O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi



Yüklə 289,06 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.10.2023
ölçüsü289,06 Kb.
#156887
Ҳужжат



O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
va maktab ta’limi
vazirligi huzuridagi Maktabgacha
ta’lim agentligi tomonidan
2023-10-12 sanada QK-97214-O/12-son
bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI
VAZIRLIGI HUZURIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM AGENTLIGI
VA
USMONOVA KAMOLAXON ABDUSALOMOVNA
(xususiy sherik nomi)
O‘RTASIDA
QO‘SHIMCHA KELISHUV
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Maktabgacha ta’lim agentligi (keyingi o‘rinlarda - 
Davlat sherigi
) nomidan Nizom
asosida ish yurituvchi direktor o‘rinbosari N.X.Muslitdinov bir tomondan va Fargʻona
viloyati Qoʻshtepa tumani Davlat xizmatlari agentligi tomonidan 
21.04.2022
sanada
ro‘yxatdan o‘tgan Yakka tartibdagi tadbirkor USMONOVA KAMOLAXON
ABDUSALOMOVNA (keyingi o‘rinlarda - 
Xususiy sherik
) ikkinchi tomondan, Davlat
sherigi va Xususiy sherik o‘rtasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini
moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sherikchilikni
amalga oshirish yuzasidan 23.05.2023 sanada tuzilgan 72924-O/12-sonli 
Bitim
(keyingi
o‘rinlarda - Bitim)ga o‘zgartirish kiritish va 
tashkiloti quvvatini oshirish(kamaytirish)
maqsadida hamda Maktabgacha ta’limni tartibga solish sohasidagi davlat va xususiy
sheriklarning bitim munosabatlari qismi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar
kiritilganligi munosabati bilan 
Bitimning
matni yangi tahrirda bayon etiladi va
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra imzolanadi:
1. 23.05.2023 sanada tuzilgan 72924-O/12-sonli Bitimning matni quyidagi tahrirda
bayon etilsin:


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Maktabgacha ta’lim agentligi nomidan Nizom asosida ish yurituvchi direktor o‘rinbosari
N.X.Muslitdinov bir tomondan (keyingi o‘rinlarda -
Davlat sherigi
) Fargʻona viloyati
Qoʻshtepa tumani Davlat xizmatlari agentligi tomonidan 21.04.2022 sanada ro‘yxatdan
o‘tgan 
Yakka 
tartibdagi 
tadbirkor 
“USMONOVA 
KAMOLAXON
ABDUSALOMOVNA”
ikkinchi tomondan (keyingi o‘rinlarda -
Xususiy sherik
),
keyingi o‘rinlarda 
Tomonlar
“Yer tuzish va kadastr xizmati” Davlat unitar korxonasi
tomonidan 26.06.2023 sanada berilgan 
15:08:22:01:02:0004
-sonli reestr raqami bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan (keyingi o‘rinlarda - 
Kadastr hujjati
), 
Fargʻona viloyati
,
Qoʻshtepa tumani, Борот МФЙ, Орзу кучаси, 4-уйda
joylashgan, umumiy yer
maydoni 
1000 kv.metr,
shu jumladan qurilish yer maydoni 
315.5 kv.metr
, yashash
maydoni 
159.7 kv.metr
bo‘lgan bino va inshootlarda (keyingi o‘rinlarda – 
Investitsiya
obyekti
) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son
qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik
to‘g‘risidagi Nizomning (keyingi o‘rinlarda - Nizom) 13-bobida va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha ta’lim
sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar
yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 426-son qarorida belgilangan
shartlarga muvofiq oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va
uslubiy jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
maqsadida ushbu bitimni quyidagilar haqida tuzdilar.
I. BITIMNING PREDMETI
1.1. Mazkur bitimning predmeti bo‘lib, 12 nafardan 
50
nafargacha bolalar
tarbiyalanishini nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini
moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni
amalga oshirish uchun Xususiy sherik va Davlat sherigi o‘rtasidagi huquqiy
munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.
1.2. Tomonlar ushbu Bitim bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda fuqarolarning
maktabgacha ta’lim olish huquqini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqadilar.
II. UMUMIY QOIDALAR
2.1 Mazkur bitim, jumladan Bitim predmetiga nisbatan Tomonlar o‘rtasidagi barcha
avvalgi og‘zaki yoki yozma kelishuvlar, bitimlar yoki qarorlarni bekor qiluvchi va
ulardan ustun turuvchi to‘liq kelishuvni anglatadi.
2.2. Mazkur Bitimning barcha qoidalari va shartlari majburiy xarakterga ega.
2.3. Mazkur Bitim yuzasidan kelib chiquvchi yoki unga daxldor bo‘lgan har qanday
nizolar, kelishmovchiliklar yoki e’tirozlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sudlarida ko‘rib chiqiladi.


2.4. 
Tomonlar 
sud 
organlariga 
murojaat 
etishdan 
oldin 
ehtimoliy
anglashilmovchiliklarni o‘zaro muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan ko‘rib chiqish uchun
barcha zarur choralarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
2.5. Mazkur Bitim elektron shaklda imzolanib, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi va ushbu Bitimda ko'rsatilgan muddat
davomida amal qiladi.
III. OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI
TASHKIL ETISH TARTIBI
3.1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati 
Fargʻona viloyati,
Qoʻshtepa tumani, Борот МФЙ, Орзу кучаси, 4-уй mahallasida 
joylashgan,
MAMATOV TULANBOY BURIYEVICHga
tegishli uy (turar joy / noturar joy)
negizida tashkil etiladi.
3.2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Davlat xizmatlari markaziga
xabarnoma topshirib, tasdiqnomasini olgan kundan boshlab ta’lim faoliyatini amalga
oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
3.3. 
Davlat sherigi
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan zaruratga
ko'ra oylik, choraklik monitoring oʻtkazadi va uning faoliyati samaradorligi (moddiy-
texnik taʼminoti, sogʻlom ovqatlantirish, taʼlim sifati va boshqalar)ni oʻrganadi va
baholab boradi. Agar kamchiliklar aniqlansa uni bartaraf etish boʻyicha muddatini
koʻrsatgan holda 
Xususiy sherikka
talabnoma yuboradi.
3.4. Investitsiya obyektini qayta qurish, joriy va kapital ta’mirlash, unga texnik
xizmat ko‘rsatish hamda modernizatsiyalash, saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar
Xususiy sherik
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3.5. Ushbu bitimda belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun barcha sarf-
xarajatlarni 
Xususiy sherik
o‘z zimmasiga oladi.
3.6. 
Xususiy sherik
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil
etishda belgilangan tartibda taʼlim-tarbiya jarayonlarini Oʻzbekiston Respublikasining
taʼlim va maktabgacha taʼlim sohasiga oid qonunlari hamda qonun osti hujjatlari
talablariga, shuningdek bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari, davlat oʻquv
dasturi (standartlar)ga va Bitim shartlariga rioya qiladi.
3.7. 
Xususiy sherik 
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga
tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 
70 foizi
miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj
oilalarning va maxsus kontingent farzandlari uchun bitim amal qilish muddati davomida
ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun
belgilangan miqdordan oshmagan holda yo‘llanma asosida imtiyozli qabul qiladi,
boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarini bepul o‘qitadi.
Agar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnayotgan ijtimoiy
ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingent farzandlari soni jami
tarbiyalanuvchilarning 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, oilaviy nodavlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti yetmagan qismiga ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda o‘rnatgan
holda boshqa oilalar farzandlarini ham qabul qilishi mumkin.


3.8. 
Xususiy sherikka
quyidagi maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjetidan subsidiyalar ajratiladi:
-yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini to‘lash uchun -
tegishli toifa bo‘yicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida
(tegishliligi bo‘yicha tuman koeffitsiyenti qo‘llangan holda).
Bunda subsidiyalar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar
sonidan kelib chiqib ko‘pi bilan 
4,5 ta shtat
birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va
viloyatlar markazlarida — 
2,25
shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 
1,25
shtat
birligida tarbiyachi va 
1 shtat
birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band
bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun;
-ta’lim-tarbiya olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matras,
yostiq, ko‘rpa, choyshab, ko‘rpa va yostiq jildlari, yoping‘ich) hamda dori-darmonlar
bilan ta’minlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun (davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida belgilangan normativlar bo‘yicha);
-boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali to‘lovlarini tegishli
hududdagi 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun
belgilangan miqdorlarda subsidiya olish uchun;
3.9. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari
bo‘yicha o‘rtacha oylik davomati foizi 
40 foizdan
kam bo‘lganda, hisobot oyi uchun
xodimlariga ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va to‘lanmaydi;
3.10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yollangan tarbiyachi va
tarbiyachi-yordamchilarga ish haqini to‘lash uchun subsidiyalar ushbu oilaviy nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotining:
- quvvati 25 nafargacha bo’lganda, har bir guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni
kamida 
12 nafarni
;
- quvvati 50 nafargacha bo’lganda, ikkita guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni
kamida 
37 nafarni
(bir guruhda bolalar soni kamida 
12 nafarni
) tashkil qilganda
to‘lanadi.
3.11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari va
tarbiyalanuvchilarining haqiqiy davomati hisobi Nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — 
NMTTBAT
)da
jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi.
3.12. Biometrik identifikatsiya qilish jarayoni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti rahbari yoki xodimlarining smartfonlari yoxud planshetlari yordamida, ushbu
tashkilotning joylashuvi (geolokatsiyasi) hisobga olingan holda har ish kuni bir marotaba
soat 
07.00 — 17.00
gacha amalga oshiriladi;
3.13. Mazkur bitimda ko‘rsatilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotining manzili (joylashuvi bo‘yicha geolokatsiyasi)dan boshqa joyda qayd
etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati NMTTBATda hisobga olinmaydi
va ular uchun subsidiya to‘lanmaydi;
3.14. NMTTBATning mobil ilovasidan internet tarmog‘isiz (offline rejimida)
foydalangan hollarda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va
tarbiyalanuvchilari davomati bo‘yicha qayd etilgan ma’lumotlar hisobot oyidan keyingi
oyning 5-kunidan kechikmasdan internet tarmog‘iga ulangan holda (online rejimda)
NMTTBATga taqdim etilishi zarur.


Xususiy sherik tomonidan NMTTBATga ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan
taqdirda unga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lanmaydi;
3.15. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari NMTTBAT orqali taqdim
etilgan reestr asosida subsidiyalarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
tijorat bankidagi hisobvarag‘iga va ushbu tashkilotlar xodimlarining tegishli bank plastik
kartalariga belgilangan tartibda o‘tkazib beradi;
3.16. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Davlat budjeti mablag‘laridan
subsidiyalar miqdori u tomonidan NMTTBAT va uning mobil ilovasidan foydalanish
bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgandan so‘ng hisoblanadi.
IV. BITIMNING AMAL QILISh MUDDATI VA ShARTLARI
4.1. Mazkur Bitim o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab
kuchga kiradi va 2026-05-23 sanagacha amal qiladi.
4.2. Xususiy sherik Davlat sherigi talabiga ko‘ra bitim bo‘yicha majburiyatlarni
bajarilishi to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqaruv organlari
orqali 
Davlat sherigiga
axborot va hisobot taqdim etadi.
4.3. Ushbu bitim amal qiladigan butun muddat davomida oilaviy nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining ixtisosligini va yo‘nalishini o‘zgartirish
qat’iyan taqiqlanadi.
V. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
5.1.Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini litsenziya olmagan
holda amalga oshirish;
5.1.2. Tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib subsidiya mablag‘lari hisobidan ko‘pi
bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida —
2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1
shtat birligida tarbiyachi yordamchisini yollash;
5.1.3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida har bitta guruhga 
12 — 25
nafargacha turli yoshdagi bolalarni qabul qilish. Mazkur bitimning 1.1-bandida
ko‘rsatilgan quvvat 37 nafar va undan yuqori (ko‘pi bilan 
50 nafargacha
) bo‘lgan
taqdirda va birinchi guruhda 25 nafar bola to‘liq shakllantirilganidan keyin ikkinchi
guruhni ochish;
5.1.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini xususiy sherikning o‘ziga
yoki turmush o‘rtog‘iga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar joyda
ochish.
Agar turar yoki noturar joy boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa,
bitim muddati davomida amal qilish sharti bilan notarial tasdiqlangan ishonchnoma yoki
davlat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ijara shartnomasi asosida yoxud qonunchilikda
belgilangan boshqa asoslarga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘lgan turar va noturar
joylarda amalga oshirish;
5.1.5. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda o‘z


mablag‘lari hisobidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari va
xodimlarining malakasini oshirish;
5.1.6. Ota-onalar bilan kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (shu
jumladan o‘qituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
5.1.7. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning
tashkilotda bo‘lish vaqtini ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib belgilash, 5
kunlik ish haftasi uchun,qoida tariqasida,9 soatli kunlik ish tartibini joriy etish, oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi
talablaridan kelib chiqib 6 kunlik ish haftasini ham joriy etish;
5.1.8. Xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga tarbiyachi va tarbiyachi
yordamchisi ishini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish;
5.1.9. Ta’lim berish jarayonida Davlat sherigi tomonidan tasdiqlangan o‘z
(mualliflik) dasturlaridan foydalanish.
5.1.10. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan subsidiya olish;
5.1.11. NMTTBATning mobil ilovasini yuklab olish, NMTTBATning internet-sayti
yoki mobil ilovasi yordamida NMTTBATga kirib, unda ko‘rsatilgan ommaviy oferta
talablari va shartlari bilan tanishish, ushbu axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘z
roziligini bildirish va elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash.
5.1.12. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari va
tarbiyachi yordamchilari ishda bo‘lmagan vaqt (mehnat ta’tili, o‘z hisobidan ta’til,
kasallik varaqasi ochilgan davr va boshqa holatlar)da ularning o‘rniga vaqtincha boshqa
tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilarini yollash va ularning ishlagan kunlari bo‘yicha
haqiqiy davomatidan kelib chiqib, ular haqida ma’lumotlarni NMTTBATga kiritgan
holda ish haqi uchun subsidiya olish;
5.1.13. Uch yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2
yosh va undan katta yoshdagi), shu jumladan, 7 yoshga to‘lgan, biroq maktabga qabul
davrini kutayotgan bolalar uchun subsidiya olish;
5.1.14. Texnik yoki boshqa sabablarga ko‘ra hisobot oyida NMTTBATda
subsidiyaning ortiqcha yoki kam hisoblanganligi aniqlanganda, hisobot oyidan keyin
keladigan oyda ushbu subsidiyalarni tegishli summalar qo‘shilgan (yoki kamaytirilgan)
holda olish;
5.1.15. Foyda olish;
5.1.16. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot
tizimidan foydalangan holda xabarnoma berish orqali o‘z tashabbusi bilan faoliyatini
to‘xtatish.
5.2. Xususiy sherik quyidagi majburiyatlarga ega:
5.2.1. Xususiy sherikning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida
guvohnomasida ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritish;
5.2.2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavini tuman (shahar)
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini
ta’minlash;
5.2.3. Mazkur bitim amal qiladigan muddatda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining
70 foizi
miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning va maxsus kontingent
farzandlarini, 
70 foizidan
kam bo‘lgan taqdirda yetmagan qismiga boshqa oilalar
farzandlarini, bitimni amal qilish davomida ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmagan holda


imtiyozli qabul qilish, boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarini, shu jumladan 2
yoshdagi farzandarini bepul qabul qilish;
5.2.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning xodimlari va
tarbiyalanuvchilari to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotlarni tegishligicha NMTTBATga
kiritilishini ta’minlash.
Shuningdek, 
NMTTBATga
har bir bolaning shaxsan o‘ziga tegishli fotosuratini
yuklanishini ta’minlash;
5.2.5. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bitta guruhli bo‘lgan taqdirda
ushbu guruhga kamida 12 nafar bola, ko‘pi bilan 25 nafar bola qabul qilish, birinchi
guruhda 25 nafar bola to‘liq shakllantirilgandan keyingina ikkinchi guruhni ochish (agar
mazkur bitimning 1.1-bandiga ko‘ra tashkilot quvvati kamida 37 nafarni tashkil etgan
taqdirda);
5.2.6. Bolalarning tegishli tarzda parvarish qilinishini va taʼlim-tarbiya jarayonlarini
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim va maktabgacha taʼlim sohasiga oid qonunlari
hamda qonun osti hujjatlari talablariga, shuningdek, bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan
davlat talablari, davlat oʻquv dasturi (standartlar)ga muvofiq amalga oshirilishini
taʼminlash hamda maqbul sharoitlar yaratilishini kafolatlash;
5.2.7. Bolalarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilishda ota-
onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma tuzish hamda bolalarni
qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini buyruq orqali rasmiylashtirish;
5.2.8. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilishda ota-
onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan
tanishtirish;
5.2.9. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tegishli oliy yoki o‘rta
maxsus pedagogik ma’lumotli shaxslar yoki Davlat sherigi tomonidan oilaviy nodavlat
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tkazilgan shaxslar
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishini kafolatlash, sud tomonidan yoki tibbiy
xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
5.2.10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini
“Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi va maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat
talablariga asosan amalga oshirilishini ta’minlash.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z variativ dasturlarini ishlab
chiqqanda milliy, etnik, diniy, siyosiy va boshqa adovatni targ‘ib etishga qaratilgan
buzg‘unchilik g‘oyalarini aks ettirmaslik hamda ularni tuman (shahar) maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi bilan kelishish;
5.2.11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binoga kirish joyida
fuqarolarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida ma’lumotlardan
xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasini o‘rnatish, bunda Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimidan foydalangan holda berilgan
tasdiqnoma nusxasi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim nusxasi, oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va boshqa hujjatlarning
nusxalarini joylashtirish;
5.2.12. Davlat sherigi tomonidan jihozlar berilganda (hududda mavjud davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha qismi doirasida), shuningdek o‘quv
materiallari taqdim etilganda ulardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning sifatli
saqlanishini ta’minlash;


5.2.13. Bitimning amal qilish muddati tugaganda, agar Davlat sherigi tomonidan
jihozlar (hududda mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha
qismi doirasida) va o‘quv materiallari berilgan bo‘lsa, tuman (shahar) maktabgacha va
maktab ta’limi bo‘limi balansiga qaytarish;
5.2.14. Agar boshqa normativ hujjatlarda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa,
bitimning amal qilish muddati tugashidan, qoida tariqasida, ikki oy oldin (biroq bitim
muddati tugashidan kamida bir oy oldin) bitimning amal qilish muddatini uzaytirish
yuzasidan NMTTBAT orqali elektron ariza yuborish (aks holda bitim muddati
tugagandan keyin avtomatik tarzda bekor bo‘ladi va reestrdan chiqariladi);
5.2.15. Bolalarning tegishli tarzda parvarish qilinishini va ularni davlat talablariga
muvofiq ta’minlash uchun maqbul sharoitlar yaratilishini kafolatlash;
5.2.16. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya
qoidalari, normalari va gigienik normativlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash;
5.2.17. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan berilgan yo‘llanma asosida bolalarni
imtiyozli qabul qilish (ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari
uchun belgilangan kvotalar bo‘yicha);
5.2.18. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan
maqsadli foydalanilishini ta’minlash.
5.2.19. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi
rejalashtirilayotgan turar yoki noturar joyda bolalarning sog‘lom o‘sishi va tarbiya
olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi
hamda sanitariya qoidalari va gigienik normativlarga javob berishini ta’minlashi lozim.
Texnik shartlar, sanitariya normalari va gigiena qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablari buzilganligi aniqlangan holatda vakolatli davlat organining
taqdimnomasini olgandan boshlab bir oy muddatda bartaraf etish;
5.2.20. Tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida yongʻin
xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar
organlarining qisqa raqamli telefon raqamlari koʻrsatilgan maʼlumotlarni osib
qoʻyilishini ta’minlash;
5.2.21. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barcha xodimlari ish vaqtida
mobil telefonlar va smartfonlardan ishga taalluqli bo‘lmagan holatlarda
foydalanmasligini nazorat qilish;
5.2.22. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xodim va
tarbiyalanuvchilarni biometrik identifikasiya qilish orqali elektron davomatini yuritish
vazifasi tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga yuklamaslik;
5.2.23. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga, ushbu tashkilot
tarbiyalanuvchilari va xodimlaridan tashqari boshqa shaxslarni kirib chiqishlarini
taqiqlash (amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
5.2.24. Tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirmaslik, jumladan sanitariya xonalarida
boʻlganda, hojatxonadan foydalanishda, yozgi maydonlarda (besedka/ayvonlar),
basseynda choʻmilishda, uyqu payitida qarovsiz qolmasligi ustidan qat’iy nazoratni
o’rnatish;
5.2.25. Bitimning amal qilish muddati tugamasdan, Investitsiya ob’ektini
begonalashtirish (oldi-sotdi, hadya qilish va boshqa) bo‘yicha shartnoma tuzmaslik.
5.2.26. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlashi uchun
Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma topshirishdan oldin oilaviy nodavlat


maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘rnatilgan talablar darajasida
jihozlanganligini ta’minlash;
5.2.27. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim
tashkilotining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarni, shu jumladan,
siyosiy partiyalar va harakatlarni, shu jumladan diniy yo’nalishda, tashkil etilishiga va
faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik;
5.2.28. Bitim shartlarini qanday bajarayotgani monitoringini olib borish maqsadida
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga Davlat sherigi (yoki uning
nomidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi) kirib
chiqishlarini ta'minlash.
5.3. 
Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:
5.3.1. Xususiy sherikka oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati
uchun jihoz va asbob-uskunalar (hududda mavjud davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha qismi doirasida), o‘quv materiallari berilsa, ularning
hisob-kitobini tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi balansida yuritish;
5.3.2. 
Xususiy sherik
dan, zaruratga ko’ra, bitim bo‘yicha majburiyatlarning
bajarilishi to‘g‘risida hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman
(shahar) bo‘limi orqali haqqoniy axborot va hisobot olish;
5.3.3. 
Xususiy sherik
xodimlarini, xususiy sherik mablag’lari hisobidan, 
Davlat
sherigi
huzuridagi kollejlarda o‘qitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek, ular
uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish;
5.3.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan maktabgacha
ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini
(zaruratga ko'ra Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga borgan holda)
nazorat qilish;
5.3.5. 
Xususiy sherik
tomonidan Bitim shartlariga rioya etilishi, majburiyatlarning
bajarilishi ustidan monitoring o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni yoki bitim
shartlaridan chetga chiqish holatlarni bartaraf etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limi
orqali talabnoma yuborish;
5.3.6. Bitim shartlari 
Xususiy sherik
tomonidan buzilgan taqdirda, aniqlangan
kamchiliklar talabnomada ko‘rsatilgan 15 kun muddatda bartaraf etilmasa, 
Xususiy
sherik
faoliyatini NMTTBAT axborot tizimida vaqtincha to‘xtatib turish hamda mazkur
bitimning 7-bo‘limida belgilangan tartibda bitimni bekor qilish choralarini ko‘rish;
5.3.7. Agar bitim shartlari buzilganligi oqibatida bitim bekor qilinsa, bitim bekor
qilingan kundan boshlab soliq va bojxona to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar to‘xtatiladi.
5.4. Davlat sherigi quyidagi majburiyatlarga ega:
5.4.1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xabarnoma qabul qilinganligi
haqidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab bir oy muddatda Davlat sherigining
tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ul xodimlari joyiga
chiqqan holda tashkil etilgan yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
faoliyati uchun mo‘ljallangan mebel, jihoz va boshqa anjomlar bilan jihozlanganlik
holati bo‘yicha o‘rganishlarni o‘tkazish va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi
haqidagi xulosalarni elektron shaklda NMTTBATga kiritish.
Salbiy xulosa berilganida, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini vaqtincha to‘xtatish;


5.4.2. Mazkur bitimning 5.2.5-bandida tarbiyalanuvchilar boʻyicha belgilangan
ma’lumotlar NMTTBATga kiritilganidan so‘ng oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotiga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklarini ajratish;
5.4.3. Xususiy sherikka soliq imtiyozlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa preferensiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish;
5.4.4. Xususiy sherikka zarur hollarda maktabgacha ta’lim sohasida uslubiy va
konsultativ yordam berish;
5.4.5. Xususiy sherikning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik;
5.4.6. Xususiy sherikning faoliyati (moddiy-texnik taʼminoti, sogʻlom ovqatlantirish,
taʼlim sifati va h.k.) samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va zarur hollarda amaliy
yordam koʻrsatish;
5.4.7. 
Davlat sherigi
ning ayrim huquq va majburiyatlari uning yozma ko‘rsatmasiga
asosan hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI
HAL QILISH TARTIBI
6.1. Tomonlar ushbu Bitimga ko‘ra zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmaslik
yoki lozim darajada bajarmaslik uchun qonun hujjatlariga va mazkur Bitim shartlariga
muvofiq javobgar bo‘ladi.
6.2. Xususiy sherik bolalar salomatligi, xavfsizligi, ta’lim-tarbiya sifati,
NMTTBATga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
Xususiy sherik NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi
natijasida subsidiyalar hisoblanmasligi va to‘lanmasligi yuzasidan javobgardir;
6.3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan bir bolaning
ma’lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola
(tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning
asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda:
mazkur tarbiyalanuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnagan
barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat budjetiga undiriladi;
ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday
holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reestridan chiqariladi va u bilan davlat-xususiy
sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinib, qayta tuzilmaydi.
6.4. Ushbu bitimning shartlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha
kelishmovchiliklar Tomonlarning o‘zaro muzokaralar o‘tkazishi orqali hal etiladi.
6.5. Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda vujudga kelgan nizolar qonun
hujjatlariga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida hal qilinadi.


VII. BITIMGA O‘ZGARTIRISH, QO‘SHIMCHALAR KIRITISH
VA BEKOR QILISH TARTIBI
7.1. Ushbu Bitimga qonunchilik hujjatlarida va Bitimda belgilangan quyidagi
hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
7.1.1. Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra;
7.1.2. Maktabgacha ta’limni tartibga solish sohasidagi davlat va xususiy
sheriklarning bitim munosabatlari qismida qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishi
sababli Davlat sherigining talabiga ko‘ra;
7.1.3. Ushbu Bitimga kiritilgan barcha o‘zgartishlar qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li
bilan elektron shaklda ariza berish orqali rasmiylashtiriladi va vakolatli shaxslar
tomonidan elektron imzo qo‘yish orqali imzolanadi.
7.2. Ushbu Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
7.2.1. 
Xususiy sherik
tomonidan ushbu Bitim shartlari ikki va undan ortiq marta
buzilgan hollarda 
Davlat sherigi
ning kamchiliklarni bartaraf etish, o‘z faoliyatini
qonunchilik hujjatlari va bitimga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi yozma talabi
bajarilmagan taqdirda;
7.2.2. Bitim shartlarini qanday bajarayotgani monitoringini olib borish maqsadida
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga Davlat sherigini kirib
chiqishlariga Xususiy sherik tomonidan qarshilik ko‘rsatilganda;
7.2.3. 
Xususiy sherik
vafot etganda, sud hukmi (qarori) bilan ozodlikdan mahrum
etilganda yoki qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilganda (bedarak yo‘qolgan deb
topilganda);
7.2.4. 
Xususiy sherik
bankrot bo‘lganda va tugatilganda;
7.2.5. 
Xususiy sherik
o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda – 
Davlat sherigi
ning
talabiga ko‘ra;
7.2.6. 
Davlat sherigi
o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda – 
Xususiy sherik
ning
talabiga ko‘ra;
Ushbu bitimning 7.2.1.–7.2.3.-bandlarida nazarda tutilgan hollarda Bitim Davlat
sherigi tomonidan bir tomonlama, 7.2.4.–7.2.6. bandlarida nazarda tutilgan hollarda esa
tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yoki sud tartibida bekor qilinadi.
VIII. BOSHQA SHARTLAR
8.1. Ushbu Bitim elektron shaklda tomonlarning elektron imzosi orqali imzolandi.


IX. TARAFLARNING REKVIZITLARI
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va
maktab ta’limi
vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi
x/r 2340 2000 3001 0000 1010
XKKM Markaziy bank
Toshkent shaxar Bosh boshqarmasi
Bank kodi: 00014
Moliya vazirligi g‘aznachiligi
STIR 201 122 919
Bank kodi: 00014.
Moliya vazirligi g‘aznachiligi
STIR 201 122 919
ShXV 400 110 860 262 877 950 100 251 002
Oilaviy nodavlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti
YaTT USMONOVA KAMOLAXON
ABDUSALOMOVNA
Fargʻona viloyati, Qoʻshtepa tumani,
Борот МФЙ, Орзу кучаси, 4-уй mahallasi
Агробанк АТБ Қўштепа филиали
x/r 20218000805638143001
Bank kodi: 00515
JSHSHIR: 42206864150071
2. Mazkur qo‘shimcha kelishuv Tomonlar tomonidan elektron shaklda imzolanib,
o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
3. Taraflarning rekvizitlari:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligi
huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi
x/r 2340 2000 3001 0000 1010
XKKM Markaziy bank
Toshkent shaxar Bosh boshqarmasi
Bank kodi: 00014
Moliya vazirligi g‘aznachiligi
STIR 201 122 919
Bank kodi: 00014.
Moliya vazirligi g‘aznachiligi
STIR 201 122 919
ShXV 400 110 860 262 877 950 100 251 002
Oilaviy nodavlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti
YaTT USMONOVA KAMOLAXON
ABDUSALOMOVNA
Fargʻona viloyati, Qoʻshtepa tumani,
Борот МФЙ, Орзу кучаси, 4-уй mahallasi
Агробанк АТБ Қўштепа филиали
x/r 20218000805638143001
Bank kodi: 00515
JSHSHIR: 42206864150071
ЭЛЕКТРОН РАҚАМЛИ ИМЗОЛАР:
1. 
USMONOVA 
KAMOLAXON 
ABDUSALOMOVNA 
(стир:
42206864150071 сана: 16.10.2023 )
https://hujjat.uz/document?pin=jA56nM93&id=8940ce4e-1bae-49ae-ba44-a93e990fc92c

Yüklə 289,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin