O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyotini Innovatsion rivojlantirishning 2022-yilgacha Konsepsiyasining asosiy yo`nalishlari Reja



Yüklə 24,01 Kb.
səhifə1/3
tarix10.03.2022
ölçüsü24,01 Kb.
#53560
  1   2   3
O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyotini Innovatsion rivojlantirishning 2022-yilgacha Konsepsiyasining asosiy yo`nalishlari


O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyotini Innovatsion rivojlantirishning 2022-yilgacha Konsepsiyasining asosiy yo`nalishlari

Reja:

1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish



2. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillari

3. Iqtisodiyotni rivojlantirish

Yangi Oʻzbekistonning 2022 -yilga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi tayyorlandi.

Loyihada mutlaqo yangi yondashuv qoʻllanilib, rejalashtirilgan islohotlar natijadorligini taraqqiyotning maqsadlariga erishganlik darajasi asosida baholash tizimi joriy etilmoqda.

Jumladan, Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yoʻnalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadlarga erishish nazarda tutilmoqda.



1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yoʻnalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 41 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

➖ xalq bilan muloqotning mexanizmlari va taʼsirchan jamoatchilik nazoratining asoslarini takomillashtirish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa hududiy dasturlar ochiq eʼlon qilinib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqiladigan tizimni yaratish;

➖ mahallaning “faol modeli”ni joriy etish, uni aholining muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan taʼminlash;

➖ “Elektron parlament” doirasida deputatlarni oʻz saylovchilari bilan, senatorlarni hududlardagi fuqarolar bilan bogʻlash, ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot olib borish, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etish jarayonini raqamlashtirish;

➖ xalq deputatlari Kengashlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, mahalliy byudjetni shakllantirish va nazorat qilishdagi asosiy boʻgʻinga aylantirish hamda mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining asoslarini yangilash;

➖ davlat organlari faoliyatini “fuqaroga xizmat qilishga yoʻnaltirish” gʻoyasi asosida transformatsiya qilish, ular tomonidan markaziy tuzilma va hududlar kesimida «mahallabay» ishlashga qaratilgan yillik dasturlarni eʼlon qilish va muhokama qilish tartibini joriy etish;

➖ ixcham, professional, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy etish, davlat xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil qilish va byurokratiyani bartaraf etish;

➖ “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini amaldagi 54 foizdan 100 foizga yetkazish, davlat xizmatlari qamrovini oshirish.



2. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish yoʻnalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 28 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

➖ mulk huquqi daxlsizligini ishonchli himoya qilishni taʼminlash va qaror (harakat) noqonuniy emasligini sudda isbotlash majburiyatini mansabdor shaxsning oʻziga yuklash (“aybdorlik prezumpsiyasi”);

➖ fuqarolarni yashash joyi boʻyicha hisobga olish (“propiska”) tizimini yanada soddalashtirish va aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar boʻlimiga olib borish oʻrniga barcha maʼlumotlarni joyida tekshirish tartibini joriy etish;

➖ jinoyat qonunchiligini liberallashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jazoni oʻtab boʻlganlarni jamiyatga reintegratsiya qilish va ularga tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimini joriy etish;

➖ maʼmuriy adliyani rivojlantirish orqali, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish;

➖ yoʻl infaratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali, yoʻllarda oʻlim holatlarini keskin qisqartirish boʻyicha dastur qabul qilish;

➖ huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish, ularning faoliyatini xalq manfaatlariga xizmat qilish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga yoʻnaltirish;

➖ advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda salohiyatini tubdan oshirish, uning institutsional mustaqilligini taʼminlash.



3. Iqtisodiyotni rivojlantirish, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash yoʻnalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 133 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

➖ aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravar hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravar koʻpaytirish;

➖ bank tizimida xususiy sektor ulushini amaldagi 18 foizdan 60 foizgacha oshirish hamda fond bozori hajmini 7 mlrd dollarga yetkazish;

➖ qoʻshilgan qiymat soligʻini amaldagi 15 foizdan 12 foizgacha, telekommunikatsiya, bank va moliya kabi sohalarda foyda soligʻini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish;

➖ iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish;

➖ raqamli iqtisodiyot hajmini 2,5 baravar koʻpaytirib, dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 500 mln. dollarga yetkazish;

➖ iqtisodiyotga 120 mlrd, shu jumladan 70 mlrd dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini 30 mlrd dollarga yetkazish;

➖ dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida 5 foizga yetkazish;

➖ suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni tejash boʻyicha alohida davlat dasturini amalga oshirish, har yili kamida 7 mlrd m3 suvni tejash;

➖ chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 baravar koʻpaytirish;

➖ meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bogʻlar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar koʻpaytirib, eksport salohiyatini 1 mlrd dollarga oshirish;

➖ sharoiti “ogʻir” boʻlgan 14 ta tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun pasaytirilgan soliq stavkalarini oʻrnatish;

➖ “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 mln nafardan oshirish hamda xorijiy turistlar sonini 9 mln nafarga yetkazish.


Yüklə 24,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin