O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qaroriga asosan institutimizda ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko’rsatish maqsadida vazirliklar, uyushmalar, boshqarmalar, korxona va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda ishlab chiqarish hamda ta’lim integrasiyasi amalga oshirilib kelinmoqda.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi Nazarov Umarali Abduvaxabovich tomonidan tayyorlangan “Turli xil quvurlardagi gazli aralashmalarda zarbali va detonatsion to’lqinlarni sonli tekshirish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo’yicha doktorlik (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi bo’yicha tadqiqot natijalari aprobatsiyadan o’tkazilgan.
Yuqoridagilarga asosan U.A. Nazarovning yakunlangan fizika-matematika fanlari bo’yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilishi uchun olingan ilmiy natijalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazida Davlat ilmiy texnika dasturi doirasida bajarilgan № BV-M-F4-001 «Murakkab issiqlik va modda almashinuviga doir ko’p o’lchovli masalalarning matematik modellari va taqsimlangan samarali hisoblash algoritmlari» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. Ushbu markaz tomonidan berilgan dalolatnomani tasdiqlab berishingizni so’raymiz.
Dissertatsiya natijalaridan fundamental loyihada foydalanilganligi yuzasidan berilgan dalolatnoma nusxasi xatga ilova qilinadi.
Ilmiy ishlar va innovasiyalar
buyicha prorektor E.X. Isakov