O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim tashkiloti raxbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix31.07.2020
ölçüsü2,17 Mb.
#32360
Слайд Малака Mamadaliyev Zokirjon


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

MAKTABGACHA TA`LIM VAZIRLIGI 

 

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTI RAXBAR VA 

MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH 

VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

 

 



 

BITIRUV LOYIHA ISHI

 

 

Мавзу: 4-5 yoshli bolalar uchun O’zbek milliy raqs elementlari turlarini 



ochib berish. 

LOYIHA RAXBARI: Katta o`qituvchi M.M.Rizayeva 

LOYIHA BAJARUVCHI: Andijon viloyati Xo’jaobod tuman 6-MTT musiqa 

raxbari  Mamadaliyev Zokirjon

  

Andijon 2020 



 

R E J A 


Kirish  

1-bob. 

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi



        

1.1.

 

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasining vazifalari



      1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy faoliyati mazmuni. 

2-bob. 

4-5 yoshli bolalar uchun O’zbek milliy raqs elementlari turlarini ochib berish



      2.1. O;zbek milliy raqs namunalaridan foydalanishning samarali usullari. 

      2.2. Milliy raqs namunalari vositasida bolalarda o’zlikni anglash hissini 

shakllantirish.  

Xulosa va takliflar. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

Kirish 

• Zamonaviy  sharoitda  maktabgacha  ta'limning  asosiy  vazifasi  maktabga 



tayyorgarlik  ko'rishdir.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  o’zlikni  anglash  hissi  

rivojlanmasligi  uning  keyingi  rivojlanishiga  ta'sir  qiladi.  Maktabgacha  yoshdagi 

bolada  o’zlikni  anglash  hissi  o'z  vaqtida  va  to'laqonli  shakllanishi  normal 

rivojlanish  va  shartli  ravishda  maktabda  muvaffaqiyatli  o'qishning  asosiy 

shartlaridan biridir.  

• 2020  yil  yanvar  oyidan  boshlab  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida  xoreograf 



lavozimi  joriy  etildi.  Davlat  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida  faoliyat  olib 

boruvchi  pedagoglarni  o’yin  shaklidagi  yangi  pedagogik  texnologiyalar  bilan 

tanishtirish, bolalarda musiqiy qobiliyat va iste’dodni to’g’ri tarbiyalash ishlarini 

yo’lga qo’yishga erishish asosiy maqsad qilib olindi. 

• Hozirgi  kunda  ayniqsa  milliy  musiqa  va  raqslar  maktabgacha  ta’limda  asosiy 



tarbiya vositalaridan biri bo’lib hizmat qilmoqda. 

1.1. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI BOLALAR MUSIQA 

TARBIYASINING VAZIFALARI. 

 

 

Musiqa bolaga har tomonlama yordam berishi, tevarak-atrofni obrazli - emotsional idrok 

etishi  va  bola  xarakterining  shakillaishiga  ta’sir  ko’rsatishi  uchun  musiqa  tarbiyasining 

maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar qo’yiladi:  

1.Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish.  

2.Bolalarni ashula aytish va musiqaviy-ritmik malakalarga o’rganish. Ularda musiqani qabul qilish, 

his etish va tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash.  

3. Bolada badiiy - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.  

Bu  vazifalarning  hammasi  bir-biri  bilan  o’zaro  mustahkam  bog’langan.  Birinchi  vazifani  ko’rib 

chiqamiz. Musiqaviy deganda nimani tushunish kerak? Bu sifat o’z ichiga qimmatli ikki tomonni 

oladi:  

a) emotsional jonkuyarlilik - musiqa asarining uning obrazli mazmuniga aloqador qayg’ura olish 

qobiliyati;  

b)  Bolalarga  juda  nozik  eshitishni,  asarning  musiqa-tovush  materialini  ajratishni  ta’minlaydigan 

musiqa idroki va musiqaviy qobiliyatlarni rivojlantirish.  

Musiqaviylikni  har  ikkala  tomoni  ham  ajralmas  birlikda  turadi  va  bir  vaqtning  o’zida 

tarbiyalanadi. 

 

 

Musiqa  san’ati  estetik  tarbiyaning  muhim  omili  bo’lib,  garmonik  rivojlangan 

shaxsning  kamolotga  erishishi  uchun  unga  muhim  ta’sir  etuvchi  jarayondir.  MTMda, 

oilada  musiqa  mashg’ulotlarini  qoniqarli  uyushtirish,  yosh  avlodning  ichki  dunyosini 

boyitish va san’atni to’g’ri tushunishidagi yagona yo’ldir. Musiqa ayni bir vaqtning o’zida 

ham fan ham san’atdir.  

 

Musiqaviy estetik tarbiya masalalari bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Bola 

shaxsining  shakllanishi  jarayonida  uning  estetik  madaniyat  asosidagi  har  tomonlama 

badiiy  rivojlanishi  tarbiyachidan  jiddiy  mas’uliyat  talab  qiladi.Chunki  maktabgacha 

yoshdagi  bolalardagi  musiqa  tarbiyasi  bolaning  mehnatga,  Vatanga  va  burchga 

muhabbatni  shakllantiradi,  tarbiyalaydi,  hamda  uning  butun  hayoti  mobaynida  unga 

hamroh bo’lib boradi.  

Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish 

borasida aniq vazifalarni qo’yadi:  

bolalarni tabiat go’zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;  

estetik did va hissiyotni shakllantirish;  

hayotda go’zallik tushunchasini to’liqligicha anglashni o’rgatish;  

bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish; 


1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy faoliyati mazmuni. 

 

 

Musiqa tinglash. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish 

ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan 

rivojlana  boshlaydi.  MTMda  amalga  oshiriladigan  musiqa  tinglash  esa  uning 

poydevoridir. 

Kichik  guruh  bolalarning  diqqati  uncha  barqaror  bo’lmaganligi 

tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok 

etishga qobil bo’ladilar. Ular ayniqsa, kichik qo’shiqlarni yaxshi idrok 

etadilar. Chunki, so’z va ohang birligi musiqa mazmunini oson idrok 

etishga  yordam  beradi.  Xususan,  tarbiyachi  ashula  aytganda  uning 

tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni 

maftun  etadi.  Shu  vaqtda  bolalarda  hosil  bo’ladigan  zavqlanish, 

ajablanish, quvonish holatlarini kuzatish mumkin. 



 

 

Musiqa  mashg’ulotlari  jarayonida  bola  hayotiy  voqelikni  musiqiy 

obrazlar  orqali  idrok  etib  boradi.  Bolalar  yoshiga  mos  musiqa  asarlari 

kichkintoylarda  unutilmas  taassurot  qoldiradi,  ularning  ruhiy  dunyosini 

boyitadi. MTM sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at 

bilan uzviy bog’langan holda amalga oshiriladi. 

Musiqa  tinglash  faoliyatida  musiqiy  idrok,  musiqiy  dunyoqarash  shakllanadi. 

Bu  faoliyatda  bolalar  musiqa  tinglab,  uni  bevosita  idrok  eta  boshlaydilar.  Bu 

esa ularning musiqiy tafakkurlarini shakllantiradi, shuningdek, ularda musiqiy 

dunyoqarash  ham  shakllanib  boradi.  Tinglangan  musiqiy  asar  haqida 

mulohaza yurita boshlaydilar  Maktabgacha 

ta’lim 


muassasalari 

tarbiyalanuvchisi 

shaxsini 

shakllantirishda 

qo‘shiqlar 

o‘rgatish 

texnologiyasining o‘rni muhimligi mazkur bitiruv ishi natijalarida yana bir bor 

o‘z  tasdig‘ini  topdi.  Musiqa  mashg‘ulotlarida  qo‘shiq  kuylash  bolalarga  ijobiy 

ta’sir  yetibgina  qolmay,  ularning  musiqiy  didi  va  musiqiy  dunyoqarashi 

shakllanishiga  ham  samarali  ta’sir  qiladi.  Shu  bois  maqbul  mazmun  va 

metodikada berilgan musiqiy bilimlar majmuasi bolalarda musiqaga barqaror 

qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ular yaxshi musiqani, janrlarni, xalq va mumtoz 

musiqasini ajratishga o‘rganadilar.  


•  

 

Musiqali harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga 

oshirishda o‘yin uslublaridan keng foydalanish tavsiya yetiladi. Ushbu 

faoliyatlar zamiri ko‘proq o‘yin xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Yangi o‘quv 

dasturida tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasida berilgan. Bu 

rahbarlarga musiqiy asarlarni guruh imkoniyatlari va o‘quv yilining muhim 

sanalariga muvofiq tarzda tanlab o’qitish imkoniyatlarini beradi. Ayni bir 

paytda rahbar dasturga kiritiladigan ammo, badiiy yuksak, tarbiyaviy 

jihatdan muhim, Bolalarinng kichik yoshlik xususiyatlariga, idrok 

amaliyotiga mos bo‘lgan yangi asarlaridan keng foydalanish xuquqiga ham 

yegadir. Nota savodi, cholg‘uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek musiqa 

ijodkorligi faoliyatida tavsif yetilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. 

Mashg‘ulot sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu yesa 

mashg‘ulotlarni rejalashtirishda va mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda 

ijodiy yondoshishni toqozo yetadi. 

 

 2.1. 


Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zlikni anglash 

hissini rivojlantirishda milliy musiqa namunalaridan 

foydalanishning samarali usullari

 

 



 Musiqa  ta’limining  metod  va  usullarini  tanlash  odatda 

musiqaviy  tarbiyaning  vazifasi  va  mazmuniga  qarab  belgilanadi. 

Musiqaviy  tarbiya  metodlarining  tanlanishi  bolalarning  qaysi 

metodlarga  tayangan  holda  bilim  olishlariga  ham  bog’liqdir.  Bunda 

birinchi  manba  musiqaning  o’zi  bo’lishi  tabiiy,  chunki  «faqat 

musiqagina  insonda  musiqaviy  hissiyotlarni  uyg’otishi  mumkin».  Bu 

borada  bolalar  bilan  ishlash,  dastlab,  musiqa  tinglash  tajribasi  va 

kunikmasini  orttirib  borishga  qaratilgan  buladi.  Bolalarnig  yoshi 

qanchalik  kichik  bo’lsa,  ularda  musiqa  tinglash  tajribasini  orttirishga 

ketadigan  davr  ham  shunchalik  ko’p  bo’ladi.  Bilim  olishning  ikkinchi 

manbai pedagog so’zidir: bu so’z bolalarning musiqaviy obraz haqida 

yaxlit  tassavurga  ega  bo’lishni,  muzika  asarining  mazmunini  aniq 

tushunib olishini ta’minlaydi. 

• Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi va tarbiyasi 

berishning o’zaro uzviy boglangan uchta metodi bor:  

1) ko’rgazmali metodi;  

2) so’zlab berish metodi; 

3) amaliy faoliyat metodi.  

 

Bu 



metodlarning 

har 


biri 

ma’lum 


spetsifik 

xususiyatlardan kelib chiquvchi qator usullarni o’z ichiga oladi. 

O’rganish  protsessida  ulardan  qaysi  birini  tanlash  muayyan 

musiqa  mashg’ulotining  konkret  vazifasi,  ijro  etilayotgan 

musiqa materialining murakkabligi, o’qitishning bosqichlari va 

bolalarning umumiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. 



 

KO’RGAZMALI  METOD.  Bu  metod  bolalarga  turli  hodisalarni,  atrof-

muhitdagi  voqealarni,  kishi  va  hayvonlarning  hissiyoti,  harakatni  yorqin  va 

badiiy  obrazlarda  ko’rsatishga,  ularni  hayot  va  turmush  jixozlar  bilan 

tanishtirishga asoslanadi.  

 

AMALIY  FAOLIYAT  METODI.  Bolalarning  konkret  faoliyati  ma’lum 

maqsadlarga  yo’naltirilgan  hamda  sistemali  mashg’ulotlar  tarzida  olib 

boriladigan  ta’lim-tarbiya  sifatida  qaraladi.  Qo’shiq  aytish  va  muzikal-ritmik 

harakatlarni  bajarishda  bolalarga  shunday  rahbarlik  qilish  kerakki,  ular 

topshirikni mumkin  qadar ta’sirli va ifodali qilib  bajarishga intilishsin. Bolalarni 

o’rgatish  jarayonida  ularning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olib  topshiriqlarni 

asta-sekin  murakkablashtirish  mumkin.  Bunday  murakkablashtirish  bolalarning 

ko’nikma darajasiga va ta’lim programmasiga xilof bo’lmasligi kerak. Ba’zi qiyin 

holatlarga  duch  kelganda  yesa  bolalar  bilan  alohida  individual  ishlash  tavsiya 

qilinadi.  



• SO’ZLAB  BERISh  METODI.  Bu  metod  bola  ongiga  mo’ljallangan  bo’lib,  uning 

faoliyatini ma’noli va mazmunldor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so’zi 

musiqa  asarining  programmasini  tushunib  olishda  bolaga  yordam  beradi: 

uning  tasavvurini  jonlantiradi,  ijodiy  aktivligani  oshiradi.  So’zlab  berish 

metodini quyidagi usullari bor:  

• 1  )tushuntirish.  Bu  usuldan  yangi  asarni  tinglash,  qo’shiq  aytish,  uyin  va 

raqslarni qo’yish, mashq qilish paytida foydalniladi. Tushuktirish aniq va qisqa, 

ortiqcha  qaytariqlarsiz  bo’lishi  kerak.  Musiqa  material  va  topshiriqlar  bolalar 

tomonidan  o’zlashtirila  boshlangan  dastlabki  (birinchi)  davrda  tushuntirish 

yana  bir  bor  takrorlanadi.  Obrazli  hikoya  qilish  tipidagi  tushuntirishlar 

programmali  musiqa  asarlarini  tinglashda  va  syujetli  musiqaviy  o’yinlarni  ijro 

yetishda qo’llanishi mumkin. 

• 2) izohlash. Bunday izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarni, qo’shiq aytishnyang 

turli yo’llarini ko’rsatishda qisqa va aniq formada beriladi. Izohlarning noaniq 

bo’lishi  ko’gshncha  tushunmaslikka  va  yomon  ijro  yetishga  sabab  bo’ladi. 

Izohlash ko’rsatish bilan uzviy boglangan bo’lishi kerak.  



2.2. Milliy musiqa namunalari vositasida bolalarda o’zlikni anglash hissini 

shakllantirish. 

O‘zbekiston  Mustaqillikka  yerishdi.  Istiqlol  Sharofati  tufayli  qadryatlarimiz, 

unutilgan,  lekin  bola  tarbiyasida  nihoyatda  zarur  bo‘lgan  urf-odatlarimiz 

tiklanmoqda.  Shu  sababli  bayram  ertaliklari  Shaklan  va  mazmunan 

o‘zgarmoqda.  Bolalar  bog‘chalarida  nishonlanadigan  asosiy  bayramlar 

quyidagilardan iborat: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni. 2. O‘qituvchi 

va  murabbiylar  kuni.  3.  Mehrjon  bayrami.  4.  Yangi  yil  bayrami.  5.  Vatan 

himoyachilari kuni. 6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami. 7. Navro‘z bayrami. 8. Xotira 

va  qadrlaSh  kuni.  9.  Gul  va  quShlar  bayrami.  10.  Sog‘lomjon  va  polvonjon 

bayram yertaligi. 11. Bolalarni maktab quchog‘iga kuzatish tadbiri. 



 

Bayram  ertaliklari  va  doimiy  musiqa  mashg’ulotlarida  milliy  musiqa 

namunalaridan foydalanish orqali bolalarda milliylik va o’zlikni anglash xissini 

shakllantirish  samarali  usullardan  biri  bo’lib,  bugungi  kunning  talablaridan 

biri hisoblanadi.  

 


Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor. Masalan, 1 sentabrda 

nishonlanadigan  Mustaqillik  bayramida  vatanni  sevish  va  e’zozlash,  unga 

munosib  farzand  bo‘lib  yetishish,  uning  yutuqlaridan  faxrlanish  hissi 

tarbiyalanadi.  Bayram  katta  guruh  bolalari  bilan  o‘tkazilib,  ular  O‘zbekiston 

Respublikasi madhiyasini kuylaydilar. 

Mehrjon  bayramida  mehnat  mavsumi  yakuniga  yetayotganligini  ifodalab, 

«Quyosh  bobo»  ga  minnatdorchilik  bildirib,  «Bobodehqon»  mehnatini,  «Ona 

yer»  saxovatini,  mehr  muruvvatini,  «Kuzjon»  ning  to‘kin  sochinligini  ramziy 

obrazlar orqali chuqurroq idrok yetishlariga yerishish lozim. 

Shunday  qilib  bolaga  o’zligini  anglashda  milliy  musiqa  namunalaridan 

foydalanish MTT musiqa rahbarlarining pedagogik mahoratiga va bilimiga ham 

ko’p jihatdan bog’liqdir.  



Xulosa 

Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’ziga xos 

xususiyatlarini aniqlaSh asosida quyidagi xulosalarga keldik:  

Musiqa – bolalar estetik tarbiyasida asosiy o‘rin tutadi. Bolalar musiqiy estetik 

madaniyatini Shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb 

muammo  bo‘lib  kelgan.  Chunki  jamiyat  ma’naviyatini  Shaxs  ma’naviyatining 

yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning Shakllanganlik 

darajasi  tashkil  yetadi.  Hozirgi  kunda  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida 

musiqa maShg‘ulotlari imkon darajasida tashkil yetilgan, ammo kichik yoshdagi 

bolalarni  estetik  tarbilaSh  uchun  davr  talabi  asosida  musiqa  maShg’ulotlarini 

yanada  takomillashtirishga  undamoqda.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida 

musiqa  vositasida  kichik  yoshdagi  bolalarni  musiqiy  madaniyatini 

Shakllantirishdan  pirovard  maqsadimiz  xalq  farovonligi,  yurt  tinchligi,  Vatan 

taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol 

Shaxslarni tarbiyalashdan iborat. 


 

 

E’tiboringiz uchun raxmat! 



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin