O’tkir Hoshimov "Uch xil odam" (hikoya)
Bayram hamma yerda bir xil tantana qilinadi. Ammo hammayam
bayramni bir xil nishonlayvermaydi... Ismoil to’rtinchi qavat
derazasidan tashqarini tomosha qilib turardi. Kasalxona hovlisi
gavjum. Ikki chetiga xonaki archalar ekilgan yo’lkadan ola xalat
kiygan bemorlar, bashang kiyingan kishilar tinmay o’tadi.
Qaerdadir birinchi qavatda, televizor qo’yilgan vestibyulda bo’lsa
kerak, tantanavor musiqasadolari yangraydi. Ikki bino oralig’idagi
gulzor atrofiga qo’yilgan o’rindiqlar tirband. Hov, chekkada
kasalxona atrofini o’ragan beton devor yonidagi bir tup yong’oq
soyasida, shundoq maysalar ustiga gazeta yozib er-xotin
o’tirishibdi. Erkakning egnida kasalxona xalati. Xotin atlas ko’ylak
kiyib olgan. To’rt-besh yoshlardagi bolakay qip-qizil pufagini
havoda silkigancha, ularning atrofida pildirab yuribdi. Er-xotin
unga ko’pda e'tibor berishmaydi ham, o’zlaribilan ovora.
"Sog’inishib qolganbo’lsa kerak, — deb o’yladi Ismoil xayolan
jilmayib. — Bugun shunaqa kun. Xotinlar eridan, erlar xotinidan
xabar oladi". Shu tobda u o’zining yolg’izligini bugun ham, ertaga
ham hech kim uni yo’qlamasligini o’ylab ko’ngli cho’kdi. Holidan
xabar oladigan xotini yo’q. Bola-chaqasi yo’q. Ota-onasiga esa
kasalxonaga tushganini xabar qilgisi kelmadi. Nima keragi bor
keksa odamlarni ovora qilib? Operatsiyaga yotishi kerakliginiaytsa
battar vahimaga tushishadi. Dashnoboddan Toshkentga kelib-
ketish osonmi? U noxush xayollarni quvish uchun ishxonadagi
do’stlarini o’yladi. «To’lqin ham kelmadi, kim biladi, balki
kechanavbatchilik qilgan bo’lsa, uyidauyquni urib yotgandir".
Navbatchilik qanaqa bo’lishini gazetachilar yaxshi biladi. Bitta
harf o’zgarishi bilan «shahar»«zahar"ga aylanib, baloga qolishing
hech gap emas...
O’sha kecha Ismoil ham navbatchi edi. Alla-pallagacha sahifa
o’qib qattiq toliqdi. Chanqab, muzdekkina sovuq choy ichganini
biladi. Oshqozonida shu qadar qattiq og’riq turdiki, changak bo’lib
qoldi. Tong-otarga yaqin to’ppa-to’g’ri shu yerga olib kelishdi.
Uning baxtiga professor Narimonov hali ketmagan ekan.Ismoil ikki
yilcha avval shifoxona haqida maqola yozgan, mana shu mashhur
jarroh bilan ham suhbatlashgan edi... Tekshirib ko’rishsa, dard
oshqozonda emas, o’t xaltasida ekan. Xaltachadagi tosh siljisa,
tiqilib qolib, yomon oqibatga olib kelishi mumkin ekan."Parvo
qilmang, — dedi professor , — bu murakkab operatsiya emas.
Ko’richakni kesgandek gap. Sizni o’zim«kesaman". Avvaliga
palatada muttasil anqib turadigan dori hidi, operatsiyadan yangi
chiqqan bemorlarning oh-vohiga ko’nikolmay yurdi-yukeyin
o’rganib qoldi. Endi o’zini ham «kesish"ga tayyorlab qo’yishdi.
Hozir bir ko’ngli pastga tushib, televizor ko’rgisi keldi-yu
tag’in«aynidi". Shu yerdan tashqarini kuzatishning o’zi tomosha
emasmi? Boyagi yong’oq ostida hamon er-xotin o’tirishar, xotin
oldidagi sumkasidan tuxum olib, eriga archib berar, bolakay esa
pufagini o’ynar edi. Yo’lakdan oq xalat kiygan uch hamshira o’tdi.
Har qaysisining qo’lida shoda-shoda nastarin. Qizlar nima
haqdadir qattiq-qattiq gaplashishar, xandon otib kulishardi. "Bu yil
nastarin ko’p bo’libdi, — deb o’yladi u qizlardan ko’z uzmay. —
Tahririyat xonasida biqinib o’tirib gulniyam unutib yuboradi
odam". Ismoil yana o’sha tomonga qaradi-yu yo’lakdan bir-biriga
suyanib kelayotgan ikki yigitni ko’rdi. Ulardan biri mast bo’lsa
kerak. Ko’ksiga lolaqizg’aldoq bosgancha gandiraklab qadam
tashlar, sherigi uni qo’ltiqlab olgan edi. "Shunaqa joygayam mast
bo’lib keladimi!» Ismoil ensasi qotib yuzini o’girdi. O’girdi-yu
birdan o’sha tomonga qaragancha seskanib ketdi. Yigitning
ko’ksidagi lolaqizg’aldoq emas, qon edi. Uning oppoq ko’ylagi
qizarib, yoqavayron bo’lib ketgandi.«Birov pichoq uribdi", deb
o’yladi, Ismoil vujudi muzlab. Yigitlar bir-birini suyagan ko’yi
deraza tagidan o’tib, bino tomon burilib ketdi. Ismoil yo’lakka
shoshildi. Sement zinalardan yugurgudek bo’lib, birinchi qavatga
— jarrohlik bo’limining qabulxonasiga keldi. Ostonasiga ho’l latta
tashlangan ochiq eshik oldida to’xtab ichkariga razm soldi. Boyagi
oq ko’ylakli yigitcha kushetkada ikki buklanib o’tirar, boshini
changallab nuqulso’kinar edi. Bemorning boshidan oqqan qon
ko’ylagini qizartirganini endi ko’rdi. Kalta yengli, katak ko’ylak
kiygan og’aynisi esa nima qilarini bilmay serrayib turar, rangi
o’chib ketgandi.
- Nega o’zidan o’zi senlarga butilka otadi?
Ismoil ichkariga mo’ralab, devor tagidagi stol qarshisida o’tirgan
do’xtirni endi ko’rdi. Bu— ko’zoynak taqib yuradigan rangsiz
jarrohning familiyasi Olimboev ekanini Ismoil bilib olgan, bemorlar
negadir undan cho’chishini ko’rib, hayron qolgan edi. O’zi yoshu
hamma undan qo’rqadi. Ismoil yana bemorga o’girilib qaradi-da
uning boshidan hamon qon oqayotganini payqadi.
- Bilmadim, — dedi katak ko’ylakli yigit kipriklarini gunohkorona
pirpiratib. — Ko’chada ketayotgandik. Birov avtobus derazasidan
shisha otdi. Shisha Anvarning boshiga tegdi. — U gapini
tasdiqlamoqchi bo’lganday bemorni barmog’i bilan ko’rsatdi.
Anvar ko’zlarini do’xtirga qadab, boshini changallagancha yana
so’kindi.
- Shunday qilib, shisha otdi degin? — Jarroh xotirjam o’tirgancha
ko’zoynagini yiltillatib bemorga qarab qo’ydi.
- Qiziq, — dedi ingichka barmoqlari bilan stolni chertib, — bitta
shisha shuncha qiladimi, a! Avval boshingga tegsa, keyin
yoqangni yirtsa, ko’ylagingni dabdala qilsa. Qo’lli-oyoqli butilka
ekan-da! Anvar labini yana ham qattiqroqtishlab, yig’lab yubordi.
U yelkalari silkinib baralla yig’lar, ovozi endi rasta bo’lgani
uchunmi, xunuk eshitilar edi. Katak ko’ylakli yigitcha esa nima
qilishini bilmay, bir unga bir do’xtirga qarab javdirardi.
- Xo’sh, sizga nima kerak? — dedi do’xtir birdan boshini burib.
Ismoil beixtiyor ichkariga kirib qolganini, jarrohning ko’zoynak
ortidagi tikandek o’tkir ko’zlari o’ziga tikilib turganini endi
payqadi.
- Nima sizniyam butilka bilan urishdimi?
Ismoil uning ovozidagi zaharxandani sezib, achchig’i chiqdi.
— Nega kalaka qilasiz? Ahvolini ko’rib turibsiz-ku, — dedi bemorga
imo qilib. — Bir odam najot kutib tursa-yu siz tergov qilsangiz?
Qanaqa do’xtirsiz o’zi?
— O’zingiz kimsiz? — Olimboevshoshilmay o’rnidan turdi. Ismoil
uning rangsiz yuzi yanada oqarib qirra burni qisilibketganini ko’rdi.
Bu bola kimingiz bo’ladi? — dedi ko’zoynak ortidagi mitti ko’zlari
chaqnab.
— Taniysizmi?
— Tanishim shartmi? — dedi Ismoil bo’g’ilib. — Kim bo’lsa ham
odam-ku, axir! Bemor-ku!
— Marhamat qilib xonani bo’shatib qo’ying. — Ismoil daf'atan
esankirab qoldi. Hech kim u bilan bunday qo’pol muomalada
bo’lmagan edi.
— Menga qarang, — dedi ovozi titrab. — Bemorga hoziroq yordam
ko’rsatmas ekansiz...«Feleton yozaman!» demoqchi bo’ldi-yu tilini
tiydi. U hech qachon feleton yozmagan, yozmoqchi ham emasdi.
Ammo birovning dardiga tomoshabin bo’lib turishni ham
xohlamasdi. — Ketmayman! — dedi bo’g’iq ovozda. — Najot kutib
turgan odamni so’roq qilishga nima haqqingiz bor? Prokurormisiz?
— Birovning ishiga aralashishgasizning nima haqqingiz bor? —
Olimboev shunday deb bemorgayuzlandi. — O’lmaydi. Jarohati
o’ladigan darajada emas. Birpas azobini tortsa bezorilik
qilmaydigan bo’ladi. Inqillamay o’tir, so’tak!
Ismoil qolishini ham, ketishini ham bilmay ikkilanib turib qoldi.
Do’xtirining buyrug’i bilan xonaga hamshira kirdi. Bemorning
boshini tekshira boshladilar.
— O’n sakkizinchi palatada bitta joy bo’sh, — dedi Ismoil. —
Yonimdagi cholga bugun javob tekkan.
Olimboev ko’zoynak ortidan«Haliyam shu yerdamisan» degandek
istehzoli qarab qo’ydi.
— Joyingizga boring!
* * *
Ismoil yig’i tovushidan uyg’onib ketdi. Boshini ko’tarib Anvarning
karavotida, oyoq tomonida o’tirgan xotinni ko’rdi.
Kecha Anvarni shu palataga olishganida Ismoil «Gapim
Olimboevga ta'sir qipti-da", debo’ylagan edi. Keyin bilsa,
boshqajoy yo’qligi uchun yigitchani shu yerga kiritishgan, miyasi
chayqalgan-chayqalmaganini aniqlash uchun ikki kunga olib
qolishgan ekan. Kechqurun hammana shu chigirtkadek ozg’in,
qop-qora xotin Anvarning oldiga kelib ketgan edi. U tomirlari
bo’rtib ketgan ozg’in qo’llari bilan yuzini to’sgan ko’yi o’ksib-o’ksib
yig’lar, o’g’lini koyir edi.
— Otangning kuydirgani yetmasmidi, juvonmarg! Endi sen
bormiding, yergina yutkur! Ishlamasang, o’qimasang. Ajalning tig’i
parroniga uchragur otang topganini ichsa!Hah, peshonaginam
qursin-a...
Ismoil uning ozg’in yelkalariga ingichka qo’llariga qarab rahmi
keldi. Balki yagona umidi shu o’g’lidandir. Anvar sallaga o’xshab
bint bilan bog’lab tashlangan boshini devor tomonga o’girib yotar,
indamas edi.
— Hah, peshonaginam qursin! — dedi ayol yana iztirob bilan.
Anvar yotgan joyida jerkib berdi:
— Ko’p vaysayvermang!
Ismoil uh tortib o’rnidan turdi. Ayol kaftini tushirdi-yu yoshli
ko’zlarini unga tikdi:
— Sizniyam uyg’otib yubordikmi?
— Ziyoni yo’q, — dedi Ismoil karavot tepasidagi sochiqni
olibtashqariga chiqarkan.
Uning ketidan Anvarning onasi ham chiqdi. Uch-to’rt qadam
yurmasdan yetib olib Ismoilning qo’lidan ushladi.
— Nasihat qiling, o’rgilay, — dedi muhim bir sirni aytayotganday
pichirlab. — O’rtoqlari o’lgur yomon... Uchtasini yerga qo’yib,
topgan bolam shu. Kechki maktabda binoyiday o’qib yuruvdi.
Bozor-o’charimni birpasda qilib keladi.Oyog’idan o’t chaqnaydi.
Otasining ichishini maktabdagi o’rtoqlari yuziga solgan ekan,
o’qishni tashlab ketdi. .. Shu odam bo’lsin deb ko’cha supuraman.
— Ayol yelkasiga tashlab olgan xalatining etagini qayirib, burnini
artdi.
Ismoil birovning ko’z yoshiga toqat qilolmasdi. Hozir ham
tomog’iga iliq bir narsa tiqilib, ko’ngli buzildi.
— Kuyunmang, xolajon, — dedi xo’rsinib. — Anvar hali yosh. Yo’lini
topib ketadi.
— Esli yigit ko’rinasiz., — ayol yana yig’lamsiradi. — Nasihat
qiling, Xudoyo baraka toping.
— Xo’p, — dedi Ismoil yutinib, — albatta aytaman. O’zim ishga
joylab qo’yaman.
Ismoil yuvinib kelganda, Anvar tumbochka ustida turgan
stakandagi choyga qand solib, qoshiq bilan aylantirib o’tirardi.
— Choy iching, — dedi u do’rillab.
"Yosh bola, — deb o’yladi Ismoiluning yonib turgan ko’zlariga, hali
ustara tegmagan mo’yloviga qarab. —Hali go’dak-ku, bu! Yo’lga
solish kerak".
— Rahmat. — Bir zum o’ylanib turdi-da, so’radi: — Nega
urishding?
— Qiz talashdik, — dedi Anvar hamon qoshiqni aylantirarkan,
axmoqlarcha iljayib.
Ismoil bu yoshdagi bolalarga nasihat yoqmasligini bilar, shuning
uchun kechadan beri nima voqea ro’y berganini surishtirmagan
edi.
— Qiz seni yaxshi ko’rsa, talashishning nima keragi bor! — dedi u
iloji boricha tabiiy gapirishga urinib.
Anvar yana boyagiday iljaydi:
— Tanimayman o’zini!
— Tanimasang nega talashasan?
— Ie, qiz bo’lgandan keyin talashadi-da.
— Endiyam talashsang kaltakning bundan kattasini yeysan!
Ismoil uning boshidagi qon dog’i qotib qolgan «salla"ga imo qildi.
— Bu safar oson qutulibsan!
— Menmi?! — Anvar tumbochkani shu qadar zarb bilan
mushtladiki, tagida ozginachoy qolgan stakan zirillab ketdi. —
Endi kaltakni boshqasiyeydi. Qonini ichaman!
Ismoilni operatsiya stoliga yotqizishlari bilan tepasida Olimboev
paydo bo’ldi. Uning og’zi-burni doka niqob bilan to’silgan, faqat
yiltirab turgan ko’zoynagining o’zi qolgan edi. Ismoilning yuragida
qo’rquv aralash shubha uyg’ondi. Uni prfessor Narimonov
operatsiya qilishi kerak edi-ku!
Olimboev uning ko’nglidan o’tganini sezgandek boshiga egildi.
— Domla sanaviatsiyada Navoiyga uchib ketdilar. Og’ir kasal bor
ekan. — So’ng mitti ko’zlari qisilib kulimsiradi. — Qo’rqmang,
operatsiyangiz murakkab emas. Uzog’i bilan birhaftada oyoqqa
turib ketasiz.
Ismoil taqdirga tan berishdan boshqa iloji qolmaganini bilib,
ko’zini yumdi. Rostini aytganda,endi unga baribir edi.
— Bilasizmi, do’stim, — dedi Olimboev uning boshiga egilib. —
Meditsinani eng insonparvar kasb deyishadi. Ammo jarrohlikda
shafqatni yig’ishtirib qo’yish kerak. Bo’lmasa jarrohning qo’li
qaltiraydigan bo’lib qoladi... Gumanizm — sizlarning soha.
Bir necha lahzadan keyin shunday jimlik cho’kdi-ki, Ismoil o’z
yuragining urishini o’zi eshitayotgandek bo’ldi...
* * *
Insonning doimiy hamrohi xayol bo’lmaganida odam nihoyatda
qashshoq bo’lib qolarmidi... Ismoil oppoq shiftga muttasil tikilib
yotgan uch kun mobaynida o’sha beadad xayollar uni tark
etmadi.Operatsiyadan keyin qornida paydo bo’lgan og’riq azob
berganida ham, osma ukol tagida yotib, ikki kun tuz totmaganida
ham o’sha xayollarbilan ovundi. O’zlarining qishloqdagi
chorbog’da bo’lgan to’yni esladi. Har gal qishloqqa borsa, uning
huzuriga iymanibgina chiqadigan, sog’inib ketganini qulog’iga
shivirlab aytib, unsiz yig’laydigan xotini Shohidaningrangpar,
ammo ko’rkam yuzi, quralay ko’zlari tasavvurida jonlandi.
Ismoil uchinchi bosqichni bitirgandan keyin ota-onasi ko’zimiz
tirikligida ko’rib qolaylik, deb uning to’yini o’tkazishgan edi. U
Toshkentda yurganida hech kimni chandon yaxshi ko’rmagani
uchun, qo’shni qishloqning eng suluv qizini olib beramiz de-
yishganlarida ko’nib qo’ya qolgandi. Avvaliga Shohidani yaxshi
ko’radimi-yo’qmi o’zi ham bilmay yurdi. Faqat xotini vafot
etganidan keyin uni yaxshi ko’rishini, jonidan ortiq sevishini his
qildi.
Shohidaning yuragi tug’ma«porok» ekan. Do’xtirlar unga tug’ishi
mumkin emasligini aytishsa ham Ismoildan yashirib yuraveribdi.
Ona bo’lishni xohlamaydigan ayol bormi? Ustiga ustak qishloq
tug’ruqxonasi.
...Ismoil uning azasiga yetib bordi. Ham suygan ayoli, ham yulduz
ko’rmay jon bergan begunoh chaqaloqdan judo bo’lish og’ir ekan.
Shundan keyin, Ismoil qishlog’iga qaytib bormadi. Yuqori
bosqichda o’qiyotganida amaliyotda qatnashgan gazeta
tahririyatidaeng «kichik» lavozim — musahhih yordamchisi qilib
ishga olinganiga rahmat dedi... Daraxt bir yerda ko’karishi rost
ekan. Bora-bora gazetaning yetakchi xodimlaridan biriga aylandi.
Jurnalistning qattiq noni, goho kecha-kunduz tinim bilmay ishlash
unga yoqar, to’g’rirog’i, yarasining eskirishiga yordam
berayotgandek edi...
Kecha hamkasblari ko’rgani kelishganida o’zining behalovat
hunarini qattiq sog’inganini his etdi. Erta-indin o’ziga javob
berishlarini, tag’in ishga sho’ng’ib ketishini o’ylab taskintopdi.
So’ng Anvarga ishga kiritib qo’yaman, degani esiga tushib,
hamshiradan turar joyini yozib oldi. Bitta-bitta yurib hovliga
chiqdi. Ikki chetiga archalar ekilgan yo’lkadan ohista yurib ketdi.
Quyosh hali botgan, ammo havotund, ko’ngilni g’ash qiladigan
bulutli oqshom edi. Hovlida odam siyrak, aftidan yomg’ir yog’sa
kerak, namxush shamol esib turardi. U yo’lkaning oxiriga borib,
orqasiga burilgan edi, tanish ovozni eshitib to’xtab qoldi.
— Qo’y deyman, joyiga! — dedi o’sha ovoz. Keyin qo’pol qilib
so’kindi. — Qo’y bo’lmasa, abjag’ingni chiqarib tashlayman,
onangni...
Ismoil ovoz chiqqan tomonga — kasalxona devori yonidagi
yong’oq tagiga qaradi-yu davra qurib o’tirgan bir to’da odamlarni
ko’rdi. Yo’q, bular bemor emasdi. Ismoil sinchiklab qarab,
maykachan bo’lib olgan Anvarni ko’rdi. U o’tirgan joyida yonidagi
yigitning qizil ko’ylagiga yopishib olgan, yigit o’rnidan turmoqchi
bo’lar, Anvar qo’yib yubormas edi.
"Qayoqdan kiribdi bular! — deb o’yladi Ismoil o’sha tomonga
yurarkan, keyin tushundi. — Devor oshib tushgan".
U yetib borguncha qizil ko’ylakliyigit o’rnidan turdi. Anvar ham
uning yoqasiga yopishgancha turib ketdi.
"Ahmoq — deb o’yladi Ismoil ichida Anvarni koyib, — yana janjal
boshlayaptimi?»
U yaqin kelib, maysa ustidagi sochilib yotgan mayda-yirik aralash
pullarni ko’rdi. Nariroqda ikkita araq shishasi dumalab yotar,
davradagi to’rt erkak bamaylixotir sigaret tutatib, Anvar bilan qizil
ko’ylakli yigitning janjalini kuzatar, ammo ajratib qo’yay demasdi.
"Ablahlar! Kap-katta odamlar yosh bolalarni urishtirib tomosha
qilib o’tirsa!". U qorni og’riy boshlaganiga qaramay qadamini
tezlatib keldi-da, Anvarning bilagidan ushladi.
— Qo’yvor! — dedi sekin, ammo qat'iy qilib.
Anvar yarq etib qaradi. Uning rangi o’chib ketgan, harsillar, ammo
raqibini qo’yib yubormasedi. Qizil ko’ylakli novcha yigitning ham
rangi gezarib ketgan, bir og’iz ham gapirmay yulqinar, Anvarning
changalidanchiqmoqchi bo’lar edi.
— Pulni yutib olib, endi qochadimi? — qichqirdi Anvar tupuk
sachratib.
— Qo’yib yubor! — dedi Ismoil qat'iy qilib. — Kim senga qimor
o’ynasin dedi
Ismoil bir qarashdayoq Anvarning ko’zlarida sovuq o’t yonib
ketganini sezdi. Lekin e'tibor bermadi. U hech qachon qimor
o’ynamagan, poezddami, boshqa joydami, shunday davrani
ko’rsa, chetlab o’tar, bu o’yinning qoidalarini ham, yovvoyi zavqini
ham bilmas, tanolishni xohlamas edi.
Yerda o’tirganlardan biri, mast bo’lsa kerak qiyqirib kuldi.
— O’qituvching zo’r-ku, Anvar!
Anvar shuni kutib turganday Ismoilga o’shqirdi.
— Xo’jayinmisan menga?!
Ismoilga uning sensirashi alam qildi. Chigirtkaday ozg’in, qon
qaqshab yig’layotgan ayol ko’z oldiga keldi-yu yuragi ezilib ketdi.
— Kallang ishlaydimi, ahmoq! — dedi bo’g’ilib. — Nima deb
kelishgandik sen bilan!
Anvar hamon raqibiga yopishgan ko’yi xirilladi:
— Bor-r-re, onangni!...
Ismoil o’zini tutolmay qoldi. Anvarning yuziga tarsaki tushirdi.
Sekin, ayab...
Kutilmaganda Anvar uning qorniga shu qadar zarb bilan musht
tushirdiki, Ismoilning ko’zidan o’t chaqnab ketgandekbo’ldi.
Biqinida chidab bo’lmas og’riq uyg’onib, hamma yoqni zulmat
qopladi-da, gursillab yerga yiqildi.
U ko’zini ochganida eng avval bir juft yaltiroq narsani ko’rdi.
Sinchiklab qarab, bu ko’zoynak ekanini, boshida Olimboev
engashib turganini angladi. So’ng tag’in o’sha tanish jarrohlik
stolida yotganini, atrofini oq libosli odamlar o’rab olganini ko’rdi.
Olimboevning yupqa lablari qimirladi. Ismoilning hamon guvillab
turgan qulog’iga uning ovozi uzoq-uzoqdan eshitilgandek bo’ldi.
— Xavf o’tdi!... Qo’rqmang, do’stim, tuzalib ketasiz. Faqat bu gal
ko’proq yotasiz... — bir zum sukut saqlab, qo’shib qo’ydi. —
Gumanizm yaxshi narsa... Faqat bilgan odamga...
Dostları ilə paylaş: |