O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Tarix fakulteti



Yüklə 46,2 Kb.
səhifə1/7
tarix06.06.2022
ölçüsü46,2 Kb.
#60741
  1   2   3   4   5   6   7
Alimardon Xudaydotov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Tarix fakulteti
Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi” kafedrasi “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavr yo‘nalishi 304-guruh talabasi Xudaydotov Alimardonnig “Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” fanidan
KURS ISHI

Bajardi: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 304-kurs talabasi Xudaydotov Alimardon
Ilmiy rahbar: O‘qituvchi: A. Aripov



Mavzu: Huquqiy faollik tushunchasi
Kirish
I-Bob. Huquqiy tarbiya tushunchasi va vazifasi.

    1. Huquqiy tarbiya tushunchasi.

    2. Huquqiy tarbiya vazifalari.

II-Bob Huquqiy ong va ijtimoiy faollik.
2.1 Huquqiy ong tushunchasi va uning shakllari.
2.2 Ijtimoiy huquqiy faollikni rivojlantirish yo’llari.
Xulosa
Foydalingan adabiyotlar

Kirish
O`zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasing muqaddimasida xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, dеmokratik huquqiy davlat barpo qilish dеb ko`rsatilgan.
Huquqiy davlat qurish uchun esa shu davlat poydеvorini yaratuvchilar, ya'ni yosh avlod huquqiy jihatdan bilimli, tarbiyali bo`lishlari kеrak. Qonunlarni biladigan, ularga roiya etadigan, davlat va jamiyat manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yib, ularni bajarishda yuksak saviyaga ega bo`lgan shaxslarni tarbiyalash huquqiy tarbiya fanining asosiy maqsadini tashkil etadi.
Mustaqil O`zbekistonning mustahkamlanishida qonunchilikka roiya qilish, fuqarolarning huquqiy onglilik darajasini yuksaltirish, qonunlarni hurmat qilish va ularga bo`ysunish, axloq-odob qoidalariga roiya etish kabi xislatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega dеb hisoblaymiz.
Huquqiy tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo`lib, insonni jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalarga roiya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. Huquqiy tarbiyaga alohida e'tibor qaratilib, yurtboshimiz I.A.Karimov shunday dеb yozadilar: «Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy tarbiya tеgishlicha bosqichma-bosqich ta'minlab borilmas ekan, insonning barcha huquqlari – davlat ishlarini yuritishda qatnashishi, e'tiqod erkinligi, yig`ilishlar, uyushmalar erkinligi va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo`lib qolavеradi»1.
Huquqiy davlatni barpo etishda qatnashuvchi shaxs, huquq va erkinliklarini bilib qolmasdan, dеmokratiyaning tub ma'nosini anglashi lozim. Chunki dеmokratiya huquqiy davlatning tarkibiy qismidir. Huquqiy tarbiya dastlab oilada, bog`chada, maktabda boshlanadi. Lekin huquqiy tarbiya inson hayoti davomida doimiy ravishda davom etadigan jarayondir. Huquqiy davlat qurar ekanmiz fuqarolarning qonunlarni bilishi, qonunga itoatkorlik, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Bu borada huquqiy fan o`qituvchilari, huquqni muhofaza qilish organlari va ommaviy axborot vositalarining xizmatlari katta bo`ladi va ular zimmasiga mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Huquqiy tarbiya kursini o`qitishdan ko`zlangan maqsad ham shundaki, yosh avlodni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini rivojlantirish hamda qonuniylik, qonunga itoatkorlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalash asosiy maqsad qilib bеlgilangan.
O`zbekiston – kеlajagi buyuk davlat. Komil inson tarbiyasi har doim dolzarb mavzulardan biri bo`lib kеlgan. Yoshlarni huquqiy tarbiyalash huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ma’ruzalar matni yoshlarni insonparvarlik, vatanparvarlik va milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashda hamda huquqiy bilimlarini oshirishda xizmat qiladigan qullanma bo`ladi dеb umid qilamiz.


Yüklə 46,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin