Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 160,61 Kb.
səhifə1/2
tarix29.12.2021
ölçüsü160,61 Kb.
#48521
  1   2
1-MI


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

Fakulteti : 414-20 guruh talabasi :Eshbo’riyev Rustambekning



Kiberxavfsizlik asoslari fanidan

1-Mustaqil ishi.

Jurnal raqami:6

Mavzu: Biometrik parametrlar asosida autentifikatsiyalash



Bajardi : Eshbo’riyev R.

Tekshirdi : Botirov F.

TOSHKENT – 2021

Reja:


  1. Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash.



  1. Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi



  1. Yuzning tuzilishi va ovoz bo'yicha autentifikatsiyalovchi tizimlari.



  1. Ovoz va Ko'z yoyi to'r pardasining shakli bo'yicha autentifikatsiyalash tizimlari.



  1. Xulosa.



  1. Foydalanilgan adabiyotlar

1.Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash.

Biometriktizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametrik sifatida barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaningdaktiloskopik tizimi). Bu tizimlar XX asrning 60- yillarida kirib kelgan bo’lib, jinoyat ishlari bilan shug’ullanuvchi organlar foydalangan.

Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo’yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.

Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi ro’yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida skanerlashning bir necha variant amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir– biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.

Hozirgi kunda 3xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud:

optik nurlar orqali barmoq izini olish(FTIR ya’ni optik qurilmalar);

yarim o’tkazgichlar orqali(termoskanerlar);

ultratovushlar.

Bularning barchasi bir xil prinsipda ishlaydi ya’ni bir xil matematik algoritmlar va olingan natijalarni bir biri bilan solishtirish. Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi(1.4-rasm). Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendentsiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo’llashning yangi sohalarini ochadi.

Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, xulqining xususiyatlarini o'lchash orqali foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.

Biometrik autentifikatsiyalash usullari an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:

-biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi yuqori;

- biometrik alomatlarning sog'lom shaxsdan ajratib bo'lmasligi;

- biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi.

Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik algoritmlar quyidagilar:

•barmoq izlari;



• qo'l panjasining geometrik shakli;

• yuzning shakli va o'lchamlari;

ovoz xususiyatlari;

• ko'z yoyi va to'r pardasining naqshi.

Iste'molchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:

xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-reject rate);

xatolik tasdiqlar koeffitsienti FAR (false-alarm rate).

Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo bo'ladi (odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo'ladi (odatda FAP qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi). Bu ikkala koeffitsient bir biri bilan bog'liq: xatolik inkor koeffitsientining har biriga ma'lum xatolik tasdiq koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala parametri nulga teng bo'lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga to'g'ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini aniqlovchi xatolik tasdiqlarning istalgan koeffitsientiga erishiladi.

2.


Yüklə 160,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin