O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari



Yüklə 58,79 Kb.
səhifə1/17
tarix23.05.2023
ölçüsü58,79 Kb.
#120920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
kurs ishi TArixiy O\'lkashunoslik Rajabov.SH (3)



Mavzu: O’rta asr shaharlari-Samarqand,Buxoro,Xiva,Toshkent tarixiy yodgorliklariga umumiy tavsif.
Reja:
Kirish……………………………………………………………..
I.Bob. O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari.
1.1. Samarqand tarixiy yodgorliklariga umumiy tavsif.
1.2. Buxoro tarixiy yodgorliklariga umumiy tavsif.
II Bob. O’rta asr shaharlari Xiva va Toshkentdagi tarixiy yodgorliklar haqida.
2.1. O’rta asrlarda Xivadagi tarixiy yodgorliklar
2.2. Toshkentdagi tarixiy yodgorliklarga umumiy tavsif.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. 0'zbek.iston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan o ‘z taraqqiyotining yangi davriga kirdi. Xalqimiz o'zining boy tarixiy, madaniy va ma'naviy merosiga ega bo‘ldi. Ming-ming yillik me’morchilik va shaharso'ilik tariximizni, hattoki borib ko'rish ta’qiqlangan arxitekturaviy yodgorliklarni nafaqat ziyorat qilishga, balki ularni o'rganishga va restavratsiya qilishga ham keng imkoniyatlar yaratildi. Vatanimizda qadim zamonlardan boshlab yaratilgan nodir me'moriy obidalarni, shaharsozlikning yaratilish tarixini, qurilish usullari va qoidalarini taiabalarga xolisona o'rgatish zamoni keldi. Samarqand shahrining 2750 yillik, Buxoro, Xiva va Termiz shaharlarining 2500 yillik, Shahrisabzning 2700 yillik, Toshkent shahrining 2200, Marg‘ilon shahrining 2000 yillik уubileylari nishonlandi. . Buyuk sohibqiron va atoqli davlat arbobi Amir Temur, jahonga mashhur yatandoshlarimiz Alisher Navoiyv Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy„ Marg'inoniy, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Nnjmiddin Kubro, Imom al-Moturdiy, Jalol liddin Manguberdi singari jahonga mashhur kishilarning qadamjolari mamlakatimizning bosh m e’mori - davlatimiz Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning tashabbuslari va rahbarliklarida zamonamizdan kelajak avlodga meros bo'lib qoladigan darajada restavratsiya qilindi, tubdan qayta qurildi va yangidan tiklandi. 2007-y ilda Islom madaniyatining poytaxti deb tan olingan Toshkent shahrida ulug'vor inshoot -- Hazrati Imom masjidi bunyod etildi.Mavzuning dolzarbligi shundaki mustaqillik sharofati bilan o'lkamiz qadimiy shaharlarining memoriy yodgorliklari o'rganilishi keng yo'lga qo'yildi. Yurtboshimiz tarixsiz kelajak yo'qligini, vatandoshimiz Abdulla Qodiriy ta’biri biian aytganda, moziyga qaytib ish ko‘rmoq kerakligini e’tiborga olib talaba yoshlarga – bo‘lajak quruvchi muxandislarga me’morchilik, shaharsozlik va qurilish tarixini, ularning sir-asrorlarini o ‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Ushbu darslik ana shu maqsadni ko‘zlab yaratilgan bo‘lib, yoshlarimizga me’morchilik sirlarini o ‘rgatishga qaratilgandir.Bu mavzu orqali men o'lkamiz shaharlari: Samarqand,Buxoro,Xorazm va Toshkentdagi o'rta asrlarda qurilgan ajoyib me'morchilik obidalari: madrasalar,masjidlar,karvonsaroylar,timlar va boshqalar haqida qisqacha malumotlar berib o'taman.Shuningdek bu memoriy obidalarning qurulish tarixi, qurulish arxitekturasi va boshqalar haqida ham qisman to'xtalib o'taman.

Yüklə 58,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin