’y berishi mumkin, shulardan tug`ma anomaliyalar, yallig`lanish jarayonlari va o’smalar ko’proq uchrab turadi. Bachadon bo’ynining xavfli o’smalari 5 foiz hollarda ayollar o’limiga sabab bo’lishini aytib o’tish kerak Bachadon bo’ynining tug`ma anomaliyaliridan uning gipoplaziyasi, ikkita bo’lishi (bu anomaliya aksari bachadonning ikkitaligi bilan birga uchraydi), bachadon bo’ynida to’sihujayralar bo’lishi uchrab turadi. Bundan tashqari, bachadon bo’yni atreziyasi, stenozi ham kuzatiladiki, bundaystenoz bachadon bo’ynining torayib qolishiga yoki butunlay bitib ketishiga olib keladi. Bachadon bo’ynining bitib ketishi farzand ko’rmaslikka yo gematometriyaga sabab bo’lishi mumkin.

Servisit


Servisit - bachadon bo’yni shilliq pardasining yallig`lanashi - spesifik va nospesifik xillarga bo’linadi. Spesifik xillariga zaxm, so’zaq silga aloqador servisitlar kiradi. Ko’pincha nospesifik servisit uchraydi, bunga ichak tayoqchasi, streptokokklar, stafilakokklar sabab bo’ladi. Tug`ruq mahalida, asboblar bilan tekshirish vaqtida bachadon bo’ynining yorilishi, gipoestrogenemiya va giperestrogenemiya bachadon bo’yni patologiyasida ma'lumahamiyatga ega. Nospesifik servisit o’tkir va Surunkali bo’lishi mumkin. o`tkir servisitning qo’zg`atuvchisi streptokokk yoki stafilokokkdir. Bundayallig`lanish jarayoni endoserviks shilliq pardasining yuza qatlamlari va uning bezlarida bo’ladi (endoservisit). Shilliq parda qizarib, shishib turadi. Surunkali servisitda jarayon ekzoserviksga ham o’tadi. U shilliq pardaning salgina qizarib, shishib chiqishidan boshlanadi. Silindrsimon epiteliyning ko’p qavatli yassi epiteliyga o’tish joyida (bachadan bo’yni kanalining tashqi teshigi yaqinida) shilliq parda donador tusga kiradi. Yallig`lanish jarayoni sezilarli darajada bo’lganida eroziyalar va yaralar paydo bo’lishi

mumkin. Bundayhollarda o’zgarmay turgan och pushti rangli shilliq pardada to’q qizil tusli joylar ko’zga tashlanadi. Endoserviks epiteliysi mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida polimorf yadroli leykositlar aralash monositar infiltrasiya ko’zga tashlanadi. Mana shy yallig`lanish infiltrati bachadon bo’yning qin qismiga o’tishi (endoserviks) va shilimshiq bezlariga ham yoyilishi mumkin. Surunkali yallig`lanish uzoq davom etganida epiteliy batamom metaplaziyaga va hatto displaziyaga uchrashi mumkin. Ro’y beradigan gistologik o’zgarishlarga qarab, eroziyalarning ikki turi tafovut qilinadi: 1) tubi granulyasion to’qimadan iborat bo’lgan chin eroziya va 2) ekzoserviksning ko’p qavatli epiteliysidagi rahnani silindrsimon epiteliy to’ldirib turgan soxta eroziya. Ayni vaqtda bachadon bo’yni kanalining tashqi teshigi atrofida och qizil halqalar ko’zga tashlanadi (72-racm). Servisitlar mahalida ba'zan endoservikal bezlar kengayib, suyuq yoki kolloid suyuhujayralik bilan to’lib turgan kistalar hosil

bo’ladi (ovulla Nabothi). Boshqa eroziyalarda silindrsimon epiteliy bilan qoplangan so’rg`ichsimon o’simtalar paydo bo’ladi. Ba'zi hollarda eroziyalar sohasida ko’p qavatli yassi epiteliy paydo bo’lib, bezlarning yo’liga kirib

boradi va silindrsimon epiteliyni siqib chiqaradi, buni yanglishib, yassi hujayrali rak deb o’ylash mumkin. Bachadon bo’yni shilliq pardasining Surunkali yallig`lanishida ba'zan limfoid folliqo’lalar paydo bo’ladi (folliqo’lyar servisit). Servisit o’z holicha hali rak oldi jarayoni deb hisoblanmaydi, lekn epiteliy displaziyaga uchrab, unda soxta eroziyalar yuzaga kelgan bo’lsa, buni rak oldi kasalligi deb hisoblash mumkin. Bachadon bo’yni shilliq pardasining yallig`lanish tufayli bo’rtib chiqishi natijasida yoki yorilgan joylarining chandiq bo’lib qolgani natijasida bachadon bo’yni shilliq pardasi qin bo’shlig`iga ag`darilib chiqishi mumkin, ektropion deb shuni aytiladi.

Bachadon bo’yni o’smalari
Bachadon bo’yni o’smalari juda har xil bo’ladi. Biroq, poliplar va yassi hujayrali rak ko’proq uchrab turadi, ushbu bobda biz shularni ko’rib chiqamiz. Poliplar 2-5 foiz hoolarda uchraydi va ba'zi-ba'zida qon ketib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Ular odatda endoservikal kanalda yuzaga keladi. Oyoqchali bo’lishi, diametri 3 sm gacha boradigan yarim sferik yoki sferik shakldagi tuzilma ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ba'zan bachadon kanalida aydo bo’lib, bachadon bo’ynining yo’g`onlashib ketishiga yoki tashqariga chiqib qolishiga olib keladi. Poliplar yumshoq bo’lishi bilan ajralib turadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida fibromiksomatoz stromasi ko’zga tashlanadi, unda kengayib ketgan endoservikal bezlar bo’ladi. Poliplar epiteliysi silindrsimon bo’lib, shilimshiq ishlab chiqaradi. Surunkali yallig`lanish boshlanganida silindrsimon epiteliy ko’p qavatli yassi epiteliyga aylanib, yara bo’lib ketishi mumkin. Malignizasiya hodisasi kamdan-kam uchraydi.
Bachadon bo’yni raki
Bachadon bo’yni raki o’lim sababi tariqasida ayollarda uchraydigan xavfli o’smalar orasida 7-8 o’rinda turadi. Bu rak invaziv yoki in situ karsinoma (joyida qolgan rak) bo’lishi mumkin. Epiteliy ichidagi rak aksari 30 yoshlar chamasidagi ayollarda uchrasa, invaziv rak 40 yashar va bundan katta ayollarda uchraydi. Jinsiy hayotni barvaqt boshlash, ko’plar bilan jinsiy aloqada bo’lish bachadon raki boshlanish xavfini soladigan omillar bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy iqtisodiy darajasi past bo’lgan, fohishalik keng tarqalgan mamlakatlarda bu rak ko’proq uchraydi. Aksari ko’p tuqqan ayollarda, shuningdek eri xatna qilinmagan ayollarda kuzatiladi. Etiologiyasi va patogenezi. Bachadon bo’yni rakining paydo bo’lish sabablari hamon noma'lum. Ko’pgina olimlar oddiy gerpes virusi (II tipdagi) bilanodam papillomasi virusining ahamiyati bor deb hisoblaydi. Odam papillomasining 6 va 11 virusi genotipi tufayli paydo bo’ladigan qondilomalar rak prekursorlari bo’lib hisoblanadi. Biroq rakning rivojlanishida va displaziyada shy virusning boshqa genotiplari ham ahamiyatga ega: 16, 18, 31. viruslar hamisha ham etiologik omil

bo’lavermaydi. Rakning avj olib borishida bir nechta bosqich tafovut qilinadi. I bosqichi bachadon bo’yni epiteliysining yengilgina displaziyasi yoki yassi qondiloma bilan ta'riflanadi. II bosqichada har xil kattalikda bo’ladigan, polimorf yadroli hujayralar paydo bo’ladi. Lekin mitozlar odatda normal holda qolib, faqat bazal qavatda ko’zga tashlanadi. o`rtacha darajadagi displaziyaning manzarasi ana shy o’zgarishlardan iborat bo’ladi. Bachadon bo’yni epiteliysining I va II bosqichlarida kuzatiladigan struktura o’zgarishlari qaytar bo’ladi. Rakning III bosqichida displaziya sezilarli darajaga yetib, hujayralar atipikligi kuchayib boradi. Ular polimorf, yadrolari giperxrom bo’ladi, epiteliy qutbliligini yo’qotgan bo’ladi. hamma hollarda ham normal, ham patologik mitozlar ko’zga tashlanadi, ular hatto epiteliy yuza qavatining hujayralarida ham bo’ladi. Lekin atipik hujayralar stromaga o’tmaydi, balki "joyida qolgan rak"ni hosil qiladi (epiteliy ichidagi rak). Jarayonning keyingi IV bosqichi invaziv rak deb hisoblanadi, uning rivojlanishi I bosqichni ham qo’shib hisoblaganda bir necha yilni (10-15 yilni) tashkil etadi. Patologik anatomiyasi. Displaziya va rak ko’pincha silindrsimon epiteliyning ko’p qavatli yassi epiteliygaaylanish joyida, ya'ni tashqi teshik halqasining atrofida paydo bo’ladi. Epiteliy ichidagi rakni hatto III bosqichida ham ko’z bilan ko’rib, aniqlab olish qiyin. Faqat biopsiya yo’li bilan tekshirish rakning bu turini aniqlab olishga imqon beradi. Invaziv rak uch xil shaklda ko’zga tashlanishi mumkin: 1) qo’ziqorinsimon raq 2) yara (o’sma o’rtasi nekrozlanishidan paydo bo’lgan yara), 3) endofit ravishda o’sib, pastdagi stromaga ham kirib boradigan infiltrativ raq Invaziv rak yaqin atrofdagi to’qima va organlarga (serbar boylam, to’g`ri ichaq qovuqqa) o’sib kirishi, siydik yo’lini bekitib qo’yishi mumkin. Keyinchalik limfogen va gematogen metastazlari paydo bo’lib, rak paraaortal limfa tugo`nlari, o’pka, suyaklar, jigarga ham tarqalishi mumkin. Gistologik tuzilishi jihatidan o’pincha (95 foiz hollarda) bachadon bo’ynining yassi hujayrali raki, kamroq hollarda adenokarsinoma kuzatiladi.

Klinik manzarasi. Epiteliy ichidagi rakning I bosqichi simptomsiz o’tadi va qolposkopiya mahalida ko’zga tashlanishi mumkin. Invaziv rak ba'zi-ba'zida qindan qon kelib turishi, leykoreeya, jinsiy aloqa mahalida og`riq sezilishi va peshob aynashi bilan birga davom etib boradi. Paypaslab ko’rilganida va ko’zgu solib tekshirilganida rak borligini topish oson. Diagnozni tasdiqlash uchunbiopsiya yo’li bilan tekshirish o’tkazish zarur. Bachadon bo’yni rakining mahalliy asoratlari - ikkala siydik yo’li bosilib, bekilib qolishi, rakning qovuq yoki to’g`ri ichakka teshib chiqishi ko’pincha o’limga sabab bo’ladi. Kasallikning oqibati rakning bosqichiga va o’z vaqtida davo qilinishiga bog`liq. Chunonchi, epiteliy ichidagi rak (O bosqichi) o’limga to’g`ridan-to’g`ri sabab bo’lmasa, IV bosqichida undan omon qoladiganlar 10 foizini tashkil etadi.

BAChADON TANASI VA ENDOMETRIY PATOLOGIYaSI


Endometriy va miometriyda boshlanadigan patologik jarayonlar gineqologiyada asosiy o’rinni egallaydi. Bular juda har xil, shy munosabat bilan ularning asosiylari va hammadan ko’p uchraydigan xillarini ko’rib chiqamiz, bular orasida echdometritlar, endo- metriozlar, disgormonal giperplastik jarayonlar va o’smalar alohida o’rinni egallaydi.

Endometrit


Endometriy odatda infeksiyalarga chidamli bo’ladi. Shuning uchunendometriyning o’tkir yallig`lanishi aksari abort, tug`ruhujayralardan keyin va yo’ldosh to’la to`shib ketmagan mahallarda boshlanadi. Kasallikning asosiy qo’zg`atuvchilari streptokokklar va stafilokokklardir. Surunkali endometrit ko’proq uchraydi, uning qo’zg`atuvchilari xlamidiyalar, mikoplazma, toksoplazma, mikobakteriyalar, sitomegalovirusdir. Bachadon ichiga qo’yiladigan spirallar ham endometrit boshlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Chunki ularning uzoq muddat bachadon ichida turishi ikkilamchi infeksiya qo’shilishiga yo’l ochadi. Endometritlar qo’zg`atuvchisiing xiliga qarab spesifik va nospesifik xillarga bo’linadi. Nospesifik endometritda shish paydo bo’lib, neytrofillar usto`n turgan yallig`lanish infiltrasiyasi boshlanadi. Spesifik endometrit uchungranulyomatoz yallig`lanish harakterlidir. Surunkali yallig`lanishda endometriy bezlari proliferasiyasi kuzatiladi va endometriy stromasi plazmatik hujayralar bilan infiltrlanadi.

Adenomioz va endometrioz


Adenomioz endometriy bazal qatlamining miometriyga o’sib kirishi bilan ta'riflanadi. Bundamusqo’l tutamlari orasida endometriy stromasi yoki bezlaridan yoxud bularning ikkalasidan iborat uyalar yuzaga keladi, ularda qon va gemosiderin topilmaydi, bu ularning funksional faolligi yo’hujayraligidan darak beradi. endometriy stromasi yoki bezlar paydo bo’ladi. Adenomiozda bachadon devori qalinlashib ketadi. Adenomioz klinik jihatdan dismenoreya bilan, qorinning pastida og`riq turishi va menorragiyalar bilan ta'riflanadi. Endometrioz bir muncha og`irroq patologiya bo’lib, fertilliq dismenoreya bo’lishi, kichik chanoqda og`riq turishi bilan birgalikda davom etib boradi. Turli organlarda tuzilishi va funksiyasi jihatidan endometriyga o’xshab ketadigan to’qimalar paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi. Genital va ekstragenital endometrioz tafovut qilinadi. Genital endometriozda bachadon, bachadon naylari, tuxumdonlar (73-racm), retroservikal Duglas bo’shlig`i, bachadon bo’yni, qin, dumg`aza-bachadon va dumaloq boylamlar, tashqi jinsiy organlar, kichik chanoqdagi qorin pardasida endometriy o’chohujayralari topiladi. Ekstragenital endometrioz kamroq kuzatiladi va limfa tugo`nlari, buyrak o’pka, plevra, diafragma, qo’l va oyohujayralarning zararlanishi bilan birga davom etib boradi. Endometriozning etiologiyasi va patogenezi aniq emas. Biroq, ushbu patologiyaga olib boradigan sabablarni izohlab berishga urinuvchi bir qancha nazariyalar bor. Ularning birinchisi regurgitasiya nazariyasi bo’lib (ba'zilar buni implantasion nazariya deb atashadi), hayz qoni bachadon naylari bo’ylab orqaga o’tib qolganida undagi endometriy elementlarining kichik chanoq va qorin bo’shlig`i organlariga payvandlanib qolishidan endometrioz paydo bo’ladi deb to`sho`ntiradi. Lekin bu nazariya, masalan, o’pka, limfa tugo`nlari endometriozining qay tariqa boshlanishini to`sho`ntira olmaydi. Ikkinchi nazariya metaplastik nazariyadir, u endometrioz boshlanishini selomik epiteliysining tabaqalanib, endometriyga aylanib qolishiga bog`liq deb talqin qilinadi. Shu bilan birga bu nazariya ekstragenital endometriozning qanday bo’lishini to`sho`ntirib bera olmaydi. Uchinchi nazariya - limfogen va gematogen disseminasiya nazariyasi - ham endometriy elementlarining kstragenital tarzda payvandlanishini izohlab bera olmaydi. Bu kasallikning boshlanishida jinsiy gormonlar sintezi buzilib, estron va estradiol ko’payib ketishi, shuningdek immo`nitetga aloqador o’zgarishlar bo’lishi katta ahamiyatga ega deb hisoblanadi. Patologik anatomiyasi. Endometriozda endometriy adenomiozdagidan farq qilib, o’z funksiyasini ado etib boradi va hayz sikllariga harakterli struktura o’zgarishlariga uchrab turadi. hayz mahalida undan qon ketadi, homiladorlik vaqtida esa desidual to’qima o’sib boradi. Shy munosabat bilan endometriy o’chohujayralarida qon bo’ladi va ular zararlangan seroz pardalarining yuzasida yotgan sarg`ish-jigarrang tugo`nchalar yoki implantatlar ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Ularning kattaligi diametridan o’lchaganda 1 sm dan 2 sm gacha boradi. Tuxumdonlarda ular subkortikal tarzda yoki yirik kistalar ko’rinishida joylashgan qizg`ish o’chohujayralar holida bo’ladi. Bu kistalar qonga yoki shoqolad tusidagi suyuhujayralikka to’lib keladi. Ular diametridan o’lchanganda 8-10 sm ga borishi mumkin. Qon ivib, uyushib borgan mahalda atrofdagi organlar bilan bitishmalar va chandihujayralar paydo bo’lishi, shuningdek Duglas bo’shlig`i va tuxumdon naylarining qorin bo’shlig`i tomonidagi uchi bitib ketishi mumkin. Mikroskopik jihatdan olganda endometrioz uchta asosiy belgi bilan: 1) endometrial bezlar bo’lishi, 2) endometriy stromasining bo’lishi, 3) gemosiderin pigmenti bo’lishi bilan ta'riflanadi. Juda vaqtidan o’tib ketgan hollarda diagnostika qiyinlashib qoladi. Chunki endometriy to’qimasi butunlay nospesifik fibroz to’qimasi bilan almashib qolgan bo’lishi mumkin.

Genital endometriozning klinik manzarasi har xil bo’lib, jarayonning qaerdaligiga bog`liq. Bachadon naylari va tuxumdonlarda chandiq to’qima paydo bo’lganida qorinning pastki kvadrantida noxush sezgilar kuchayib boradi va ayol keyinchalik bepusht bo’lib qolishi ham mumkin. Defekasiya ahalida og`riq turishi jarayonning to’g`ri ichak devoriga ham o’tganligidan darak beradi. Qovuq va bachadon zararlangan bo’lsa, jinsiy aloqa mahalida og`riq bo’lib turadi. Endometrioz kichik chanoqqa qon ketishi, bachadon atrofida bitishmalar bo’lishi tufayli dismenoreya va kichik chanoqda og`riq turishi bilan birga davom etib boradi.

Endometriy giperplazilsi
Ayollar patologiyasining muammolaridan biri - bu hayz davrida (menorragiya), hayzlar orasidagi davrda (metrorragiya) bachadondan qon ketib turishi va ovulyator qon ketishidir. Bachadondan shy tariqa qon ketishi hollariga ko’pincha endometriy poliplari, leyomioma, leyomiosarkoma, endometritlar, endometriozlar, shuningdek endometriy giperplaziyasi asosiy sababchi bo’ladi. Bundan tashqari, bachadondan qon ketishining disfunksional xillari ham tafovut etiladi, bundayhollarda organiq o’zgarishlar ro’y bermaydi, disfunksional qon ketish hollari tuxumdonlar funksiyasi bo`zilganiga, shuningdek gipofiz, buyrak usti bezlari va qalqonsimon bez zararlanganiga og`liq bo’lishi mumkin. Bundayqon ketish hollari tuxumdon o’smalari, semizliq ruhiy stresslar mahalida, jismoniy jihatdan haddan tashqari zo’r kelgan mahallarda (masalan, uzoq masofaga yuguruvchi va balerinalarda) ham kuzatilishi mumkin. Endometriyning anovulyator o’zgarishlari sababidan qat'iy nazar endometriy raki paydo bo’lish ehtimolini oshiradi. Yuqorida aytib o’tilganidek bachadondan qon ketishining sabablaridan biri endometriy giperplaziyasidir. U eng ko’p tarqalgan patologik jarayon bo’lib, ovarial-hayz siklining izdan chiqqanligini aks ettiradi. Endometriy giperplaziyasining uch xili bor: 1) kistoz (yoki oddiy) xili, 2) adenomatoz (yoki murakkab) xili

va 3) atipik xili. Endometriy giperplaziyasining hozir aytib o’tilgan xillari shy patologik jarayonning avj olib borishidagi uch davrni: yengil, o’rtacha va atipik giperplaziyani aks ettiradi deb hisoblanadi. Atipik giperplaziya rak oldi kasalligi bo’lib, uning oqibati yomon. Endometriy giperplaziyasi giperestrogenemiyaga bog`liq deb hisoblanadi. U tuxumdonlar polikistozida, estrogen ishlab chiqaruvchi tuxumdon o’smalari ovulyasiyaning Surunkali buzilishi, buyrak usti bezlari po’stlog`i funksiyasi buzilishi bilan o’tayotgan mahallarda ko’proq kuzatiladi. Ekzogen estrogenlar uzoq ishlatilgan mahallarda ham boshlanishi mumkin. Patologik anatomiyasi. Endometriyning kistoz giperplaziyasi bezlarining keskin kattalashuvi va endometriyning qalinlashuvi bilan ta'riflanadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida oddiy tuzilishga ega bo’lib, silindrsimon va kubsimon epiteliy bilan qoplangan, lekin kistaga o’xshab kengayib turgan bezlar giperplaziyasi ko’zga tashlanadi (74-racm). Stroma giperplaziyasi ham topiladi. Epiteliyda ham, stromada ham normal mitozlar o’rtacha miqdorda bo’ladi. Endometriy bezlarining giperplaziyaga uchramasdan turib kistaga o’xshab kengayib ketishi klimaks davrida ham kuzatilishi mumkinligini aytib o’tish kerak bundastroma atrofik bo’ladi. Bu o’zgarishlar keksalikka aloqador kistoz atrofiya deb hisoblanadi. Endometriining adenomatoz giperplaziyasi endometriyning qalinlashib ketishi bilan ta'riflanadi. Oddiy ko’z bilan tekshirib ko’rilganida kistalar topilmaydi. Lekin polipsimon o’simtalar ko’zga tashlanishi mumkin. Mikroskop bilan tekshirilganida shakli va kattaligi jihatidan bir-biridan farq qiladigan bezlar sonining ko’payib qolganligi ma'lum bo’ladi. Silindrsimon va kubsimon shakldagi epiteliy hujayralari bir nechaqator bo’lib joylashadi. Stromada ham giperplaziya boshlanadi. Eidometriyning atipik giperplaziyasi oddiy ko’z bilan qaralganida adenomatoz giperplaziyadan farq qilmaydi. Biroq, mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida anchaginafarhujayralar borligi ma'lum bo’ladi. Bezlar soni ko’paygan, ularning shakli va kattaligi har xil bo’ladi, bir-biriga zich taqalib turadi. Bezlarni qoplovchi epiteliy hujayralari yadrolari giperxrom, kattaligi va shakli boshqacha ekanligi bilan ajralib turadi. Bular so’rg`ichsimon o’simtalar hosil qiladi. Mitozlar juda ko’p bo’ladi. Bir

qancha bezlarda epiteliy ichidagi rak (in situ karsinoma) uchunharakterli bo’lgan, anaplaziyaga uchragan atipik hujayralarni ko’rish mumkin. Giperplaziyaning bu xili invaziv rakka aylanib ketishi mumkin.

Endometriy va miometriy o’smalari


Endometriy va miometriyning hammadan ko’p uchraydigan o’smalari qatoriga endometriy poliplari, raki va leyomioma kiradi. Bundan tashqari mezodermal genezli o’smalar ham uchraydi. Bu o’smalarning barvaqt paydo bo’ladigan klinik belgisi bachadondan qon ketishidir.

Endometriy poliplari


Endometriy poliplari odatda yarim sferik shaklda va ahyon-ahyonda oyoqchali bo’ladi, lekin ko’pincha bevosita endometriy sirtida o’tiradi. Ularning diametri 0,5-3 sm ga boradi. Bachadon shilliq pardasining yirik poliplari bachadon bo’shlig`ida osilib turishi mumkin. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida polip stromasi endometriydan iborat, epiteliy bilan qoplangan, qsi silindrsimon shaklda, lekin ancha shishgan bo’ladi. Endometriy bezlari ko’p hollarda kistaga o’xshab kengayib ketadi. Endometriy poliplari ko’pincha klimakteriks davrlarida uchraydi.

Leyomioma va leyomiosarkoma


Leyomioma - miometriydan chiqadigan xavfsiz o’sma bo’lib, ayollarning farzand ko’radigan davrida hammadan ko’p uchraydi. Etiologiyasi va patogenezi noma'lum. Shu bilan birga leyomiomaning paydo bo’lishi estrogenlar sekresiyasi kuchayishiga bog`liq deb hisoblanadi, homiladorlik davrida leyomiomaning kattalashib borishi va menopao`zada uning kichrayib qolishi shundan darak beradi. Leyomioma miometriyningsilliq musqo’llaridangina paydo bo’lib qolmasdan, balki, me'da-ichak yo’li, bronxlar, teri, tomirlar devoridagi silliq musqo’llardan ham paydo bo’lishi mumkin. Ko’pincha bachadonda uchraydi. Leyomioma qo’lga qattiq bo’lib o`nnaydigan qo’lrang-pushtinamo yoki oqish tusda bo’ladigan, aniq chegaralanib turadigan tugo`n ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Buo’smada odatda kapsula bo’lmaydi. Kattaligi har xil: olcha danagidan tortib, chaqaloq boshidek bo’lishi ham mumkin. Joylashgan o’rniga qarab, seroz parda tagida bo’ladigan subseroz leyomioma miometriy bag`ridan joy oladigan intramural va endometriyning shundoqqina tagida bo’ladigan submikoz leyomioma tafovut qilinadi. Subseroz leyomioma oyoqchali bo’lishi va do’mpayib qorin bo’shlig`iga chiqib turishi mumkin. Kamdan-kam hollarda u ichak qovuzlog`iga ham birikib turishi mumkin. Leyomiomaning bachadondan ajralib chiqib ketgan hollari ham tasvirlangan (parazitlik qiluvchi leyomioma). Submikoz leyomioma xuddi polipga o’xshab bachadon bo’shlig`iga do’mpayib chiqib turishi mumkin (75-racm). Juda katta bo’lib ketgan leyomiomaning o’rta qismi nekrozga uchrab, sarg`ish-jigarrang tusga kiradi. Nekroz o’chog`i kattalashib o’smaning o’zida kista hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Klimaks davrida leyomiomalar kichrayib, kollagen tolalar ko’payisi hisobiga qattiqroq bo’lib qoladi. Bundan tashqari o’chohujayrali yoki total petrifikasiya hodisalari ham kuzatiladi. Mikroskopik jihatdan olganda bu o’sma bir-biriga chatishib ketgan silliq musqo’l hujayralari dastalari, fibroz, kalsifikasiya, ishemik nekroz va qontalashlar bo’lishi bilan ta'riflanadi. Menopao`zada silliq musqo’l hujayralari atrofiyaga uchraydi. Leyomiomalar simptomsiz o’tishi mumkin, lekin ko’pincha bachadondan qon ketib turishiga sabab bo’ladi. Leyomiosarkoma - miometriyning silliq musqo’llaridan o’sib chiqadigan xavfli o’sma bo’lib, kamroq uchraydi. U to’g`ridan-to’g`ri miometriydan paydo bo’ladi va leyomiomadan boshlanishi shubhali deb hisoblanadi. Oddiy ko’z bilan tekshirib ko’rilganda bu o’sma: 1) bachadon devoriga infiltrlanib borayotgan yopishqoq massa ko’rinishida, 2) bachadon bo’shlig`iga osilib turgan polipsimon tuzilma ko’rinishida yoki 3) chegaralari aniq bo’lgan tugo`nsimon ko’rinishida ko’zga tashlanishi mumkin. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida silliq musqo’l hujayralarining tabaqalashuvi har xil darajada ekanligi ma'lum bo’ladi. Leyomioma hujayralariga o’xshab ketadigan yaxshi tabaqalashgan hujayralar ham, tabaqalashmagan sarkomaga o’xshash anaplastik hujayralar ham uchraydi. Mitozlarning ko’p bo’lishi harakterlidir.
Endometriy raki
Endometriy raki yoshi 40 dan oshgan ayollarda kuzatiladi, uning eng ko’p uchraydigan davri 55-65 yoshdir. Bu rak: 1) semizlikda, 2) diabet kasalligi mahalida (yoki glyukozaga bo’lgan tolerantlik bo`zilganda), 3) farzand ko’rmagan ayollarda, 4) gipertenziya mahalida ko’proq kuzatiladi. Endometriy rakidan avval uzoq davom etgan estrogenemiya ta'siri ostida endometriyda adenomatoz giperplaziya boshlanishi aniqlangan. Davo maqsadida estrogenlari ishlatish

endometriy raki paydo bo’lish ehtimolini kuchaytiradigan jiddiy omildir. Patologik anatomiyasi. Bu o’sma in situ karsinomadan boshlanadi. o`sib borgani sayin ko’zga tashlanadigan bo’lib qoladi. U bachadon devorini bir tekis infiltrlab, endofit tarzda o’sib borishi mumkin. Bundabachadon devori qalinlashib ketadi. o`smaekzofit tarzd o’sganida qo’ziqorin ko’rinishida endometriy yuzasidan ko’tarilib turadi. Paypaslab ko’rilganida qo’lga yumshoq o`nnashi, nekroz o’choqlari borligi bilan ajralib turadi. Bu rak ba'zan miometriydan o’tib, seroz pardaga yetishi va bachadon atrofidagi tuzilmalarga tarqalishi mumkin. Regionar limfa tugo`nlariga metastazlar berishi harakterlidir. Olis joylardagi metastazlari bir muncha kechroq paydo bo’ladi. Endometriy raki ko’pchilik (85 foiz) hollarda o’zining gistologik tuzilishi jihatidan adenokarsinomaga mansubdir. Bezlar har xil shakldagi (silindrsimondan tortib kubsimon shaklgacha) atipik epiteliy bilan qoplangan bo’ladi. hujayralar tabaqalanish jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Ularning bir qismi sekretor faoliyatga ega bo’ladi. Goho buyrakning gistologik jihatdan olganda boshqacha xillari - adenoakantoma va adenokarsinoma bilan birgalikdagi yassi hujayrali rak ham

uchraydi. Adenoakantoma silindrik epiteliyning metaplastik transformasiyaga uchrab, ko’p qavatli yassi epiteliyga aylanib qolgani bilan ta'riflanadi. Ko’p qavatli shy epiteliyning hujayralari yetilgan, yaxshi tabaqalashgan bo’ladi.


Kataloq: uum -> uum-patanatomy -> 3.amaliy-qism -> amaliy-mashgulotlar
uum -> Travmatologiya va ortopediyaning maqsad va vazifalari
uum -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
3.amaliy-qism -> Патогенез and factors of the risk? Makroskopicheskie types aterosklerozis change, their morphology? The Microscopic stages of ateroskleroz? Ateroskleroz aortas, morphological manifestations, complications? Ateroskleroz kidney artery
amaliy-mashgulotlar -> Жигар циррози, рак, Ўт-тош касаллиги
3.amaliy-qism -> Нафас системаси касалликлари
3.amaliy-qism -> Ўпка касалликларининг клиник белгилари ва патологоанатомик ўзгаришлари турли-туман бўлиши этиологик омилларнинг кўплигига, ўпка структур бирликларининг ўзига хослигига ҳамда касаллар ёшига боғлиқ

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə