Organopatologiya qon yaratuvchi va limfoid sistema kasalliklari



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə33/46
tarix05.05.2017
ölçüsü2,28 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46

Lekin o’sma o’zini xuddi adenokarsinomadek to`tadi. Adenoyassi hujayrali rak ham kam tabaqalashgan ko’p qavatli yassi epiteliy hujayralaridan, ham bez epiteliysi hujayralaridan tuzilgan bo’ladi. Eng xavfli o’smalardan bo’lib hisoblanadi. Xuddi boshqa xavfli o’smalar singari endometriy raki ham o’sma hujayralarining tabaqalanish darajasiga va kasallik aniqlangan mahalda uning qaysi bosqichga kirganligiga qarab, toifalarga ajratiladi. Masalan, I bosqichdagi endometriy raki hammadan ko’ra ko’proq tabaqalashgan, III bosqichdagi rak esa hammadan kam tabaqalashgan o’sma deb hisoblanadi. Kasallikning bosqichi o’smaning nechog`lik tarqalganiga qarab belgilanadi. Chunonchi, I bosqichdagi rak faqat bachadon tanasi doirasi bilan cheklangan bo’ladi. II bosqichda bachadon tanasi

bilan bachadon bo’ynida o’sma borligi topiladi. III bosqichda o’sma bachadon doirasidan tashqariga chiqadi va kichik chanoq doirasida bo’ladi. IV bosqichda o’sma kichik chanoqdan tashqariga ham tarqaladi. Klinik manzarasi. Endometriy rakining eng ilk simptomi leykoreya va vaqti-vaqti bilan bachadondan qon ketib turishidir. Bu hodisalar endometriyda eroziyalar va yaralar borligini aks ettiradi. Kasallik zo’rayib borgani sayin bachadon kattalashaveradi, buni paypaslab ko’rish yo’li bilan ham aniqlasa bo’ladi. o`smabachadondan tashqariga tarqalgan mahalda bachadon qo’zg`almas bo’lib qoladi. Dastlabki metastazlari regionar tugo`nlarida topiladi. o`smagematogen yo’l bilan tarqalganida jigar, o’pka singari olisdagi organlarda ham metastazlar paydo bo’ladi. Kasallikning oqibati rakning nechog`lik tabaqalashganiga va diagnozi aniqlangan mahalda qaysi bosqichga kirganiga bog`liq. Rakning I bosqichi o’z vaqtida aniqlanib, jarrohlik yo’li bilan, nur va gormonlar berib, tegishlicha davo qilinganida 5 yilgacha yashab qoladigan bemorlarning soni 90 foizni tashkil etsa, kasallarning IV bosqichida bu raqam 20 foizni tashkil etadi.

Fallopi naylari patologiyasi


Bachadon naylarida birlamchi patologik jarayon juda kamdan-kam hollarda uchraydi. Birlamchi o’smalar bu organlarda nihoyatda kamdan-kam uchraydi. Fallopi naylarining birlamchi kasallaridan ularning yallig`lanishi (salningit) va o’smalariga ahamiyat bermoq lozim. Bachadon naylarida bachadondan tashqari homiladorlik va endometrioz boshlanishi mumkin. Salningitni asosan bakteriyalar - stafilokokklar, streptokokklar, goho gonokokklar, ichak tayoqchasi, mikobakteriyalar qo’zg`atadi. Nospesifik salningit birdan boshlanadi, infeksiya bachadon naylari devoriga tez o’tib olib, gematogen yo’l bilan boshqa organ va to’qimalarga - miyaning yumshoq pardalariga bo’g`imlar, YURAK qopqohujayralarining tavaqalariga ham tarqalishi mumkin. Kamdan-kam uchraydigan silga aloqador salningit odatda silga aloqador endometrit bilan birga davom etib boradi. Salningit tana harorati ko’tarilishi, qorin pasida og`riq bo’lishi bilan o’tadi. Jigar ham jarayonga qo’shilganida (perigepatit boshlanganida) qorinning o’ng tomonidagi ustki kvadrantida ham og`rihujayralar paydo bo’lishi mumkin. Salningit asorati tariqasida gidrosalnings paydo bo’lishi, bachadon naylari bitib ketishi mumkin, bachadon naylarining bitib qolishi pushtsizlikka olib boradi. Bachadon naylarida birlamchi o’smalardan adenokarsinoma paydo bo’lishi mumkin, afsuski, bundayadenokarsinoma aniqlangan mahalda fursat juda o’tgan bo’ladi.
Tuxumdonlar patologiyasi
Tuxumdonlarda uchraydigan patologik jarayonlar juda har xil bo’lib, rivojlanish nuqsonlari, disgormonal kasalliklar, yallig`lanish kasalliklari, parazitar kasalliklar, kistalar va o’smalarga bo’linadi. Rivojlanish nuqsonlari jumlasiga: gonadalar disgeneziyasi (jinsiy bezlar rivojlanishining tug`ma nuqsoni, qo’shimcha tuxumdonlar, tuxumdonning ajralib turishi va ikkita bo’lishi kiradi.

Tuxumdonning yallig`lanish kasalliklari


Tuxumdonning yallig`lanish jarayonlari spesifik va nospesifik bo’lishi mumkin. Nospesifik yallig`lanishini stafilokokklar, streptokokklar va boshqa bakteriyalar qo’zg`atadi. Tuxumdonlarning spesifik yallig`lanishi kamdan-kam uchraydi va sil hamda zaxm kasalliklarida kuzatiladi. Tuxumdonlarning yallig`lanish kasalliklari odatda ikkilamchi tartibda boshlanadi va bachadon naylaridagi yallig`lanish jarayonlariga aloqador bo’ladi, shy munosabat bilan "bachadon ortihujayralarining yallig`lanishi" va "adneksit" degan atamalardan ham ko’p foydalanadi. Bir muncha kam hollarda infeksiya gematogen va limfogen yo’llar bilan tuxumdonlarga o’tib qoladi. Tuxumdonlarning

parazitar kasalliklari nihoyatda kam uchraydi va tabiatan ikkilamchi bo’ladi. Tuxumdon shistomatozlari va exinokokkozlari tasvirlangan, holos.

Tuxumdon kistalari
Tuxumdon kistalari o’smalari bilan bir qatorda bir muncha ko’p uchrab turadi. Bu kistalarning bir qancha xillari: 1) folliqo’lyar kistalar, 2) sariq tana kistalari, 3) endometrioid kistalar tafovut qilinadi. Folliqo’lyar kistalar, ayniqsa farzand ko’radigan yoshdagi ayollarda hammadan ko’ra ko’proq uchraydi. Ular aksari ko’p bo’ladi va foliqo’llar yoki graaf folliqo’lalari (pufakchalari) o’rnida paydo bo’ladi. Tuxumdonni qoplab turadigan seroz parda tagidan joy oladi. Ular mayda (diametri 1-1,5 sm) yoki yirik (diametri 4-7 sm) bo’lishi mumkin.Kistalar och tusli seroz suyuhujayralik bilan to’lib turadi. Yirik kistalar tuxumdon palpasiya qilingan mahalda qo’lga o`nnaydi va og`riq sindromiga sabab bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirilganida kista devorining folliqo’lalar ko’p qatorli epiteliysi bilan qoplangani ko’zga tashlanadi. Seroz suyuhujayralik to’planib borgani sayin kista devorini qoplab turgan hujayralar atrofiyaga uchraydi va kistalar juda katta bo’lib ketgan mahallarda butunlay yo’qolib ketishi ham mumkin. Folliqo’lyar kistaning asorati oyoqchasining buralib, kistaning yorilib ketishi va ichidagi suyuhujayraligining yiringlab peritonitga sabab bo’lishidir. Sariq tana kistasi folliqo’lyar kistalarga qaraganda ancha kam uchraydi. hayz mahalidagi sariq tanada ham homiladagi sariq tanada ham paydo bo’lishi mumkin. Kattaligi diametridan o’lchaganda 2 sm dan 7 sm gacha boradi. Devori ichki tomondan lipidlarga boy lyutein hujayralar bilan qoplangan bo’ladi, shuning uchunkista sariq rangda bo’lib ko’rinadi. Kista suyuhujayraligi och tusli, o`nga qon quyilganida esa gemorragik bo’ladi. Kista yorilganida shovullab qon ketib, qorin bo’shlig`idagi faloqatga xos simptomlar paydo bo’ladi. Endometrioid kistalar bachadon shilliq pardasi (tipik stroma bezlari) ning geterotipik shakllanishi natijasida yuzaga keladi. Bu kistalar bachadonga xos shilliq parda bilan qoplangan bo’lib, desidual metamorfozli hayz funksiyasini bajarib boradi. Kista suyuhujayraligi qon pigmenti bo’ladigan to’q qo’ng`ir tusdagi massadir. Bu kistalarning "shoqolad" kistalar degan nomi shundan olingan. Tuxumdonlar polikistozi (Shteyn-Levintal sindromi, sklerokistoz tuxumdonlar sindromi) - tuxumdonlarning ikki tomonlama kattalashuvi va ularda sklerokistoz o’zgarishlar boshlanishi bilan ta'riflanadigan patologik jarayondir. 16-30 yashar ayollarda ko’riladi. Asosiy simptomlariga bepushtliq oligomenoreya, girsutizm, semizlik bo’lishi harakterlidir. Bu sindromning paydo bo’lishi estrogenlar, androgenlarning ortiqcha hosil bo’lib turishi, bir talay folliqo’lyar kistalar bilan bog`liq. Tuxumdonlar

odatdagiga qaraganda ikki baravar kattalashib ketadi va qo’lrangnamo tusga kiradi, silliq, qattiq bo’ladi. Kesib ko’rilganida kistoz yo’llar (atretik folliqo’lalar) ko’zga tashlanadi. Mikroskop bilan tekshirilganida oqsil pardasining ancha qalinlashgani, folliqo’lalarning distrofik va atrofik o’zgarishlari ko’zga tashlanadi. Kistalar ko’p va folliqo’lyar



epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo’lishi mumkin. Folliqo’lalar ichki pardasining hujayralari giperplaziya va gipertrofiyaga uchraydi. Tuxumdonlarning po’stloq, mag`iz moddasida, shuningdek tomirlarning devorlarida sezilarli sklerotik o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Tuxumdonlar polikistozi uchunlyuteinlashtiruvchi gormon va androgen sekresiyasining kuchayishi, folliqo’lalarni stimullovchi gormon miqdori kamayishi harakterlidir. Bu gormonlar muvozanatining buzilishi asosan gipotalamusning gipofizar gormonlar sekresiyasini idora etib, o`nga ko’rsatib turadigan ta'siri aynashiga bog`liq.
Tuxumdonlar o’smalari
Tuxumdonlar o’smalari o’zining qanday manbadan kelib chiqishi va gistologik tuzilishiga qarab juda har xil bo’ladi. Jumladan, ular tuxumdonni qoplab turadigan yuzaki selomik epiteliy hujayralaridan, jinsiy tortma stromasi hujayralaridan, polipotensial germinativ hujayralaridan paydo bo’lishi mumkin. Shu munosabat bilan tuxumdon o’smalarining uchta asosiy turi tafovut qilinadi: 1) epitelial o’smalar, 2) jinsiy tortma stromasi o’smalari, 3) germinogen o’smalar.
Epitelial o’smalalar
Selomik epiteliydan kelib chiqadigan o’smalar tuxumdonlar o’smalarining 60-70 foizini tashkil etadi. Ular xavfsiz, xavfli va chegarada turgan o’smalar bo’lishi mumkin. Chegara o’smalari epiteliy anaplaziyasi bilan ta'riflanadi, lekin stroma invaziyalanmaydi. Tuxumdonlarning epitelial o’smalariga: seroz o’smalar, musinoz, endometrioid, mezonefroid (och tusli hujayralardan tashkil topgan) o’smalar, Brenner o’smalari, aralash epitelial o’smalar va toifalarga ajratib bo’lmaydigan o’smalar kiradi. Seroz o’smalar - tuxumdonlar o’smalarining 30-40 yashar ayollarda eng ko’p uchraydigan xili. Ular solid yoki kistoz tarzida tuzilgan, xavfsiz (sistadenoma), xavfli (sistadenokarsinoma) yoki chegara o’smalariga mansub (xavfli o’smaga aylanib keta oladigan) bo’lishi mumkin. o`smaning xavfli xili uch baravar ko’proq uchraydi. Sistadenomaning xavfsiz xili diametri 5 sm dan 40 sm gacha boradigan kista bo’lib, aksari bir tomonda uchraydi. Shakli sferik yoki tuxumsimon, devori silliq va bir qatorli silindrsimon yoki kubsimon epiteliy bilan qoplangan. Kista ichida somon tusli tiniq seroz suyuhujayralik yoki shilimshiqsimon modda bo’ladi. Kistani qoplab turadigan seroz parda silliq va yaltiroq. Bir qancha holarda bundayo’sma ichki yuzasida gulkaramga o’xshab ketadigan so’rg`ichsimon harakterli o’simtalarni hosil qiladi. Buni papillyar sistadenoma deyiladi va odatda u unchalik katta bo’lmaydi. Papillyar sistadenoma ko’pincha ikki tomonlama, bir kamerali va ko’p kamerali bo’lishi mumkin. Yirik kista kesib ko’rilganida uning atrofida bir talay mayda kistalar ko’zga tashlanadi. Yirik kistalar ba'zan o`ni mayda kistalarga bo’lib turadigan to’sihujayralar bo’ladi. Bu kistalarning ichidagi suyuhujayralik odatda suyuq, cho’ziluvchan, sarg`ish yoki jigarrang. So’rg`ichlarning epitelial qoplami bir qatorli, naysimon epiteliyga juda o’xshab ketadi. Papillyar o’simtalarning oyoqchalari q va tomirlarga boy nozik biriktiruvchi to’qimadan iborat. Biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan shy asos tashqi tomondan bir qator epiteliy bilan qoplangan. Papillyar o’simtalarda psammoz tanachalar uchraydi. Kistoz sistadenomaning yana bir xili fibromaga o’xshash tuzilishga ega bo’lgan seroz sistadenofibromadir, unda biroz miqdor bezsimon tuzilmalar bo’ladi. Seroz o’smaning xavfli xili - sistadenokarsinoma - tuxumdonlarda uchraydigan barcha birlamchi xavfli o’smalarning 40 foizini tashkil etadi va aksari ikki tomonlama bo’ladi. o`smaning yuzasi odatda notekis, o’sma seroz pardaga ham o’tib ketganligi tufayli tugo`n-tugo`n bo’ladi (77-rasm). Kistalarning devorlari papillyar o’simtalar hosil qiladi, bularning hujayralari atipik bo’lib kistalar devoriga infiltrlanadi. Seroz o’smaning xavfliligini ko’rsatadigan harakterli belgilar papillyar o’simtalarining ko’pligi, solid strukturalari ham anchagina bo’lib, hujayralari kistalar devorini infiltrlaydigan subseroz va seroz tugo`nchalari yoki so’rg`ichlari borligidir. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida kistani qoplab turgan hujayralarning anaplaziyaga uchragani ko’zga tashlanadi. Bu hujayralar bir necha qator bo’lib joylashadi va o’sma stromasiga ham o’tadi (invaziyalanadi). Chegarada turgan o’smalari epitelial hujayralarining anaplaziyaga uchraganligi bilan ta'riflanadi, bu hujayralar o’sma stromasiga o’tmaydi. Sistadenokarsinoma gematogen va limfogen yo’llar bilan metastazlar beradi, qorin pardasiga payvandlanib, peritonitga sabab

bo’lishi mumkin. Kamroq hollarda sistadenokarsinoma

pastda joylashgan organlarga o’tadi. Bu o’sma o`zoqda bo’ladigan gematogen va limfogen metastazlardan ko’ra regionar

tugo`nlarga ko’proq metastazlar beradi.

Musinoz o’smalar epitelial qoplamida shilimshiq ishlab chiqaradigan, endosermiks epiteliysi uchunharakterli bo’lgan hujayralari

borligi bilan seroz o’smalardan farq qiladi. Bu

o’smalar seroz o’smalarga qaraganda kamroq xavfli tusga kiradi va kistalari bir muncha kattaroq bo’lib, shilimshiqsimon

suyuhujayralikka to’lib turishi bilan seroz o’smalardan farq qiladi.

So’rg`ichsimon o’simtalarining ko’payib ketgani, seroz pardaga penetrasiyalangani va solid tuzilmalar paydo bo’lgani kistaning

xavfli tusga kirganini ko’rsatadi. Gistologik jihatdan

olganda bu o’sma kistani qoplab turgan epitelial hujayralarning apikal qismida vakuolalar bo’lishi bilan ta'riflanadi. Musinoz

sistadenokarsinoma yorilganda qorin pardasi

psevdomiksomasi boshlanishi mumkin. Bundaqorin bo’shlig`i kistalarning shilimshiq suyuhujayraligi bilan to’lib turadi. o`smahujayralari

qorin pardasining parietal varag`iga payvandlanib

qolganida qorin pardasining bu varag`i ham xuddi visseral qorin pardasi singari xira tusga kiradi. Musinoz

sistadenokarsinomaning oqibati seroz kistalar oqibatiga qaraganda

bir qadar xayrli.

Endometrioid o’smalar endometriyga harakterli tubulyar bezsimon tuzilmalar hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bundayo’smalar

asosan xavfli bo’ladi, lekin xavfsiz va chegarada

turgan xillari ham uchraydi. 30 foiz hollarda ular ikkala tuxumdonda paydo bo’ladi va endometriy karsinomasi bilan birga davom

etib boradi. By o’sma kistoz yoki solid tuzilishga ega

bo’lishi mumkin. Kistoz xili oddiy ko’z bilan qarab ko’rilganida yuqorida tasvirlab o’tilgan seroz va musinoz o’smalardan farq

qilmaydi. Kista ichidagi suyuhujayralik shoqolad rangida bo’lishi

bilan ajralib turadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida tubulyar bezsimon tuzilmalarni hosil qiluvchi hujayralar silindrsimon

shaklda bo’lib ko’zga tashlanadi. Ba'zan yassi

hujayrali metaplaziyaga uchragan joylar topiladi. Bundayhodisani adenoakantoma deyiladi, uning hujayralari xavfsiz yoki xavfli

bo’lishi mumkin.

Mezonefroid (yorug` hujayrali) o’smalar kam uchraydi. Naycha va mayda kistalari tarkibida glikogen bo’ladigan yorug`

hujayralardan iborat bir qatorli epiteliy bilan qoplangan. Bu

hujayralar o’zining tuzilishiga ko’ra buyrak usti bezlari raki hujayralariga o’xshab ketadi. Bundan tashqari qalpog`i yalpoq mix

shaklidagi hujayralar ham uchraydi. Yorug` hujayrali

o’smalar seroz va musinoz o’smalarga qaraganda kichikroq bo’lishi bilan ajralib turadi. 90 foiz hollarda tuxumdonlarning bittasida

uchraydi va kistoz yoki solid tuzilishga ega bo’ladi.

Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida yopyg` hujayralar naychalar va so’rg`ichsimon o’simtalar hosil qilgani ko’zga tashlanadi. o`sma

bir muncha anaplaziyaga uchragan bo`lsa, hujayralari

kapsulaga o’tib, qo’shni to’qima va organlarda yoki bir muncha olisdagi organlarda ham paydo bo’ladi. o`smatuxumdon

doirasidan tashqariga chiqmagan bo`lsa, oqibati xayrli. Ba'zan

paraneoplastik sindrom tariqasida giperkalsiemiya boshlanadi.

Brenner o’smasi kam uchraydigan, tabiatan odatda xavfsiz bo’ladigan o’sma. Tuzilishi jihatidan yaxshi bilinadigan stromasi borligi

bilan ajralib turadi. Bu stromasida yirik epitelial

hujayralar uya-uya bo’lib turadi. q uyalari yassi kubsimon yoki silindrsimon epiteliy bilan qoplangan bezlar yoki kistalar

hosil qilishi mumkin. Brenner o’smasi yaltiroq kapsula

bilan qoplangan bo’ladi, kesib ko`rilsa qo’lrang tueda ko’zga tashlanadi, diametra 4 sm dan 20 sm ga boradi. Bu o’sma selomik yoki

urogenital epiteliydan paydo bo’ladi deb taxmin qilinadi.

Germinogen o’smalar
Germinativ hujayralardan paydo bo’ladigan o’smalar barcha tuxumdonlar o’smalarining 15-20 foizini tashkil etadi, 20 yashargacha

bo’lgan ayollarda uchraydi va ko’proq xavfli tus olishga

moyil bo’ladi. Bular qatoriga teratomalar (xavfsizlari, yetilmaganlari), disgerminoma, xorionkarsinoma va boshqalar kiradi.

Teratoma bu o’sma odatda embrion varahujayralarining ikkitasi yoki uchtasini aks ettiruvchi bir necha xil to’qimalardan iborat bo’ladi.

Teratomalar tuxumdonlarda va ulardan tashqarida

paydo bo’lishi mumkin.

Etuk teratoma yaxshi tabaqalanib, yetilgan bir nechta to’qimadan tashkil topadi. Kistoz yoki solid tuzilishga ega bo’lishi mumkin.

Kistoz xili tuxumdonlarning bittasida, aksari o’ng

tomondagisida paydo bo’ladigan dumaloq shaklli o’smasimon tuzilmadir. Diametri 10 sm dan ortmaydi, yuzasi silliq. Zichroq yoki

hamirsimon bo’lib qo’lga o`nnaydi. Kesib ko’rilganida teri

uchunharakterli bo’lgan, mugo`zlanib kelayotgan ko’p qavatli yassi epiteliy bo’lan qoplangan yupqa devorli kista holida bo’ladi.

Devorining bag`rida teri ortihujayralari, ya'ni ter, yog` bezlari,

soch folliqo’lalari ham topiladi. Kista ichida qo’lrang tusli yog`simon massa va soch o’ramlari bo’ladi. Bundan tashqari, kista devorida

boshqa yetuk to’qimalar - suyaq tog`ay to’qimalarining

parchalari, bronxlar, me'da-ichak yo’li epiteliysi hujayralari ham bo’lishi mumkin. Teratomalarning 1 foizga yaqini xavfli tusga kirishi

mumkin.


Etilmagan teratoma uchala embrion varahujayralarining o`numlari bo’lmish yetilmagan, organogenez davridagi embrion to’qimalariga

o’xshab ketadigan to’qimalardan iborat. Bundan tashqari, shy

xildagi teratomada xavfli germinogen o’smalar, masalan, xorionkarsinoma, disgerminoma o’chohujayralarini ko’rish mumkin. Yetilmagan

teratoma aksari 40 yashar atrofidagi ayollarda uchraydi,

bir tomonlama, kistoz tuzilishda bo’ladi. Kista diametri 25 sm gacha boradi. Yuzasi silliq. Kesib ko’rilganida konsistensiyasi har xil

bo’lib o`nnaydi, gemorragiya va nekroz o’chohujayralari

bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirilganida yetilmagan ko’ndalang targ`il musqo’l, tog`ay, ichaq respirator, ko’p qavatli yassi epitelii

o’chohujayralari ko’zga tashlanadi. Yetilmagan teratomada

neyroektodermadan kelib chiqqan to’qimalar (neyrogen epiteliy, gliya, neyroblastomaga mos keladigan) bo’lishi harakterlidir.

Tabaqalashmagan hujayralar penetrasiyalanib, kapsulaga

o’tishi va metastazlar paydo bo’lishi mumkin. Oqibati o’sma hujayralarining nechog`lik anaplaziyaga uchragani va metastazlari

bor-yo’hujayraligiga bog`liq.

Monodermal va yuksak darajada taxassuslashgan teratomalar juda kam uchraydigan o’smalardir. Bular qatoriga tuxumdonlar

strumasi va karsinomasi kiradi. Tarkibida tireoid to’qima

ko’proq bo’ladigan teratoma tuxumdon strumasidir. Bu o’sma odatda folliqo’lyar adenoma ko’rinishida bo’ladi va gipertireoidizmga

olib kelishi mumkin.

Disgerminoma kamdan-kam uchraydigan xavfli o’sma, premorbid, yirik germinativ hujayralardan iborat bo’ladi. Bolalar va yosh

juvonlarda kuzatiladi. Solid tuzilishga ega bo’lib,

diametri 25 sm gacha boradi. o`smahujayralari uya-uya yoki to’p-to’p bo’lib yotadi. Ularning sitoplazmasi och tusda bo’lib, yadrosi

o’rtada turadi. hujayralar to’plari yoki uyalari biriktiruvchi

to’qima qatlamlari bilan ajralib turadi. Shu biriktiruvchi to’qimada limfositlardan iborat infiltratlar, Pirogov-Langxans hujayralari

uchraydigan granulyomalar ko’zga tashlanadi.

Disgerminoma regionar va paraaortal limfa tugo`nlariga barvaqt metastazlar beradi, nur bilan davolashga juda sezgir bo’ladi.

Ko’pincha jinsiy organlarning tug`ma rivojlanish

nuqsonlari va Terner sindromi bilan birga uchraydi.

Endodermal sinus o’smasi tez o’sib, haddan tashqari xavfli bo’lishi bilan ajralib turadi va sarihujayralik xaltasi o’smasining analogi bo’lib

hisoblanadi. 1 yashardan 45 yashargacha bo’lgan,

ko’proq 19-20 yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin. Bu o’sma tez o’sib, qorin bo’shlig`iga yorilishi mumkin. Mikroskop bilan

tekshirib ko’rilganida kistalar va yassi yoki vakuollashgan hujayralar

bilan qoplangan kanalchalardan iboratligi ma'lum bo’ladi, o’sha hujayralarning sitoplazmasida tarkibida alfa-1-antitripsin va

alfa-fetoprotein bo’ladigan tomchilar topiladi. Bu

o’sma ko’p joylarga metastazlar berib, bir yil ichida o’limga olib boradi.

Xorionkarsinoma (yoki tuxumdonning embrional raki) o’zining tuzilishiga ko’ra moyak va plasenta rakining analogidir. Juda kam

uchraydi va epiteliy ko’rinishidagi embrional anaplastik

hujayralardan tashkil topadi, bu hujayralar asinuslar, kanalchalar, papillyar va solid tuzilmalarni hosil qiladi.

Jinsiy tortma stromasi o’smalari


Jinsiy tortma stromasi o’smalari kamdan-kam uchraydigan tuxumdonlar o’smalari jumlasidandir. Embrional gonadalar jinsiy

tortmalari hujayralaridan, granulyoz hujayralari,

teka-hujayralar, kollagen ishlab chiqaruvchi hujayralar, Sertoli va Leydig hujayralari, shuningdek bularning embrional

o’tmishdoshlariga o’xshab ketadigan hujayralardan iborat. Bunday

o’smalar ko’pchilik hollarda xavfsiz bo’ladi va atigi 2 foiz hollardagina ularning xavfli xillari uchraydi. Klinik ahamiyati gormonal

jihatdan ularning nechog`lik faolligiga bog`liq,

chunki ular estrogenlar, androgenlar ishlab chiqarish xususiyatiga egadir.

Granulyoz hujayrali o’sma aksari klimaks davriga kirgan ayollarda paydo bo’ladi, lekin yosh juvonlar va qizlarda ham uchrashi

mumkin. 75 foiz hollarda giperestrogenemiya kuzatiladi, bu

narsa quyidagilarga olib boradi: 1) endometriy bezlarining giperplaziyaga uchrab, hayz siklida har xil o’zgarishlar boshlanishiga,

2) klimaks davrida bachadondan qon kelib turishiga, 3)

adenokarsinoma paydo bo’lishiga. Bu o’sma odatda kapsulaga o’ralgan bo’lib, ahyon-ahyonda ikki tomonda yuzaga keladi.

Kattaligi har xil, diametri ba'zan 30 sm ga borishi mumkin. Ko’p hollarda

kapsulasi yoriladi. Kesmasi bir talay kistalari va mayda-mayda gemorragik nekroz o’chohujayralari bo’lgan solid struktura ko’rinishida

ko’zga tashlanadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida

o’smaning tuzilishi har xil ekanligi ma'lum bo’ladi (78-rasm). hujayralar har xil tuzilmalarni, jumladan folliqo’lyar (makrofolliqo’lyar va

mikrofolliqo’lyar), trabeqo’lyar, orolchali

tuzilmalarni hosil qilishi mumkin. Bular xuddi sarkomatoid tuzilmalarga o’xshab, Diffuz holda joy olishi mumkin. Bitta o’smaning

o’zida odatda har xil to’qima strukturalari bo’ladi.

o`rtasida strukturasiz bazofil, piknomorf kiritmalari (Qoll-Eksner tanachalari) bo’ladigan dumaloq shaklli tuzilmalar hosil bo’lishi

harakterlidir.

o`smaning stroma qismi yaxshi bilinib turadigan yoki yupqa bo’lishi mumkin. Bu o’sma kamdan-kam hollarda metastazlar beradi.

o`smaning oqibati uning katta-kichikligiga va

yorilish-yorilmasligiga bog`liq. Yuqorida ko’rsatib o’tilgandek bu o’sma uchunqonda estrogenlar miqdorining yuqori bo’lishi

harakterlidir. Shu narsa endometriy rakiga olib kelishi

mumkin.


Tekomalar, fibromalar, lyuteomalar. Bu toifadagi o’smalar qatoriga tuzilishi fibromaga o’xshab ketadigan o’smalar ham,

hujayralarida lipidlar bo’ladigan o’smalar (tekoma) yoki lyutein

hujayralariga o’xshash epiteliysimon hujayralardan tarkib topgan o’smalar (lyuteoma) ham kiradi. Tekoma bilan lyuteoma,

fibromadan farq qilib, gormonlar ishlab chiqaradigan

o’smalardan bo’lib hisoblanadi.

Fibroma nihoyatda kam uchraydi, odatda bir tomonlama bo’ladi va diametri 10-15 sm gacha boradi. Odatda qattiq, kapsulaga

o’ralgan bo’ladi, kesmasi qo’lrang-oqish rangi bilan ajralib

turadi (79-rasm). Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida kambargina gomogen yadrosi bo’lgan cho’ziq hujayralardan tashkil


Kataloq: uum -> uum-patanatomy -> 3.amaliy-qism -> amaliy-mashgulotlar
uum -> Travmatologiya va ortopediyaning maqsad va vazifalari
uum -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
3.amaliy-qism -> Патогенез and factors of the risk? Makroskopicheskie types aterosklerozis change, their morphology? The Microscopic stages of ateroskleroz? Ateroskleroz aortas, morphological manifestations, complications? Ateroskleroz kidney artery
amaliy-mashgulotlar -> Жигар циррози, рак, Ўт-тош касаллиги
3.amaliy-qism -> Нафас системаси касалликлари
3.amaliy-qism -> Ўпка касалликларининг клиник белгилари ва патологоанатомик ўзгаришлари турли-туман бўлиши этиологик омилларнинг кўплигига, ўпка структур бирликларининг ўзига хослигига ҳамда касаллар ёшига боғлиқ

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə