Organopatologiya qon yaratuvchi va limfoid sistema kasalliklari



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə34/46
tarix05.05.2017
ölçüsü2,28 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46

topganligi ko’zga tashlanadi, ularning orasida bir talay kollagen

tolalari bo’ladi. Fibroma simptomlarsiz yoki kam simptomlar bilan o’tishi bilan ta'riflanadi. Aksari, Meygs sindromi bilan birga

davom etib boradi, bu sindrom uchunassit,

gidrotoraks bo’lishi, tashqi jinsiy organlarga shish kelishi harakterlidir. Fibroma aksari yoshi 40 dan o’tgan ayollarda paydo bo’ladi.

Peritoneal yoki plevral bo’shliqqa qon quyilishi bilan birga davom etib boradigan tuxumdonlar o’smalarining hamisha ham xavfli

bo’lavermasligini aytib o’tish kerak

Tekoma sirtdan fibromaga o’xshab ketadi va rangi sariq bo’lishi bilan ajralib turadi. Solid tuzilishda, qattiqqina, g`adir-budir

bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida

duksimon yoki tuxumsimon hujayralardan iborat bo’lib chiqadi. Bu hujayralarning sitoplazmasida bir talay lipidlar topiladi. Shu

hujayralar tuxumdonlar po’stloq stromasining

teka-hujayralariga o’xshab ketadi. Tekoma tipik estrogen o’sma (gormon ishlab chiqaradigan o’sma) bo’lib, feminizasiyalovchi

ta'sir ko’rsatadi. Bachadondan qon ketib turishiga sabab bo’ladi.

Bu o’smada endometriy karsinomasi paydo bo’lishi mumkin. Tekomada ba'zan lyutein hujayralar uchrab qoladi, bunday

o’smalarni "lyuteinlashgan tekomalar" deyiladi. o`smada lyutein

hujayralari juda ko’p bo’lsa, o`nga "lyuteoma" deb diagnoz qo’yish kerak Tekomadan farq qilib, lyuteoma androgenlar ishlab

chiqaradi, bu narsa kasal ayollarning erkakchalish bo’lishiga

(masqo’linizasiyaga) olib keladi.

Germinogen o’smalarning ahamiyati ularning gormonal faolligiga qarab belgilanadi. Estrogenlar va androgenlar miqdorining

ko’payib qolishi virilizasiya va masqo’linizasiyaga olib

boradi.


Sertoli-Leydig hujayralaridan paydo bo’ladigan o’smalar (androblastoma, arrenoblastoma). Bular tabaqalashmagan jinsiy bezlar

qoldihujayralaridan kelib chiqadi. Bu o’smalarning yuksak

darajada tabaqalashgan xillari hamisha deyarli xavfsiz bo’ladi. Kamroq yetilganlari xavfli o’smaga o’xshab o’tishga moyildir.

Androblastoma odatda bir tomonlama, solid yoki kistoz-solid tuzilishda, o’rtacha qattihujayralikda bo’ladigan o’smadir. Kesib

ko’rilganida qo’lrang-sarg`ish yoki sariq bo’lishi bilan ajralib

turadi, unda nekrozga uchragan va qon quyilib qolgan joylar ko’zga tashlanadi. Mikroskopik tuzilishi jihatidan o’sma bir jinsli

bo’lmaydi, shy munosabat bilan ular bir qancha kenja

guruhlarga bo’linadi. Ba'zi hollarda (1 kenja guruh) o’sma faqat Sertoli hujayralaridan iborat bo’ladi, ular balog`at davridan oldingi

tuxumdon naychalariga o’xshash trabeqo’lalar yoki

naychalar hosil qiladi. Boshqa hollarda o’smalar Sertoli va Leydig hujayralaridach iborat bo’ladi (II kenja guruh o’smalari). Leydig

hujayralari poligonal shakldagi, yirik

hujayralardir, ularning sitoplazmasida eozinofil donalari bo’ladi. Bu hujayralar sitoplazmasida ba'zan Reynke kristalloidlari

topiladi. Yadrolari kichikroq, gipoxrom bo’ladi va

qning o’rtasida bo’ladi. Leydig hujayralarining ko’pchiligida lipidlar bo’ladi. III kenja guruhni nuqul Leydig hujayralaridan iborat

o’smalar tashkil qiladi. Ularning stromasida

ba'zan gonadalar uchunharakterli bo’lmagan geterologik elementlar topiladi: suyak to’qimasi, tog`ay, skelet musqo’li, epiteliy

hujayralar bilan qoplangan naychalar va kistalar shular

jumlasidandir. Bu o’smalar teratomalar kabi tasniflanmaydi.

Tuxumdonlar o’smalarining klinik manzarasi ularning tabiatiga bog`liq. Kasallik endigina boshlanib kelayotganida o’smaning

gistogenezidan qatiy nazar simptomsiz o’tadi. o`sma

sekinlik bilan o’sib borayotgan mahalda qorinning pastida va bel sohasida bo’g`iq, simillab turadigan og`rihujayralar paydo bo’lishi

mumkin. Kista oyoqchalari buralib qolgan mahallarda va

boshqa asoratlar paytida kuchli og`rihujayralar turadi. Bundaypaytlarda kistaning qon bilan ta'minlanishi izdan chiqib, qon quyilishi va

nekrozga olib boradi. Kistaga ikkilamchi tartibda

infeksiya o’tib, yiring paydo bo’lishi, cheklangan yoki tarqoq peritonit boshlanishi mumkin. Kista bilan atrofdagi to’qimalar o’rtasida

bitishmalar paydo bo’lishi ham mumkin. o`smaning

tashqi yuzasidagi so’rg`ichsimon tuzilmalar o’sib, qorin pardasiga payvandlanib qolgan mahallarda assit paydo bo’ladi. Musinoz

kista (ichida shilimshiq ko’p bo’ladigan kista) yorilganida

boshlanadigan psevdomiksoma ancha jiddiy, lekin kam uchraydigan asoratdir. Musinoz kista yorilganida qorin bo’shlig`i

jelatinasimon neoplastik massa bilan to’lishi mumkin.

Gormonal-faol o’smalar organizmdagi gormonlar muvozanati buzilishiga olib keladi. Ayni vaqtda estrogenlar va androgenlar

miqdori ko’payib, virilizasiya, masqo’linizasiya

boshlanishi va jinsiy organlarda xavfli o’smalar paydo bo’lishi mumkin (masalan, endometriy karsinomasi).

Tuxumdonlar birlamchi rakining avj olib borishida klinik jihatdan to’rt bosqich tafovut etiladi: I bosqichda o’sma tuxumdonlar

doirasidan tashqariga chiqmaydi va assit boshlanishi

mumkin, II bosqichda o’sma jarayoni kichik chanoq organlariga tarqaladi, III bosqichda kichik chanoqdan tashqarida

intraperitoneal metastazlar va limfa tugo`nlarida retroperitoneal

metastazlar paydo bo’ladi. IV bosqichida olisdagi organlardan, jumladan o’pka va jigarda ham metastazlar paydo bo’ladi.

Tuxumdonlarning metastatik o’smalari
Tuxumdonda metastazlar asosan me'da-ichak yo’li va kichik chanoq organlarida xavfli o’smalar bo’lgan mahallarda kuzatiladi.

Me'da bezsimon rakining metastazlari amalda ko’proq

ahamiyatga egadir, bular tuxumdonlarning ikki tomonlama yirik o’smalari hosil bo’lishiga - Krukenberg raki boshlanishiga olib

keladi, buni yanglishib tuxumdonlarning birlamchi o’smasi deb

o’ylash mumkin. Krukenberg raki dumaloq yoki tuxumsimon shaklda, qattiqqina bo’ladigan o’smadir. Yuzasi ko’pincha g`adir-budir

bo’lib turadi. Kesib ko’rilganda o’sma, oqish va mayda-mayda

kistoz bo’shlihujayrali bo’lib ko’zga tashlanadi. U asosan musin ishlab chiqaruvchi o`zuksimon hujayralardan tashkil topgan. Shilimshiq

ishlab chiqaradigan hujayralari bo’lgan har qanday boshqa

organ, masalan, yo’g`on ichaq sut bezidan tuxumdonga metastaz bo’lib o’tishi mumkin.

hOMILADORLIK PATOLOGIYaSI


homiladorlik fiziologik jarayon bo’lib, unda ayol organizmida talaygina murakkab o’zgarishlar ro’y beradi, bu o’zgarishlar

urug`langan qdan bunyodga keladigan homilaning ona

qornida rivojlanib borishi uchunsharoit yaratib, ayol organizmini tug`ruqqa va bolani emizib boqishga tayyorlab boradi.

homiladorlik davrida asoratlar ham ro’y berishi mumkin.

Anatomik anomaliyalar, nerv va endokrin sistemalari funksiyalarining buzilishi, ekstragenital kasalliklar, homila, yo’ldosh va homila

pardalariga aloqador o’zgarishlar, ayol

organizmida ro’y beradigan immunopatologik va yallig`lanishga aloqador jarayonlar ana shunday sabablardan biri bo’lishi

mumkin. Lekin homiladorlikda uchraydigan bir qancha asoratlar,

masalan, homiladorlik toksikozlarining sababi, afsuski, hamon noma'lum bo’lib qolmoqda.

homiladorlikning asosiy asoratlariga: 1) o’z-o’zidan boshlanadigan abort, 2) vaqtidan ilgari tug`ish, 3) bachadondan tashqari

homiladorliq 4) gestozlar kiradi. Abort va chilla davrining

asoratlariga esa: 1) plasentar polip, 2) yelbo’g`oz, 3) xorionepitelioma, 4) tug`ruqqa aloqador bachadon infeksiyasi va 5) tug`ruqqa

aloqador sepsis kiradi.

Bachadondan tashqari homiladorlik


homila tuxumi normada asosan fallopi nayining boshlanish qismida spermatozoidlar bilan urug`lanadi. So’ngra, urug`langan tuxum

bachadon nayining peristaltik haraqatlari tufayli

7-8 kun davomida bachadon tanasi bo’shlig`iga yetib keladi va shy yerda shilliq parda bag`riga payvandlanib, keyin rivojlanib

boradi. Biroq, bir qancha hollarda urug`langan tuxum bachadon

tomon o’tib borishda to’xtab qolishi mumkin. Bundayhollarda tuxum bachadon bo’shlig`idan tashqarida rivojlanib boradi.

Bachadondan tashqaridagi homiladorlik deb shuni aytiladi.

Tuxumning turib qolgan va rivojlanib boradigan joyiga qarab, bachadondan tashqaridagi homiladorlikning quyidagi turlari

tafovut qilinadi: 1) bachadon nayidagi homiladorlik

(tuxum fallopi nayida rivojlanib boradi), 2) tuxumdondagi homiladorlik (urug`langan tuxum tuxumdonga kirib, shy yerda rivojlanib

boradi), 3) qorin pardasidagi homiladorlik -

urug`langan tuxum qorin pardasida rivojlanib boradi.

Bachadondan tashqaridagi homiladorlikning asosiy sababi urug`langan tuxumning bachadon tomon borayotib, turib qolishidir.

Urug`langan tuxumning to’xtab qolishiga olib boradigan

omillar har xil: 1) fallopi naylarining tug`ma anomaliyalari (torligi, bukilib qolgan joylari, divertiqo`llari borligi); 2) ularda yallig`lanish

tufayli sklerotik o’zgarishlar va

bitishmalar paydo bo’lgani; 3) bachadon o’smalari va endometriozlari; 4) bo’yida bo’lishdan saqlanish uchunbachadon ichiga

qo’yiladigan vositalardan uzoq foydalanish; 5) tuxum

ovulyasiyasining kechiqishi shular jumlasidandir.

Ko’pincha, ya'ni 90 foiz hollarda naydagi homiladorlik kuzatiladi. Bundatuxum nayning qorin bo’shlig`i tomonidagi yo’g`on uchining

shilliq pardasiga (naydagi ampulyar homiladorlik) yoki

nayning bachadon devorida bo’lgan qismiga (naydagi interstisial homiladorlik) birikib qolishi mumkin. Bachadondan tashqari

homiladorlik aksari nayning bittasida bo’ladi.

Bachadondan tashqaridagi homiladorlikning hamma turlarida ham dastlabki davrlarida tuxum odatdagicha rivojlanib, embrionga

aylanadi. Chunonchi, tuxumning nayga birikib, shy yerda

rivojlanib borishi, shilliq pardada desidual reaksiya boshlanishi, yo’ldosh va amniotik xalta paydo bo’lishi bilan birga paydo bo’lib

boradi. Yo’ldosh vorsinkalari nayning shilliq

pardasidan musqo’lli pardasiga va tomirlariga o’tadi. Bu narsa nay devorining ancha yumshab, homila tuxumining kattalashib

borishiga qarshilik qila olmasligiga olib keladi.

Naydagi homiladorlikning o’tishi va oqibati har xil. homiladorlikning 2-6-haftasida nay bo’shlig`iga qon quyilishi mumkin, bu homila

tuxumining o’rnidan ko’chib, yorilishiga va nay

bo’shlig`iga to`shib qolishiga olib keladi. Bundahomila o’ladi (naydagi chala abort). homila va qon singib o’tgan homila pardalari

nayda qolib ketishi yoki nayning qisqarishlari tufayli

uning fimbrial uchidan qorin bo’shlig`iga o’tib qolishi mumkin. Ko’pincha nayning butun devori batamom yoriladi, bu qorin

bo’shlig`iga qon quyilishiga sabab bo’ladi. Ayni vaqtda bir talay

qon quyilib qoladi, shy munosabat bilan ko’pgina tomirlarda qonning ivib qolish sindromi (DVS) bilan o’tadigan gemorragik

shok boshlanishi mumkin. Nay yorilganida homila yoki homila

tuxumining qismlari qorin bo’shlig`iga o’tadi (naydagi to’la abort) va shy yerda o’lib, so’rilib ketadi, uyushadi. Kamdan-kam hollarda

homila tuxumi yorilgan naydan chiqqanidan keyin qorin

bo’shlig`iga payvandlanib qoladi. Lekin pirovardida homila o’lib qolib, bujmayadi va mo’miyodek qotib ketadi (qog`oz homila),

o`nga ohak tuzlari singigan mahallarda esa u tosh bo’lib

qoladi (lithopaedion). Bundan tashqari, homila yiringlab irib ketishi mumkin.

Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida yo’ldosh vorsinkalari va desidual hujayralar ko’zga tashlanadigan bo’lsa, naydagi

homiladorlik diagnozi tasdiqlanadi.

Tuxumdondagi homiladorlik tuxumning folliqo’lalar ichida yoki tuxumdonlar yuzasida rivojlanib borishi bilan ta'riflanadi va

homiladorlik 2-6 haftalik bo’lganida tuxumdonning

yorilib, qon ketishi bilan tugallanadi.

Qorin bo’shlig`idagi homiladorlik nihoyat darajada kam uchraydi. Tuxum odatda qorin pardasiga, bachadonning kichik

chanoqdagi yuzasiga, charviga payvandlanib qoladi. homila oy-kuni

etgo`niga qadar rivojlanib borgan hollari ham tasvirlangan.

Bachadondan tashqaridagi homiladorlikning har qanday turida ham hayz to’xtab, qon va siydikda plasentar gormonlar miqdori

ko’payadi. Bachadon kattalashib, endometriyda gipersekresiya

va desidual reaksiya belgilari ko’zga tashlanadi. Biroq, plasentar gormonlar miqdori ko’paymasligi ham mumkin, lekin bu narsa

bachadondan tashqari homiladorlik borligini istisno

qilavermaydi, chunki u plasentaning bo’shgina payvandlangani va nekrozga uchraganiga bog`liq bo’lishi mumkin.

Trofoblastik kasallik
Trofoblastik kasallik trofoblast, ya'ni embrion tashqi q massasining o’sishida rivojlanishi izdan chiqishi natijasida

boshlanadigan kasallikdir. Ma'lumki, trofoblast butun

embrion kompleksining sidirg`a q qoplamini hosil qilib, keyinchalik xorion vorsinkalari, so’ngra esa plasenta vorsinkalari

epitelial qoplamini yuzaga keltiradi. Bachadon

shilliq pardasiga to’qnash kelganida trofoblast o’sib, hujayralar tortmasini hosil qiladi, bular keyinchalik tabaqalanib,

sitotrofoblast va sinsitiotrofoblastga aylana boshlaydi.

Trofoblast har xil vazifalarni bajaradi, u: 1) endometriyni lizisga uchratuvchi proteolitik fermentlar ishlab chiqarib, embrionning

payvandlanishini ta'minlaydi; 2) ona qoni bilan

ikki tomonlama gazlar almashinuvini yuzaga chiqaradi; 3) embrionning oziqlanishi va almashinuv mahsulotlaridan ozod bo’lib

turishini ta'minlaydi; 4) homiladorlik paytida tuxumdon va

endometriyning kerakli funksional holatini quvvatlab turuvchi gormonlar ishlanib chiqishida ishtirok etadi; 5) ona-homila

sistemasida immo`n gomeostaz saqlanib turishiga yordam

beradi.

Odam patologiyasida gestasion trofoblastik o’smalar paydo bo’lishi muhim ahamiyatga ega, bundayo’smalar uchta asosiy turga

bo’linadi: yelbo’g`oz, destruksiyalovchi xorionadenoma yoki

invaziv yelbo’g`oz, xorionkarsinoma (xorionepitelioma). Bundayo’smalar odatdagi homiladorlikdan farq qilib, ayolning qoni bilan

siydigida xorion gonadotropini bir qadar keskin

ko’tarilib ketishiga olib boradi.

Elbo’g`oz
Elbo’g`oz homila tuxumi vorsinkali pardasining o’ziga xos tarzda o’zgarib ketishidir, bundashy parda go’yo mayda g`ujumli o`zum

boshi bilan qoplanib qoladi (80-rasm). Yelbo’g`oz xorionning

bo’rtib ketgan, ba'zan kistaga o’xshab Kengaygan va epiteliy bilan qoplangan vorsinkalaridan iborat massa tarzida ko’zga

tashlanadi. Xorion epiteliysi odatdagicha yoki atipik tuzilishga

ega bo’lishi mumkin. Yelbo’g`ozni hozir ikki xilga ajratish rasm bo’lgan - to’la va chala yelbo’g`oz. To’la yelbo’g`ozda homila, kindik yoki

amnion pardalari bo’lmaydi. Xorionning hamma

vorsinkalari odatdan tashqari tuzilishga ega bo’ladi. Xorion epiteliysining hamma hujayralari diploid (46XH goho 46XV) bo’ladi.

Chala yelbo’g`ozda homila, kindik va amnion pardalari

saqlanib qoladi. Xorion epiteliysining hamma hujayralari triploid (69XXV) bo’ladi. Xorion vorsinkalarining bir qismi odatdagi

tuzilishga ega bo’ladi.

Mikroskop bilan tekshirilganida bo’rtib, kistaga o’xshab ketgan vorsinkalar har xil kattalikda bo’ladi - diametri 1 mm dan 10 mm

gacha boradi. Atrofidagi stromasida qon tomirlari

yo’hujayraligi ko’zga tashlanadi. Xorion epiteliysining hujayralari odatdagidek ikki qator joylashgan (sitotrofoblast va sinsitiotrofoblast)

yoki atipik tuzilishga ega bo’lishi mumkin

(chegarada turgan o’sma). So’nggi holda xorion epiteliysi faqat sinsitial hujayralardan iborat bo’ladi. Chala yelbo’g`oz juda ko’p

hollarda xorionkarsinoma paydo bo’lishiga olib boradi.

Elbo’g`oz noma'lum sabablarga ko’ra 20-40 yashar ayollar orasida, Osiyo mamlakatlari va Tinch okeani yarim orollarida, kamroq

Ovropa va AQSh da uchraydi. Etiologiyasi ma'lum emas. Yelbo’g`oz

homila tuxumi patologiyasi tufayli, ona organizmida patologik jarayonlar (jumladan disgormonal jarayonlar) borligi tufayli paydo

bo’ladi deb taxmin qilinadi.

Klinik jihatdan olganda yelbo’g`oz homiladorlikning 16-17 haftasida og`riq bo’lmagani holda undan qon kelib turishi, bachadonning

homiladorlik muddatiga to’g`ri kelmaydigan darajada

keskin kattalashib ketishi bilan ma'lum beradi. homilador ayolning qoni bilan siydigida xorion gonadotropinining tezlik bilan

ko’payib borishi diagnostik jihatdan muhim mezon bo’lib

hisoblanadi. To’la yelbo’g`oz atigi 2-3 foiz hollardagina malignizasiyaga uchraydi, 15 foiz hollarda invaziv xususiyatga ega bo’ladi.

Invaziv yelbo’g`oz


Invaziv yelbo’g`oz (destruksiyalovchi xorionadenoma) o’zining biologik xossalariga ko’ra xavfsiz bo’lib o’tadigan yelbo’g`oz bilan

xavfli xorionepitelioma o’rtasida oraliq o’rinni

egallaydi. Destruksiyalovchi xoreonadenoma olis joylarga metastazlar bermasdan, bachadon devorining muayyan joyida

bo’ladi, holos. Vorsinkalar juda shishib, bachadon devoriga kirib

boradi. Bachadon devori yorilib, hayot uchunxavf tug`iladigan darajada qon ketishi boshlanishi ham mumkin. Mikroskop bilan

tekshirib ko’rilganida vorsinkalar epiteliysining bir nav

atipik tuzilishga o’tib, giperplaziyaga uchragani ma'lum beradi. Kubsimon hujayralar ham, sinsitial hujayralar ham

proliferasiyalanadi. Destruksiyalovchi yelbo’g`oz metastazlar

bermaydi-yu, lekin vorsinkalar embol tariqasida olisdagi organlarga, masalan, o’pka va miyaga borib qolishi mumkin. Bunday

embollar asl metastazlar bo’lib hisoblanmaydi va o’z-o’zidan

yo’qolib ham ketishi mumkin. Vorsinkalar miometriyga chuqur kirib boradigan bo’lgani uchunbachadonni qirish bilan

destruksiyalovchi xorionadenomani yo’qotib bo’lmaydi, shuning uchun

kimyoviy terapiya usullaridan ham foydalanish zarur bo’ladi.

Xorionepitelioma


Xorionepitelioma gestasion xorion epiteliysidan yoki gonadalarning yarimpotensial hujayralaridan paydo bo’ladigan xavfli o’sma.

Osiyo va Afrika mamlakatlarida ko’proq uchraydi.

Takror tug`uvchi 20-40 yashar ayollarda kuzatiladi. Bu xavfli o’sma yelbo’g`ozdan (50 foiz hollarda), tug`ruq yoki abortdan keyin

bachadonda qolib ketgan yo’ldosh qoldihujayralaridan paydo bo’lishi

mumkin. Siydikdagi xorion gonadotropinini aniqlash diagnostik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Xorionepitelioma yumshoq,

g`ovaq qon singigan to’qima ko’rinishida ko’zga tashlanadi. o`sma

o’sib borar ekan, bachadon devorini yemirib, seroz pardasi tagida do’mpayib turadi. Bachadon kattalashib, shakli o’zgarib ketadi.

o`smako’p o’tmay turib jinsiy organlarga, so’ngra jigar,

taloq, o’pkaga metastazlar beradi.

Xorionepiteliomada ikki turdagi hujayralar ko’zga tashlanadi: kubsimon Langxans hujayralari va tartibsiz joylashgan noto’g`ri

shakldagi yirik sinsitial hujayralar. Bu o’smada uning o’z

stromasi, shuningdek tomirlari bo’lmaydi. q elementlari o’sma hujayralari to’dalari o’rtasidagi qonda o’sib boradi. Nekroz

o’chohujayralari, shuningdek o’sma hujayralarining

tomirlariga o’sib kirib, tomirlar devorini yemirib yuborganligi ko’zga tashlanadi. Xorionepitelioma aksari organizmga xuddi

homiladorlik paytida bo’ladigan o’zgarishlarga o’xshash

gormonal ta'sir ko’rsatib turadi.

SUT BEZLARI PATOLOGIYaSI
Sut bezlarida ro’y beradigan patologik jarayonlar juda har xil. Jumladan ularda rivojlanish nuqsonlari, distrofik o’zgarishlar,

yallig`lanishga aloqador o’zgarishlar (spesifik va

nospesifik), disgormonal, giperplastik va o’sma jarayonlari bo’lishi mumkin. Bulardan mastopatiya, mastitlar, o’smalar ko’p uchrab

turadigan patologiya jumlasiga kiradi.

Mastopatiya
Mastopatiya (kistoz kasalliq kistoz mastit, Reklyu kasalligi) sym bezida ro’y beradigan disgormonal giperplastik jarayon bo’lib

hisoblanadi. Tuzilishiga qarab mastopatiyaning har xil

xillari tafovut etiladi: kistoz, proliferativ, sklerozlovchi adenoz shular jumlasidandir.

Mastopatiyaning kistoz xili diametri 2-3 sm keladigan makrokistalar bo’lishi bilan ta'riflanadi. Ular aksari ko’p bo’ladi va sut

bezlarining ikkalasida ham topiladi (81-rasm). Bir

qancha kistalarning to’p bo’lib turishi noto’g`ri shakldagi yirik tuzilmalar hosil bo’lishiga olib keladi. Kistalar tiniq qo’ng`irnamo-sariq

yoki qon seliga o’xshash suyuhujayralik bilan to’lib

turadi. Ularning devori silliq, yaltiroq, ba'zan quyilgan qon uyushib, kista devorlarining qalinlashib ketishiga yoki kalsinozga

uchrashiga olib keladi. Kistani o’rab turadigan stroma

zich fibroz to’qimadan iborat bo’ladi.

Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganda bir muncha mayda kistalarning kubsimon yoki silindrsimon epiteliy bilan qoplanganligi

ko’zga tashlanadi. Bu epiteliy ba'zan ko’p qavatli bo’ladi

yoki so’rg`ichsimon o’simtalar hosil qiladi. Kistalar kattalashib borgani sayin ularni qoplab turgan epiteliy bir qadar yassi tortib,

atrofik bo’lib qoladi. Juda yirik kistalarda

epiteliy batamom yo’qolib ketishi mumkin. Kistalar devorida petrifiqatlar hosil bo’ladi. Kamdan-kam hollarda ayrim kistalar asidofil

sitoplazmasi yaxshi bilinib turadigan yirik

hujayralari bilan qoplangan bo’ladi. Bu hujayralarning yadrolari o’rtasida turadi. Ularning paydo bo’lishi apokrin metaplaziyaga

bog`liq deb hisoblanadi. Mastopatiyaning kistoz xilini

sut bezi rakidan ajratib olish oson, chunki u ko’pincha ikki tomonlama bo’ladi va kistoz tuzilmalarning ko’pligi bilan ta'riflanadi,

holbuki, karsinoma solitar tuzilmadan iborat

bo’ladi.

Lekin irsiy moyilligi bo`lgan ayollarda kistoz mastopatiya sut bezi raki paydo bo’lish ehtimolini oshiradi.

Proliferativ mastopatiya. Mastopatiyaning bu xili epiteliy, mioepiteliy va fibroepiteliyning zo’r berib proliferasiyaga uchrashi bilan

ta'riflanadi. Epiteliy proliferasiyasi

hujayralar atipiyasi bilan birga davom etib borishi mumkin. Mastopatiyaning bu xili 35-45 yashar ayollarda kuzatiladi. Makroskopik

jihatdan olganda mastopatiyaning boshqa xillaridan

deyarli farq qilmaydi. Epiteliy proliferasiyasi bir nechta turda bo’ladi. Ularning bir xilida (adenitda) bez epiteliysining

giperplaziyasi kuzatiladi, shunga ko’ra to’g`ri shakllangan

bez bo’lakchalarining soni ko’payib ketadi. Fibroepitelial proliferasiyada mayda sistadeno-papillomalar hosil bo’ladi. Bunda

kengayib ketgan bez yo’llarida bir necha qator

silindrsimon yoki kubsimon epiteliy bilan qoplangan har xil kattalikdagi biriktiruvchi to’qima so’rg`ichlari hosil bo’ladi.

Epiteliy proliferasiyasining boshqa turida bez yo’li bo’lakchasi va epiteliysi o’sib boradi. Ayni vaqtda bez yo’llari ichida hosil

bo’ladigan proliferatlar silindrsimon epiteliyning

monomorf, ba'zan ikki yadroli hujayralaridan iborat so’rg`ichlar, kribroz o’simtalar va solid maydonlar ko’rinishida bo’ladi. Solil

proliferatlardagi hujayralar qutbliligini

yo’qotib qo’yadi. Ularda mitoz shakllarini ko’rish mumkin, yadrolari har xil kattalikda, giperxrom bo’ladi. Ana shunday atipik

giperplaziyani bir qancha olimlar "sar in situ" joydagi rak yoki

rak oldi o’zgarishlari deb hisoblaydi.

Sklerozlovchi adenoz. Mastopatiyaning bu xili klinik ko’rinishlari va morfologik xususiyatlari jihatidan sut bezi rakiga ancha

o’xshash bo’lishi mumkin. Asosan 35-45 yoshlar orasidagi

ayollarda kuzatiladi. Bu o’sma sezilarli intralobulyar fibroz va bez mayda yo’llari va asinuslarining proliferasiyasi bilan ta'riflanadi.

Sklerozlovchi adenoz odatda bir


Kataloq: uum -> uum-patanatomy -> 3.amaliy-qism -> amaliy-mashgulotlar
uum -> Travmatologiya va ortopediyaning maqsad va vazifalari
uum -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
3.amaliy-qism -> Патогенез and factors of the risk? Makroskopicheskie types aterosklerozis change, their morphology? The Microscopic stages of ateroskleroz? Ateroskleroz aortas, morphological manifestations, complications? Ateroskleroz kidney artery
amaliy-mashgulotlar -> Жигар циррози, рак, Ўт-тош касаллиги
3.amaliy-qism -> Нафас системаси касалликлари
3.amaliy-qism -> Ўпка касалликларининг клиник белгилари ва патологоанатомик ўзгаришлари турли-туман бўлиши этиологик омилларнинг кўплигига, ўпка структур бирликларининг ўзига хослигига ҳамда касаллар ёшига боғлиқ

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə