Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 8-maydagi 05-12-32/01-2957-son xati viloyat hokimligi tomonidan ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
Ushbu xat ijrosi bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2023-yil 3-fevraldagi 84-8-0-Q/23-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari, jamoat birlashmalari, korxona-tashkilotlarda Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi yuqori darajada tashkillashtirilib, ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilganligini ma’lum qilamiz.