O’rta Osiyo hududlarida IX-XVI asr boshlarida etnik va madaniy jarayonlarO
O’rta Osiyo hududlarida IX-XVI asr boshlarida etnik va madaniy jarayonlar.
* Eftallar davlati – ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati. V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftallar davlati O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, hozirgi Pokiston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o‘z ichiga olgan
* Amir (arabcha – “amr qiluvchi”, “boshliq”, “hokim”) – lashkarboshi, hokim, bek. Arab xalifaligi davrida
alohida qo‘shin qo‘mondonlari amir deb atalib, ular odatda zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlanganlar
* Fath (arabcha) – “egallash”, “zabt etish”, “bosib olish” ma’nosini beradi
* Iqto (arabcha) – chek, taqsimlab berilgan yer, hukmdor tomonidan katta xizmatlari uchun in’om qilingan chek yer
* Ushr (arabcha – “o‘ndan bir”) – idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq
* Jizya – Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i
* Zakot – mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq
* Xiroj – hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i
* Boj – o‘lpon, soliq. Bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga to‘lanadigan, shuningdek, shahar va qishloq bozorlarida savdogarlardan olinadigan maxsus to‘lov
* Budun – chorvador aholi
* Xoqon – buyuk hukmdor, podshoh, imperator
* Yabg‘u xoqon – xoqon urug‘idan bo‘lgan yurt hokimi
* Shod – o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni
* Yasoq – dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq
* Mustahkam markazlashgan davlat – bu barcha hududlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan idora qilinuvchi davlatdir
* Ixshid – viloyat hokimi
* Ko‘handiz (ark) – shaharning hokim qasri joylashgan qismi
* Rabot – shaharning tashqi mavzesi
* “O‘zbek” – qabila begi, hukmdor
* Dehqon (qishloq hokimi) – ilk o‘rta asrlarda mulkdor
tabaqa
* Kashovarz – ziroatchi oddiy qo‘shchilar
* Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram aholisi
* Chokar – dehqon mulkini qo‘riqlovchi, harbiy posbon
* Afrig‘iylar – Xorazmda IV–X asrlarda hukmronlik
qilgan xorazmshohlar sulolasi. Sulola asoschisi – Afrig‘.
* Burgut va lochin Xorazmning hukmronlik ramzlari
bo‘lgan
* Shahriston – shaharning ichki qismi
* Arkon – dindagi eng muhim vazifa, suyanchiq,
ma’muriyat
* Qam-shomon – Ko‘k Tangriga sig‘inuvchi yakkaxudolik dini
* Islom – “bo‘ysunish”, “itoat etish”, “o‘zini Alloh irodasiga topshirish” degan ma’nolarni anglatadi
* Muhammad Narshaxiy (899–959) – tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. “Buxoro
tarixi” nomli asarini yozib qoldirgan
* Masjid, machit (arabcha – sajda qilinadigan joy) – musulmonlar jamoa bo‘lib, namoz o‘qiydigan joy, ibodatxona
* Hadis (arabcha: rivoyat, naql) – Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning faoliyati va ko‘rsatmalari haqida to‘plangan ma’lumotlar yig‘indisi
* Tasavvuf (sufiylik) – musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi, har kimni o‘zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikka da’vat etuvchi ta’limot
* Shashmaqom – (forschada – olti va maqom) – o‘zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy o‘rin tutgan mumtoz kuy va ashulalar majmuyi
* Tamg‘a – savdo boji, savdogarlardan olinadigan soliq
* Fulus – misdan yasalgan mayda chaqa pul
* Akademiya – oliy ilmiy tashkilot
* Rasadxona (observatoriya) – osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino
* Sekstant – osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu – qaytargichli asbob
* Islohot – mavjud tartibni o‘zgartirish
* Farmon – qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq
* Qarluqlar – turkiy qabilalardan biri. Dastlab Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan
* Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola (821–873). Rasman abbosiylarga qaram hisoblangan. Sulolaga 821-yil Tohir ibn Husayn asos solgan
* Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub
ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: Ya’qub ibn Lays (873–879); Amr
ibn Lays (879–900)
* Xutba – juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo o‘qish, olqishlash
* G‘oziy – Haq din uchun kurashuvchi jangchi
* Madrasa (arabcha – o‘rganmoq) – musulmonlarning o‘rta va oliy o‘quv yurti
* Vazir – devonxona boshlig‘i, bosh vazir
* Ulamo – din olimlari
* Hojib – harbiy unvon
* Xonaqoh – g‘aribxona, musofirxona
* Rabot – o‘rtа аsrlаrdа аrаblаrning mustаhkаmlаngаn qаrоrgоhi. Dаstlаb g‘оziylаrgа mo‘ljаllаb qurilgаn mахsus binо. Kеyinchаlik rabot fаqаt qo‘rg‘оn, istеhkоm mа’nоsidаginа emаs, bаlki mеhmоnхоnа (kаrvоnsаrоy) mаzmunidа hаm tushunilgаn
* Karvonsaroy – kаrvоnlаr to‘хtаb, tunаb o‘tаdigаn rаbоt, sаrоy, mehmonxona. Savdo yo‘llari ustida va shaharlarda qurilgan
* Chig‘atoy ulusi – hokimiyat taqsimlanganda uning Chingizxon o‘g‘li Chig‘atoyga tekkan qismi.
Keyinchalik u Chig‘atoy davlatiga aylangan
* Qopchur – chorva mollari bosh sonining 2,5% miqdorida olingan soliq
* Kalon – hosilning 1/10 qismi hajmida olingan soliq
* Lavvohlik – lavha chizish
* Sahhoflik – qog‘ozni sahifalash va kitobni muqovalash
* “Samarqand akademiyasi” – 1004-yilda Xorazmda tashkil etilgan “Donishmandlar uyi”dan (Ma’mun akademiyasi) keyingi ikkinchi “Dor ul-ilm” edi.
* Akademiya – oliy ilmiy tashkilot
* Rasadxona (observatoriya) – osmon jismlari tadqiqoti
uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu
muassasa joylashgan bino
* Tariqat – tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash, ya’ni komil inson darajasiga erishishni ko‘rsatuvchi yo‘l
* Sekstant – osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu – qaytargichli asbob
* Begor – mahalliy aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, mudofaa va sug‘orish inshootlarini hamda yo‘l qurilish ishlarida ommaviy ishlab berish majburiyati, an’anaviy ommaviy hashar
* Yomlar – yo‘l bekatlari. Choparlar, yo‘lovchilar ot almashtiradigan joy. Yomda doimo otlar ulovga tayyor turgan
* Mulki devon – davlat yeri
* Mulki inju – hukmdor va noiblarga qarashli yerlar
* Mulk – xususiy yerlar
* Mulki vaqf – masjid va madrasa yerlari
* Etnik jarayon – kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida
qo‘shilib borishi
* Turkiston – turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka