1
O‘RTA ARIFMETIK
Sinfda bajariladigan topshiriqlar
1.
Sonlarning o‘rta anfmetigini hisoblang:
2.
Poyezd birinchi soatda 55 km, ikkinchi soatda 75 km yurdi. Poyezdning shu ikki
soatdagi o‘rtacha tezligini toping.
3.
Sayohatchi 4 soat 2,7 m/s tezlik bilan, so‘ng esa 5 soat 1,8 m/s tezlik bilan yurdi.
Sayohatchining o‘rtacha tezligi qancha?
4.
a) 8 va 10; b) 12 va 16; d)4 va 8 sonlarining o‘rta arifmetigini toping. Bu sonlarni
va ularning o‘rta arifmetigini sonlar nurida tasvirlang. Nima sababdan «sonlarning
o‘rta arifmetigi» atamasida «o‘rta» so‘zi ishlatilishi haqida o‘ylab ko‘ring.
5.
Ustaxonada 3 ta ishchi ishlaydi. Bir soatda birinchi ishchi 24 ta, ikkinchi ishchi 20
ta, uchinchi ishchi esa 28 ta detalga ishlov beradi. Ustaxona ishchilari mehnatining
o‘rtacha unumdorligi qancha?
6.
«Nasaf» tezyurar poyezdi Toshkentdan Samarqandgacha 3,2 soat 95 km/soat tezlik
bilan, Samarqanddan Qarshigacha esa 2,1 soat 90 km/soat tezlik bilan yurdi. «Nasaf»
poyezdining o‘rtacha tezligini aniqlang.
7.
Sonlarning o‘rta arifmetigini toping:
8.
a va 8,9 sonlarining o‘rta arifmetigi - 9,5 ga teng. a sonini toping.
9.
Amaliy ish. Tarozida 100 g no‘xat tortib oling. Undagi no‘xat donalari sonini
sanang. Bir dona no‘xatning o‘rtacha massasini toping.
10.
Konkida figurali uchish bo‘yicha qatnashgan Sohiba 5,3; 4,8; 5,4; 5,0; 5,3; 5,4;
5,3; 5,2; 5,1 baholar oldi. Sohiba olgan o‘rtacha bahoni toping.
11.
Katerning oqim bo‘yicha tezligi 18,6 km/soat, oqimga qarshi tezligi esa 14,2
km/soat. Katerning turg'un suvdagi tezligini va oqimning tezligini toping.
2
12.
14,12; 14,747; 14,96 va 14,58 sonlarining o‘rta arifmetigini toping va uni o‘ndan
birgacha yaxlitlang.
13.
Xo‘jalik besh yil davomida har yilda o‘rtacha 76,3 t qand lavlagi yetishtirgan.
Shu besh yil davomida xo‘jalikda hammasi bo‘lib necha tonna qand lavlagi
yetishtirilgan?
14.
Samolyot Toshkentdan Andijonga45 minut 800 km/soat tezlik bilan, Andijondan
Toshkentga esa 1 soat 15 minut 750 km/soat tezlik bilan uchdi. Samolyotning
o‘rtacha tezligini toping.
15.
Bir tomchi suvning massasini aniqlash uchun oldin stakanga 100 tomchi suv
tomizildi va uning massasi tarozida tortilib 62 g ekanligi aniqlandi. Agar bo‘sh
stakanning massasi 55 g bo‘lsa, bir tomchi suvning massasi qancha?
16.
Hadicha chorak davomida matematikadan quyidagi baholarni oldi: 5, 5, 4, 5, 4, 5,
5, 4. Uning chorak bo‘yicha o‘rtacha bahosini toping va uni birlar xonasigacha
yaxlitlang.
Uyda bajariladigan topshiriqlar
1.
Sonlarning o‘rta anfmetigini hisoblang:
2.
O‘n qadamingizning uzunligini o‘lchang va qadamingiz o‘rtacha uzunligini toping.
3.
Poyezd birinchi soatda 76 km, ikkinchi soatda 90 km, uchinchi soatda esa 80 km
yurdi. Poyezdning shu uch soatdagi o‘rtacha tezligi qancha?
4.
Bir soatda birinchi ishchi 56 ta, ikkinchi ishchi esa undan 16 ta ko‘p detalga ishlov
beradi. Bu ishchilar mehnatining o‘rtacha unumdorligi qancha?
5.
Ikkita sonning o‘rta arifmetigi 5,4. Ikkinchi son 7,8 bo‘lsa, birinchi sonni toping.
6.
Ikkita sonning o‘rta arifmetigi 6,2. Birinchi son ikkinchi sondan 1,5 marta katta
bo‘lsa, bu sonlarni toping.
7.
Amallarni bajaring:
((4 : 0,128 + 14628,25) : 1,011 -0,00008 + 6,84): 12,5.
3
8.
Avtomobil katta ko‘chadan 2,1 soat 90 km/soat tezlik bilan, so‘ng esa 3,8 soat tosh
ko‘chadan 40 km/soat tezlik bilan yurdi. Avtomobilning o‘rtacha tezligini toping.
9.
To‘rtta sonning o‘rta arifmetigi 8,9 ga teng. Boshqa 6 ta sonning o‘rta arifmetigi
esa 13,8 ga teng. Bu o‘nta sonning o‘rta arifmetigi qancha?
10.
Quyidagi rasmda qadim zamonlarda yashagan, dinozavrlar oilasiga tegishli
bo‘lgan stegozavrus va odam tasvirlangan. Rasmdagi ma'lumotlardan foydalanib,
stegozavrusning o‘lchamini aniqlang va uning bo‘yi odamdan taxminan necha marta
baland ekanligini toping.