O’zbekiston Respublikasi budjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari



Yüklə 19,65 Kb.
tarix14.05.2022
ölçüsü19,65 Kb.
#57921
budjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari


O’zbekiston Respublikasi budjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari.

O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari (budjet xarajatlari) Davlat budjetining daromadlari mamlakat YAIM ini taqsimlash va qyta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biridir. Ular huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli bo‟lgan daromad va jamg‟malarning bir qismini budjetga o‟tkazilishi natijasida vujudga keladi. Bunday daromadlarning moddiy buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‟lari tashkil etadi. Bu moliyaviy kategoriyaning namoyon bo‟lishi shakli budjetga borib tushivchi turli soliqlar, to‟lovlar, yigimlar, bojlar va ajratmalardan iborat. Miqdoriy jihatdan davlat budjetining daromadlari yaratilgan YAIM da davlatni ulushini ko‟rsatadi. Ularning absolut hajmi va salmog‟i mamlakatning YAIM ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat budjetida mablaglarni konsentratsiya qilish miqdori va ularni undirishning shakl metodlari aniqlanadi. Davlat budjetining daromadlari o‟zlarining manbalari ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkichilik shakli, soliq va to‟lovlarning turi, mablaglarning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo davlat budjetining daromadlari o‟zlarining manbalariga ko‟ra quyidagi 3 guruhga bo‟linadi; - soliqli daromadlar; - nosoliqli daromadlar; - tiklanmaydigan pul mablaglari. Soliqdan olinadigan daromadlarning asosiy manbalari-bu yangidan yaratilgan qiymat va uning dastlabki qayta taqsimlanishi natijasida olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo‟shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, dividendlar va boshqalar), shuningdek, jamg‟armalardir. Soliqqa kirmaydigan, ya‟ni nosoliq daromadlarning ko‟pchiligi doimiy, qat‟iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina daromadlari ko‟rinishlari ega bo‟lmaydi. Budjetning nosoliq daromadlari qat‟iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‟p hollarda ular odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Nosoliq daromadlari soliq daromadlari kabi O‟zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Budjetning daromadlar qismini to‟ldirishning manbalaridan biri budjet tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subvinsiyalar va subsidiyalar yoki mablag‟larni qaytarilmaslik va tiklanmaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamlardir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‟larni oluvchi budjetning daromadlarida o‟z iifodasini topishi kerak. Hozirgi kunda O‟zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar amal qiladi4. Soliqlarga quyidagilar kiradi: 1) huquqiy shaxslardan olinadigan foyda solig‟i; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‟i;

4 O‟zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 23-modda.

3) qo‟shilgan qiymat solig‟i; 4) aksiz solig‟i; 5) yer qaridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus yo‟lovlar; 6) suv resurslarida foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk solig‟i; 8) yer solig‟ii; 9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‟i; Boshqa majburiy to‟lovlarga quyidagilar kiradi: 1) ijtimoiy jamgarmalarga majburiy to‟lovlar; 2) respublika yo‟l jamgarmasiga majbuiy to‟lovlar; 3) davlat boji; 4) bojxona to‟lovlari; 5) ayrim turdagi tovorlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‟rsatish huquqi. O‟zbekistonda 1992 yilga qadar foizlar va mehnat resurslari uchun to‟lovlar bilan birgalikda undiriladigan foyda solig‟i amal qilgan. 1992 yildan buyon bu soliq daromad solig‟i bilan almashtiriladi. Soliqning stavkasi o‟rtacha 12% ni soishtirma hissasi budjet daromadlarida jami tushumlarning 17,6% ni tashkil qilgan. 1995 yil yanvaridan O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‟zbekiston Respublikasida soliqlarning ragbatlantiruvchanlik rolini kuchaytirishning asosiy yo‟nalishlari to‟grisida» gi Farmoniga binoan foyda soligi joriy etildi Foyda solig‟ini moliya yilida soliqqa tortiladigan foydaga ega bo‟lgan huquqiy shaxslar to‟laydilar. Daromad solig‟i har qanday soliq tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. O‟zbekiston Respublikasida bu soliq turi 1991 yil mart oyidan boshlab 1991 yil 15-yanvarda qabul qilingan. Qo‟shilgan qiymat solig‟i-tovarlarni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat ko‟rsatish), ularni sotish hamda O‟zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qo‟shilgan qiymatning bir qismini budjetga olish shaklidir. Aksiz solig‟i-bilvosita soliq turi bo‟lib, tovarlar yoki xizmatlar narxiga ustama undiriladi, uni oxirgi iste‟molchilar to‟laydilar. Aksiz solig‟i davlat umumiy soliq siyosatining tarkibiy qismiga kiradi va davlat budjetini ko‟paytirish, ayrim tovarlarni (tamaki, alkogol mahsulotlari) iste‟mol qilish, ayrim turdagi korxonalarning atrof-muhitga zararli oqibatlari bilan bog‟liq ijtimoiy xarajatlar o‟rnini to‟ldirish, shiningdek avtomobil yo‟llarini qurish va uni saqlash xarajatlarini qoplash, mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarni qo‟llab quvvatlash maqsadida qo‟llaniladi. O‟zbekiston Respublikasida aksiz solig‟i birinchi marta 1992 yilda, O‟zbekiston Respublikasining 1991 yil 1-martda qabul qilingan. «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar to‟laydigan soliqlar to‟grisida» gi Qonuniga muvofiq O‟zbekiston Respublikasining qonunlari bilan kiritilgan va respublika iqtisodiyotining bozor iqtisodiyotiga o‟tishi bilan bog‟liq keyingi o‟zgartirish-larni hisobga olgan holda joriy qilingan. Yer qa‟ridan foydalanganlik uchun soliq-O‟zbekiston Respublikasining «Yer osti boyliklari tog‟risida» gi Qonuniga muvofiq 1995 yil 1-yanvardan joriy qilingan. 1995 yildan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq joriy qilindi. Yer

solig‟i 1994 yil 1-yanvardan qishloq xo‟jaligiga taalluqli bo‟lmagan yerlar uchun joriy qilingan. 1995 yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishda foydalaniladigan yerlar uchun yer solig‟i undiriladigan bo‟ldi. 1998 yildan qishloq xo‟jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun ilgari to‟lab kelingan barcha soliqlar o‟rniga yagona yer soligi joriy qilindi. Budjet daromadlarining faqat ba‟zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo‟ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug‟urta badallarni kiritish mumkin. Davlat budjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda mobilizatsiya qilinishi mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda mobilizatsiya qilish hal qiluvchi rolni o‟ynaydi. Ixtiyordagi shakldagi to‟lovlarga davlat obligatsiya-larine va pul buyum loteriyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar kiradi. Soliqlar, to‟lovlar, yig‟imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig‟indisi davlat budjeti daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli subyektlardan kelib tushadigan davlat budjetining daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta‟minlab bir-biri bilan bog‟laganlar.

II bob.O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari (budjet xarajatlari) va ularning samaradorligi

2.1.O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari (budjet xarajatlari) Davlatning o‟z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog‟liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar budjet xarajatlari deyiladi.Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini turli yo‟nalishlar bo‟yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Budjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya sifatida budjetnin ko‟rinishlaridan biri bo;lib, unga tegishli bo‟lgan umumiy xususiyatga egadir, ya‟ini ular taqsimlash ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilinishi bilan bog‟langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Budjet xarajatlari asosan qaytari olinmaydigan, qaytmas xususiyatga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko‟rsatildi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bogliq bo‟ladi. Budjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli tuman ko‟rinishlari orqali namoyon bo‟ladi. Xarajatlarning har bir turi esa o‟zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, budjet xarajatlarining mo‟ljallganligini, miqdoriy xarakteristikasi esa ularning o‟lchamini aniqlashga imkon beradi. Budjet xarajatlari chiqimlarning aniq turlari orqali namoyon bo‟ladi. Budjet xarajatlari aniq turlarining xilma xilligi esa o‟z navbatida quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisoiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; budjetning milliy iqtisodiyot bilan bog‟langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; budjet mablarining namoyon bo‟lish shakllari va boshqalar. Bu omillarning qo‟shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ma‟lum bir bosqichida har qanday davlat budjetining u yoki bu xarajatlar tizimini vujudga keltiradi. Budjetning capital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‟naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlaening tarkibiga:  tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan huquqiy shaxslarga investitsiyalar uchun mo‟ljallangan;  huquqiy shaxslarga investitsion maqsadlar uchun budjet kreditlari sifatida beriladigan mablaglar;  kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‟liq bo‟lgan kapital ta‟mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bogliq bo‟lgan boshqa xarajatlari;  amalgam oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‟lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajtlar;  budjet xarajatlarining iqtisodiy xarakterlanishiga muvofiq budjetning kapital xarajatlari tarkibiga kirtiladigan boshqa xarajatlar kiradi.

Funksional nuqtai-nazaridan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag‟larining yo‟naltirilganligini aks ettiradi. Bunda budjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo‟linishi mumkin:  davlat boshqaruvi va mahalliy o‟z-o‟zini boshqarish;  sud hokimiyati;  xalqaro faoliyat;  milliy mudofaa;  huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta‟minlash;  fundamental tadqiqotlar va ilmiy texnika taraqqiyotini ta‟minlash;  sanoat, energetika, va qurilish;  qishloq xo‟jaligi va baliqchilik;  atrof-muhitni va tabiiy resurslar muhofaza qilish, gidrometrologiya, xaritashunoslik va geodiziya;  transport, yo‟l xo‟jaligi aloqa va informatika;  uy-joy kommunal xo‟jalik;  ma‟orif;  sog‟liqni saqlash va jismoniy tarbiya;  madaniyat, san‟at va kinematografiya;  ommaviy axborot vositalari;  maqsadli budjet fondlari;  davlat qarziga xizmat qilish;  davlat zaxiralari va rezervlarni to‟ldirish;  ijtimoiy siyosat. Ijtimoiy mo‟ljallanganligi bo‟yicha budjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlariga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajariladigan funksiyalarni o‟zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda budjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo‟lish mumkin:  ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‟llab-quvvatlash xarajatlari;  milliy xo‟jalikka oid xarajatlar;  rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari;  boshqaruv xarajatlari;  harbiy xarajatlar. Davlatning ijtmoiy fumksiyasini o‟zida aks ettirib, bu guruhdagi budjetning xarajatlari xalq ta‟limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga,fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‟lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sugurta va ijmoiy ta‟minotni amalgam oshirishga keng yo‟l ochib berdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjetning xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‟liqdir. Bunday o‟zaro bog‟liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o‟zaro ta‟siri ko‟rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, budjet xarajatlarning hajmi budjaet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‟z navbatida budjet daromadlarining



hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda budjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo‟jalikda pul fondlarini shakllantirishda budjet mablag‟laridan foydalanishning shunday muddatalarini o‟rnatish kerak, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta‟minlansin. Mamlakatda milliy xo‟jalikni moliyaviy jihatdan tartibga solish budjet daromadlarini rejalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayoning o‟zidayoq budjet xarajatlarning umumiy hajmi gorizontaliga va vertikaliga taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o‟zgarishlarning sodir b o‟lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Budjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o‟zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‟larini rejalashtilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng ma‟noda qilish imkoniga ega bo‟ladi. Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo‟jalikning ehtiyojlariga bog‟liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste‟molning ba‟zi bir omillariga davlatning ta‟sirchanligini ta‟minlash kabilar bilan belgilanadi. Moliya organlari iqtisodiyotning turli tarmoqlariga budjetdan ajratilgan mablag‟larni sarflash ustidan nazorat olib boradi va budjetdan ajratilgan mablag‟lar ortiqcha sarflangan hollarda, ushbu holatlarning sabablarini o‟rganib chiqadi hamda chiqimlarni kamaytirish yuzasidan tegihli xulosa va takliflarni taqdim etadi.

2.2.O‟zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish samaradorligi O‟zbekiston o‟zini mustaqil davlat deb e‟lon qilib, davlatni tanglikdan chiqarish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va dunyoviy, iqtisodiy va siyosiy mustaqil, qudratli, gullab-yashnaydigan kuchli demokratik davlat qurish dasturini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga kirishdi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash uchun esa o‟z navbatida davlatdan moliyaviy resurslarni oqilona va samarali ishlatishni talab qilinardi. Chunonchi, mustaqillik e‟lon qilingan paytda O‟zbekiston iqtisodiyoti nochor ahvolga tushib qolgandi. Xususan, «O‟zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‟lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi”5. Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatdan respublika mamlakatdan 40%, qishloq xo‟jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki baravar ortda qolmoqda. Respublika aholi jon boshiga xalq iste‟moli mollari ishlab chiqarish o‟rtacha Ittifoq darajasining atigi 40% ini tashkil etadi.Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste‟mol qilsh jihatdan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‟rinlarda turibmiz. O‟zbekiston aholisi o‟rta hisobda go‟sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan 2 barobar kam iste‟mol qilmoqda. Oyiga o‟rta hisobda 75 so‟mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12% dan sal ko‟proq bo‟lsa, bizning respublikamizda 45% ga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‟zining qo‟lidan keladigan ishni topa olmayapti. Mana shu 20 yil muddat ichida O‟zbekiston oqilona siyosat yuritishni, shu jumldan, davlat moliyaviy resurslarning to‟gri ishlatilishi samarasi o‟laroq ko‟lab ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. Birgina 2012 yildagi O‟zbekistonning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish yakunlari misolida ham bunday natijalarning ko‟pchiligiga guvoh bo‟lishimiz mumkin. Hozirgi kunda mamlaktning iqtisodiy holati haqida ma‟lumot beruvchi asosiy ko‟rsatkich bu-YAIM ko‟rsatkichidir. 2012 yilda mamlakatimiz YAIM o‟tgan yilga nisbatan 8,2% ga o‟sdi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,7%ga, qishloq xo‟jaligi 7%ga, chakana savdo aylanmasi hajmi 13,9% ga oshdi Har yili O‟zbekiston davlat moliyaviy resurslarning yarmida ko‟prog‟ini ijtimoiy sohaga sarflaydi. 2012 yilda ham davlat jami xarajatlarning asosiy qismi, ya‟ni qariyb 59,2% i ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy himoya qilish chora tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34% dan ortig‟i ta‟lim, 14,5% dan ko‟prog‟i sogliqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo‟naltirldi. Bugungi kunda dunyoning ko‟plab mamlakatlarida davlat qarzining ortib borishi bilan bog‟liq muammolar saqlanib qolayotgan bir sharoitda, O‟zbekistonning chetdan qarz olish bo‟yicha puxta o‟ylangan siyosat olib borishi natijasida davlat qarz hajmining ulishini nisbatan past darajada ushlab qolishga va o‟z majburiyatlariga to‟liq javob beradigan mamlakat sifatida barqaror obro‟e‟tiborini saqlab qolishga erishdi. 2013 yilning 1-yanvar holatiga ko‟ra,

5 I.A.Karimov «O‟zbekiston XXI asrga intilmoqda‟‟ T: «O‟zbekiston‟‟, 1999 y, 6-b



O‟zbekistonning jami tashqi qarzi miqdori YAIMga nisbatan 16% dan oshmagan,bu ko‟rsatkich esa xalqaro mezonlar bo‟yicha «o‟rtachadan ham kam» darajada baholangan buni isbotlab bermoqda. 2012 yilda uzunligi 240 km bo‟lgan temir yo‟lni qayta tiklash ishlari davom ettirildi. Uzunligi 70 kmdan ortiq bo‟lgan Dashtobod-Jizzax temir yo‟l tarmogi bo‟ylab yuk va yo‟lovchi poyezdlar harakati yo‟lga qo‟yildi. 2012 yilda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‟yicha ham katta ishlar bajarildi. Bu borada ko‟zda tutilgan investitsiya loyihalarini amalgam oshirish doirasida uzunligi 180 kmdan ziyod b‟olgan Boysun-Denov, Urgut-Shahrisabz optik tolasi aloqa liniyasi ishga tushirildi. 2012 yilda O‟zbekistonda deyarli barcha qishloq xo‟jalik ekinlari-g‟alla, paxta, sabzavot, poliz ekinlari va uzumdan yuqori hosil olinadi. Mamlakatimiz dehqonlari mo‟l hosil yetishtirishdi: 3mln 460 ming tonnadan ortiq paxta, 7 mln 500 ming tonna g‟alla, 2 mln tonnadan ziyod kartoshka va 9 mln tonnadan ortiq sabzavot hamda poliz mahsulotlari yigib-terib olindi. 2012 yilda xizmat ko‟rsatish sohasi ham yuqori sur‟atlar bilan rivojlandi. Aholiga ko‟rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 15% ga o‟sdi, ushbu sohaning mamlakatimiz YAIM dagi ulushi esa bugungi kunda 52% dan ziyodni tashkil qilmoqda. Bu jarayonda xizmatlarning yuqori texnologiyalarga asoslangan va bozor iqtisodiyotiga xos bo‟lgan turlari jadal sur‟atlar bilan rivojlanmoqda. Jumladan, aloqa va axboratlashtirish xizmatlari 24,5% ga, komputer dasturlash xizmatlari 18% ga, texnologik asbob-uskunalarni ta‟mirlash va ularga xizmat ko‟rsatish 17% ga, moliya bank xizmatlari 17,6 %ga o‟sdi. Ta‟lim sohasidagi ishlarni sarhisob qilarkanmiz, Fransiyadagi dunyoviy eng yaxshi 5 ta biznes maktabi qatoriga kiradigan «Inssad» xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi «Innovatsiyalarning global indeksi» maruzasida bayon etilgan ma‟lumotlarni keltirish o‟rinlidir. Ushbu ma‟ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish komleksi tarzda tahlil qilingan. Yurtimizda sportni avvalambor, bolalar sportini rivojlantirishga doimiy ravishda katta e‟tibor qaratilayotganligini ham, hech shubhasiz, aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2012 yilda 108 ta bolalar sporti obyekti, jumladan, 16 ta suzish havzasi, Navoiy sharida 10ming o‟rinli yangi stadion,Nukus shahrida tennis maktabi, mamlakatimiz hududlarida 12 ta bolalr va o‟smirlar sport maktabi foydalanishga topshirildi. Samarqand shahrida eshkak eshish kanalini rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Ayni vaqtda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‟lgan qariyb 1mln 600 ming bola yoki yutimizdagi bolalarning 35,6% i turli sport turlari bilan shug‟ullanmoqda. 2012 yilda aholi daromadlari 17,5% ga, eng kam ish haqi 26,5% ga o‟sdi. O‟zbekistonda aholining eng ko‟p ta‟minlangan 10% va eng kam ta‟minlangan 10% qatlami daromadlari o‟rtasidagi tafovut 2012 yilda atigi 8 barobarni tashkil etdi. Bu jahondagi eng past ko‟rsatkichlaridan biri bo‟lib, mamlakatimizda jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‟l qo‟ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir. Ayni paytda oilalarning 97% o‟z uyiga ega, aholining 90% I uzoq muddat foydalaniladigan barcha asosiy tovarlar

bilan ta‟minlangan, har 3 oildan biri shaxsiy yengil avtomobiliga ega, aholi iste‟mol mahsulotlari bilan yetarli darajada ta‟minlanmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 50% ga yaqini o‟zini o‟rta toifaga mansub deb biladi, holbuki bu ko‟rsatkich 2000 yilda atigi 24% aholi o‟zini shu toifaga mansub deb bilardi. 2012 yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan oilngan Legatum institute o‟zining farovonlik va rivojlanish indeksida O‟zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida haqli ravishda 64-o‟rinda kiritgani e‟tiborga loyiqdir. Bir so‟z bilan aytadigan bo‟lsak, bu yutuqlar barcha resurs va imkoniyatlarimizni to‟la safarbar eta olganimizning natijasidir. «Hech shubhasiz, xalqimizning tinimsiz mehnati, mardligi va matonati evaziga qo‟lga kiritilgan bunday yutuqlardan va marralardan har qaysimiz g‟ururlanib, boshimizni baland ko‟tarib yashashga haqlimiz» 6.
Yüklə 19,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin