O`zbek tilinig izohli lug`atida soha terminlarni berilishi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix31.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#60222
O`zbek tilinig izohli lug`atida soha terminlarni berilishi



o`zbek tilinig izohli lug`atida
soha terminlarni berilishi


Reja

1, Terminlar

2, Terminologiya

3, , terminologik lug’atlar



"Terminlar fan - texnika, adabiyot, san'at va boshqa
sohalarga oid ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha
bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan
nominativ birliklardir. Masalan: gulkosa, shona
(Botanikada); to'tburchak, kvadrat (Geometriyada); 
ega, kesim (Tilshunoslikda); qofiya, turoq, bvazn
(Adabiyotshunoslikda) kabi"


Termin o’ziga xos tizim sifatida 1993-yildan boshlab
o’rganila boshlangan. Va bu yo’alishning asoschisi D.S 
Lottedir. Shuningdek, A.A Reformatskiy va yana boshqa
olimlarning bu sohadagi hissalari beqiyos ekanligini
alohida ta’kidlashimiz joiz. Hozirgacha terminologiya
sohasida olib borilgan tadqiqotlarni quyidagi
yo’nalishlarga bo’lish mumkin:


Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb
masalalaridanbbo'lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug'aviy
qatlamlaridagi o'rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun -
mohiyatini to'g’ri anglash imkonini beradi.
Ko’pincha, termin va nomenklatura tushunchalari o’zaro
farqlanmasdan qo’llanadi. Shuning uchun ushbu o’rinda yo’l-yo’lakay
nomenklaturaga ham munosabat bildirishga to’g’ri keladi. 
Nomenklatura (lotincha – nomenclatura "ro’yxat") – ilm-fanning turdosh
(tipik) obyektlari nomi. Agar termin umumiy
tushunchani ifodalasa, nomenklatura xususiy tushunchani ifodalaydi. 
Masalan, ta’lim muassasalari turlari, o’quv-didaktik jihoz va shu kabilar
nomlari nomenklaturalardir.


“Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb 
qayd etishadi.. Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so’z va
iboralarnigina emas, barcha uy-ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab
chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarnigina emas, balki o’tmishdagi
ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kasb-hunarga oid so’zlarni
ham kiritadilar. Agar masala shu taxlitda qo’yiladigan bo’lsa, har bir konkret
predmet nomini termin deb atash lozim bo’lar edi. Gap terminnning aniq bir
ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar
leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo’q, termin har
qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy
tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga
keladi”.


Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi
ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-
predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida
emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani
ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli
bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.


Atamalarning son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuiy guruhlarga
bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish
to’g’ri bo’ladi:
1 Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
2 Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun
tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, 
sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, atamalarini sportning barcha
turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, 
magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu
gaplarni aytish mumkin.


Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuiy guruh
doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan
fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi
mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, 
kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki
kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi
kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday
holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida
kuzatish mumkin.


Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birorta ham til
yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri
keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash
uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo
shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan
foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb 
yozadi ingliz tilshunoslaridan biri.


Terminologiya hajmi va ko’lami jihatidan tilshunoslikning katta bo’limi yoki
qismi bo’lganligi uchun ham uni tadqiq qilish tadqiqotchidan katta ma’suliyat
e’tabor talab etadi. Umuman olib qaraganda, terminologiya tilshunoslikka
aloqador bo’lgan bo’lim balki, uni deyarli barcha sohalarda uchratish
mumkin. Faqat u barcha sohalarda turlcha talqin etiladi yoki talqin etilmaydi. 
Dastlab, terminologiya deyarli sohalarga bo’lib o’rganilmagan, shunchaki
qaysi sohadagi termin bo’lsa o’sha soha kishilari uchun tushunarli bo’lgan. 
Keyinchalik, ularni ma’lum tizimga solish, terminologik lug’atlar yaratish avj
oldi. Bugungi kunga kelib lug’atlarning bir necha turlari mavjud: harbiy
atamalar lug’ati, tibbiyot atamalari lug’ati, adabiyotshunoslik atamalari
lug’ati va boshqalar.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin