O‘rtacha arifmetik qiymatlar va ularning xossalari
O‘rtacha arifmetik qiymatlar va ularning xossalari. Statistikada o’rtacha miqdorlarning xilma-xil turlari va shakllari mavjud. CHunonchi, agregat (nozohir shaklli) o’rtacha, o’rtacha arifmetik, o’rtacha geometrik, o’rtacha kvadratik, o’rtacha kubik, o’rtacha xronologik va h.k. shular jumlasidandir. Bular bilan bir qatorda taqsimot qatorlarida o’rtachaga o’xshash funktsiyani bajaruvchi o’rta miqdorlar (varianta qiymatlari) ham bor. Bular moda, mediana va turli kvantililardan tarkib topadi. Ular qatorning tartibli yoki davriy o’rta hadlari (miqdorlari) deb ataladi.
Arifmetik o’rtacha deb shunday ilmiy qoidaga asoslangan o’rtachaga aytiladiki, u bilan belgining ayrim qiymatlarini almashtirilsa, ularning umumiy yig’indisi o’zgarmasligi va to’plam birliklari soniga nisbatan proportsional taqsimlanishi zarur.
Arifmetik o’rtacha miqdor o’rtachalarning eng sodda va amaliyotda juda keng qo’llanadigan turidir. U o’rganilayotgan belgi to’plam birliklarida ega bo’ladigan ayrim miqdoriy qiymatlarini qo’shishdan olinadigan umumiy hosilaga (yig’indiga) hamda birliklar soniga asoslanadi. Agarda o’rtacha arifmetik miqdorni variatsion qator nuqtai nazaridan qarasak, u qator variantasining shunday o’rtacha qiymatiki, uni hisoblashda variantalar qiymatlarining umumiy yig’indisi o’zgarmas miqdor deb qaraladi va variantlar soniga nisbatan proportsional taqsimlangan deb talqin etiladi. SHu sababli o’rtacha arifmetik miqdorning taqsimot qatoridagi o’rni ayrim varianta qiymatlari undan teng ikki yoqlama tafovutda bo’lishi bilan belgilanadi.
O’rtacha arifmetik miqdor oddiy va tortilgan shakllarga ega.
Oddiy arifmetik o’rtacha o’rganilayotgan belgining ayrim miqdorlarini (ya’ni qator variantalari qiymatlarini) bir-biriga qo’shib, olingan yig’indini ularning soniga (ya’ni qator variantlari soniga) bo’lish yo’li bilan aniqlanadi:
(5.1)
Bu yerda: å - yig’indi belgisidir.
X – o’rganilayotgan belgining ayrim qiymatlar (qator variantalari)
N – ularning soni (qator variantlari soni)
Tortilgan arifmetik o’rtacha – o’rtalashtirilayot-gan miqdorlarni ularning to’plamda uchrashish soni bilan tortib olib hisoblangan o’rtachadir.
Agar X belgining n miqdorlari
x1, x2, ....., xn yoki xi ( )
mos tartibda
f1, f2, ....., fnyoki fi ( )
martadan kuzatilgan bo’lsa, o’rtacha arifmetik miqdorning umumiy ifodasi
(7.2)
bo’ladi. Bu tortilgan arifmetik o’rtacha formulasidir, bunda fi - o’rtachaning vazni deb ataladi.
Ayrim hollarda o’rtacha miqdorlar oraliqli qatorlar uchun guruhiy va umumiy o’rtachalarni aniqlash yo’li bilan, shuningdek nisbiy miqdorlar asosida ham hisoblanishi mumkin.
Buning uchun dastlab har bir oraliqli guruh uchun uning quyi va yuqori chegaralari yig’indisining yarmiga teng qilib guruhiy o’rtachalar hisoblanadi, so’ngra umuman qator uchun umumiy o’rtacha aniqlanadi.
Nisbiy miqdorlar qatori uchun o’rtachani aniqlash masalasiga kelsak, u holda o’rtacha miqdor mazmunan o’rtalashtirilayotgan nisbiy miqdorlar singari mantiqiy tuzilishga ega deb qaralgandagina bu masala to’g’ri yechilishi mumkin.