O’rta Osiyoning qadimgi arxivlari tarixidan Reja: 1



Yüklə 191,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.10.2023
ölçüsü191,68 Kb.
#159227
O’rta Osiyoning qadimgi arxivlari tarixidan



O’rta 
Osiyoning 
qadimgi 
arxivlari 
tarixidan
O’rta Osiyoning 
qadimgi arxivlari tarixidan
 
Reja: 
1.
 
Arxiv — tarixning tilsiz guvohi 
2.
O’rta Osiyoda eng qadimgi arxivlarning vujudga kelishi
3.
O’rta asrlarda Movarounnahrda arxiv ishi
4.
Xonliklar davrida arxivlarning ahvoli
Arxiv qadim tarixdan bugungi davrimizning tilsiz guvohidir. Unda tarix va bugungi kun 
mujassamlashadi. Har bir sohaning o‘z taraqqiyot bosqichi bo‘lgani kabi arxivning ham 
paydo 
bo‘lishi 
qadim 
tarixga 
borib 
taqaladi. 
Moziyga nazar tashlasak, O‘zbekistonda arxivlarning paydo bo‘lishi bevosita uning uch 
ming yillik davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligiga amin bo‘lamiz. Qadimgi sivilizatsiya 
markazlaridan biri bo‘lgan O‘rta Osiyo hududida ilk davlatchilikning tashkil topishi 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotida aks etib ishlab chiqarish 
munosabatlarining rivojlanishi bilan uyg‘un bo‘lgan. Ma’lumki, yozuvning paydo bo‘lishi 
asta-sekinlik bilan arxiv ishining shakllanishiga ham olib keldi. O‘rta Osiyo arab xalifaligi 
tomonidan bosib olinishi va arabografik yozuv tizimiga o‘tgandan so‘ng, davlat boshqaruvi 
tizimini isloh qilish sharoitida an’anaviy saroy, diniy va shaxsiy arxivlar bilan bir qatorda 
idoralarda devonlar, kutubxonalar va madrasalarda ham hujjatlarni jamlash va saqlash 
rivojlangan. 
Bugungi kungacha saqlanib qolgan O‘rta Osiyo hukmdorlari arxiv hujjatlarida asosan 
ma’lum imtiyoz va mukofotlar berish to‘g‘risidagi 
yozuvlar
, soliqlarni yig‘ish to‘g‘risidagi 
to‘lov qog‘ozlar, iqtisodiy tusdagi turli xil yozishmalar va kamdan-kam hollarda hujjatlar 
nusxalari yoki boshqa ma’lumotlar aks etgan. O‘rta Osiyoda zamonaviy ma’nodagi 
mutaxassislar ishlaydigan alohida maxsus muassasa sifatida arxivning tashkil etish g‘oyasi 
faqatgina XXI asr oxirida aniqlangan. Shunday qilib, 1870 yildan boshlab viloyat 
kengashlari qoshida maxsus idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Maxalliy milliy muassasalar 
qozi va biy sudlari, mahalliy oqsoqollari faoliyati natijasida to‘plangan hujjatlar ish 
xonalarda 
saqlanar 
edi.
1919 yil 5 noyabr Turkiston Respublikasi Markaziy ijroiya Qo‘mitasi “Turkiston ASSRda 
arxiv ishini qayta tashkil etish va markazlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Ushbu 
huquqiy hujjatning qabul qilinishi arxiv hujjatlarini maxsus muassasa tomonidan tartibli 
jamlash va saqlash uchun zamin yaratdi. Mamlakatda arxiv ishini tashkil etishda tub 
o‘zgarishlar amalga oshirildi: sobiq davlat idoralari arxivlarini idoraviy arxiv sifatida 
tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va ilmiy, tarixiy, madaniy hamda ma’rifiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat mulki deb e’lon qilinib Turkiston Respublikasining 


Yagona 
Davlat 
arxiv 
fondiga 
topshirilishi 
belgilab 
berildi. 
O‘rta Osiyo respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi va 1925-1926 yillarda 
O‘zbekiston SSR tuzilishi bilan viloyat ijroiya qo‘mitalari huzurida hududiy arxiv byurolari 
tashkil 
etildi.
1930 yildan O‘zbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (O‘zMAB) vujudga keldi. 1931 
yilda O‘zbekiston YaDAJ bo‘limlari o‘rniga Markaziy arxiv (MA), O‘zbekiston Markaziy 
Tarix arxivi (O‘zMTA), 1943 yil 18 martda O‘zbekiston kinosurat-ovozli hujjatlar 
Markaziy Davlat arxivi, 1959 yil 5 iyunda arxiv ishi, Markaziy davlat arxivi va 
respublikaning markaziy va viloyat arxivlari tarkibiga O‘z KFFH MA kiritildi. 1962 yilda 
O‘zbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965 yildan O‘zbekiston Tibbiyot va texnika 
hujjatlari Markaziy davlat arxivi deb o‘zgartirildi) tashkil etildi. Arxivlar ishlarini 
uyg‘unlashtirish va boshqarish uchun 1959 yilda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida 
boshqarma tuzildi. 1961 yildan mazkur Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga 
aylantirilib, O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirildi. 1992 yil 19 iyulda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasarrufidagi 
Arxivlar unga bo‘ysundirildi. O‘zbekiston Respublikasida jami 103 davlat Arxivi bo‘lib, 
ularda 

mln.ga 
yaqin 
hujjatlar 
saqlanadi. 
O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayoti aks ettirilgan barcha Arxiv fondlarining 
majmui O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi deb hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat 
Arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, 
shuningdek davlat hokimiyati 
va boshqaruv organlarida
, prokuraturalar, sudlar, banklar, 
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, O‘zbekiston Respublikasining 
diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan Arxiv 
hujjatlari 
davlat 
Arxiv 
fondini 
tashkil 
etadi.
XX asrning 70-yillari boshlarida respublika arxivlari saqlovxonalarining hujjatlar 
sig‘imdorligi muammosiga duch keldi. Arxivlarning tarkibi va hujjatlarini qayta ko‘rib 
chiqish 
talab 
qilindi.
1973 yil 16 fevralda “Respublikada arxiv ishining ahvoli va uni yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 
qarori 
e’lon 
qilindi 

O‘zbekiston 
Milliy 
arxivi 
O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘z MA) 1958 yil 20 noyabrda Oktyabr inqilobi Markaziy 
davlat arxivi va Markaziy Davlat tarix arxivlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. 
Bu yerda IX asrdan 1917-yillardagi tarixiy davrga oid arxiv hujjatlari saqlanadi. 
Shuningdek, Turkiston ASSR, O‘zbekiston SSRning yuqori organlari va davlat boshqaruvi 
hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik davridan hozirgi kungacha bo‘lgan 
hujjatlar ham mujassamdir. Arxivda milliy tarixning turli 
davrlardagi davlat arboblari

siyosiy partiyalar, madaniyat, fan, jamoat tashkilotlarining shaxsiy fondlari ham mavjud. 
Arxiv fond hujjatlarining qariyb 1,8 million yig‘majildlari MAF hujjatlarini tashkil etadi, 
ulardan 
0,5 
mln. 
yig‘majildlar 
alohida 
qimmatli 
hujjatlardir.
2019 yil 20 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 
O‘zbekiston 
Milliy 
arxiviga 
aylantirilgan.
O‘zbekiston 
ilmiy-texnikaviy 
va 
tibbiy 
hujjatlar 
Milliy 
arxivi 
1962 yilda tibbiyot fanlari va amaliyotining to‘plagan tajribasidan to‘liq foydalanish uchun 
O‘zbekiston SSR Markaziy davlat tibbiyot arxivi sifatida tashkil etilgan va 1965 yilda 


ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari MDA deb nom olgan. Arxiv ilmiy-texnikaviy, 
tibbiyot, loyihalash, mahalliy ahamiyatga ega shaxsiy fondlarni saqlaydi. Bu yerda 
taxminan 0,3 millionga yaqin yig‘majildlar MAF hujjatlarini tashkil etadi.
2019 yil 20 sentyabrdan arxiv O‘zbekiston ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Milliy 
arxiviga 
aylantirilgan. 
O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi 1943 yilda tashkil topgan va 1959 yilda 
u O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivining kinofotofono hujjatlar bo‘limi sifatida qayta 
tashkil etilgan. 1974 yildan kinofotofono hujjatlari Milliy davlat arxivi deb nomlangan. 
Arxivda XIX asrning 60-yillaridan 
boshlab foto
, fono va kinohujjatlar saqlanadi. Bu yerda 
taxminan 0,3 millionga yaqin yig‘majildlar MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 44,0 
ming 
yig‘majildlar 
alohida 
qimmatli 
yig‘majildlardir.
2019 yil 20 sentyabrdan O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga aylantirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi 1925 yilda Qoraqalpoq Avtonom 
viloyatining arxiv byurosi, 1932 yildan Qoraqalpoq ASSR tashkil etildi. 1943 yilda 
Qoraqalpoq ASSR Markaziy arxiv boshqarmasi tuzildi. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi arxiv ishlari bo‘yicha hududiy boshqarma tizimiga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 10 ta viloyat davlat arxivlari, 3 ta idoralararo shaxsiy 
tarkib hujjatlari arxivi kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishlari bo‘yicha hududiy 
boshqarmasi tizimida davlat arxivlarining jamlash manbalarining umumiy soni 1326 
tashkilotni tashkil etadi. Bu yerda taxminan 0,5 millionga yaqin yig‘majildlar MAF 
hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 26,0 yig‘majildlar alohida qimmatli hujjatlar tarkibiga 
kiradi. 
Bugungi kunda yurtimizda arxiv ishini rivojlantirish, milliy arxivlarlar jamg‘armalari 
kataloglarini zamonaviylashtirish, arxiv ishi va hujjat ta’minoti sohasida kadrlar tayyorlash 
va mutaxassislar 
malakasini oshirish
, milliy arxivlar xizmatlari o‘rtasidagi aloqalarni 
qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, shuningdek, arxiv hujjatlarini saqlash borasida 
xalqaro aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Albatta, bu islohotlarning 
barchasi 
soha 
taraqqiyotiga 
xizmat 
qiladi. 
Arxiv juda keng tushuncha. Yuqorida aytganimizdek, u butun tarixni o‘zida qamrab oladi. 
Aytish joizki, arxivlar tom ma’noda o‘tmish va bugunimiz, o‘z o‘rinda kelajakni ham bir-
biri bilan bog‘laydigan muhim ko‘prik vazifasini bajarishda davom etadi.
Bugungi kunda har bir hududda yagona markaziy arxivning markazlashtirilgan yagona 
tizimini joriy etish hamda idoralardan hujjatlarni elektron shaklda jamlanishini ta’minlash 
sohadaga samarali natija beradi, bunda iqtisodiy samaradorlikni ko‘rishimiz mumkin. 
Arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi, jumladan ortiqcha vaqt, 
moliyaviy 
sarf 
harajatlar 
hamda 
korrupsiyani 
oldi 
olinadi.
Arxiv binolarining qurilishida tarixiy hamda zamonaviy arxitektura yo‘nalishidan 
foydalanish arxivlar qoshida muzey tashkillashtirishni keng joriy qilish o‘ylaymanki arxiv 
sohasida samarali natija beradi. Misol uchun Dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri 
Luver binosining qurilishida ham muzeydagi nodir durnolar bilan tinishish bilan birga 
binoning 
o‘zi 
ham 
inson 
qiziqishlarini 
oshiradi. 
Hozirgi kunda arxivlarimizda saqlanayotgan nodir hujjatlarimizni kelajak avlodga 
yetkazish shu bilan bir qatorda hujjatlarga zarar yetkazmaslik ularning elektron 


nusxalaridan foydalanilgan holda 3D muzeylarini tashkillashtirish arxivga tashrif 
buyuruvchilarga nodir hujjatlarimiz bilan tanishtirishga keng imkon beradi. 
Bugungi kunda ko’pgina tarixchilar va arxivshunoslar orasida Rossiya istilosiga qadar 
“O’rta Osiyo davlatlarida hyech qanday arxiv bo’lmagan” degan nuqtai nazar yashab 
keladi. Taniqli sharqshunos olim A. A. Semyonov 1922 yilda quyidagilarni yozgan edi: 
“Musulmon 
Sharqida
, umuman Turkistonda biz tushunadigan ma’nodagi arxivlarni 
tasavvur qilolmaydiar, negaki idoraviy ishlar nihoyatda boshqacha tarzda olib borilgan”. 
A. V. Chernov esa o’zining “SSSRda arxiv ishi va uni tashkillashtirish tarixi” nomli o’quv 
qo’llanmasida to’ppadan-to’g’ri 1917 yilga qadar “O’rta Osiyo davlatlarida hyech qanday 
arxiv 
bo’lmagan” 
deb 
yozadi. 
Yo’q, to’g’ri emas. O’rta Osiyoda qadimgi zamonlardan buyon arxivlar mavjud bo’lgan. 
O’rta Osiyoda qadimgi arxivlarning paydo bo’lishi bu yerda ilk davlatlarning vujudga 
kelishi hamda yozuvning tarqalishi bilan bog’liqdir. O’rta Osiyoda xo’jalikning rivojlanib 
borishi, davlatchilining shakllanishi natijasi o’laroq turli xo’jalik, soliq va yuridik 
hujjatlarning yaratila boshlandi. Ayni paytda bu hujjatlari ma’lum muddat davomida yoki 
doimiy ravishda saqlashga ehtiyoj tug’ildi. Natijada hujjatlarni saqlashga mutassadi 
bo’lgan shaxslar va muassasalar paydo bo’ladi. Bu muassasalar hozirgi kunda arxivlar deb 
ataladi. Demak, arxivlar O’rta Osiyoda qadimgi davrlarda ijtimoiy zarurat yuzasidan 
vujudga 
keldi. 
Arxivlarda saqlangan hujjatlar zamonlar o’tishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Agar 
dastlab arxiv hujjatlar bevosita xo’jalik va ijtimoiy hayotni yo’lga solish uchun xizmat 
vilgan bo’lsa, keyinchalik ular tarixiy jarayonni o’rganish uchun yozma manbalar sifatida 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
etdi. 
Afsuski, biz O’rta Osiyodagi eng qadimgi arxivlar haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz. 
Bizgacha yetib kelgan oz sonli yozma manbalarda ular haqida ma’lumot berilmaydi. 
Shuning uchun bo’lsa kerak, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek ayrim arxivshunoslar O’rta 
Osiyoda to Rossiya istilosiga qadar maxsus arxivlar bo’lmagan degan fikrlarni bildirganlar. 
Ammo, 
bu 
fikrlar 
haqiqatga 
to’g’ri 
kelmaydi. 
Avvalo shuni qayd etish kerakki, har qanday davlat hujjatlarsiz faolit ko’rsatishi amri 
maholdir. Shunday ekan, Ahmoniylar, Yunon-Baqtriya va Kushon davlatlarida 
zamonigacha kechgan davrda ham arxivlar bo’lgan, lekin ular bizgacha yetib kelmagan 
yoki hozirga qadar topilmagan. Bundan keyingi arxeologik tadqiqotlar jarayonida O’rta 
Osiyoda 
eng 
qadimiy 
arxivlarning 
topilishi 
ehtimoldan 
holi 
emas. 
Vatanimiz hududida qadim zamonlarda arxivlarning mavjud bo’lganligi 1948-1950 
yillarda Xorazmdagi Tuproqqal’a xarobasida S. P. Tolstov boshchiligida olib borilgan 
arxeologik qazishmalar paytida isbotlandi. Bu yerda milodiy III-IV asrlarga oid xorazm 
tilida 
yozilgan 
100 
ga 
yaqin 
hujjat 
topildi. 
Bu hujjatlar Xorazm podsholari arxiviga tegishli ekanligi aniqlandi. Ularning 18 tasi 
yog’ochga, ko’pchiligi oshlangan charmga yozilgan. Hujjatlarning 8 tasi yaxshi saqlangan. 
Hozirgi kunga qadar 100ga yaqin hujjatdan atigi 26 tasini olimlar o’qishga muvaffaq 
bo’ldilar. 
Tuproqqal’a arxiv hujjatalarining 2 guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga soliq 
hujjatlari kiradi. Ular yog’ochga yozilgan. Ikkinchi guruh (teriga yozilgan) asosan xo’jalik 
hujjatlari bo’lib, ularga podsho xazinasiga tushgan jarimalarning nomi, miqdori hamda 
qayerdan 
kelganligi 
yozib 
qo’yilgan. 
Shunday qilib, tarixiy faktlar O’rta Osiyoda arxivlar qadimgi zamonlardan mavjud 


bo’lganligini 
ko’rsatmoqda. 
O’rta asrlarda Movarounnahrda arxiv ishiIlk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida mavjud 
bo’lgan mayda davlatlarda arxivlar mavjud edi. Bu fikrni 1932-1933 yillarda hozirgi 
Tojikiston Respublikasi Panjikent nohiyasidagi Mug’ tog’ida joylashgan qadimgi qasr 
xarobalaridan topilgan so’g’d arxivi to’la tasdiqlaydi. Mug’ tog’idagi so’g’d arxivi deb 
ataluvchi bu majmua VII asr oxiri va VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni o’z 
ichiga oladi. Ular So’g’d podsholigiga tobe bo’lgan Panj hokimi saroyi hamda turli 
viloyatlar hokimlari va amaldorlarga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat. Arablarga 
qarshi kurash jarayonida Panj hokimi, bir muddat So’g’d podsholigi taxtiga da’vogarlik 
qilgan Divashtich o’z otryadi bilan Mug’ tog’ida joylashgan mudofaa qasriga chekingan. 
Shunda saroy hujjatlari ham bu yerga keltirilgan. 722 yilda arablar 
qasrni shturm bilan olib

uni buzib tashlaganlar. Hujjatlar vayron bo’lgan qasr ostida qolib ketgan va 1210 yil 
o’tgandan so’ng topildi. So’g’d arxivi hujjatlari yurtimizning ilk o’rta asrlar tarixiga doir 
g’oyat 
muhim 
ma’lumotlar 
beradi. 
Arab halifaligi hukmronligi tugatilgandan so’ng Movarounnahrda tashkil topgan 
Somoniylar davlatida arxivlar tashkil etiladi. Mashhur olim Abu Ali Ibn Sino o’z tarjimayi 
holida saltanat poytaxti – Buxoroda ulkan kutubxona-arxiv mavjud bo’lganligini qayd 
etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlatlarida
mo’g’ullar hukmronligi davrida, Temuriylar, Shayboniylar va Ashtarhoniylar zamonida 
ham arxivlar faoliyat ko’rsatgan. Lekin turli tabiiy ofatlar, istilolar hamda to’xtovsiz o’zaro 
urushlar oqibatida arxivlar va ularda saqlangan hujjatlar nobud bo’ldi, bizgacha yetib 
kelmadi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan 
eng qadimiy hujjatlar XIII va undan keyingi asrlarga doir vaqfnomalar hisoblanadi. 
Xonliklar davrida arxivlarning ahvoliBuxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining XIX asrgacha 
bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi bizgacha yetib kelmagan. Xonliklar hukmronligining 
so’nggi davri (asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlari) ga oid hujjatlar qisman saqlanib 
qolgan. 
1873 yilda chor qo’shinlarining Xivaga qilgan yurishida qatnashgan sharqshunos A. Kun 
xon saroyini tintuv qilish chog’ida 300 ga yaqin kitob (sharq qo’lyozmalari) va har xil 
hujjatlarni yig’ib oladi. Hujjatlar asosan xonning kirim va chiqimlari haqida ma’lumot 
beruvchi materiallar, diplomatik yozishmalar va bir qancha vaqfnoma hamda mulkiy 
yorliqlardan iborat edi. Xiva xoni arxivini o’rgangan A. Kun o’z vaqtida uning to’liq 
emasligini va hujjatlar asosan xonlik tarixining so’nggi davriga oid ekanligini qayd qilgan 
edi. 
Xiva xoni arxivi va kutubxonasini shoshilinch tarzda ko’rib chiqqan A. Kun ayrim 
hujjatlarni Rossiya Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyiga 
topshirish uchun tanlab oladi

qolganini esa general fon Kaufman imperatorning Sankt-Peterburgdagi Xalq 
kutubxonasiga (hozirgi Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasi) ga sovg’a qilib 
yuboradi. Shundan so’ng Xiva xonining arxivi hammaning esidan chiqdi. Ularni 1936 yilda 
eslatib o’tilgan kutubxonada tadqiqot ishlarini olib borgan sharqshunos olim P. Ivanov 
topdi. Ayni paytda P. Ivanov kutubxonaning qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan 
hujjatlarning bir qismi Qo’qon xonligiga tegishli ekanligini ham aniqladi. P. Ivanov 


tomonidan hammasi bo’lib turli kattalik va hajmdagi 120 ta daftar topildi. Hujjatlar 1822-
1872 
yillarga 
tegishli 
edi. 
Qo’qon xonligi arxivining taqdiri ham shunga o’xshashdir. Xudoyorxonning 1875 yilda 
Qo’qondan qochishi, yo’lda uning karvonini talanishi, Qo’qondagi xon saroyini 
qo’zg’olonchilar tomonidan talon-taroj qilinishi natijasida arxiv hujjatlarining asosiy qismi 
nobud bo’ldi. Uning saqlanib qolgan qismi esa Qo’qonni zabt etgan ruslar qo’liga o’tadi. 
General fon Kaufman Qo’qon xoni arxivining saqlanib qolgan hujjatlarini nomi yuqoriida 
zikr etilgan Sankt-Peterburgdagi kutubxonaga va qisman Toshkentdagi Xalq 
kutubxonasiga taqdim etadi. Keyinchalik Toshkent Xalq kutubxonasi ( hozirgi A. Navoiy 
nomli O’zbekiston milliy kutubxonasi) dagi barcha sharq qo’lyozmalari O’zbekiston 
Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondiga topshirilgan. Sankt-Peterburgdagi 
Saltikov Shchedrin kutubxonasining qo’lyozmalar fondidagi Qo’qon va Xiva xonliklariga 
tegishli arxiv hujjatlari 1962 yilda Toshkentga qaytarilgan va hozirgi kunda O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy arxivi fondlarida saqlanmoqda. Qo’qon xoni arxivi haqida tarixchi 
olima A. L. Troiskaya 1968 yilda “Katalog arxiva kokandskix xanov XIX v.” nomli 
kitobini e’lon qildi. Mazkur kitobda mingdan ko’proq hujjatlarning tavsifi keltirilgan. 
Qo’qon xonligi arxivi hujjatlarini o’rganish borasida t.f.d., prof. A. Nabiyevning xizmatlari 
kattadir. Buxoro amirligi arxivi haqida uzoq vaqt hyech narsa ma’lum emas edi. Faqatgina 
1931 yilning dekabrida Buxoro arkidagi suvab tashlangan yerto’lada arab alifbosida, fors-
tojik tilida yozilgan nomalar betartib xolda topildi. Dastlab bu materiallar Buxoro muzeyiga 
keltirilib, chek tarzida saralanadi va tartibga keltiriladi. 1937-1938 yillarda 77764 ta 
maktub O’zbekiston SSR Markaziy Davlat arxiviga o’tkaziladi va bu majmuaga Buxoro 
amiri 
Qushbegiisi 
fondi 
deb 
nom 
beriladi. 
Buxoro amiri Qushbegisi arxividagi hujjatlar XIX asr oxirlaridan to 1920 yilgacha bo’lgan 
davrga taalluqlidir. Ular orasida Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi bilan ichki va tashqi 
siyosiy masalalarga doir diplomatik yozishmalar, mansabdor shaxslarning joylardagi ahvol 
haqidagi xabarlari, soliqlar, xalq sayillarini o’tkazish, 
jinoyat-qidiruv
, dehqonlar 
qo’zg’olonlari, amirlikka olimlar, harbiylar, chet elliklarning kelishi, qo’shinlarning bir 
joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi, lavozimga tayinlash haqidagi yorliqlar va boshqa 
hujjatlarni uchratish mumkin. Fond majmualari orasida faqatgina Qushbegiga yuborilgan 
materiallar bo’lmay, qozikalon va amir xazinasini yurituvchi devonbegiga oid rasmiy 
hujjatlar ham mavjud.Buxoro amirligi arxivi ustida ishlash amirlikning XIX asr oxiri va 
XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda 
sharqshunos-olimlarning bir guruhi mazkur hujjatlarni o’rganish, tahlil etish, tarjima qilish 
va ilmiy muomalaga kiritish bo’yicha ish olib bormoqda. Xulosa qilib shuni aytish 
mumkinki, O’rta Osiyo hududida arxivlar qadimgi zamonlardan mavjud bo’lgan. Ammo 
turli sabablarga ko’ra bu arxivlarning ko’pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Biz hozirgi 
kunda Xorazm podsholari va So’g’d davlati arxivlarining ayrim hujjatlarini, shuningdek 
XVI-XIX asr vaqf hujjatlari hamda qisman XIX asrga tegishli Xiva, Qo’qon xonliklari va 
Buxoro amirligi arxivlariga mansub hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga egamiz. 

Yüklə 191,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin